• Maksimal tok kuchi: 16 A (2 kanalli: 5A+5A)
• Smartfondan boshqaruv: ha
• Turi: WiFi rele va RF433 rele
• Rele o'lchamlari: 42x23x43 mm
• Vazni: 30 gr
• RF433 panel va radiopultlardan boshqaruv: ha
• Kuchlanish: 220 V, AC/DC
• Simsiz interfeys: WiFi 2.4GGs va RF 433.92 MGs
• Ishchi harorat: -20 ... +50 °С
Ikki diapazonli aqlli rele Wi-Fi + RF433 — har qanday viklyuchatelni aqlliga aylantiring!
Ushbu ixcham qurilma uyingizdagi oddiy chiroq o'chirgichlarini (vyklyuchatel) aqlli qurilmaga aylantiradi. Uni o'rnatish uchun devorni buzish yoki qo'shimcha simlar tortish shart emas — u standart rozetka qutisiga (podrozetnik) oson joylashadi.
Boshqarishning 3 xil usuli:
- Smartfon orqali: Smart Life yoki Tuya Smart ilovalari yordamida dunyoning istalgan nuqtasidan chiroqlarni yoqing yoki o'chiring.
- Ovoz yordamida: Alisa, Google Home va Alexa bilan to'liq mos keladi. Masalan: "Alisa, oshxonadagi chiroqni o'chir" (ikki kʼnalli re-eni Alisa yagona qurilma sifatida qabulqiladi va uning ikkala kanalini baravar boshqaradi).
- Radio tugma (RF433): Agar internet vaqtincha ishlamasa ham, radio pult yoki simsiz tugmalar yordamida boshqarishda davom etishingiz mumkin.
Nima uchun aynan shu modelni tanlash kerak?
- ⚡ Kuchli quvvat 16A (2 kanalli uchun 5A+5A): bir kanalli rele nafaqat lampochkalarni, balki 3.5 kVt gacha bo'lgan boshqa maishiy texnikalarni ham ulay olasiz (2 kanalli: har bir kanali 1.1 kVt gacha).
- 📦 Ixcham o'lcham: Atigi 41x41x20 mm — u har qanday podrozetnikka sig'adi va ko'zga tashlanmaydi.
- 🔄 Proxodnoy (o'tish) ulanish: Chiroqni ikki xil joydan boshqarish tizimini (masalan, zinapoyaning boshi va oxirida) ortiqcha simsiz yaratish uchun ideal yechim.
- 📡 Uzoq masofadan boshqarish (Long Range RF): O'rnatilgan RF-moduli tufayli rele uzoq masofaga chidamlidir va katta masofadagi pultlar bilan ishlay oladi. Bu signalning qalin devorlardan oson o'tishini va ochiq joylarda 1000 metrgacha masofadan turib qurilmalarni boshqarishni ta'minlaydi. Hovli, garaj yoki katta omborxonalardagi chiroqlarni boshqarish uchun eng ideal yechim. Boshqarish masofasi faqat boshqaruv pultining uzatish quvvati bilan cheklanadi!
- 📅 Taymer va grafik: Chiroqlarni ma'lum vaqtda (masalan, tongda o'chib, kechqurun yonishi) avtomatik ishlashini sozlang.
- 🔌 Xotira funksiyasi: Chiroq o'chib yonganida qurilma avvalgi holatini eslab qoladi (yoqilgan yoki o'chirilgan holatda qolishini o'zingiz tanlaysiz).
Texnik xususiyatlari:
- Kirish kuchlanishi: 100–240 V, AC/DC, 50/60 Gts.
- Maksimal tok: bir kanalli - 16 A, ikki kanalli - 5A + 5A.
- Aloqa protokollari: Wi-Fi 2.4 GGs + RF 433 MGs.
- Korpus materiali: O'tga chidamli ABS-plastik.
- O'lchamlari: 42 x 43 x 24 mm.
- Ilova: Tuya Smart / Smart Life.
To'plam tarkibi:
- 1 kanalli aqlli rele — 1 dona / 2 dona / 4 dona / 8 dona (opsional).
- 2 kanalli aqlli rele — 1 dona.
- Yo'riqnoma — 1 dona.