Kulon mis asosda, qoplamasi 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Ixcham va xotirjam tusdagi bezak kundalik kiyimga ham, bayram libosiga ham mos keladi. Ingichka zanjirda yaxshi turadi, bir xil pushti tusdagi ziraklar va uzuk bilan birga taqilsa, uslub yaxlit chiqadi. Qoplamani atir, krem va xlorli suvdan asrang, taqqandan keyin quruq yumshoq salfetka bilan artib, xaltachaga soling.

