Oq rangli veshilka uyda kiyim va aksessuarlarni ixcham hamda tartibli saqlashga yordam beradi. Ikki balandlikda joylashgan uzun panellar ko‘ylak, shim, kostyum, kurtka va boshqa kiyimlarni ilgichda osish uchun qulay.
Yon tomonidagi 3 ta tokchaga sumka, bosh kiyim, sochiq, quti yoki buklangan kiyimlarni joylashtirish mumkin. Pastki qismi poyabzal va saqlash idishlari uchun mo‘ljallangan. G‘ildiraklari stoykani kerakli joyga oson siljitish imkonini beradi. Oq rangdagi sodda dizayn yotoqxona, garderob, koridor, butik va kiyinish xonasiga mos tushadi.

