bosh sahifa / Xaridlar / Tabiiy tarkib va qulay narxlar: Uzum Marketda yangi poyabzal brendi
Yangilanish sanasi: 01.08.2024

Tabiiy tarkib va qulay narxlar: Uzum Marketda yangi poyabzal brendi

“Uzum Market”da mahalliy ishlab chiqaruvchidan sifatli poyabzal xarid qilish mumkin. Taroziga soling: tarkibidagi yumshoq charm, supinator-tagliklar va hamyonbop narxlar – 155 000 so'mdan boshlanadi. Korxona hammuassisi Farhodbek Mamadiyev bilan suhbatlashib, nega ortopedik poyabzal tanlash va nima uchun marketleysdan xarid qilish kerakligini bilib oldik.

Brend haqida

KFK Collection 27 yillik tarixga ega oilaviy poyabzal kompaniyasidir. Brend korxonaning uch egasi: aka-uka Komiljon va Farxodbek va ularning otasi Qobiljon ismlarining bosh harfidan olingan.

Mahsulotlar orasida aniq o'lchamlar jadvaliga ega bolalar va erkaklar charm poyabzallari mavjud. Hozir kompaniya turli mamlakatlardagi marketpleyslar bilan faol hamkorlik qilmoqda: mahsulotning 95 foizi Rossiya, Belarus, AQSh, BAA, Qozog'iston va Qirg'izistonga eksport qilinadi. Mahalliy bozor uchun poyabzal ham talaygina – Uzum Marketda ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beriladigan yuzdan ortiq modellarni topishingiz mumkin.

Faoliyatimizni otamiz boshlab berganlar: 1996 yilda biz uyda poyabzal ishlab chiqarishni boshladik, keyin ijaraga joy oldik va asta-sekin ishlab chiqarishni kengaytirdik. Hozir kuniga ming juftdan ortiq mahsulot ishlab chiqaramiz: tagcharm tayyorlashga akam, yakuniy mahsulotga men mas’ulman.

Farhodbek Mamadiev
KFK Shoes brendining asoschisi

Materiallar

Oʻzbekistonda topilishi mumkin boʻlgan xomashyo: charm, iplar, bog‘ichlar, termobo‘z va jinsi matosidan qilingan qoplamalar mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilinadi. Xitoydan rezina, ignalar, metall supinatorlar va termoplast keltiriladi. Poliuretan kabi tagcharm uchun zaruriy materiallar Italiyadan olamiz.

Uskunalar turli mamlakatlardan keltirilgan. Masalan, bizda Italiyadan olib kelingan katta press, termobo‘zni yopishtirish uchun Turkiyadan keltirilgan apparat, Tayvandan keltirilgan tikuv  mashinalari va charmni silliqlab ishlov berovchi qayroqtosh apparatlarimiz bor.

Biz tagcharm uchun juda yaxshi Italiya xomashyosini topishga muvaffaq bo'ldik: u Xitoynikidan bir oz qimmatroq, ammo sifatliroq, shuning uchun narx oqlanadi. Umuman olganda, biz imkon qadar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning materiallaridan foydalanishga harakat qilamiz, ammo kerakli sifatni topa olmasak, ularni chet ellik sotuvchilardan qidiramiz.

Bu jihozlarga ham tegishli: xorijdagi tematik ko‘rgazmalarga borib, yangi va qiziqarli narsalarni ko‘rganimizda, uni sotib olib, tarmoqqa qo‘yamiz.

Assortiment

Brend hamma fasllar va holatlar uchun ko'plab mahsulotlarni taklif qiladi: ochiq sandallar va klassik baletkalardan tortib, krossovka va yelim tasmali mokasinlargacha — bunisi ayniqsa kichik bolalar uchun qulay. Barcha modellarda ortopedik supinator-pataklar mavjud.

 

Ko'p odamlar, yassioyoq yoki boshqa muammosi borlar ortopedik poyabzal kiyishi kerak, deb noto'g'ri o‘ylashadi. Darhaqiqat, har qanday poyabzalda supinator  – oyoq gumbazini ko'tarib, uning holatini to'g'ri ushlab turadigan tayanch bo‘lishi kerak.

Bolalar liniyasining afzalligi – bu bolalar oyoqlarining haqiqiy o'lchamlariga mos keladigan standart qoliplardir. Misol uchun, agar siz KFK poyafzallarini Xitoyniki  bilan solishtirsangiz, ikkinchisi ko'pincha o'rta o'lchamlargacha kattaroq keladi ishlaydi va o'rtachadan yuqori – kichikroq kelib qoladi. Bu standart yo'qolishiga va onlayn buyurtma berishda tez-tez xatolarga olib keladi.

Narxi

Narxi u qadar baland bo‘lmasa ham, mahsulotlar yumshoq charmdan tayyorlanadi, ular yaxshi cho'ziladi va oyoq shakliga moslashadi. Umuman olganda, poyabzalni tabiiy materiallardan tanlagan yaxshiroq: ular havoni yaxshi o‘tkazadi, bu ko‘p terlash, zamburug‘ shakllanishi va ishqalanishning oldini olishga yordam beradi.

 

Biz narxlarni oshirmoqchi emasmiz, chunki xarajat xaridor uchun asosiy tanlov mezonlaridan biridir. Menimcha, bu toifadagi milliy mahsulot 500, 700 ming yoki 1 million turmasligi kerak.

Shu bilan birga, sifat ham zarar ko'rmasligi kerak. Ajablanarlisi shundaki, ko‘pchilik tanada bemalol turadigan futbolkaning paxtadan tayyorlanganini sotib olishi mumkin, ammo oyoq doim siqilib turadigan poyabzalni havo o‘tkazmaydigan sintetik turini tanlashi mumkin.

Tezkor aloqa

Ilgari brendning Toshkent, Samarqand va boshqa shaharlarda oflayn do‘konlari bo‘lgan. 2020 yilda Covid cheklovlari paytida ular yopildi va endi ular butunlay onlayn formatga o'tdi.

Marketpleys bilan ishlashning afzalliklaridan biri – bu odamlarning so'rov va shikoyatlarini tezda kuzatib borish imkoniyatidir. Sizga nuqsonli poyabzal borib qoldimi, oʻlchami mos kelmadimi yoki dizayn sizga mos kelmadimi, farqi yoʻq – siz darhol mahsulot haqida fikr-mulohaza bildirishingiz mumkin va uning holatidan qatʼi nazar, biz yangisini yuboramiz.

Bundan tashqari, mijozlarning tez-tez takrorlanadigan so'rovlarini tahlil qilgan holda, yangi kolleksiyalarni ishlab chiqishda inobatga olishga harakat qilamiz.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
15 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
Hasanboy Komilov
Hasanboy Komilov
8 months ago

yaxshi zur

Omadxon
Omadxon
8 months ago

Foydali ma'lumotla ekan

M
M
8 months ago

Javohir
Javohir
8 months ago

Gap boʻlishi mumkin Emas

Robiya
Robiya
8 months ago

Zoʻr maxsulot ekan oʻzmga kerakli maʼlumot oldm

Guzal
Guzal
8 months ago

Juda chiroyli va yurishga qulay poyafzal ekan.

Nuraddin Matyoqubov
Nuraddin Matyoqubov
8 months ago

SHaxsiy brend yaratish kerak va u judda sifatli bo‘lishi ommaviy va xamyonbob bo‘lishi ham kerak

Nuraddin Matyoqubov
Nuraddin Matyoqubov
8 months ago

Shaxsiy brend yaratish kerak va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan bo‘lsa judda yaxshi

Yorqinbek Bozorboyev
Yorqinbek Bozorboyev
8 months ago

Gap yoʻq zoʻr

TM
TM
8 months ago

Zor

Maftuna
Maftuna
8 months ago

Zor

Shohrux
Shohrux
8 months ago

Yaxshi

Hikmatilla
Hikmatilla
8 months ago

Ajoyib

Shohruhxon
Shohruhxon
8 months ago

Zoʻr

Elyor
Elyor
8 months ago

Zo‘r