
Toshkentda homiladorlikni kuzatish va tug‘ish jarayoni: pulli tibbiy xizmat sohasida mablag'ni qanday tejash mumkin?
Anastasiya Potapenko 2023-yilda Toshkentda homiladorligini kuzatish va tug'ishi uchun 12 million so'mdan ortiq mablag' sarfladi – bu harajatlardan u afsusda emas. Biz qahramonimiz tajribasi, uning homiladorlik paytidagi xarajatlari ro‘yhati va eng muhimi, pulli tibbiy xizmat uchun sarf qilinadigan mablag'ni kamaytirish usullari bilan o‘rtoqlashamiz.
Eslatma: Ushbu maqolada biz bitta qahramonning homiladorligi haqida so'z yuritamiz va unga kerak bo‘lgan muolajalar haqida gapiramiz. Unutmangki, sog‘liq - bu individual masala, buni shifokor bilan muhokama qilish muhimdir. Faqat mutaxassis zarur testlar, tahlillarlar va dori-darmonning tegishli ro‘yhatini tuzadi - biz mavzuning moliyaviy tomoniga e'tibor qaratamiz va sizga qanday qilib pulingizni tejashingiz mumkinligini aytamiz.
Homiladorlikka tayyorgarlik
Narxi: mashqlar terapiyasi - har bir dars uchun 50–100 000 so'm; vitaminlar – dori turi, dosasi, qadoqlanishi, ishlab chikaruvchisiga karab.
Anastasiya: "Shifokorlar sog'lik xususidagi muammolarni homilador bo'lishdan oldin hal qilishni maslahat beradilar. Men homilador bo'lishimdan oldin tahminan olti oy foliy kislotasini qabul qildim. Yana tuqqanimdan so'ng bezovta qilmasligi uchun yelka va belimni davolatdim. Deyarli har kuni ishdan oldin uyim yonidagi maxsus markazga bordim. Markazdagi sog'lomlashtirish mashg'ulotlari mashqlar terapiyasiga o'xshaydi: ba'zi muskullaringizni siqishtirasiz, ba'zilarini bo‘shashtirasiz.
Birinchi dars to'liq 40 daqiqa o'tiladi, lekin bepul. Xizmat sizga mos keladimi yoki yo'qmi, tushunib olasiz. Misol uchun, bir dugonam meni ko‘rgani kelgandi. Men uni markazga taklif qildim (uning ham beli og‘rirdi). U sinov mashg‘ulotida qatnashib: “Menga to‘g‘ri kelmadi”, dedi.
Pulni qanday tejash mumkin. Sog'lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaga katnashishni istasangiz, qahramonimiz kabi, bepul darsi bor markazlarni izlang. Shuningdek, har bir mashg'ulot uchun alohida emas, masalan, 6-8 soatli butun kurs uchun to‘lasangiz, mashg'ulotlar kanchalik arzon tushishinini aniqlang.
Vitaminlar sotib olayotganda, Liki.uz, Oson Apteka va shunga o'xshash dorixona agregatorlari sizga eng past narxlarni topishga yordam beradi. Ular dori-darmon sotmaydi, lekin sizga shahar bo'ylab turli chakana savdo nuqtalarida narxlarni solistirishga yordam beradi. Siz faqat qidiruv satriga dori nomini kiritishingiz va takliflarni o'rganishingiz kerak.
Homiladorlikni kuzatizh
Homiladorlik davrida ayol ko‘plab tekshiruvlardan o'tadi: ultratovush tekshiruvi, ginekolog, terapevt va mutaxassis vrachlar maslahati, tahlillar, ECG va boshqalar. Tizimda har bir trimestrda topshiriladigan testlar va tekshiruvlar ro‘yxati berilgan, ammo aniq va to‘liq ro‘yxatni faqat shifokor shaxsiy qabuli paytida tuzadi. Maqolamizda biz sog‘liq xususida maslahat bermaymiz, lekin kamroq harajat qilish usullarini aytib o'tamiz.
Anastasyia: “Homiladorligimni bilgach, shaxsan o‘zim tanigan shifokorga murojaat kildim. U Toshkentda tug‘ilgan. Moskvada o'qiganidan so'ng, O‘zbekistonda ginekolog bo‘lib ishlash maqsadida qaytib kelgan. Qabulida mendan XGCh ga qon olishdi va shifokor meni boshqa klinikaga ultratovush tekshiruviga yubordi(u joy ham pulli). U yerdagi UTD shifokori juda malakali ekan - meni butun homiladorligim davomida kuzatdi. Shaxsiy tavsiyalarim – shifokorlar qaror qiladi.
Davlat tibbiy xizmati xaqida. Toshkentda yashovchi homilador ayol sifatida, homilam 12 haftalik bo‘lgunicha yashash joyimdagi tibbiyot muassasasida ro‘yhatdan o'tishim kerak. Shunday qildim ham. Poliklinikaga borib, ro‘yhatdan o'tdim - homiladorligim oxirida, ya'ni 30-haftasida ular menga almashuv kartasini berishlari uchun (usiz tug'ruqxonaga qabul qilishmaydi).
Davlat tibbiy muassasasida homilador ayol birinchi marta ro‘yhatdan o'tayotganida, OIV ga qon topshiradi. Yana menga EKG qilishdi, oftalmolog and stomatolog ko‘rigidan o'tdim – tibbiy kartani olish uchun kerak bu. “Tez yordam” va hatto “Bolalar tez yordami”ni chaqirish mumkinligini bilaman – kelib yordam berishadi, albatta. Bundan tashqari, homiladorligim boshida oyog‘im lat yedi - meni travmatologiya bo‘limiga bepul qabul qilishdi.
Qolgan holatlarda homiladorligim davomida tibbiy xizmat olishim pulli bo‘lishini bilardim: mutaxassislarning chuqurroq tekshirishini, ko‘proq e'tibor va sifatli xizmat ko‘rsatishlarini xohlardim. Men pulli kasalxonaga murojaat qildim va natija nusxalarini shahar tibbiy muassasasiga topshirdim – mendan shuni talab qilishdi”.
Reja asosida ultratovush tekshiruvi va shifokorlar ko‘rigi
Narxi: taxminan bitta qabul uchun 550 000 so'm
Anastasiya: “Shifokorga tashrif jarayoni mutaxassis qabuli va ultratovush tekshiruvini o‘z ichiga oladi”. Hammasi bo‘lib 3 marta ultratovush tekshiruvi (uch oyda bir marta) o'kazildi. 3 ta skrining – birinchisi eng muhimi; uchinchisini hamma ham qilavermaydi. Shifokor chaqaloqning barcha ko'rsatkichlarini, uning kanday rivojlanayotganini va ko'rsatkichlar talabga javob berish-bermasligini tushuntirdi.
Bilaman, Toshkentda birinchi, ikkinchi, uchinchi trimestr uchun o‘ziga xos chek-ap turini sotib olish mumkin. Bu xizmatlar jamlamasi tahlillar, ultratovush tekshiruvi, maslahatlarni o'z ichiga oladi. Ammo meni bu variant qiziqtirmadi, chunki aniq shifokorni tanlab, barcha tekshiruvlarni unda qildim. Zarur paytda unga Telegram orqali murojaat qilish mumkin edi. Masalan, tahlillarimni unga yuborsam, u vaziyat qandayligini tahlil qilib beradi.
Mening shifokorim bunday onlayn maslahatlarni bepul o'tkazdi. Tug‘ruqdan so‘ng mammolog hizmatidan foydalandim: Telegram orqali shifokor bilan bir soat yozishasiz, evaziga 150 ming so'm to‘laysiz – shunday qilish mumkin.”
Pulni qanday tejash mumkin. O‘zingizga qulay klinikadagi tibbiy jamlama taklifi narxini barcha kerakli tahlil va tekshiruvlarning umumiy narxi bilan solistiring va eng maqbul variantni tanlang. Shuningdek, keshbek va sodiqlik dasturlaridan foidalaning, agar ular taqdim etilsa.
Anastasiya: “Ultratovush tekshiruvidan o'tgan klinikamda “Uzum Payga haq t'olab, 5 yoki 9% keshbek olish mumkin tdi. Men ham bundan foydalandim, karta yoki naqdpul bilan emas, balki “Uzum Pay” orqali to‘ladim”.
Asosiy tahlillar
Anastasiya: “Avvaliga siz qator tahlilga qoʻn topshirasiz: infeksiya, qon guruhi, Rh omil va boshqalar. Bunga taxminan bir million som ketdi. Ba'zilarini kuzatilayotgan klinikamda topshirdim. Ma'lum bo‘lishicha, ular bu analizlarni boshqa laboratoriyaga yuborisharkan. Shahar bo‘ylab bunday laboratoriyadan bir nechtasi bor ekan. Ba'zan ularga bevosita murojaat qildim. Ya'ni, tibbiyot muassasasiga borib o'tirmay, uyingiz yaqinidagi filialda shu natijalarni olaverasiz. Yana laboratoriyada homilador ayollar uchun 15 foizli chegirma bor ekan.
Shunday qilib, pulni tejash bo‘yicha maslahatim: chegirma bor joyni qidiring. 15%, menimcha, juda zo‘r bonus, chunki kamdan-kam tahlil qimmat bo'lishi mumkin.
Yozda, birinchi va ikkinchi trimester oralig‘ida ko‘pam tahlil topshirmadim. Keyinchalik - oyiga bir marta. Narhi u qadar qimmat emas edi, chunki oddiy tahlillar: qon va peshob (taxminan 50 va 30 ming so'm) topshirishim kerak edi.
Siz asosiy testlarni bepul topshirishingiz mumkin – buning uchun juda erta va qat`iy jadvalga muvofiq kelishingiz kerak. "Ertalab 08:30 dan oldin kelishingiz kerak", dedi menga shifokor. Ammo men o'zimni yomon his qilishim mumkin. Oz vaqtida turib, analizlarni yigish har doim ham osonmas. Pulli klinika tanlayotganimda, o'zimga qulay paytda kelishni mo`ljallagandim. Har qalay, o'zimga qulay bo‘lishini xohlovdim.
Yana bir ijobiy tomon, pulli tahlil natijalari menga Telegram orqali yuboriladi. Osha zahoti tahlil natijasini, yoyilma isohini ko`raman. Agar biron nimadan bezovta bo`lsam, darhol shifokorimga yozib, tashvishlanishimga sabab bormi, bilib olaman. Afsuski, shahar klinikasida bunday ishlashmaydi: qabulga borishingiz shart".
NIPT testi (noinvaziv prenatal test)
Narxi: 4 000 000 so'mdan
Anastasiya: "Shunday noinvaziv test majhud - NIPT. Bu test birinchi trimestrda olinib, shu bosqichning o‘zida homilada mavjud anomaliyalar ehtimolini ko‘rsatadi. Bu test Toshkentda ham ommalashib borayapti, lekin narxi qimmat. Menimcha, bu xarajatlar o'zini oqlaydi. Hotirjam bo‘lay desangiz, pulingizni ayamaysiz. Bunday test allaqachon majburiy deb hisoblanishi va nazariy jihatdan birinchi skrining o'rnini bosishi mumkin, deb hisoblayman
Pulni qanday tejash mumkin. Shifokor bilan gaplashing va, agar kerak bo'lsa, qaysi NIPTni tanlashni mutahassis bilan muhokama qiling. Testlar o‘zining turi, ishlab chiqaruvchisi va, eng muhimi, ular aniqlay oladigan anomaliyalar ro‘yhati bilan farqlanadi. Shunday qilib, NIPT T21 Daun sindromi kasalligini aniqlash uchun o'tkaziladi. Bu eng arzon test. “NIPT _kengaitilgan panel” testi esa bundan ikki baravar qimmat.
Anastasiya: “Baxtimga NIPTni menga bepul qilishdi. Homilador ayollar chatidagi bir qiz klinikaga ishga kirib, bu testni xizmat sifatida targ‘ib qilmoqchi bo‘ldi. U boshliqlariga: “NIPT ajoyib narsa, odamlar albatta keladi” degan fikrni uqtirishi uchun unga ko‘ngillilar kerak edi. U qizlarga testdan bepul o'tishni taklif qildi. Men jon deb rozi budim – baribir buni qilmoqchi edim”.
KTG (kardiotokografiya)
Narxi: 1 protsedura uchun 250 000 so'm + mutaxassis maslahati uchun 500 000 so'm
Anastasia: "Homiladorlar uchun so‘nggi xarajat – KTG testi, ya'ni homila yuragi urishini eshitish. Homiladorlikning so‘nggi bosqichlarida bir necha marta, har ikki haftada bir marta kardiotokografiya qilish tavsiya etiladi. Chunki bunday paytda ultratovush tekshiruvi kerakli ma'lumotlarni berolmay qoladi. Men faqat bir marta KTG dan o‘tishga muvaffaq bo‘ldim – tug‘ruq paytim keldi.
Pulni qanday tejash mumkin. Bu tavsiya KTG, ultratovush va boshqa xodimlarga tegishli. Turli klinikalardagi narxlarni agregator portallari yordamida o'rganishingiz mumkin – masalan, med24.uz da. Qidiruvga muolaja nomini kiriting, takliflar ro‘yxatini o'rganing va o'zingizga mosini tanlang.
Vitaminlar
Anastasiya: "Homiladorlik paytimda hech qanday dori-darmon qabul qilmadim - ehtimol menga omad kulib boqqandir. Men faqat vitamin qabul qildim. Homilador ayollar uchun kompleks vitaminlar emas, alohida preparatlar oldim: kalsiy, D vitamini, yod va temir moddali preparatlar. Hammasi shifokor tavsiyasiga ko‘ra. Tahlillarimni birgalikda ko'rib chiqib, homiladorlik paytida ahvol qanday o'zgarayotganini o'rgandik va vitaminlarni mahsus tanladik.
Pulni qanday tejash mumkin. Mendan sizlarga hayotiy layfxak: daliliy sog'lomlashtirish tamoyillaiga amal qiladigan shifokorni toping. Chunki u keraksiz muolajalarni buyurmaydi”.
Onalar maktabi va homiladorlar uchun yoga
Narxi: 6 ta mashg'ulot uchun 800 000 so'm, 8 ta yoga mashg'uloti uchun 600 000 so'm
Anastasiya: "Men onalar maktabiga bordim. Mashg'ulotlarda taklif etilgan mutahassislar ishtirok etishdi – pediatr, somnolog va boshqalar. Ular homiladorlikning kechishi, tug'ruq qanday o`tishi, butun jarayon qanday tashkil etilishi haqida aytib berishdi. Bundan tashkari, ular shifokorlarning aloqa raqamlarini baham ko‘rishdi.
Men yana homiladorlar yogasi bilan shug‘ullandim. Siz qandaydir ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni his qilasiz va sogligingizga yanada e'tiborli bo‘lasiz.
Pulni qanday tejash mumkin. Qahramonimiz ta'kidlaganidek, Toshkentda bo‘lajak ota-onalar maktablari unchalik keng tarqalmagan, shuning uchun shahardagi mavjud taklilarni o‘rganishdan, ular orasidan eng tejamkorini izlashdan naf yo‘q – takliflar juda kam. Ammo pulni tejashning yana bir yo‘li bor. “Onalar maktabi”da turli brend vakillari o‘z mahsulotlari namunalarini tarqatishdi. Men hali ham bulardan foydalanaman, farzandim uchun ortiqcha harid qilmayman”, deydi Anastasiya.
Yana bir variant – homiladorlar uchun online-darslarni yoki oldindan yozib olingan videoma'ruza kurslarini tanlash. Videoma'ruzalarda ancha tejashingiz mumkin, chunki bunday mashg'ulotlar boshqasiga qaraganda arzonroq.
Yogaga kelsak, bir martalik tashriflar uchun pul to'lashdan ko'ra, obuna abonementi sotib olish foydaliroqdir.
Tug‘ish jarayoni
Narxi: taxminan 5 000 000 so'm
Anastasiya: “Toshkentdagi mahalliy ayollar ro‘yxatdan otgani tufayli tugruqxonada bepul tugishi mumkin.” Men bu yerlik emasman, shuning uchun tug'ruq jarayoni men uchun pulli o'tadi.
Ya'ni, meni “Tez yordam” xizmati olib ketishi, o‘zim biriktirilgan tugruq‘xonaga olib borishi mumkin, ammo men tibbiy xizmat uchun baribir haq to'lashim kerak.
Ba'zi joylarda shunday tartib o'rnatilgan: agar siz rezident bo'lmasangiz, xizmatlar narxiga +20–25% qo'shiladi. Men narxga emas, balki qulaylikka e'tibor qaratgandim. Shifokorlar bilan uchrashib, tug‘ruq kunimda ular bilan o'zimni qulay his qila olamanmi yoki yo'qmi, shuni aniqladim. Birinchi va ikkinchi shifokor bilan til topisha olmadim, lekin uchinchisi menga ma'qul bo‘ldi.
Tug'ruq kunim tug'ruqxonaga keldim, meni ro‘yxatga olishdi, oldindan 3 000 000 so'm olishdi. Bu ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun oldindan to‘lov edi - nima qilishlari, bolaga va menga nimalar talab qilinishi noma'lum edi-da. Tug'ruxonadan chiqib ketayotganimda, to'lovning qolganini berdim: 5 000 000 so'mdan sal ko'p chiqdi. Rahmat aytishni lozim topdim, bu mening shaxsiy xohishim edi.
5 000 000 so‘mni kamaytirish mumkin. Misol uchun, tug'ruqning narxi xonaga ham bog'liq. Dastlabki qabulda men bir kishilik xonani xohlayotganimni aytdim - albatta, lyuks emas, lekin xonada faqat men bolishim kerak. Shuni hisobga olish kerakki, agar to‘satdan hamma ayollar tug'ishni boshlasa, xonalar band bo‘ladi va sizni umumiy palataga yotqizilishlari mumkin – narx shunga qarab o'zgaradi.
Tejashning yana bir usuli: Soliq.Uz ilovasida 1% keshbek olishdir. Shaxsingizni tasdiqlash jarayonidan o‘tasiz va unga cheklarni yuklaysiz. Men ham shunday qildim. Tug'ruqxonada ham: men QR kodli cheklarni so'rab olib, hammasini skanerdan o'tkazdim va keshbek oldim.
Tug‘ruqxona uchun tayyor sumka sotib olmadim, uni o‘zim yig‘dim. Onalar maktabida tavsiyalar olgandim. Bundan tashqari, chatda allaqachon tuqqan qizlar bor edi, ular nima olishni aytishdi. Olgan narsalarimning hammasi foyda berdi, hatto tug'ruqdan keyingi ichki kiyimim yetmay qoldi (tug'ruxona uchun sumkangizni yig'ish haqida boshqa materialimizda o'qish; bu masalani akusher-ginekolog bilan batafsil muhokama qilganmiz - muharrir eslatmasi). Hamma narsani o'zim turli do'konlardan sotib oldim, arzonrog‘i bor joylarni qidirdim. Onalar maktabida olingan namunalar menga juda asqotdi: tug‘ruqxonaga kerakli narsalarni oldim, qaysi tagliklar qulayligini bilib oldim. Tug'ruqdan keyingi asosiy maslahat – chaqaloq uchun kiyim-kechakni ko'p sotib olmang – ko'pi kerak bo'lmasligi mumkin.
Izoh qo‘shish