"Har birimiz atigi 10 foiz insonmiz, deb ta’kidlaydi Kollen.
Tanamizni tashkil etuvchi har bir hujayraga to‘qqizta "aldamchi" hujayra to‘g‘ri keladi, ular organizmimizga "bepul yo‘lovchi" sifatida kirib oladi." Bu "yo‘lovchilar" bakteriya va zamburug‘lardir. Birgina ichakda bir necha trillion mikroorganizm yashaydi: ular tanamiz labirintlarida xuddi marjon riflari kabi ko‘payib boradi. Mikroorganizmlar nafaqat insonning ichki a’zolarini, balki barmoq uchidagi terini ham egallaydi: masalan, barmoq uchidagi terida ularning soni o‘rtacha kattalikdagi Yevropa davlati aholisidan ham ko‘proq.
Ilm-fan mikroblarning mavjudligini kashf etganidan buyon ularga munosabat befarqlikdan salbiy tomonga o‘zgarib kelmoqda. Tabiiy mikro muhitni himoya qilish zarurligi haqida kam odam o‘ylab ko‘rgan. Ammo 100 trillion mikrob inson organizmiga sezilarli foyda keltirmasa, u yerda ildiz otolmasdi.
Bugungi kunda biologlar va shifokorlar hayotimiz "quyonlarimiz"ning mavjudligi bilan uzviy bog‘liq degan yakdil fikrga kelishgan. Mikroblar bilan o‘zaro ta’sir 1,2 milliard yil muqaddam, bir nechta hujayradan iborat tirik mavjudotlar paydo bo‘lganida evolyutsion o‘yinning harakatlantiruvchi kuchiga aylangan. Mikroblar aslida tanamizni boshqaradi. "

