bosh sahifa / Sarflash va tejash / Tadbirkor: qanday qilib tadbirkor bo'lish va qancha pul ishlash mumkin
Yangilanish sanasi: 17.04.2024

Tadbirkor: qanday qilib tadbirkor bo'lish va qancha pul ishlash mumkin

O'zingizga ishlash – buni faqat orzu qilish mumkin. Lekin tadbirkor bo‘lish unchalik oson emas. Biz tadbirkor kimligi, ular bizmesmenlar va o‘zini-o‘zi band qilganlardan nimasi bilan farq qilishi va bu rolda o'zingiz qanday harakat qilishingiz haqida aytib beramiz.

Tadbirkor o‘zi kim

Tadbirkor agar yuridik shaxs bo‘lsa – bu foyda olish maqsadida, qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat olib boradigan sub'ektdir. Aytilishi murakkab, lekin ma'nosi aniq: tadbirkorning asosiy maqsadi - daromad olishdir. U xayriya ishlari bilan ham shug'ullanishi mumkin, lekin baribir undan oz miqdorda bo‘lsa ham daromad olishni ko‘zlaydi.

Tadbirkor yollanma xodimdan nimasi bilan farq qiladi

Xodim shartnoma asosida ishlaydi va mehnat majburiyatlariga ega. Ish beruvchining ham ma'lum majburiyatlari bor: xodim uchun soliq to'lash, unga pullik ta'til berish ... Qonuniy chegaralar ham bor: misol uchun, hafta davomida xodim 40 soatdan ortiq ishlashi kerak emas.

Tadbirkor ham qonun doirasida ishlaydi, lekin uning majburiyatlari, mehnat ta'tili bo'lmaydi va shu bilan birga ish vaqti chegaralanmagan. Aslida u o‘ziga xo‘jayin va aynan shunisi bilan  boshqalarga qiziq ko‘rinishi mumkin.

Tadbirkorlik faoliyatining kamchiliklari ham mavjud. Agar shartnoma asosida ishlasangiz, ish haqi olish kafolatlangan bo'ladi (kompaniyaning moliyaviy holatidan qat'iy nazar), tadbirkor esa to‘laligicha o'zi topgan daromadiga bog'liq bo'ladi.

Agar u tanlagan faoliyat sohasida yetarli darajada qobiliyat yoki resurslarga ega bo'lmasa, biznesdan kutilgan samaraga erishmaydi va daromad nolga intiladi.

Bu esa eng yomon holat emas. Gap shundaki, qonunchilikka ko‘ra, tadbirkor pudratchilar oldida o‘z mulki bilan ham javobgar bo‘ladi. Agar yakka tartibdagi tadbirkor, masalan, kreditni to'lamasa yoki hamkorlariga qarzdor bo'lsa, uning mulki hibsga olinishi mumkin.

Tadbirkor va yakka tartibdagi tadbirkor bir xilmi?

Ikkalasi ham o'zlariga ishlashadi, lekin o‘rtasida prinsipial farqi bor. Yakka tartibdagi tadbirkor xodimlarni ishga yollay olmaydi. Agar siz manikyur ustasi, rassom, muallif, o'qituvchi bo'lsangiz, yakka tartibdagi tadbirkor maqomida ishlashingiz mumkin. Mabodo manikyur saloni yoki chet tili kurslarini ochmoqchi bo'lsangiz, sizga xodimlar kerak bo'ladi. Bu holda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tishingiz kerak bo'ladi.

Tadbirkor va biznesmenlar-chi?

Ularni farqlash murakkabroq. Agar yakka tartibdagi tadbirkor haqida gapiradigan bo'lsak, ular odatda ish jarayonlarida o'zlari ishtirok etadilar, hatto binolarni tozalashdan tortib biznesni rejalashtirishgacha bo'lgan keng ko'lamli vazifalarni bajaradilar.

Biznesmenlar boshqacha maqsad qo‘yadilar: biznesni ularning ishtirokisiz ham zo‘r yuradigan qilib qo'yish va shu orqali daromad topish.

Qonunchilikdagi farqlar ham mavjud, ammo umuman olganda tadbirkor biznesmen bo'lishi mumkin va aksincha.

Qaysi sohalarda pul ishlab topish osonroq?

Tajribangiz va ishonchli hamkorlaringiz bo‘lgan sohada. Aksariyat tadbirkorlar savdoni eng oddiy va tushunarli biznes usuli sifatida tanlaydilar. 2023 yilda yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalardan 33 470 tasi aynan savdo bilan shug'ullangan, undan ikki barobar kam miqdori (14 101 kishi) sanoatda faoliyat yuritgan, undanam kamrog‘i (9 921 kishi) turli xil xizmatlar ko‘rsatgan.

Shu bilan birga qaysidir sohani daromadliroq, yoki qaysidirini daromadi past  deb aytmagan bo'lardik. Ko'p narsa tadbirkorning iste'dodi, imkoniyatlari va raqobatbardoshlik darajasiga bog'liq.

Tadbirkorlar qancha topadi

Tadbirkorlik maqomi insonning moliyaviy ahvoli haqida hech qanday ma'lumot bermaydi. Tadbirkorlik muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin, bir necha o‘n million so‘m daromad qilishi mumkin yoki  kasod bo‘lishi ham mumkin, bunday holda esa uning egasi qarzdor bo‘lib qoladi.

Katta shaharlarda pul ishlash oson tuyulishi mumkin. Haqiqatan ham: masalan, Toshkent shahrida yollanma ishchilarning ish haqi Toshkent viloyatidagiga nisbatan qariyb  1,5 barobar ko‘p, boshqa viloyatlarga nisbatan esa 2 baravar yuqori. Lekin ahamiyatlisi shundaki, yollanma xodimlar o‘rnatilgan miqdorda daromad oladilar, ularga kichik korxonalar o'rtasidagi raqobat darajasining ahamiyati yo‘q. Raqobat esa katta shaharlarda albatta yuqoriroq bo‘ladi, bundan kelib chiqib aytish muminki, Toshkentdagi biznes har doim ham daromadli bo‘lishiga kafolat yo‘q.

Qanday qilib tadbirkor bo'lish mumkin

Texnik nuqtai nazardan, bu juda oddiy. Eng yaqin davlat xizmatlari markaziga murojaat qilasiz, ular sizga elektron raqamli imzoni olishga yordam berishadi va ro‘yxatdan o‘tish shartlari bo'yicha tushuntirishlar berishadi. Yoningizda bunday Markaz bo‘lmasa,  onlayn ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Buning uchun ham elektron raqamli imzo kerak bo‘ladi, uni masofadan turib olish imkoniyati mavjud: Bu uchun E-imzo veb-saytida kerakli shaklni to'ldirishingiz kerak.

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagilar kerak bo'ladi:

Boshqa masala - biznes qurishingiz uchun to‘gri yo‘nalish tanlashingiz, mol yetkazib beruvchilarni topishingiz, xodimlarni yollashingiz kerak. Balki, faoliyatingizni rivojlantirishga yordam beradigan o'ziga xos xususiyatlaringiz bordir. Misol uchun, yon-atrofdagilar somsani qabday mazali tayyorlashingizni bilishadi va sotib olishga doim tayyor. Yoki chorva mollarini qanaqa yaxshi boqishingizni  va sizning xo‘jalikdagi go'sht juda mazali ekanligini bilishadi.

Biznes jarayonlarini soddalashtirsh maqsadida “Kapitalbank” yuridik shaxslar uchun filialga bormasdan hisob ochish imkonini beruvchi xizmatni taklif etadi. Bankning sayyor menejerlari sizga kerakli hujjatlar bilan kelishadi, bu esa bu jarayonni yanada qulay va oson qiladi. Bunday yondashuv tadbirkorlarga muhimroq vazifalarni bajarishda vaqtni tejashga yordam beradi.

“Bizning maqsadimiz – mijozlarga vaqt va kuchni tejash vositalarini taqdim etish orqali tadbirkorlik sub’ektlarining bank xizmatlaridan foydalanishini osonlashtirishdir”. “Ushbu vositalarga sayyor xizmatlar va Uzum Business ilovasi kiradi, ular faqat moliyaviy boshqaruvni soddalashtiribgina qolmay, balki jarayonni yanada samaraliroq qiladi, bu esa byurokratiya va odatiy operatsiyalarga chalg‘imasdan biznes rivojiga e’tibor qaratish imkonini beradi”.

Yuliya Smirnova, deb ta’kidlaydi “Kapitalbank”ning Masofaviy qo‘llab-quvvatlash va texnik xizmat ko‘rsatish departamenti direktori

Qanday qilib sinab ko'rishim mumkin?

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tishingiz, agar yoqmasa yana yollanma xodimlikga qaytishingiz mumkin. Asosiysi, qarzga botib qolmaslik uchun katta miqdordagi kreditlarni olmaslik kerak. Daromadingiz 100 million so'mdan kam bo'lsa, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini belgilangan miqdorda to'lashingiz mumkin. Eng qimmat tariflar Toshkentda, viloyat markazlarida biroz pastroq, boshqa shahar va tumanlarda esa undan ham pastroq. Masalan, Toshkent shahridagi dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish uchun oyiga 275 000 so‘m to‘lash kerak bo‘ladi. Maishiy xizmatlarni taklif qiluvchilar uchun ham shu miqdorda shaxsiy daromad solig'i to‘lanishi belgilangan.

Soliqqa tortishning yana boshqa turi mavjud: ya'ni deklaratsiya bo'yicha shaxsiy daromad solig'i. Bunda soliq xarajatlaringiz tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar o'rtasidagi farqning 12% ni tashkil qiladi. Bu holat, misol uchun, quruvchi bo'lsangiz va qurilish uchun ko'plab materiallarni sotib olsangiz, foydali bo'lishi mumkin.

Xulosa: tadbirkorlar haqida nimalarni bilish muhim

  • Bular – foyda olish maqsadida qonun doirasida ishlaydigan insonlar.
  • Tadbirkor o‘zi uchun o‘zi ishlashi yoki xodimlarni yollashi mumkin.
  • Tadbirkorlar har doim ham xodimlardan ko'proq topmaydilar, lekin ularning ish vaqtlari ancha bemalolroq va rahbarlari yo‘q.
  • O'zingizni tadbirkor sifatida sinab ko'rishingiz, agar biznes "o'xshamasa", bu maqomdan qaytib yana kompaniyaga ishga kirishingiz mumkin.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments