Farzandingizni yangi o‘quv yiliga tayyorlash daxshatli tushga aylanmasligi kerak! Bozorlardagi tirbandlik, soatlab vaqt sarflash va har bitta mayda-chuyda kanselyariyani alohida qidirishni unuting. The HalalHub Office & School do‘koni siz uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchisiga kerak bo‘ladigan mutlaqo hamma narsani bitta komplektga jamladi!
Ushbu nabor shunchaki o‘quv qurollari emas — bu har bir elementi bolalarning yoshi, xavfsizligi va qiziqishlarini hisobga olgan holda sinchkovlik bilan tanlangan premium komplektdir. To‘plamdagi barcha mahsulotlar o‘ta sifatli brendlar (Cello, Dolphin va h.k.) mahsuloti bo‘lib, uzoq muddat xizmat qiladi.
🎒 To‘plamning to‘liq va aniq tarkibi (Komplektatsiya):
- Asosiy jihozlar:
- Maktab sumkasi (рюкзак): Yengil, ortopedik tayanchli (yelkaga og‘irlik tushirmaydigan), pushti-havorang zamonaviy dizayn.
- Penal: Olmaxon printli, bej rangli, juda sig‘imli va sifatli materialdan.
- Daftar va himoya g‘iloflari:
- 10 ta katak daftar
- 10 ta katta yo‘l daftar
- 12 ta universal kitob o‘ragich (oblojka).
- Daftarlar uchun maxsus sifatli o‘ragichlar to‘plami.
- Yozuv va chizmachilik anjomlari:
- 3 ta Cello Starline CS ko‘k ruchka (tekis va yumshoq yozadi, qo‘lni charchatmaydigan).
- 1 ta "sehrli" o‘chadigan ruchka: Tepasida yoqimtoy quyoncha o‘yinchog‘i bor, xatolarni daftarni yirtmasdan toza o‘chiradi.
- 12 talik Neon HB qora (grafit) qalamlar to‘plami.
- Uzun prizmatik "Eraser" o‘chirgichi (qo‘lga qulay va iz qoldirmaydi).
- Smoky Color (TR-311) qalamtirgich (tochilka): Qalam qindini yig‘uvchi maxsus qutichasi bilan.
- Cello Correction Pen (Shtrix-ruchka): Xatolarni tezkor va tekis tuzatish uchun professional korrektor.
- Ijod va rasm darslari uchun:
- Noodatiy rasm albomi: Bolalar yaxshi ko‘radigan yorqin Yedinorog (Unicorn) boshi shaklidagi maxsus dizayn.
- 50 varaqli premium rangli qog‘oz: O‘ta yorqin, qalin va sifatli A4 formatda.
- 12 rangli ikki tomonlama flomasterlar: Ikkala tarafi ham yozadi, xizmat muddati ikki barobar uzoq.
- 12 talik yorqin rangli qalamlar (kapalak dizaynli qutida, yumshoq va sinmaydigan).
- 12 rangli akvarel bo‘yoqlari (kraska) to‘plami.
- 5 talik professional kistochkalar (cho‘tkalar) nabori.
- Mehnat va geometriya darslari uchun:
- To‘liq chizg‘ichlar to‘plami (Lineyka nabori): G‘ilof ichida chizg‘ich, transportir va uchburchak chizg‘ichlar.
- To‘liq sirkul komplekti (Math Set): Maxsus mustahkam qutida sirkul va qo‘shimcha chizg‘ichlari bilan.
- Dolphin Stick kley-karandash (15 gr): Toksik bo‘lmagan, hidsiz va o‘ta mustahkam yopishtiruvchi.
- Xavfsiz bolalar qaychisi: Ustida maxsus himoya qopqog‘i bor, jarohatlanishdan asraydi.
✨ Nima uchun aynan "The HalalHub" naborini tanlash kerak?
- 💎 Premium sifat: Biz arzon va sifatsiz kanselyariya sotmaymiz. Daftarlar oq va qalin, qalamlar sinmaydi, flomasterlar qurib qolmaydi.
- 🛡️ Xavfsizlik: Qopqoqli qaychi, hidsiz kley va kraskalar bolangiz uchun mutlaqo xavfsiz.
- 💰 Pul va vaqt tejamkorligi: Har bir mahsulotni alohida sotib olgandan ko‘ra, butun boshli komplektni bir marta xarid qilish bir necha barobar arzon tushadi va vaqtingizni tejaydi.