bosh sahifa / Sarflash va tejash / Uy-joy kommunal xizmatlari uchun to‘lov kvitansiyalarini qancha vaqt va qanday saqlash kerak
Сколько хранить квитанции об оплате ЖКУ и как это лучше делать
Yangilanish sanasi: 21.05.2024

Uy-joy kommunal xizmatlari uchun to‘lov kvitansiyalarini qancha vaqt va qanday saqlash kerak

Har bir oila har oy uy-joy kommunal xizmatlari (UJKX) uchun oylik to‘lov ma’lumotnomalarini oladi. Ushbu xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng, kvitansiya va cheklarni saqlab qo‘ying. Shunda asabingiz ham, vaqtingiz ham, pulingiz ham tejaladi. Chunki qarzingiz yo‘qligini isbotlash kerak bo‘lgan holatlar ham bo‘lib turadi.

Uy-joy kommunal xizmatlari uchun to‘lovlar nima?

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 133 muvofiq, kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi:

  • sovuq va issiq suv;
  • suvni utilizatsiya qilish (kanalizatsiya);
  • elektr energiyasi;
  • gaz - agar gaz o‘tkazilgan bo‘lsa;
  • xonadonni isitish;
  • axlatni olib ketish uchun to‘lovlar.

Ushbu to‘lovlar ham mulkdorlar, ham ijarachilar tomonidan amalga oshiriladi (kvartira yoki xususiy uyning egasi bilan kelishilgan holda, bu to‘lovni uning o‘zi amalga oshirishi mumkin - keyin bu miqdor ijara narxiga qo‘shiladi).

Xizmat tariflari qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadi. Narxlar inflyatsiyani hisobga olgan holda muntazam indeksatsiyalanadi.

Uy-joy kommunal xizmatlari uchun to‘lov qog‘ozida quyidagi ma‘lumotlar ko‘rsatiladi:

  • To‘lovchi to‘g‘risidagi ma'lumotlar: uning familiyasi, ismi va otasining ismi, shaxsiy hisob raqami, manzili, binoning maydoni va u erda yashovchi odamlar soni.
  • Kommunal xizmat ko‘rsatuvchi haqida ma'lumot:  to‘liq nomi, manzili, telefon raqami, PINFL va boshqa ma'lumotlar.
  • Hisoblagich ko‘rsatkichlari (suv ta'minoti, elektr energiyasi, gaz uchun hisob-kitobda - agar bular o‘rnatilgan bo‘lsa).
  • To‘lanishi lozim bo‘lgan pul miqdori va hisoblash turi: tarif, oyiga qilingan xizmatlar hajmi, hisoblangan pul miqdori. Bundan tashqari, jarimalar, qayta hisoblash va imtiyozlar - agar mavjud bo‘lsa.

Qog‘oz yoki elektron kvitansiyalar

Uy-joy mulkdorlari kommunal tol‘ovlar uchun an'anaviy qog‘oz kvitansiyalar hamda  elektron shakldagi ma'lumotnomalar olishlari mumkin. Agar qog‘ozlisi pochta qutisiga tashlangan bo‘lsa, ikkinchisi elektron pochta orqali yuboriladi. So‘nggi paytlarda etkazib beruvchilar ko‘proq elektron formatga o‘tmoqda: bu oddiy, tezkor, va qulay usul, shuningdek, kvitansiyaning yo‘qolish ehtimoli kamroq.

Agar  elektron kvitansiya to‘satdan kelmagan bo‘lsa, elektron pochta qutisidagi “Spam” jildini tekshirish mantiqan to‘g‘ri, ma'lumotnoma xatolik bilan shu yerga tushgan bo‘lishi mumkin.

Agar siz kutayotgan kvitansiya ma'lum sabablarga ko‘ra kelmay qolsa, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida hisobvaraqlaringiz holatini va kommunal xizmatlar uchun qarzdorlik bor-yo‘qligini bilishingiz mumkin. Buning uchun "Ko‘chmas mulk" bo‘limidagi shaxsiy kabinetingizga kirib, kadastr raqamini kiritasiz. Uyingiz yoki kvartirangiz raqamini qo‘shasiz. Ma'lumotlar bazasida ushbu raqam paydo bo‘lganida, "Kommunal xizmatlar" bo‘limiga kirib, sizni qiziqtirayotgan ma'lumotlarni bemalol ko‘rasiz. Shu yerning o‘zida tegishli kommunal xizmatlar qatoridagi "To‘lash" tugmachasini bosish orqali uy-joy kommunal xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin.

Hozirda uy-joy mulkdorlari turli uy-joy kommunal xizmatlari uchun bir nechta to‘lov ma'lumotnimalarini oladilar. Noqulay vaziyat bu. Biroq, kelajakda hammasi o‘zgarishi kerak - bitta umumiy hujjat bo‘ladi. 2021-yilda Prezidentimiz yangi farmonni imzolagan edi, unga ko‘ra fuqarolar barcha kommunal xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun yagona raqam olishlari shart edi. 2024-yil yanvar oyida davlat rahbari mamlakatimizda uy-joy xo‘jaliklari uchun yagona shaxsiy hisobni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini ma'lum qilgan edi. Bu hisob uy-joy ijara to‘lovi, kommunal to‘lovlar va soliq to‘lovlarini birlashtirishi kerak.

Kommunal to‘lovlarni qanday to‘lash kerak

Kvitansiya bo‘yicha ham oflayn, ham onlayn tarzda to‘lashingiz mumkin:

Oxirgi to‘rtta variant onlayn to‘lovni nazarda tutadi – to‘lovni telefon orqali, uydan yoki boshqa joydan amalga oshirish mumkin. Internetga kirolsangiz bo‘lgani.

Onlayn to‘lovni amalga oshirayotganda, elektron chekni olishingiz, uni kompyuterda, telefonda saqlab qo‘yishingiz yoki chop etishingiz mumkin. Ba‘zi to‘lov tizimlari qo‘shimcha xizmatni – qog‘oz kvitansiyalarni pochta orqali etkazib berishni taklif qiladi

Barcha elektron kvitansiyalar qog‘oz kvitansiyalar kabi kuchga ega - hukumat tegishli qarorni 2018 yilda chiqargan.

Nima uchun kommunal to‘lovlar uchun kvitansiyalarni saqlash kerak?

Agar  to‘lov puli to‘satdan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga etib bormasa yoki tashkilot to‘lovni qabul qilib, lekin to‘lov sizdan ekani haqida ma‘lumot olmasa, kvitansiyalar sizning uy-joy kommunal xizmatlari uchun haq to‘langanini tasdiqlaydi. Shuningdek, saqlab qo‘yilgan kvitansiyalar yordamida qaerda va qachon xato sodir bo‘lganini aniqlash osonroq bo‘ladi.

Misol uchun, bankda to‘lovni amalga oshirayotganda, kassir shaxsiy hisobning bir necha raqamida xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin yoki ma'lumotlarni kiritish paytida kompyuter “qotib” qolishi mumkin - shunda ma'lumotlar noto‘g‘ri saqlanib qoladi. Onlayn to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar ham mavjud. Shu sababli, pul “yo‘qolishi” mumkin, to‘lov uy-joy kommunal xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotning bank hisob raqamiga tushishi mumkin, ammo to‘lov sizning shaxsiy hisobingizda belgilanmaydi. Bunday holat bir necha oy yoki hatto bir necha yil ichida aniqlanishi mumkin.

Shuningdek, boshqaruv kompaniyasiga tegishli uy-joy mulkdorlari shirkati(UJMSh)  qayta tashkil etilishi mumkin. Agar ba'zi sabablarga ko‘ra, hujjatlarning bir qismi o‘tkazilmasa yoki yo‘qolib ketsa, hatto muntazam to‘layotganlar ham ko‘p millionli qarzga botib qolishi mumkin.

Kommunal to‘lovlar uchun kvitansiyalarni qancha vaqt saqlash kerak?

Qonun hujjatlarida uy-joy kommunal xizmatlari uchun to‘lov kvitansiyalarini, uydagi umumiy mulkni ta'minlash uchun badallarni saqlash muddati belgilanmagan. O‘zbekiston Fuqarolik kodeksining 12-bobiga ko‘ra, umumiy da'vo muddati - uch yil. Shuning uchun kommunal to‘lovlar uchun kvitansiyalar va cheklar kamida uch yil davomida saqlanishi kerak.

Agar uy-joy kommunal xizmatlarini amalga oshiruvchi qarzni to‘lash xususida sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilsa, u da'vo muddatini hisobga olmagan holda butun miqdorni to‘lashni talab qilishi mumkin. Agar qarzdor da'vo muddatini qo‘llash to‘g‘risida iltimos bilan javob bermasa, sud etkazib beruvchining talablarini qondirishi mumkin. Shuning uchun, kvitansiyalarni iloji boricha uzoqroq saqlash kerak - har ehtomolga qarshi.

Kvitansiya saqlashning eng yaxshi usuli

Qog‘oz kvitansiyalarni alohida faylli papkada saqlash qulay. Ularni oylar bo‘yicha tartibga solish mumkin. Kassa cheklarining vaqt o‘tishi bilan rangi o‘chishi mumkin. Shuning uchun jildni yopiq shkafda saqlang. Yaxshisi, har bir kvitansiyaning nusxasini oling.

Onlayn to‘lovlarni amalga oshirayotganda, tizim chekni yuborish yoki ularni qurilmangizda saqlash uchun elektron pochta manzilingizni so‘rasa, ushbu xizmatdan albatta foydalaning. To‘lov tarixi va barcha kvitansiyalar elektron to‘lov xizmati yoki bankning shaxsiy kabinetida saqlanadi, ammo behavotir bo‘lish uchun ularning nusxasini yig‘ib qo‘ygan ma'qul. Agar bank litsenziyasi olib qo‘yilsa yoki tizim yangilansa, ba‘zi eski to‘lov ma'lumotnomalarini topolmay qolishingiz mumkin.

Bunday bo‘lmasligi uchun maxsus papka yaratib, elektron cheklarni kompyuterda saqlang. Kerakli kvitansiyani tezda topish uchun papkaning ichida har bir yil uchun oylar bo‘yicha alohida papka yarating. Bir vaqtning o‘zida papkalarni bulutli xotiraga yuklang - masalan, Google yoki Yandex ga. Kompyuter ishdan chiqishi mumkin. Agar qattiq disk shikastlangan bo‘lsa, ba'zi ma'lumotlar yo‘qolib ketadi.

Agar xizmat tizimi kvitansiya bermasa, ehtiyotingizni qilib, to‘lovni tasdiqlovchi ekrandagi tasvirni skrinshot qiling, keyin uni chop etish yoki kompyuterda, bulut xizmatida saqlash mumkin.

Uy-joy kommunal xizmatlari to‘lov kvitansiyalari: muhim holat

  1. Kommunal to‘lovlar uchun kvitansiyalar hisob bo‘yicha to‘lovni amalga oshirganingizni tasdiqlaydi. Elektron kvitansiyalar qog‘oz kvitansiyalarga teng.
  2. To‘lov kvitansiyalari va cheklarini kamida uch yil davomida saqlang. Undan ko‘p bo‘lsa, yanada yaxshiroq bo‘ladi. Bu narsa qarzlaringiz yo‘qligini isbotlashga yordam beradi.
  3. Elektron kvitansiyalarni saqlash yoki chop etishni unutmang. Ularni kompyuter yoki noutbukdagi papkaga "joylang", bulut xizmatida qayta saqlang. Qog‘oz kvitansiyalar uchun maxsus jildli papka tuting.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments