
Yoga va pilates: samarali mashg’ulotlar uchun jihozlar
Yoga va pilates – bugungi kun sportining asosiy trendlari. “Sokin fitness”ning bu mashhur yo‘nalishlarini Gollivud yulduzlari ham, uy bekalari ham, nafaqaxo‘rlar ham, professional spotchilar ham – bir so‘z bilan aytganda, tana sog‘ligi muhimligini anglaganlarning barchasi – yaxshi ko‘rishadi. Buning siri nimada? Mashqlarni boshlashdan oldin, nimalarga e’tibor berish kerak? Nimaga yoga va pilates bilan shug‘ullanish uchun sifatli jihoz kerak? Mazkur va boshqa savollaringizga maqolamizdan javob topasiz.
Yoga va pilates: o'xshashlik va farqlari
Yoga va Pilates ko'pincha uyg‘unlikda tilga olinadi. Boshlanishiga buning sababini tushunish kerak. Gap turli xil tizimlar haqida ketayotgani aniq-ku. Yoga - bu miloddan avvalgi 3-asrda paydo bo'lgan qadimgi hind ta'limoti bo‘lib, shaxsiy hislarning ilohiylari bilan mujassamlashishiga; tana orqali ruhga ta'sir qilishga asoslangan. Pilates esa 20-asr boshlarida amerikalik nemis sport metodisti Jozef Pilates tomonidan harbiy xizmatchilar, politsiyachilar va balet raqqosalarini reabilitatsiya qilish uchun ishlab chiqilgan o'ziga xos o'quv tizimidir.
Shunga qaramay, falsafiy ta'limot va tibbiy reabilitatsiya tizimi o‘rtasida o‘xshashliklar bor, albatta. Birinchidan, yoga ham, pilates ham bir xil konseptsiyaga asoslanadi — mushaklar faoliyatini aqliy nazorat qilish. Ikkinchidan, nafas olish ikkala tizimda ham katta ahamiyatga ega: yogadagi asanalar ham, pilatesdagi tana harakatlari ham to'g'ri nafas olish ritmiga asoslangan, nafas olish va nafas chiqarish rejimida amalga oshiriladi. Uchinchidan, ikkala tizimning holati, texnikasi va harakatlari asosan bir-birini takrorlaydi. Barcha harakatlar sust sur'atda amalga oshiriladi, faol aerobik mashqlarning o‘zi yo'q.
Asosiy farqlarni quyidagicha shakllantirish mumkin.
Yoga | Pilates |
1. Harakatsiz asana-holatlar asosan bo‘g‘imlarning egiluvchanligi va harakatchanligiga qaratiladi. Bonus – mushaklar mustahkamlanishi. |
1. Muntazam o‘zgaruvchi tana harakatlari majmui mushak va paylarga chuqur ishlov berish imkonini yaratadi. Bonus – bo‘g‘imlarning harakatchanligi. |
2. Maqsad – tananing orqa qismi egiluvchanligini rivojlantirish | 2. Maqsad – tananing orqa qismini mustahkamlash va sog‘lomlashtirish |
3. Nafas olish tanani bo‘shashtirishga yordam beradi; ongni stressdan ozod qilib, tanani yengil qiladi |
3. Nafas olish – mushaklarga ta'sir o‘tkazuvchi vositadir. |
4. Jismoniy faollik – ruhni mustahkamlash vositasi, xolos | 4. Inson tanasining jismoniy sifatlarini rivojlantirish orqali ruhiyatni nazorat qilish o‘rganiladi |
Agar qay birini tanlashni o'ylayotgan bo'lsangiz – yoganimi, pilatesnimi – javob bitta: qalbingizga quloq tuting.
Yoga va pilates uchun aksessuarlar
Ikki tizimdan qay birini tanlasangiz ham, sizga bir xil sport aksessuarlari kerak bo'ladi. Gap shundaki, yoga va pilatesdagi ko'plab mashqlar o'xshash, shuning uchun bir xil jihozlardan foydalaniladi. Qanday jihoz bo'lishi mumkin? Yoga va pilates uchun eng yaxshi uskunani qanday tanlash mumkin? Keling, batafsil ko'rib chiqaylik.
Yoga va pilates uchun mat(gilamcha)
Murabbiy birinchi navbatda sotib olishingizni so'raydigan aksessuar. Gap shundaki, yoga va pilates mashqlarining aksariyati polda bajariladi. Shuning uchun gilamcha aslida asosiy o'quv aksessuaridir. Gilamcha sirpanishning oldini olishga yordam beradi, bo'g'imlarni tashqi ta'sirdan himoya qilish uchun qo'shimcha amortizatsiyani beradi va albatta, gilamchada mashq qilish qulay.
Yoga va pilates uchun sifatli gilamcha tanlayotganda quyidagilarga e'tibor bering:
- Qalinligi. 4 mm dan yupqa bo'lmasin;
- Siljishga qarshi qatlamning mavjudligi. Barqarorlikni ta'minlaydi;
- Ishlab chiqarilgan xom ashyosi. Agar gilamcha ekologik toza va chidamli bo'lsa, juda soz. Mutaxassislar PVX, mikrofibra, kauchuk va EVA kabi xom ashyo haqida ijobiy fikr bildiradilar.
- Saqlash uchun qo'shimcha aksessuarlar. Bugungi kunda ko'plab gilamchalarga yukxalta qo‘shib sotiladi. Bu juda qulay, chunki siz uni har safar mashg‘ulotga olib borishingiz kerak.
- Yoga uchun gilamcha, ko‘tarma sumkasi bilan, rolik, bloklar, fitnes, sport uchun, 8 mm
- Yoga uchun gilamcha, g‘ilofli, pilates, fitnes, sport uchun gilamcha 6 mm, 173 * 61 sm
- Fitnes va yoga uchun gilamcha
Yoga va pilates bloki
Muayyan mashqlarni bajarishda tayanchni his qilish, ba'zi mushaklarni yengillashtirish, ko‘proq egilishga erishish, mushak va paylarni kerakli darajada cho'ziltirishga yordam beradigan muhim o'quv aksessuari. Bloksiz – ko'pincha "g'isht" deb ataladigan mazkur jihozsiz – ba'zi mashqlarni bajarib bo‘lmaydi.
Yoga va pilates uchun yaxshi blok tanlashda qanday jihatlariga e'tibor berish kerak:
- Materiali. Po‘kak, yog'och yoki EVA polimeri bo'lishi mumkin;
- Shakli. Blokning o'tkir burchaklari bo‘lmasligi kerak.
- Yoga, fitnes, pilates uchun g'isht, Yoga uchun tayanch blok, yoga bloki, 23x15x8 sm
- Fitnes va pilates uchun blok, yoga g'isht
- Gravity yogasi uchun po‘kakli blok
Yoga va pilates roligi
Qon aylanishini kuchaytirish, mushaklarni bo'shashtirish va spazmlarni bartaraf etish uchun boshlang‘ich mashqlarni bajarish paytida ishlatiladigan aksessuar. Shuningdek, trenerlar tomonidan sellulitning oldini olish, shikastlanishlar va qomatni korreksiyalash uchun tavsiya etiladi.
Yoga va pilates uchun sifatli rolik tanlashda quyidagilarga e'tibor bering:
- Relyefi. U aniq belgilangan, sportdagi maqsadlaringizga mos kelishi kerak;
- Chidamliligi. Rolik kuchli yuklamaga bardosh berishi, deformatsiyalanmasligi kerak;
- Materiali. PVX yoki ekologik toza materiallardan tayyorlangan rolikni tanlang, chunki uni mashg'ulotlarda tez-tez ishlatasiz. Demak, rolik badaningizga xush yoqadigan bo‘lishi kerak.
- Yoga, massaj, fitnes, pilates uchun rolik, yoga uchun gilamcha, 45 sm
- Fitnes uchun massaj roligi, tananing orqasi va tana uchun MFR, 45 sm
- Massaj fitness-roligi, yoga va pilates uchun rolik, uzunligi 45 sm
Yoga va Pilates uchun elastik tasma
Yoga va pilates boshlang‘ich mashqlarida elastik espander-tasma keng qo'llaniladi. Chunki u yumshoq qarshilik ko‘rsatib, yuklama darajasini oshirishga yordam beradi. Elastik tasma bilan bajarilgan mashqlar mushaklardagi yuklamani oshiradi, lekin ayni paytda bo'g'imlarga tushadigan bosimni kamaytiradi. Bunday mashqlar mushak korsetini mustahkamlaydi, gluteal mushaklarga ishlov beradi, shu bilan birga, kvadritseps(old son mushaklari) "tebranishi"ning oldini oladi va yuqori yelka-kamar mushaklarini shakllantiradi.
Pilates va yoga uchun eng yaxshi elastik tasma quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Elastik va shu bilan birga chidamli bo'lishi. Poliuretan va mato elastik tasmalari eng sifatlisi hisoblanadi;
- Markalangan bo‘lishi (markirovka). Bu belgi qarshilik darajasini aniqlaydi va mashg'ulot paytida tanaga tushadigan og‘irlik miqdorini aniqlashga yordam beradi: "S" - yangi boshlanuvchilar uchun, "XXL" - professionallar uchun.
- Elastik tasma qismlarga ajratilib, har bir qism halqa hosil qilishi maqsadga muvofiq – bunday espander-tasma nisbatan funksional hisoblanadi. Uning yordamida ko'proq mashq bajarishingiz, mashg'ulot paytida tanaga tushadigan og‘irlik darajasini aniqroq tartibga solishingiz mumkin.
- Fitnes va yoga uchun elastik tasma, mato, chidamli
- Elastik fitnes lenta, yoga va pilates uchun elastic fitness-tasma
- Pilates va yoga uchun elastik fitness-tasma, espander, 30 sm
Yoga va Pilates uchun fitbol
Katta o'lchamdagi elastik to'p, dastavval, vestibulyar apparatni mustahkamlash va tananing tabiiy muvofiqlashtirilishini barqarorlash uchun muhimdir. Qomatingizni to'g'rilashga, mushaklar tonusi(faollik darajasi)ni qayta taqsimlashga yordam beradi. Shuningdek, yassitovonlikni hamda tomirlarning varikoz kengayishini tuzatishda foydalidir. Fitbol bilan mashqlar vazn yo'qotishga yordam beradi. Tikanakli to'plar esa massaj ta'siriga ega.
Pilates va yoga uchun sifatli fitbol tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak?
- Sportchining bo‘yini hisobga oling. To'pning ideal diametri – bo‘y uzunligidan 100 sm olib tashlaysiz.
- Ruxsat etilgan yuklanishni ko'rsatuvchi to‘pdagi belgiga e'tibor bering. Vazningizdan kam bo'lmasligi kerak;
- Silliq bo‘lmagan qoplamali fitbollarni tanlang. Mashg'ulot paytida uskunaning barqarorligi ko'p jihatdan uning xavfsizligini ta'minlaydi.
- Fitbol uchun fitbol, tikanaksiz, yoga-to'p, 85 sm, 1,2 kg
- Fitnes to'pi, massaj fitboli, tikanaksiz, yoga to'pi, 65 sm, 1,25 kg vaznli to'plar, 200 kg gacha
- Fitnes to‘pi, massaj tukli fitbol, 1,85 kg, diametri 100 sm
Yoga va Pilates halqasi
Yumshoq plastik bilan qoplangan, yon tomonlarida tutqichlari bor metall aksessuar. Qarshilikni yengish mashqlarida, shuningdek, harakatlanuvchi tayanch sifatida ishlatiladi. Eng "muammo"li joylarda – ko'krak va son mushaklarini shakllantirishda samarali yordamchi hisoblanadi. Aytganday, bu jihozni Pilates tizimining asoschisi Jozef Pilatesning o‘zi ixtiro qilingan, mashg'ulot paytida qo'shimcha og‘irlik olish uchun. Biroq, bugungi kunda bu jihoz nafaqat pilatesda, balki yogada ham qo'llaniladi.
Bizning tanlovimiz:
Izoh qo‘shish