Yozgi bolalar uchun mo‘ljallangan ushbu qulay va chiroyli kostyum kichkintoyingiz uchun eng yaxshi tanlov bo‘la oladi! Yorqin futbolka (jirafa yoki ayiq rasmi bilan) va oddiy, lekin zamonaviy shortikdan iborat bu to‘plam nafaqat ko‘zni quvontiradi, balki bolangizga maksimal qulaylikni ta’minlaydi.
Kostyum 100% tabiiy paxtadan tayyorlangan bo‘lib, bolalar terisi uchun xavfsiz, yumshoq va allergiyaga olib kelmaydigan matodir. Issiq kunlarda bola o‘zini erkin va qulay his qiladi — mato havoni yaxshi o‘tkazadi va terlamaslikni ta’minlaydi.
Futbolka va shortikning kesimi harakatni cheklamaydi, shortikdagi elastik bel qismi bolani bezovta qilmaydi. Farzandingiz bemalol yuguradi, o‘ynaydi, dam oladi — hammasi to‘liq erkinlikda.
Model oddiy,kiyish va echish juda oson. Chiroyli bichim, sifatli tikuvlar va bardoshli mato – bu kiyim uzoq xizmat qiladi, yuvilganda shaklini va rangini yo‘qotmaydi.

