bosh sahifa / Xaridlar / Sifatli tugmachali telefonlar obzori
Yangilanish sanasi: 08.08.2024

Sifatli tugmachali telefonlar obzori

Bugungi kunda eng yaxshi tugmachali telefonni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak — materialimizda aytib beramiz.

Korpus turi

Korpuslarning uchta asosiy turi mavjud:

  • Monoblok. Bu kichik ekran va tugmachalarga ega yaxlit telefon. Suriladigan yoki ochiladigan tuzilmalarning yo‘qligi ushbu modelni juda mahkam va ishonchli qiladi. Ekranda barcha ma'lumotlar ko‘rinadi: qo‘ng‘iroq qiluvchining ismi va telefon raqami, SMS matni, quvvat darajasi, o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar belgilari va boshqalar.
  • Raskladushka. (Ochilib-yopiladigan koprus).  Monoblokka nisbatan ixcham o‘lchamlarga ega bo‘lgan mashhur telefon. Odatda yuqori qopqoq kichik ekran bilan jihozlangan bo‘lib, u yerda vaqt va sanani, kim qo‘ng‘iroq qilayotganini yoki xabar kelganligi haqida ma'lumotni ko'rish mumkin. Raskladushkalarning eng zaif bo‘g‘ini qopqoqni blokka mahkamlash joyidir — ko‘p ochilish yoki tushishlar mexanizmning ishdan chiqishiga olib keladi va unga zarar etkazishi mumkin. Boshqa jihatlarda esa bunday telefon ham uzoq vaqt va samarali xizmat qiladi.
  • Slayder.  Konstruktiv xususiyati sifatida raskladushka kabi ikkita qismga ega tugmachali telefon bo‘lib, ular parallel tekislikda joylashgan, tugmachalar klaviaturasini ochish yoki yopish uchun shunchaki yuqoriga va pastga suriladi. Juda qiziqarli model, yopiq holatda tugmalar tasodifiy bosish va ifloslanishdan ishonchli himoyalangan. Korpus yuqoriga va pastga yoki chapga va o‘ngga surilishi mumkin.

Aloqa standarti

Qurilmaning ishlashi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan muhim xususiyat. Eng yaxshi tugmachali telefonni tanlashda undan foydalanish geografiyasini hisobga olish kerak: ba'zi hududlarda barcha aloqa formatlari mavjud emas. Aks holda, gadjet o‘rniga qo‘ng‘iroq qilish yoki SMS yuborish mumkin bo‘lmagan keraksiz plastmassa bo‘lagiga ega bo‘lishingiz mumkin.

  • 5G — yuqori sifatli aloqani ta'minlaydigan so‘nggi avlod standarti.
  • 4G va 3G — barcha aloqa operatorlari tomonidan qo‘llanadigan ish standartlari.
  • 2G — ba'zi hududlarda qo‘llanmaydigan eng oddiy protokol, shuning uchun bunday telefonni tanlashda ehtiyot bo‘lish kerak.
  • LTE. LTE protokolini qo‘llash telefonning Internetga ulanishi va yaxshi aloqani ta'minlashi mumkinligini anglatadi.

SIM kartalar soni va turi

2024 yilning eng yaxshi tugmachali telefonlarini tanlayotganda,  muayyan modelga qaysi sim-karta mos kelishini darhol bilib olish kerak.

  • To‘liq o‘lchamli SIM-karta (1FF) 85,6 x 53,98 x 0,76 mm o‘lchamga ega.
  • Mini-SIM (2FF) 25 × 15 × 0,76 mm o‘lchamga ega.
  • Micro-SIM (3FF) 15 × 12 × 0,76 mm o‘lchamga ega.
  • Nano-SIM (4FF) 12,3 × 8,8 × 0,67 mm o‘lchamga ega.

Agar SIM-karta eski bo‘lsa, nazariy jihatdan uni mustaqil ravishda yoki aloqa do‘konida uyasiga moslashtirib kesish mumkin. Biroq, bu aloqani yomonlashtirishi mumkin: notekis yoki qo‘pol kesilish tifayli karta uyaga mukammal joylashmay qolishi mumkin,  bu signal sifatiga ta'sir qiladi. Zamonaviy sim-kartalarda “ortiqcha” qismini kerakli o‘lchamlargacha ehtiyotkorlik bilan olib tashlash mumkin bo‘lgan tirqishlar mavjud.

SIM-karta uyalari soni bo‘yicha 1 va 2 uyali modellar ustunlik qiladi. Biroq, 2024 yilning eng yaxshi tugmachali telefonlari bir vaqtning o'zida 4 ta sim-kartadan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

Batareya quvvati

Batareya quvvati mA/soat (milliamper-soat) bilan o‘lchanadi va 2024 yilning eng yaxshi tugmachali telefonlarida u 5000 ga yetishi mumkin. Batareya quvvati qanchalik yuqori bo‘lsa, telefon zaryadini shunchalik uzoq ushlab turadi — ba'zi modellar bir necha hafta davomida zaryadlashni talab qilmasligi mumkin. Uzoq muddatli ishlash uchun 2500-3000 mA/soat quvvatga ega batareya yetarli.

Xususiyatlar

Katta tugmachalar — keksalar uchun zarur xususiyat, ular uchun katta tugmachalar standart tugmachalarga qaraganda ancha qulayroq.

Klaviatura ovozi — ko‘rish qobiliyati cheklangan odamlar uchun muhim xususiyat. U har bir bosilgan tugmachaning ovozli tasdiqlanishini ta'minlaydi, bu raqamni terishda ayniqsa foydalidir, chunki foydalanuvchi har bir bosilgan raqamning ovozini eshitadi.

Chiroq — deyarli har bir telefonda mavjud, biroq ba'zi modellarda u ancha yorqinroq bo‘ladi.

SOS tugmasi — “Favqulodda qo‘ng‘iroq” tugmachasiga 1 dan 3 gacha raqamlarni yozib olish mumkin bo‘lgan dasturiy ta'minot. Ushbu tugma bosilgan taqdirda, qo‘ng‘iroq qilingan abonent telefonni ko‘tarmaguncha terish avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Oddiy qo‘ng‘iroq qilishning iloji bo‘lmaydigan favqulodda vaziyatga tushib qolishi mumkin bo‘lgan keksalar va bolalar uchun yaxshi imkoniyat.

Radio — telefondan radio sifatida foydalanish va dachada, uyda yoki yo‘lda sevimli radiostansiyangizni tinglash imkonini beruvchi qo‘shimcha xususiyat.

Televideniye — ba'zi modellarda o‘rnatilgan televizor tyuneri mavjud bo‘lib, u telekanallarni  istalgan joyda tomosha qilish imkonini beradi.

Klaviaturani qulflash tugmasi. Bu klaviaturani bir harakatda qulflaydigan/ochadigan jismoniy tugma. Klaviaturadagi tugmalar birikmasini eslab qolish qiyin bo‘lgan keksa odamlar uchun qulay.

Pleyer. Sevimli qo‘shiqlaringizni yuklab olish va ularni istagan joyda, istagan vaqtda tinglash imkonini beruvchi o‘rnatilgan funksiya.

Modem funksiyasi. Internetni, masalan, shahar tashqarisida tarqatish uchun muhim.

Messenjerlarni qo‘llash. Aloqada qolish uchun, masalan, WhatsApp orqali, qulay xususiyat.

Zarbaga qarshi himoya. Tugmachali telefonlar smartfonlarga nisbatan mahkamligi bilan ajralib turadi, ammo mustahkamlangan korpuslar va qo‘shimcha metall plastinalar va rezina qistirmalari bo‘lgan modellar mavjud. Bunday telefon deyarli hech narsadan qo‘rqmaydi va juda uzoq vaqt xizmat qilishi mumkin.

O‘rnatilgan kamera

Hatto eng yaxshi tugmachali telefonlardagi kameralar ham yuqori sifatga ega emas: ularning o‘lchamlari odatda 2 Mp bilan cheklangan, ammo 8 Mp o‘lchamdagi modellar ham mavjud. Qanday bo‘lmasin, fotosurat unchalik yaxshi sifatda bo‘lmaydi, ammo qo'shimcha vosita sifatida foydali bo‘lishi mumkin.

Ekran  va piksel o‘lchamlari

Hatto bugungi kunda eng yaxshi tugmachali telefon ham kichik ekranga ega, ayniqsa smartfonlar bilan taqqoslaganda. Tugmachali telefonlar uchun maksimal displey o‘lchami 2,8 dyuymni tashkil qiladi. Biroq, bir xil o ‘lchamli ekrankarda ham piksellar soni farq qilishi mumkin. U qanchalik baland bo‘lsa, tasvir sifati shunchalik yaxshi bo‘ladi. Eng mashhur piksel o‘lchamlari: 128 × 128, 128 × 160, 176 × 220, 220 × 176 и 240 × 240.

Simsiz interfeyslar

Simsiz interfeyslar —bu telefonning qo‘shimcha imkoniyatlari, masalan, bank kartalari (NFC) o‘rniga to‘lash, boshqa qurilmalar bilan ma'lumot almashish va quloqchinlarni ulash (Bluetooth), internetga kirish (Wi-Fi), joylashuvni kuzatish (GPS) va boshqalar.

2024 yilning top tugmachali telefonlari: 10 ta eng yaxshi model

Biz mijozlarning fikrlari, sharhlari va baholarini o‘rganib chiqdik va 2024 yilning tugmachali telefonlari reytingini tuzdik.

Nokia 110 4G TA-1386 DS EAC UA Aqua telefoni

Mashhur brendning zamonaviy tugmachali telefoni. O‘zining noodatiy rangi tufayli boshqalardan ajralib turadi. Qurilma o‘rnatilgan MP3 pleyer, FM radio, bir nechta asosiy o‘yinlar, oddiy 2 megapikselli kamera va ikkita SIM-karta uyalarini o‘z ichiga olib, barcha kerakli narsalar bilan jihozlangan. Batareya quvvati 800 mA/soatni tashkil qiladi.

Nimani e'tiborga olish kerak: SIM-kartalar faqat mikro formatida, qo‘shimcha xotira kartasini o‘rnatish mumkin.

TEXNO MAX 026S tugmachali telefoni

Rangli ekranga ega tugmachali telefonning oddiy va funksional modeli. Ikkita sim-karta uyasi, yorqin o‘rnatilgan chiroq, radio va pleyer mavjud. Batareya quvvati 650 mA/soat, ekran diagonali esa 1,8 dyuym. 4 xil korpus ranglari mavjud.

Nimani e'tiborga olish kerak:  xotira kartasi micro formatida.

Samsung Duos SM-B311V mobil GSM-telefoni

Mashhur brenddan zamonaviy raskladushka. Ikkita ekran bilan jihozlangan: qopqoqdagi 1,07 dyuymli va asosiysi 2 dyuymli. Batareya quvvati 1000 mA/soatni tashkil qiladi. Telefonda ikkita SIM-kartadan foydalanish mumkin. Model, shuningdek, Bluetooth, 1,3 megapikselli kamera va 1000 ta kontakt uchun mo‘ljallangan katta yozuv daftariga ega.

Nimani e'tiborga olish kerak: NFC va Wi-Fi yo‘q.

Nokia 2720 Flip telefoni

Nokiadan 2 dyuymli asosiy displeyga ega qopqoq. U 1500 mA/soat batareya quvvatiga ega. Telefon 2 megapikselli kamera, Bluetooth funksiyasi, MP4, MP3 va WAV pleyerlari va favqulodda qo‘ng‘iroq tugmasi bilan jihozlangan. Mikro formatidagi xotira kartasi uchun qo‘shimcha uyasi mavjud.

Nimani e'tiborga olish kerak: Wi-Fi ulanish imkoniga ega 4G aloqa standarti, WhatsApp va Facebook kabi oldindan o‘rnatilgan ilovalar mavjud.

Nokia 105 tugmachali telefoni

Barcha kerakli xususiyatlarga ega oddiy model: radio, videopleyer, 1,4 dyuymli rangli ekran va ikkita sim-karta uyasi. 800 mA/soat quvvatga ega batareya qurilmani kutish rejimida 18 kungacha va faol rejimda 14,5 soatgacha zaryadlamasdan ishlatish imkonini beradi!

Nimani e'tiborga olish kerak: 3,5 mm uyali quloqchinllar mos keladi.

Olmio C27 tugmachali telefoni

Asosiy klaviaturada qulay katta tugmachalar va foydali yordamchi tugmalarga ega oddiy va ixcham model: SOS, ovozni yoqish/o‘chirish, tugmachalarni qulflash va kamerani yoqish. 2,3 dyuymli rangli displey, ikkita sim-karta uyasi, chiroq va pleyer.

Nimani e'tiborga olish kerak: 4G/LTE protokolini qo‘llamaydi, Bluetooth yo‘q.

Alcatel tugmachali telefoni

Qurilmaning asosiy vazifasi —  qo‘ng‘iroqlarni muvaffaqiyatli amalga oshiradigan ixcham va oddiy telefon. Mini-SIM formatidagi ikkita sim-karta uyasi va 1,8 dyuymli bejirim ekran mavjud. O‘rnatilgan chiroq va FM radiosi mavjud.

Nimani e'tiborga olish kerak: GSM 2G aloqa standartlarini qo‘llaydi.

Техnо Max P10 Vertu tugmachali telefoni

Mashhur brenddan o‘ziga xos rang va fakturaga ega zamonaviy tugmachali telefon. Ikkita sim-karta uyasi, Bluetooth funksiyasi, MP3 pleyer va 2 Mp kamera bilan jihozlangan. MicroSD formatidagi xotira kartasi uchun uyasi mavjud.

Nimani e'tiborga olish kerak: yozuv daftari 500 dan ortiq bo‘lmagan kontaktlar uchun mo‘ljallangan.

Corn K242 Black telefoni

Kerak bo‘lgan hamma narsaga ega oddiy tugmachali telefon: Bluetooth moduli, 0,08 Mp kamera, ikkita sim-karta uyasi, FM radiosi. U 1700 mA/soat sig'imli batareya va zarbalarga chidamli qo‘rqmaydigan rezinalangan klaviatura bilan ajralib turadi. 240 × 320 o‘lchamdagi 2,8 dyuymli katta ekranga ega.

Nimani e'tiborga olish kerak: 2G aloqa protokolini qo‘llaydi.

Sicco P14 Pro tugmachali telefon

IPhone 13 Pro-ga vizual tarzda taqlid qiladigan zamonaviy tugmachali telefon. Unda 2,8 dyuymli katta ekran, o‘rnatilgan Bluetooth 5.0 moduli va ikkita sim-karta uyasi mavjud. U metall va shishadan yasalgan juda nozik korpusga ega.

Nimani e'tiborga olish kerak: batareya quvvati 1000 mA/soat.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments