• Tarixiy haqiqatni bilish: Ushbu kitob orqali 1924-yilgi voqealarning asl mohiyatini bilib olasiz.
• Chuqur tahlil: Muallif voqealarning sabablari va oqibatlarini chuqur tahlil qiladi.
• Ishonchli manbalar: Kitob arxiv hujjatlari va ishonchli manbalarga asoslangan.
• Mintaqa tarixi: Oʻrta Osiyo tarixiga qiziquvchilar uchun muhim manba.
• O'zbekiston SSRda sovet rejimining qatog'on siyosati va uning oqibatlari - 352 bet
• Turkiston mintaqasida sovet rejimiga qarshi istiqlolchilik harakati va mohiyati (1918-1935) - 400 bet
• 1984 - 176 bet
Qahramon Rajabovning "1924: Turkistonning parchalanishi" kitobi 1924-yilda Oʻrta Osiyoda amalga oshirilgan milliy-hududiy chegaralanish jarayonlarini batafsil yoritadi. Ushbu kitobda Sovet Ittifoqi tomonidan olib borilgan siyosat natijasida mintaqaning qanday boʻlinib ketgani va bu jarayonning Turkiston xalqlari taqdiriga ta'siri haqida soʻz boradi. Muallif arxiv hujjatlari va ishonchli manbalarga tayangan holda, Sovet Ittifoqi tomonidan olib borilgan siyosat natijasida mintaqaning qanday boʻlinib ketgani va bu jarayonning Turkiston xalqlari taqdiriga ta'siri haqida soʻzlaydi. Kitobda voqealarning sabablari va oqibatlari chuqur tahlil qilinadi, bu esa oʻquvchiga tarixiy haqiqatni anglashga yordam beradi. Ushbu asar tarix ixlosmandlari va Oʻrta Osiyo mintaqasining oʻtmishiga qiziquvchilar uchun muhim manba hisoblanadi.
Asosiy afzalliklari:
Tarixiy haqiqat: Kitobda 1924-yilgi milliy-hududiy chegaralanishning asl mohiyati va oqibatlari haqida batafsil ma'lumot beriladi.
Hujjatli manbalar: Muallif arxiv hujjatlari va ishonchli manbalarga tayangan holda mavzuni yoritadi.
Tahliliy yondashuv: Kitobda voqealarning sabablari va oqibatlari chuqur tahlil qilinadi."
Mazkur monografiyada O'zbekiston SSR hududida 1917-1991 yillarda sovet hokimiyati tomonidan yuritilgan qatag'on siyosati hamda uning oqibatlari arxiv hujjatlari va boshqa tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Unda bolsheviklar partiyasi va sovet davlatining o'zbek xalqiga nisbatan olib borgan mustamlakachilik va ulug'davlatchilik shovinizmi siyosati qatog'on jarayoni misolida yahlit tarzda ilk marta tadqiq etilgan. Kitob O'zbekistonning sovet davridagi siyosiy tarixi hamda qatag'on masalalari bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.
Monografiyada Turkistonda sovet rejimi va uning harbiy kuchlari bo'lgan qizil armiyaga qarshi 1918-1935 yillarda bo'lgan istiqlolchilik Harakatining jahon tarixida tutgan o'rni ko'rsatiladi. Muallif o'zining qariyb 35 yillik ilmiy izlanishlari natijasida O'zbekiston va xorijda saqlanayotgan o'nlab arxivlardan olingan noyob hujjatlar va materiallar, kutubxonalar va muzeylardagi ma'lumotlar, o'sha davr matbuoti sahifalari, XX asr birinchi yarmida faoliyat ko'rsatgan davlat, siyosat va harbiy arboblarning esdaliklari, og'zaki tarix materiallari hamda tarixiy tadqiqotlarning tahlili va o'zaro qiyoslash asosida Turkistondagi istiqlolchilik harakati tarixining to'liq manzarasini yarata olgan. Xususan, Turkiston qo'rboshilari, harakatning g'oyaviy rahnamolari bo'lgan jadid taraqqiyparvarlari va islom ulamolarining faoliyati hamda ota-bobolarimizning istiqlol janglari yoritilgan o'rinlar alohida qiziqish uyg'otadi va o'quvchida katta taassurot qoldiradi.
Kitob Turkistondagi milliy ozodlik harakatlari tarixi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.

