100% Tabiiy Asalari Mumidan Voshina (Sham yasash uchun)
Ijod qilishni va uyingizda shinam muhit yaratishni xush ko'rasizmi? Unda bizning tabiiy voshinalar to'plami ayni siz uchun. Hech qanday kimyoviy moddalarsiz, faqat tabiat in'omi.
To'plam tarkibi:
4 ta list voshina (bir xil rangda)
SOVG'A: Maxsus paxtadan tayyorlangan pilik (fitil)
Mahsulot haqida
Bu voshinalar toza asalari mumidan tayyorlangan bo'lib, yuqori sifati bilan ajralib turadi. Listlar zich, elastik va aniq asal ari uyasi (sota) shakliga ega. Ular bilan ishlash juda maroqli: uqalanib ketmaydi, oson buklanadi va shaklini mukammal saqlaydi.
Eng asosiysi: Tarkibida parafin, sun'iy bo'yoqlar yoki qo'shimchalar yo'q. Yoqilganda o'zidan yoqimli, sof asal va gul iforini taratadi.
Nima uchun bizning voshinani tanlashingiz kerak?
Ekologik toza: 100% tabiiy mahsulot.
Tabiiy hid: Xuddi asalxonadagidek muattar hid.
Ijod erkinligi: Ham yanig boshlanuvchilar, ham professional ustalar uchun ideal.
Oson ishlov: Qo'lda tez shakl oladi, issiqlik talab qilmaydi.
Sifatli pilik: Sovg'aga beriladigan pilik shamning tekis yonishini ta'minlaydi.
Asosiy xususiyatlari:
List o'lchami: 20 × 13 sm
To'plamdagi miqdori: 4 dona
Tarkibi: 100% tabiiy asalari mumi
Pilik turi: Tabiiy paxtadan tayyorlangan
Quyidagilar uchun mos keladi:
O'z qo'llaringiz bilan dekorativ shamlar yasash
Uy interyeriga shinamlik va eko-stil qo'shish
Yaqinlaringiz uchun o'ziga xos eko-sovg'alar tayyorlash
Bolalar va kattalar uchun ijodiy master-klasslar o'tkazish

