Ushbu kitobda meni sport zalidagi polda tunashdan tortib, yillik daromadi 200 million dollarni tashkil etuvchi ko‘p millionli kompaniyalar portfeliga egalik qilish darajasiga olib chiqqan ish usullari jamlangan. Shu ikki davr o‘rtasidagi eng katta farq nimada ekanligini bilishni istaysizmi? Gap potensial mijozlar (lidlar) oqimining hajmida edi.
Muammo shundaki, aksariyat biznes egalari potensial mijozlarni qanday jalb qilishni bilishmaydi.

