O‘ziga xos individualligi bizni ilhomlantirishdan to‘xtamaydigan ayollar ham bor. Ular qoidalarni buzishgan, shim kiyishgan, byustgalterlarni yoqishgan, keyin esa ularni o‘zlarining shahvoniyligi ifodasi sifatida yana g‘urur bilan kiyishgan. Ularning har biri bugungi kunda qanday va nimani kiyishimizga, qanday lab bo‘yog‘i rangini tanlashimizga va sochlarimizni qanday turmaklashimizga ta’sir ko‘rsatgan.
Temsin Blanchard 100 nafar ayol - haqiqiy uslub timsollari haqida so‘zlab berdi: ularning ijodi va hayoti, ularni g‘ayrioddiy qilgan narsalar va ularning o‘ziga xos, hammaga tanish qiyofasi qanday shakllangani haqida.

