
Tog`-chang'i jihozlarini sotib olishda pulni qanday tejash mumkin: rayderning shaxsiy tajribasi
Toqqa birinchi bor ko`tarilganimizda, odatda uskunani ijaraga olamiz. Mantiqiy qadam bu: tog` qiyaligida vaqt o'tkazishingiz, bir nechta saboq darsi olishingiz, birinchi marta yuqoridan tushishingiz va keyinchalik chang'i yoki snoubordda uchishni xohlaysizmi, shuni anglashingiz kerak. Aks holda, uskunangiz bir necha kun xizmat qiladi-yu, shkafga yoki balkonga yo`l olishi tayin.
Agar siz chang'i kurortlariga muntazam borishga tayyor bo`lsangiz, jihozlaringiz haqida o'ylash vaqti keldi. Jihozlarni foydasi bilan olishning yo`lini aniqlaymiz va chang'i sporti uchun zarur narsalarni birinchi marta sotib olayotganlar uchun maslahatlar beramiz. 2021 yildan buyon chang'i sporti bilan shug'ullanib kelayotgan Mixail Axsyanov o'z tajribasini Uzum Media bilan o'rtoqlashmoqda. O'zi va rafiqasi uchun u ilk jihozlarini reklama saytida sotib olgan, hozir esa yanada rivojlangan modelni ko'rib chiqmoqda.
Xo'sh, qanday variantlar mavjud?
Uskunani qo'ldan sotib oling
Rayderlar uskunalarini sotishlari mumkin, agar ular "kichiklik qilsa" va yangisini tanlayotgan bo`lsa. Yoki inson chang'i sporti endi unga ma`qul kelmay qolgaini tushunadi va u chang'i yoki snoubordini sotuvga qo'yadi. Pulingizni tejashning birinchi yo`li - Rayderlarning Telegram-kanallaridagi e'lonlar va takliflarni o'rganish. Qahramonimiz o'z fikri va shaxsiy tajribasi bilan o'rtoqlashadi.
Mixail Axsyanov: “sSyohatimning birinchi haftasida - chang`i uchishni o`rganayotganimda, ko`nglimga o`tirarmikan, shuni aniqlayotganimda, asbob-anjomni ijaraga olganman. Keyin men o'z jihozlari bor tanish rayderlar bilan suhbatlashdim, ular menga boshlanishiga chang'ini qo`ldan sotib olishni maslahat berishdi.
Bir kishi ishlatgan chang'ilarning holati, ehtimol, bir necha mavsum davomida ijaraga berilgan chang`ilarnikidan yaxshiroqdir. Sifat jihatidan bulari ham yomon bo'lmaydi – baribir ijarada sizga moslashtirilmagan anjom berishadi, narx esa hamyonbop bo'ladi. Bir necha yil ilgari tog`da 10 kunlik yashash ijara narxi evaziga chang'i, tayoq va etiklar to'plamini ijaraga olish mumkin edi.
Keling, aniq raqamlarni keltiraylik. Olx.da siz 1 800 000 so'mga snoubord olishingiz mumkin - bu saytdagi eng yuqori narx emas, lekin eng hamyonbopi ham emas.
Amirsoy dam olish maskanida tayoqli chang'i yoki oddiy snoubordning bir kunlik ijarasi 140 000 so'mga tushadi. Agar yangiroq model yoki yangi chiqqanidan birini xohlasangiz, ko‘proq sarflashingiz kerak bo‘ladi, 160 000 - 200 000 so‘m atrofida.
Tog`li hududda 13 kun davomida eng hamyonbop anjomlarni ijaraga olgan holda (etiksiz, kiyim-kechak va boshqalarsiz) siz 140 000 × 13 = 1 820 000 so'm sarflaysiz – bu pulga foydalanilgan snoubord sotib olishingiz mumkin. Xullas, agar siz har mavsumda 6-7 kun davomida chang`i uchishlishni rejalashtirsangiz, ishlatilgan anjom sotib olishingiz foydalidir.
Sotib olishdan oldin siz nafaqat foydani, balki mahsulotning o'zini ham baholashingiz kerak. Arzimas shilinishlar yoki tirnalishlar bo`lishi tabiiy, ular chang`i uchishning birinchi kunidanoq paydo bo'ladi. Ammo yoriqlar, elim izlari yoki aniq "jarohat" belgilari bo'lmasligi kerak.
Mixail Axsyanov: "E'lonlar taxtasida juda yaxshi narsa sotib olishingiz mumkin. Ko'pincha asbob-uskunalarini sotadiganlar o`ta qimmat anjom sotin olsa ham atigi bir marta chang'i uchgan-u, so`ng jihozini shkafga solib qo'yganlardir. Bu anjomlar yillab shunday yotavergan. Nihoyat, bu narsalar ularga kerak emasligini tushunishadilar-da, uskunalarni juda arzon narxlarda sotuvga qo`yadilar.
Boshqacha holatlar ham bo`lib turadi, ular dushmaniga ham ravo ko`rmaydigan asbob-uskunasini tengi yo`q narsaday sotishga harakat qilishadi. Shuning uchun har bir e'lonni yahshilab tekshirish kerak, sotuvdagi narsani ko`rib baholash kerak. Chang'ining sirg`luvchi sirti butun bo'lishi, etiklarda esa to'rttala mahkamlagichi joyida bo'lishi muhimdir.
Chegirmali savdoda xarid qilish
Agar ishlatilgan narsalardan foydalanish g'oyasi sizga yoqmasa, faqat yangi jihoz olmoqchi bo'lsangiz, bu hoaltd ham pulni tejashingiz mumkin. Buning uchun onlayn-do'konlarda o`tkaziladigan mavsumiy chegirmali savdolarni kuzatib boring.
Chegirmani “qora juma”, “kiberdushanba”, Yangi yil va boshqa bayramlar munosabati bilan o`ykaziladigan keng ko'lamli aktsiyalarda qo'lga kiritish mumkin. Hozirda dolzarb bo'lgan tadbir (2024 yil fevral-mart oylarida - muharrir eslatmasi) - Xalqaro xotin-qizlar kuniga atalgan chegirmali savdo. Uzum Marketda bu savdo 10-martgacha davom etadi. Savdoda turli toifadagi mahsulotlar, jumladan sport kiyim-kechagi va anjomlari bo`ladi. So`ng Ramazon tuhfasi sifatida maxsus takliflar davom etadidi.
Bunday savdoningning birgina salbiy tomoni bor: arzonlashtirilgan narxda tovarlar tezroq sotilishi va qo`ldandan chiqib ketishi mumkin. Shuning uchun qiziqarli ko`ringan mahsulotni tezroq sotib olishingiz kerak bo`ladi.
Marketpleys bonuslaridan foydalaning
Chegirmali savdolar o`tkazilmaydigan paytda - ko`rib turganimizday, bunday savdolar tez-tez bo`lib otarkan – chang`i sporti uchun anjom sotib olishda ham foyda qilish mumkin. Keshbek promo-kodlari va muddatli to'lov rejalari bunga yordam beradi. Keling, Uzum Market misolida batafsil ko‘rib chiqamiz.
Keshbek
Tasavvur qilaylik, siz tog` qiyaligida chang'i uchish uchun garderobingizni yangilashga qaror qildingiz. Buning uchun 2 650 000 so'mga suv o'tkazmaydigan chang'i kurtkasini tanladingiz. Mahsulotni savatga jo`natamiz-da to'lovni davom ettiramiz. Tez (1 kungacha) va bepul yetkazib berish(1 000 000 so‘mdan ortiq buyurtmalar uchun amal qiladi) bilan bir qatorda, Uzum Bank ilovasi orqali to‘lov amalga oshirilganda xarid narhining 1 yoki 3 foizi miqdorida keshbek olishingiz mumkin.
- 3% - Uzcard orqali to'lashda. Biz olgan kurtka narxining foydasi 2 650 000 × 0,03 = 79 500 so'mni tashkil etadi.
- 1% — har qanday boshqa karta bilan to'lashda. Keshbekingiz 2 650 000 × 0,01 = 26 500 so‘m.
Bonuslarni olish shartlarini yodda tutmasa ham bo`ladi: buyurtma uchun to'lov usulini tanlaganingizda savatingizda eslatma paydo bo'ladi.
Muddatli to‘lov rejasi
Agar anjom sifatida tejashni xohlamasangiz, lekin asbob-uskuna yoki kiyim-kechak sotib olish uchun katta miqdorda pul to`lashni istamasangiz, marketpleysdagi xaridni muddatli sifatida amalga oshirishingiz mumkin. Yana misol.
Savatda 2 650 000 so‘mlik chang‘i kurtkasi bor. Uni “Uzum Nasiya”da sotib olishingiz, mahsulot narxini 3, 6 yoki 12 oy mobaynida bo‘lib-bo`lib to‘lashingiz mumkin. Oylik to‘lov 989 333, 556 500 yoki 318 000 so‘mni tashkil etadi – aniq ma'lumot buyurtmani rasmiylashtirish paytida ko‘rsatiladi.
Muddatli to`lovning eng tez va oson yo'li 3 oyga reja tuzishdir. Buning uchun ilovada roʻyxatdan oʻtishingiz, qisqa verifikatsiyadan oʻtishingiz (pasportingiz yoki ID kartangiz maʼlumotlari va tugʻilgan sanangizni koʻrsating), shuningdek, selfi qilish orqali shaxsingizni tasdiqlashingiz kerak. Ish bitdi - 500 000 so'mgacha bo'lgan xaridlar limiti sizniki.
ID kartangiz maʼlumotlari va tugʻilgan sanangizni koʻrsating), shuningdek, selfi qilish orqali shaxsingizni tasdiqlashingiz kerak. Ish bitdi - 500 000 so'mgacha bo'lgan xaridlar limiti sizniki.
Bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddatini uzaytirish, limit miqdorini oshirish ham mumkin – ular ham ilovada ko‘rsatilgan. Marketpleys saytining “Savol-javob” bo‘limida batafsil shartlar va jarayon bayon qilingan.
Promokodlar
Ular orqali xarid narxini 10 000, 20 000 so‘m va undan ko‘proqqa tushirish mumkin – barchasi promkodning “hajmi”ga bog‘liq. UzumMarket dolzarb promkodlarni ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qiladi va yutuqlar o‘ynaladi, SMS tarzida yoki push-xabar orqali yuboriladi. Harf va raqamlardan iborat kombinatsiyani xarid payti promkod uchun ajratilgan hoshiya ichiga kiritish kerak – shunda xarid narxi kamayadi.
To‘plamlarni xarid qilish
Mixail Axsyanov «Bilishimcha, ko‘pincha anjomlarni to‘plam holida chegirmalar bilan sotishadi. Chang‘i, tayoqlar, qayishlar, botinka – hammasi birga xarid qilinsa, arzon tushadi. To‘plamga do`kon chegirma berishi, yoki ishlab chiqaruvchi taklif qilishi mumkin, masalan, chang‘i qayishlari bilan birga xarid qilinsa, alohida-alohida sotib olganga nisbatan arzon tushadi».
Bu narsa ishlatilgan anjomlarga ham taalluqli. Qahramonimizning qayd etishicha, odamlar ba'zan e'lonlar saytida snoubord yoki chang‘i, tayoq, botinkalarini arzon narxda taklif qilib, barcha anjomlaridan birvarakayiga qutulmoqchi bo‘lishadi. Keyin esa qopchiq yoki qo‘lqop kabi mayda narsalarni «bularni menga keragi yo‘q, shundoq olavering» deb taklif ham qilishadi.
Qo‘shni mamlakatlardagi mahsulotlarni o‘rganish
Rayderlar faqat O‘zbekistondagi mahsulot bilan cheklanmay, qo‘shni mamlakatlardagi taklifni o‘rganishni ham tavsiya qilishadi.
Mixail Axsyanov: «Men tanigan rayderlarning ko‘pchiligi Chimkent yoki Olma-Otaga borilsa, anjomlar arzonga tushishini aytishgandi. Yana bir jihati: Qozog‘iston yoki Rossiyada takliflar ancha ko‘p bo‘ladi. To‘g‘ri, O‘zbekistonda tog‘-chang‘i sporti ancha ommalashgan, ammo, bu yerda hammasi bir joyda, Toshkent atrofida to‘plangandek tuyuladi. Tog‘-chang‘i anjomlarini sotish nuqtalari ko‘p bo‘lsa, raqobat bo‘ladi, shunda narxlar ham tartibga tushadi, arzonlashadi.
Men hozir yangi chang‘ilarni mo‘ljallayapman, ular Toshkentda qancha turadi-yu, Qozog‘istonda qanchaga tushadi, qiyoslayman. Ana shunga qarab, xulosa qilaman, tanlayman. Agar men mo‘ljallagan model narxidagi farq sezilarli bo‘lmasa, O‘zbekistonda sotib olaman, agar farq katta bo‘lsa – buyurtma beraman».
Muhim bir jihat: chet elga borib-kelish yoki buyurtmani yetkazib berish hisobiga narxdagi farq «yeyilib» ketmaydimi… Agar Siz tanlagan modelni tanishlaringizdan biri bechiqim keltirib bersa, yoki qo‘shni mamlakatga dam olishgami, biron ish bilanmi ketayotgan bo‘lsangiz-u, birato‘la sport do`koniga kirsangiz, yaxshi. Ammo, boshqa holatda chet eldan buyurtma qilish Sizga arzon tushmasligi mumkin.
Eski kolleksiyalarni ko‘zdan kechirish
Dunyo brendlari har yili snoubord va chang‘ilarning yangi yo‘nalishlarini taklif qilmoqda – eski kolleksiyadagi modellar esa ularga joy bo‘shatmoqda va asta narxi ham tushmoqda. Sarf-harajatlarni kamaytirishning yana bir yo‘li bu: yangi chiqqan narsani ortidan quvmay, ilk libos va anjomlaringiz uchun avvalgi yillardagi mahsulotlarni ko‘rib chiqish. O‘z chang‘ida uchish uslubingizni tanlab, tajriba orttirgach, tebranish kuchini so‘ndirishning eng zamonaviy tizimlari o‘ziga xosliklari-yu, boshqa nozik jihatlariga berilishingiz va yangi kolleksiyalarning afzalliklarini munosib baholay olishingiz mumkin bo‘ladi. Hozircha esa bu masalada biroz tejash mumkin.
Mixail Axsyanov: «Tog‘-chang‘i anjomlari narxlari o‘rtasidagi farq juda katta, eng oxirgi kolleksiyalar doim ancha qimmat. Ammo, chang‘i – deyarli har yili sezilarli darajada yangilanib, yaxshilanib chiqadigan iPhone emas (garchi, iPhone haqida ham muntazam innovasion o‘zgarishlar bo‘ladi deb aytmasdim). Agar siz professional chang‘ichi bo‘lmasangiz, bir-ikki gramm og‘irlik, materialning nozik jihati-yu va hokazolar chang‘i uchayotganingizda ko‘pam ta'sir qilmaydi».
Qimmat bo‘lmagan chang‘ilar foydasiga yana bir dalil. Issiq iqlim tufayli kurortlarda qor kam bo‘ladi, qor qatlami yupqaligi uchun trassalarda ishqalanib, yerga yopishib ketgan toshlarga to‘qnashish ehtimoli ham bor. Yangi o‘rganayotgan chang‘ichi ko‘pam yaxshi harakatlana olmaydi va ilk mavsumda qimmat anjomlarni ishdan chiqarishi mumkin, deb ta'kidlaydi Mixail, - shuning uchun arzonroq chang‘i yoki snoubordda uchishni boshlagan va tajriba orttirgan ma'qul.
Anjomlarning asosiy xususiyatlarini farqlay olish
Bu maslahat – iqtisod qilish uchun emas, balki, pulni oqilona sarflash va sotib olgan maxsus libosingizdan qoniqishingiz uchundir.
Mixail Axsyanov: «Men ilk anjomlarimni shunday olgandim-ki, bo‘yim bilan oradagi farq 8 sm.ni tashkil etgandi (boshlayotganlar uchun esa taxminan 15 sm. kalta bo‘lgani ma'qul – tahririyat). Yangi uchishni boshlaganimda, burilishlarda o‘rganish qiyin bo‘lardi, buni sezardim. Chang‘ining qattiqligiga ham e'tibor berish kerak. Agar chang‘i egilmasa, yoki, unga chiqishingiz bilan og‘irligingizdan dirillasa, alam qiladi.
Shuningdek, burilish radiusi degan uchish usuliga qarab: frirayd uchun, trassa uchun mo‘ljallangan, hamda, universal anjomlar kabi mezonlar ham bor. Boshlanishiga universal modelni olgan yaxshi. Keyin ma'lum bir payt uchib bo‘lgach, chang‘ining kengligi qanday bo‘lishi, radius qandayligi va nima maqsadda kerakligini tushuna boshlaysiz. Qolaversa, maxsus buyurtma asosida siz uchun tayyorlanuvchi, oyoq kaftiga qolipdek tushuvchi botinka kerakmi-yo‘qmi, buni ham bilib olasiz. Xullas, o‘rganish uchun tavsiyalar ko‘p – ammo, hammasi asta-sekin, tajriba bilan bo‘ladi».
Qahramonimiz aytganidek, boshlovchilar universal All-mountain modelida to‘xtaganlari ma'qul. Ikki-uch mavsumdan so‘ng, agar xohish bo‘lsa, uni tezligi yuqori, tryuklar uchun moslangan, trassadan tashqarida yayrab uchish mumkin bo‘lgan boshqa biron maxsus modelga almashtirish mumkin.
Ammo, ishni mahsulotning asosiy xususiyatlarini o‘rganishdan boshlash kerak. Birinchi anjomlarni tanlash bo‘yicha qisqa tavsiyalar:
Snoubord
- Geometriya — Twin Tip yoki Directional Twin.
- Qattiqligi — past, yoki, o‘rtacha, 10dan 4-6 atrofida. Bunday taxtalar rayderning harakatlariga tez reaksiya bildirmaydi, natijada yiqilish xatari ham kamayadi.
- Egikligi — gibrid yoki kember.
- Uzunligi — bo‘ydan taxminan 20 sm past bo‘lishi, iyakkacha kelishi kerak. Ammo, eng yaxshisi, inson bo‘yi va og‘irligi mutanosibligi ko‘rsatilgan jadvalga qarab ish tutgan ma'qul. Masalan, o‘rtacha vazndan past holatda 2-5 sm kaltaroq bord tanlash, o‘rtacha vazndan yuqori bo‘lgan holatda esa 2-5 sm uzunrog‘ini tanlash tavsiya etiladi.
- Eni – agar oyoq o‘lchami 43-45 bo‘lsa, taxta eniga kengroq bo‘lishi kerak. Bunday modellar WIDE belgisi bilan belgilanadi.
Tog‘ chang‘isi
- Qattiqligi — past bo‘lsa, boshlovchilar va sekin, vazmin uchuvchilar uchun mos keladi. O‘zini dadil his qiladiganlar uchun esa o‘rtacha qattiqlikdagisi taklif etiladi.
- Enining kengligi – 75 -78mm.
- Burilish radiusi - 11-14 m.
- Egiklik — roker va kemberning o‘zaro muvofiqligi oson burilishga imkon beradi.
- Uzunligi — bo‘ydan taxminan 15 sm kalta bo‘lishi kerak, ammo, inson bo‘yi va og‘irligi mutanosibligi ko‘rsatilgan jadvalga qarab ish tutgan ma'qulroq.
Nazariy bilimlarga ega bo‘ldingizmi? Endi mahsulot xususiyatlarini baholab, o‘zingizga mosini tanlab, bu nazariyani tajribada sinab ko‘rish kerak. Maxsus liboslarning to‘liq tavsifini, modellarning o‘ziga xos nozik jihatlarini onlayn-shoping payti o‘rganish qulay – ular internet-do`konlardagi, marketpleysdagi mahsulot kartochkasida batafsil yozilgan bo‘ladi va xaridorlar uchun ochiqdir. Agar nimanidir aniqlab olish kerak bo‘lsa, sotuvchi bilan bog‘lanish va unga savollarni berish mumkin. Masalan, UzumMarketda bunday qo‘shimcha ma'lumot mobil ilovada mavjud: o‘zingizni qiziqtirgan mahsulotni tanlang, tavsifini varaqlang va «Sotuvchidan so‘rash» tugmasini bosing.
Libos va aksessuarlar: bir juft maslahat
Yuqoridagi maslahatlar kiyim, tayoqlar, niqob, dubulg‘a, himoya vositalari uchun ham taalluqli. Barcha zarur narsalarni mavsumiy yoki mavzuga aloqador arzonlashtirilgan savdolardan, avvalgi yillardagi kolleksiyalardan xarid qilish, keshbek va marketpleysning boshqa bonuslaridan foydalanish mumkin. Tavsiyalarni qahramonimizning shaxsiy tajribasidan olingan bir juft maslahat bilan to‘ldiramiz: nimada tejash mumkin, nimada esa tejash shart emas.
Mixail Axsyanov: «Agar tayoq haqida gapiradigan bo‘lsak, bu chiqim xalos degan bo‘lardim. Doim oddiy modellardan foydalanaman – eng arzonidan emas, albatta, ammo, narxi osmonlardan ham emas... Tayoq eskirib ketganidan sinmaydi, balki, noto‘g‘ri burchakda ushlangani uchun unga ortiqcha yuk tushganidan sinadi. 20 $lik tayoqni sindirish esa 200 $likni sindirishga qaraganda kamroq alam qiladi.
Dubulg‘a albatta bo‘lishi shart. Unga qo‘yiladigan talablar oddiy: boshingizda mahkam yopishib turishi, qulay bo‘lishi va hech nimani siqmasligi kerak. Chiroyli bo‘lganiyam ma'qul. Niqob – kerakli, foydali narsa. Agar quyosh charaqlab tursa yoki tuman bo‘lsa, niqobsiz zo‘r ucholmaysiz. Men Quechua markasidagi dubulg‘a va niqob sotib oldim – ular Xitoyning notayin moli kabi shalpayib tushmaydi, ayni chog‘da, oddiy, arzon va qulaydir. Faqat bir gap, men niqob ulangan va niqobni ko‘tarib-tushirsa bo‘ladigan dubulg‘ani tavsiya etmayman. Shaxsan men uchun – boshqalardan ham shunday gapni eshitdim – ancha noqulay bu. Goh ko‘z oldingizni to‘sib qo‘yadi, goh shamol uradi – xullas, qiynalib ketasiz. Oxiri yechib tashlaysiz-da, alohida niqob sotib olasiz.
Tog‘ yon bag‘rida uchayotganingizda, kiyimingiz uch qatlam bo‘lishiga rioya qilganingiz ma'qul. Birinchisi – nam-suv o‘tkazmaydigan qatlam, ya'ni, mahkam yopishib turadigan issiq ich kiyim. Izotermik – haroratni bir xil tutib turadigan qatlam – fliska, masalan, issiqlikn tutib turadi. Va shamol-suvdan saqlovchi qatlam: qor va shamol o‘tkazmaydigan shim, kurtka. To‘g‘ri, aslida, bularning hammasini o‘zgartirish mumkin, kalson, sport ishtonlari, jinsi ham olish mumkin, ammo, bu masalada tejаmkorlik qilmagan ma'qul».
Izoh qo‘shish