
Ikki baravar foyda: pulni tejashga yordam beradigan uy uchun 10 ta ekologik yechim
Ekologik turmush tarzi nafaqat atrof-muhitga, balki sogʻligʻingiz haqida qayg‘urish demakdir. Yana bunday yondashuv pulni ham tejashga yordam beradi. Agarda bir qator kundalik odatlarni o‘zgartirsangiz, oila byudjeti uchun foydali boʻlishi aniq.
Chiqindini saralang
Oʻzbekiston boshqa davlatlardan o‘rnak olib, chiqindini saralashni yoʻlga qoʻyayotganini inobatga olsak, bu foydali ekoodat tez orada hayotiy ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. 2024-yildan boshlab Oʻzbekistonda maishiy chiqindilarni qayta ishlanadigan, qayta ishlanmaydigan va oziq-ovqat chiqindilariga saralashni bosqichma-bosqich ishga tushirish loyihasi yo‘lga qo‘yiladi. Tajriba Toshkent shahri va Toshkent viloyati, shuningdek, Angren, Andijon, Buxoro va Termiz shaharlarida boshlanadi. Prezident qaroriga koʻra, 1-iyulga qadar mazkur hududlardagi sanitariya tozalash korxonalari fuqarolarni ushbu turdagi chiqindilarning har biri uchun bepul chiqindi qoplari bilan ta'minlashi shart. Paketlar ranglari bilan farqlanadi va keyingi saralash jarayonini osonlashtirish uchun ularda QR kodlari ham boʻladi. Shuningdek, chiqindini yigʻish joylaridagi sanitariya tozalash korxonalari fuqarolardan qayta ishlanadigan qattiq maishiy chiqindi: plastmassa, shisha va toʻqimachilik chiqindilari, rezina va kauchuk mahsulotlari va boshqalarni sotib oladi. Bunday chiqindilarni topshirish boʻyicha tarif va boshqa shartlar hali e'lon qilinmagan.
Doʻkonlardan plastik qoplarni xarid qilmang yoki olmang.
Tabiatda plastik qoplarning chirishi oʻrtacha 200 yil davom etadi. Oʻzingiz bilan bir nechta yigʻma xarid xaltalarini olib yuring, shunda har safar oziq-ovqat mahsulotlarini solish uchun paket sotib olishingizga hojat qolmaydi. Meva va sabzavotlar maxsus toʻrli sumkalarga joylashtirilishi mumkin. Plastik chiqindi qoplarini qogʻoz qoplarga almashtiring yoki axlat qutisiga roʻzgʻorda topilishi oson boʻlgan oddiy gazetani yoying. Chiqindilarni tashlagandan soʻng, chelakni yuvish va quritishning oʻzi kifoya. Chiqindi tagiga qo‘yish uchun har qanday karton quti yoki boshqa idishlardan ham foydalanishingiz mumkin. Oziq-ovqat chiqindilarini esa dastlab qadoqda sotiladigan don-dun va boshqa shunga o‘xshash mahsulotlar qoplariga soling.
- Sumka shopper qayta foydalanish mumkin, katlanadigan xarid qilish uchun bosma bilan
- Ayollar uchun sumka-shopper, har kunlik, yelka ustida, harid uchun sumka
- Meva va sabzavotlarni saqlash uchun to'rli sumka sumkasi, 4 o'lchamdagi mahsulotlar
Plastmassadan iloji boricha kamroq foydalaning
Koʻp turdagi plastik mahsulotlarning chirishi uchun asrlar kerak boʻladi. Shuning uchun, iloji boricha, qayta ishlanishi mumkin boʻlgan ekologik toza materiallar foydasiga plastikdan, ayniqsa, bir marta ishlatiladigan plastmassadan voz keching: shisha, metall, yogʻoch, qogʻoz. Xarajatlarni kamaytirish yoʻllarini toping.
- Don va shunga oʻxshash oziq-ovqatlarni saqlash uchun plastik idishlar oʻrniga doʻkonda sotib olingan murabbo, tuzlama va marinadlardan qolgan shisha idishlardan foydalaning.
- Agar sizga bir marta ishlatiladigan likopcha yoki stakan sotib olish kerak boʻlsa, qogʻozlilarini tanlang.
- Mikroplastmassalarni oʻz ichiga olgan porolon gubkalar oʻrniga, jut yoki dastmolqovoqdan tayyorlangan tabiiy qozon sochiqlardan foydalaning. Ular nafaqat ekologik jihatdan toza, balki uzoqroq xizmat qiladi.
- Shisha idish, quyma mahsulotlar uchun, don, shakar, un, qahva, choy uchun qopqoqli idish
- Likopchalar qog'ozdan Ramazon Muborak, bezaklar, 10 dona
- Idishlarni yuvish uchun mochalka gubkasi
Potensial xavfli chiqindini axlatxonaga tashlamang
Bu, birinchi navbatda, buzilgan maishiy texnika, batareyalar, elektron qurilmalar batareyalari va lampochkalarga tegishli. Eski jihozlaringizni qayta ishlashga topshirib, buning uchun oz miqdorda pul ham olishingiz mumkin. Shahringizda bunday mahsulotlarni utilizatsiyaga qabul qiladigan kompaniyalarning manzilini Internetdan topishingiz mumkin.
Internetda batareya, akkumulyator va lampochkalarni yigʻish bilan shugʻullanadigan mahalliy ekologik tashkilotlarning aloqa raqamlarini ham topishingiz mumkin. Ularni topshirganingiz uchun sizga pul berilmaydi, lekin bu bilan atrof-muhitni himoya qilishga oʻz hissangizni qoʻshgan boʻlasiz. Misol uchun, barmoqdek keladigan batareyaning chirishi uchun taxminan 100 yil kerak boʻladi, bu vaqt ichida u taxminan 16 kvadrat metr yerni zaharlashi mumkin.
Agar uyingizda batareyada ishlaydigan qurilmalar ko‘p boʻlsa, ularni koʻp martalik akkumulyatorlarda ishlaydiganlariga almashtiring. Narxi qimmatroq, lekin yaxshi akkumulyatorlar 500 yoki undan ortiq zaryadlash davri uchun moʻljallangan. Agar 100 ta batareyka sotib olish uchun qancha pul ketishini hisoblab chiqsangiz, foyda aniq koʻrinadi.
Oziq-ovqat chiqindisini qayta ishlovchi komposter oʻrnating
Kartoshka, sabzi, piyoz, banan va boshqa meva va sabzavotlar poʻchoqlari, ichilgan choy shamasi, kofe qoldiqlari, tuxum qobigʻi, tarvuz poʻstlogʻi, olma va nok oʻzaklari kabi oshxona chiqindisini axlatga tashlamay, oʻsimliklarni o‘g‘itlash uchun komposterda qayta ishlash ham mumkin. Shunday qilib, doʻkondan oʻgʻit sotib olishning xojati qolmaydi. Oshxona komposteri nafaqat chorbogʻ yoki dala hovlida yashovchilar uchun, balki shaharda xonaki oʻsimliklar oʻstirishni yaxshi koʻradiganlar uchun ham juda foydali.
Maishiy kimyoviy vositalarini ekologik jihatdan tozaroqlariga almashtiring
Idishlarni yuvish uchun oddiy maishiy sodadan, gaz plitasi yoki pechni tozalashda esa soda va sirka aralashmasidan foydalanishingiz mumkin. Ularning narxi tarkibida zararli komponentlarni saqlashi mumkin boʻlgan maishiy kimyoviy vositalarga qaraganda ancha arzon. Agar baribir ham maishiy kimyoviy vositalarni sotib olishingiz kerak boʻlsa, atrof-muhitga zarar keltirmaydigan "bio" va "eko" belgilariga ega mahsulotlarni tanlashni tavsiya qilamiz.
- Uy va mebel tozalash uchun vosita Synergetic, universal, 500 ml
- Barcha turdagi yuzalar uchun tozalash vositasi 7ta1 da BioMio, 500 ml
- Ozuqa sodasi, 500 g
Energiya tejovchi lampalardan foydalaning
2017-yildan boshlab Oʻzbekistonda quvvati 40 Vt dan ortiq boʻlgan choʻgʻlanma lampalarni sotish taqiqlangan. Biroq, Energetika vazirligi ta'kidlaganidek, ta'qiq kuchga kirgandan keyin ham ularni ba'zi doʻkonlarda topish mumkin edi. Bundan tashqari, ba'zi odamlar hali ham eski lampalardan foydalanib, elektr energiyasi uchun bir necha barobar koʻproq pul toʻlaydilar. Oddiy arifmetika:
- 100 Vt choʻgʻlanma lampa soatiga oʻrtacha 800 vatt elektr energiyasini iste'mol qiladi, agar u kuniga 8 soat, masalan, ertalab 3 soat va kechqurun 5 soat yoqilsa, bir oy (30 kun) ichida u 24 kilovatt-soat (kVt•soat) ishlaydi;
- shunga oʻxshash 7 Vt lik energiya tejovchi lampa o‘sha 8 soat davomida atigi 56 vatt va oyiga 1,6 kVt / soat elektr energiyasi iste'mol qiladi – bu 15 barobar kamroq degani.
Shunday qilib, siz oyiga 22,4 kVt/soat elektr energiyasini tejashingiz mumkin. Biz buni maishiy iste'molchilar uchun amaldagi tarifga koʻpaytiramiz – 1 kVt/soat uchun 295 soʻm va oyiga 6608 soʻm olamiz. Bir yil davomida faqat bitta lampadan tejamkorlik 6608 x 12 = 79 296 soʻmni tashkil qiladi. Endi bu miqdorni uyda yoki kvartiradagi lampochkalar soniga koʻpaytiring – foyda yaqqol ma'lum bo‘ladi.
- Yoritgich energiya tejash, dumaloq, USB
- Svetodiod lampasi E27 RGB+W, masofadan boshqarish pulti bilan, 15 Vt
- Lampa STD LED A60-11W-860-E27, 100 Vt, 880 Lm, sovuq AIR
Suvni tejang
Bu bilan siz nafaqat xarajatlarni kamaytirasiz, balki tabiiy resursni saqlashga ham hissa qoʻshasiz: har yili olimlar sayyoramizdagi chuchuk suv zahiralarining kamayib borayotgani haqida tobora koʻproq ma'lum qilmoqdalar. BMT ekspertlari taʼkidlaganidek, soʻnggi 20 yil ichida quruqlikdagi suv zaxiralari yiliga 1 sm ga kamaygan. Yer miqyosida oladigan bo'lsak, bu juda katta hajmni bildiradi.
Agar sizda hisoblagichlar boʻlmasa, ularni oʻrnatishni unutmang. Suv uchun toʻlovlar sezilarli darajada kamayadi. Krandan suv oqmasligi uchun ularning holatini kuzatib boring. Oddiy va foydali uy-roʻzgʻor odatlarining o‘zi ham suvni tejashga yordam beradi (va shu bilan birga kommunal toʻlovlarni kamaytiradi):
- hammomda cho‘milmasdan dush qabul qiling;
- joʻmrakni toʻliq ochmang;
- kranga aeratorli uchlik oʻrnating: suv oqimini sozlab, uning bosimini kamaytirish mumkin;
- tishlaringizni yuvayotganda, joʻmrakni yoping;
- kartoshka va boshqa ildizli sabzavotlarni kran tagida emas, balki suv bilan toʻldirilgan oshxona rakovinasida yuving;
- idishlarni sovunlayotganda, suvni oʻchirib qo‘ying;
- kir yuvish mashinasini toʻliq yuklang va "tejamkorlik" rejimlaridan koʻproq foydalaning;
- gullarni sugʻorishda sabzavotlarni yuvishdan qolgan suvdan foydalaning.
Mavsumiy va mahalliy mahsulotlarni sotib oling
Ular import orqali kirib keladigan ekzotik mevalarga qaraganda arzonroq, tarkibida vitaminlari ham koʻproq, kimyoviy moddalar bilan kamroq ishlov beriladi. Shuni ham yodda tutingki, mahsulotlarni uzoq muddat davomida, ayniqsa samolyotda tashish katta transport uglerod izini qoldiradi. Inson faoliyati bilan bogʻliq issiqxona gazlarining atmosferaga chiqarilishi qancha koʻp boʻlsa, iqlimga shunchalik koʻp zarar yetkaziladi.
Haqiqatan ham zarur narsalarni sotib oling
Bu oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-roʻzgʻor buyumlari va turli xil kichik buyumlarga tegishli. Bunday yondashuv nafaqat pulni, balki tabiiy resurslarni ham tejashga yordam beradi. Eskisi yaroqsiz bo‘lgandagina yangisini sotib olishni qoidaga aylantiring. Buyumlar uzoqroq xizmat qilishi uchun ulardan ehtiyotkorlik bilan foydalaning. Oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olib, ovqatni shunday miqdorda tayyorlangki, aynigan ovqat uvol bo‘lib, tashlanib ketmasin. Bir marta yoki koʻp marta ishlatiladigan buyum olmoqchi bo‘lsangiz, har doim koʻp marta ishlatiladiganini tanlang. Keraksiz narsalarni sotib yuboring yoki muhtoj boʻlganlarga bering. Bu qoidalarga amal qilib, sayyoramizdagi axlat miqdorini kamaytirish yoʻlida o‘zingizning kichik, ammo muhim hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.
Izoh qo‘shish