NESCAFÉ® Gold qahvasini kashf eting Uning boy ta’mi va to‘yingan xushbo‘yligining siri Arabika donlarini maxsus oltin rangda qovurishdadir.
Qahva donining eng tubidan keladigan yaqqol ta’m va xushbo‘y hidga ega qahva finjonidan bahramand bo‘ling.
Tanlangan Arabika donlari, qahva donining to‘liq ta’mini ochib berish, uning tabiiy boyligi va rang-barang jilolarini saqlab qolish uchun o‘ziga xos tillarang tusga kelguncha qovuriladi.
Ish kunining shoshqaloqligida o‘zingiz uchun vaqt ajratish muhim. Bir zum tanaffus qiling va NESCAFÉ® Gold qahvasi bilan hayotning ayni damdagi jo‘shqinligini his eting.
Xushbo‘y qahva finjonidan bahramand bo‘lish uchun:
1-qadam. Finjonga 2 choy qoshiq NESCAFÉ® Gold qahvasidan soling;
2-qadam. Ustiga issiq, ammo qaynoq bo‘lmagan suv quying.
3-qadam. Xohishga ko‘ra, shakar, sut yoki qaymoq qo‘shing.
NESCAFÉ® GOLD asosida turli xildagi qahva ichimliklarini tayyorlash imkoniyatiga egasiz:
• Latte;
• Kapuchino;
• Mokka.
Qahvali ichimliklar retseptlarini www.nescafe.ru/coffee-recipes saytida topishingiz mumkin.
NESCAFÉ® Gold qahva turkumidan boshqa mahsulotlarni ham tatib ko‘ring:
NESCAFÉ® GOLD Barista. To‘q va ochiq rangda qovurilgan ikki xil donning ajoyib uyg‘unligi finjoningizda ta’m va xushbo‘ylikning butun to‘yinqonligini his qilishingizga imkon beradi.
NESCAFÉ® Gold Aroma Intenso. To‘q qovurilgan qahva donalarining yorqin xushbo‘yligi va kuchli ta’mi chinakam qahva ixlosmandlari uchun maxsus yaratilgandir.
NESCAFÉ® qahvasi ilk bor 1938-yilda Shveysariyada ishlab chiqarilgan.
Shundan buyon mutaxassislarimiz ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirishda va NESCAFÉ® qahvasining xilma-xilligini ta’minlashda davom etmoqdalar.
2010-yildan buyon biz uchun qahva donlarini yetishtiruvchi fermerlarga yordam berib kelmoqdamiz.
Shu vaqt mobaynida biz ularga qahvamizning doimiy yuqori sifatini ta’minlash uchun 220 milliondan ortiq qahva daraxti ko‘chatlarini yetkazib berdik.

