1XMEM stol o‘yini — do‘stlar va oila davrasida quvnoq va maroqli vaqt o‘tkazish uchun ajoyib tanlov!
O‘yin qoidalari juda oddiy: berilgan hayotiy vaziyatlarga eng mos va kulgili mem kartalarini tanlang hamda davrangizga ko‘tarinkilik va kulgu ulashing.
Asosiy afzalliklari:
100+ ta kartalar: Turli xil vaziyatlar va mashhur memlar aks ettirilgan sifatli kartochkalar.
Oson qoidalar: O‘yin qoidalarini tushunib olish uchun atigi 2 daqiqa kifoya.
Tez va qiziqarli: Bir o‘yin davomiyligi 30 dan 60 daqiqagacha davom etadi.
Katta va kichik davralar uchun: 2 tadan 6 tagacha o‘yinchi uchun mo‘ljallangan (yosh chegarasi: 10+).
Ajoyib sovg‘a: Ixcham va zamonaviy qadoq o‘yinni har qanday bayram uchun ajoyib sovg‘aga aylantiradi.
To‘plam tarkibi:
Vaziyatlar va memlar yozilgan kartochkalar
O‘yin qoidalari

