Ko‘p beriladigan savollarga javoblar
Uzum Market ilovasida kamida 99 000 so‘mlik Nescafé mahsulotlarini xarid qiling va buyurtmani 2026-yil 3-noyabrdan 27-dekabrgacha (shu kuni ham) oling. Buyurtmani olganingiz tasdiqlangach, avtomatik ravishda o‘yin ishtirokchisiga aylanasiz.
Yo‘q, barchasi avtomatik amalga oshiriladi. Buyurtmani olganingiz tasdiqlangach, o‘yin ishtirokchisiga aylanasiz.
Yo‘q, faqat Nescafé mahsulotlarining narxi hisobga olinadi. Savatdagi boshqa tovarlar bu summaga kirmaydi.
Yo‘q, ishtirok etish uchun buyurtmani 2026-yil 27-dekabrgacha (shu kuni ham) olib, olganingizni tasdiqlashingiz kerak. Shundan so‘ng avtomatik ravishda o‘yin ishtirokchisiga aylanasiz.
Ha, aksiya shartlariga mos keladigan har bir yangi buyurtma yutish uchun qo‘shimcha imkoniyat beradi.
Har hafta quyidagi sovrinlar o‘ynaladi: • 5 g og‘irlikdagi oltin quymasi — 2 dona; • 200 000 so‘mlik promokod — 10 dona; • 100 000 so‘mlik promokod — 12 dona; • 50 000 so‘mlik promokod — 15 dona. Bosh sovrin — 100 g og‘irlikdagi oltin quymasi.
Bu buyurtmani olgan sanangizga bog‘liq. Buyurtmangiz qaysi haftalik o‘yinda qatnashishini bilish uchun o‘yinlar taqvimidan shu sanani toping.
O‘yinlarni Nescafé brendining Instagram’dagi @nescafe_uzb sahifasida jonli efirda o‘tkazish rejalashtirilgan.
O‘yinda ishtirok etish uchun kamida 99 000 so‘mlik aksiya tovarlarini buyurtma qiling. Buyurtma muvaffaqiyatli yakunlangan bo‘lishi kerak. Turli buyurtmalarning summalari qo‘shilmaydi. Bitta buyurtma uchun bir nechta imkoniyat olish mumkin. Masalan, 300 000 so‘mlik xarid uchun uchta imkoniyatga ega bo‘lasiz. Barcha imkoniyatlaringiz saqlanadi va sovrinli o‘yinda hisobga olinadi. Bir kunda ko‘pi bilan o‘nta imkoniyat olish mumkin.
Buyurtmani olganingiz tasdiqlangach, u avtomatik ravishda ro‘yxatga olinadi.
Qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yozing. Buyurtmangiz aksiya shartlariga mos kelishini tekshiramiz va ro‘yxatga olingan-olinmaganini aniqlaymiz. Shartlar bajarilgan bo‘lsa, ma’lumotni qo‘shimcha tekshiruvga yuboramiz.
Yo‘q, tovarni qaytarsangiz, sovrinli o‘yinda ishtirok etmaysiz.
Aksiya davomida har bir ishtirokchi haftalik sovrinli o‘yinlarda ko‘pi bilan bitta sovrin olishi mumkin. Haftalik o‘yin g‘olibining buyurtmalari keyingi haftalik o‘yinlarda qatnashmaydi, ammo bosh sovrin o‘yinida ishtirok etishda davom etadi.
O‘yin natijalari e’lon qilingach, promokodlar g‘oliblarning Uzum Market ilovasidagi shaxsiy kabinetlariga joylanadi va telefon raqamlariga biriktiriladi. O‘lchovli oltin quymalar ko‘rinishidagi sovrinlar tashkilotchi tomonidan g‘oliblarga shaxsiy uchrashuvda topshiriladi.






















