Qadim zamonlardan beri minglab odamlar o‘zining qiymati yoki tarixiy ahamiyati bilan kishini hayratga soladigan haqiqiy xazinani topishni orzu qilib kelishgan. So‘nggi ikki asr davomida bunday xazinalarning tobora ko‘prog‘i professional arxeologlar qo‘liga o‘tmoqda; garchi ularni topuvchilar safida sarguzasht ishqibozlari va tasodifan duch kelib qolgan oddiy odamlar ham uchrab tursa-da. Ayrimlar uchun katta xazinani topish muhim ilmiy kashfiyotni anglatsa, boshqalar uchun bu milliy yoki diniy yodgorlikni qayta qo‘lga kiritish demakdir; yana birovlar uchun esa eng muhimi — topilgan xazinalarning bozor qiymatidir.

