O'chirg'ichlar va relelar bo'yicha umumiy ma'lumotlar:
Ishchi chastota: RF 433,92 MGts;
Boshqarish radiusi: ochiq hududda 20-30 m;
Qo'llash sohasi: barcha turdagi lampalar, qandillar, elektr choynaklar, ventilyatorlar, devor rozetkalari va boshqalar.
Foydalanish bo'yicha tavsiyalar:
1) bitta chiroqni uyning turli joylari va xonalaridan (hovli, podval va boshqa joylarlardan);
2) bir joydan uydagi (hovlidagi, podvaldagi va boshqalar) bir nechta lampalarni kabel o'tkazmasdan - simsiz boshqarish;
3) bitta chiroqni ham simsiz o'chirg'ichdan, ham smartfondan va ovoz yordamida (2 diapazonli WiFi+ RF433 relelar chun) boshqarish.
Simsiz o'chirg'ichlari xususiyatlari:
Ishlab chiqarish variantlari: bir tugmali, ikki tugmali, uch tugmali;
O'rnatish / joylashtirish usullari: devor o'chirg'ichi uchun tirqishlar, yopishadigan (silliq devor, kafel, mebel) materialli turli yuzalar;
Quvvat manbai: aniq bir o'chirg'ichdan kelib chiqib, CR2032 turidagi tugmali (3V) yoki 27A12V, 23A12V (12V) turidagi barmoq batareyalari;
Olchamlari: 86x86x17 mm.
Bir kanalli, neytral fazali mini relelar umumiy xususiyatlari (RF433):
Ishchi kuchlanish: AC 100-240V, 50 / 60Hz;
Yuklama kuchlanishi va toki: AC 100-240V / 10A (2.2 kVt maksimum);
Bog'lash mumkin bo'lgan uzatkich turlari: simsiz mexanik va sensorli o'chirg'ichlar, qisqa va uzoq masofali pultlar;
O'rnatish / joylashtirish usullari: devor o'chirg'ichi yoki rozetkasi uchun tirqishlar, yoritish lampalari yoki qandillarning bevosita korpuslari va qutilari;
Simsiz o'chig'ichdan boshqarish radiusi: ochiq sharoitda 20-30 m. Maksimal uzoqlikka erishish bo'yicha batafsilroq ma'lumotlar, "Ko'rsatma" bo'limida keltirilgan;
Olchamlari va maxsus xusuiyatlari: har bir rele uchun suratlarda alohida keltiriladi.
Neytral fazasiz mini rele parametrlari:
Ishchi kuchlanish: AC 100-240V, 50 / 60Hz;
Yuklama kuchlanishi va toki: AC 100-240V / 10A (2.2 kVt maksimum);
Bog'lash mumkin bo'lgan uzatkich turlari: simsiz mexanik va sensorli o'chirg'ichlar, qisqa va uzoq masofali pultlar;
O'rnatish / joylashtirish usullari: devor o'chirg'ichi uchun tirqishlar, yoritish lampalari yoki qandillarning bevosita korpuslari va qutilari;
Simsiz o'chig'ichdan boshqarish radiusi: ochiq sharoitda 20-30 m. Maksimal uzoqlikka erishish bo'yicha batafsilroq ma'lumotlar, "Ko'rsatma" bo'limida keltirilgan;
Olchamlari: 40×35×18 mm.
Bir kanalli WiFi+RF433 relelar afzalliklari va xarakteristikalari:
Bir kanalli, bir diapazonli neytral fazali relelarning barcha imkoniyatlari va asosiy xarakteristikalari saqlanib qoladi;
Tuya Smart yoki Smart Life mobil ilovasidan aqlli boshqaruv imkoniyatlari;
Yandex Alisa (ba'zi variantlarda), Goggle Assistent va boshqa ovozli yordamchilar yordamida boshqarish;
Guruh bo'lib, taymer asosida, turli xil qo'shimcha (doimiy, impulsli va boshqa) rejimlarda boshqarish;
Ishchi kuchlanish: DC 12-80V yoki AC 100-240V, 50 / 60Hz;
Yuklama kuchlanishi va toki: AC 100-240V / 16A (3.4 kVt maksimum). Bu releni oddiy rozetkaga ketma-ket ulanganda, undan aqlli rozetka sifatida ham foydalanish imkonini beradi.
Ikki kanalli ikki diapazonli WiFi+RF433 relesi afzalliklari va xususiyatlari:
Yuqoridagi bir kanalli WiFi+RF433 relesining barcha imkoniyatlari va asosiy xususiyatlari;
2 ta mustaqil boshqaruv kanallari 2 xil yuklamani aqlli boshqarish imkoniyatini beradi (masalan, qandilning lampalarini);
Yuklama kuchlanishi va toki: AC 100-240V, 5A + 5A (har bir kanal uchun maksimum 1.1 kVt gacha).
Sertifikatlar: RoHS, Eurotest (SE).

