bosh sahifa / Xaridlar / Shvabra va lattalar: nam tozalash uchun eng yaxshi vositalar reytingi

Shvabra va lattalar: nam tozalash uchun eng yaxshi vositalar reytingi

Uyingizni saranjomlashda nam tozalashsiz ish bitmaydi: stol usti, devorlar, polni albatta namlab artamiz. Bunday tozalash nafaqat chang va boshqa ifloslanishni samarali yo‘q qiladi; balki xona havosi yangilaydi, statik elektr toki kamaytiradi, shuningdek jihozlarning sirtini jilolashga yordam beradi.

Tozalash jarayoni samarali, tez va qulay bo‘lishi uchun nam tozalashda ishlatiladigan shvabra va lattani to‘g‘ri tanlash kerak. Shunda natija zo‘r bo‘ladi. Qanday tanlash kerak, nimalarga e'tibor berish kerak – bu haqda maqolamizda aytib o‘tamiz.

Nam tozalash uchun latta: tarkibi

Latta tanlashda, avvalo, matosiga e'tibor bering. Tozalagandan so‘ng dog' qolmasligi, eski dog'larning yaxshi yuvilishi, yuvilgan joy qancha toza turishi bevosita shunga bog‘liq.

Mikrofibra. Chamasi, bu - eng mashhur va samarali latta. Uning boshqa matolardan afzalligi poliester va neylon tolalarining noyob to'qilish texnikasidadir. Buning natijasida mikrofibra yuzasida o‘ta kichik chang zarralarini ham to'play oladigan ko'plab mikrotuklar bo‘ladi. Shu bilan birga, mikrofibra juda yumshoq, shuning uchun eng nafis yuzalarga ham zarar etkazmaydi. Bundan tashqari, matoga maxsus kimyoviy ishlov beriladi, natijada unda musbat elektr zaryadi sharllanadi. Shu jihati tufayli mikrofibra matosi chang va kirni o'ziga tortadi, lekin tozalangan yuzada tuk qoldirmaydi. Mikrofibra suyuqlikni ham to‘liq shimib oladi.

Bambuk. Bunday latta antibakterial xususiyatga ega bo‘lib, g‘ov-g‘ov tuzilishga ega. Shuning uchun bunday latta yog‘ dog‘larini to‘liq tozalaydi, ammo hidni yo‘q qilmaydi, yuvilishi oson. Shuning uchun ham bambuk latta ko'pincha idishlarni va oshxona jihozlarini yuvishda ishlatiladi. Bundan tashqari, bambuk lattaning juda chidamli ekanini aytib o‘tish joiz: bunday lattani 500 marta yuvsangiz ham o'z xususiyatlarini yo'qotmaydi va yoqimsiz hid taratmaydi.

Viskoza. Nafaqat nam, balki quruq tozalashda ham yaxshi natija beradigan arzon mato. Ishqalanish natijasida elektrlashmaydi. O'z vaznidan deyarli 10 barobar ko'p namlikni bemalol shimadi va tez quriydi. Kamchiligi - uzoq xizmat qilmasligi. Viskoza latta tezda eskirib, yirtilib ketadi, lekin narxi arzon.

Sellyuloza. Bu – avval-boshidan nam tozalashga mo'ljallangan latta-salfetkalardir. Bunday mato changni va namlikni yutish xususiyatiga ega - o'z vaznidan 15 barobar ko'p namlikni singdirishga qodir. Paketdagi salfetka biroz nam bo'ladi, ochganingizdan so‘ng tez quriydi va qattiqlashadi: bu jihati matoda zamburug‘ va bakteriyalarning ko'payishidan himoya qiladi. Namlantirganda latta yana yumshaydi. Yana bir afzalligi shundaki, lattani tozalash oson – yengil chayilsa bas, barcha kiri yuvilib ketadi.

Nam tozalash uchun matolar: jihoz sirti turlari

To'g'ri tanlangan latta - uy tozalashda 80% ga ishingiz unumli bo‘ldi deganidir. Shunday qilib, qaysi jihozga qanday latta mos keladi:

Oyna va ko‘zgu – kalta tukli mikrofibra matosi. Sirtni dog‘ va tuk qoldirmay  tozalash imkonini beradi.

Santexnika moslamalari va plitkalar - sellyuloza lattalari, sirtni tirnamaydi, kirlanishni samarali  yo'q qiladi.

Pol – mikrofibra va viskoza matolari. Ortiqcha dog‘ va namlik qoldirmaydi.

Mebel - sellyuloza va mikrofibra lattalari yaltillatib jilolaydi, laklangan sirtlarga zarar keltirmaydi.

Idish va oshxona jihozlari - bambuk va sellyuloza lattalari. Yog‘ dog‘larini oson yo‘q qiladi, antibakterial xususiyatga ega, demak, artilgan jihozlar uzoq vaqt toza saqlanadi.

Shvabra: turlari va xususiyatlari

Polni mikrofibra yoki viskozali latta bilan yuvasiz, albatta. Ammo shvabradan foydalanib artish ancha qulay va oson. Zamonaviy shvabralar ergonomik dizaynga  va keng ko'lamli harakatlanish xususiyatiga ega, bu esa pol yuvishga ketadigan vaqtni va kuchni sezilarli darajada tejaydi.

Klassik(odatiy) shvabra. Yog'och, plastmassa yoki metall tutqichga ega, shuningdek, lattani ushlab turuvchi maxsus mahkamlagichi mavjud. Afzalligi: kam joy egallaydi, har qanday lattani ishlatish mumkin. Kamchiligi: lattani qo'lda siqish kerak, yog'och va plastmassa modellar uzoq xizmat qilmaydi.

Siqish moslamali shvabra. To‘plamida latta yoki shimgich(gubka) bo‘lishi   mumkin. Maxsus siquv mexanizmiga ega. Lattani siqish uchun  tutqichini tortish yoki burash kerak. Afzalligi: qo'lingizni iflos qilmaysiz. Kamchiligi: siqish moslamasi odatda lattadan yuqorida joylashgan bo‘ladi, demak uni ishlatish uchun har safar egilish kerak.

Siqish moslamali va chelakli shvabra. Kundan-kun mashhur bo'lib borayotgan to'plam. Afzalligi: o'lchami ixcham, foydalanish qulay, lattani egilib siqishga hojat yo'q; ergonomic dizayni tufayli qo‘l yetmaydigan joylarni ham samarali tozalaydi. Shuningdek, bunday shvabra bilan pol artishga ko‘p vaqt ketmaydi. Chunki shvabra lattasi axlat va changni birinchi martadanoq to‘liq yig‘ib oladi.

Spreyli  shvabra. Bu modelning suv rezervuari bor. Afzalligi: shvabrani yuvish shart emas, chelak ham kerakmas, polni bir qo'l bilan yuvish mumkin. Kamchiliklari: katta maydonni tozalaganda, lattani olib qo'lda yuvish kerak, rezervuari tor joyga kirishga imkon bermaydi. Umuman olganda, bunday model oshxonaga juda mos, kafeldagi yangi dog'ni osongina artib olasiz.

Nam tozalash uchun eng yaxshi shvabra va lattalar

Biz reytingni va buyurtmalar sonini o‘rganib chiqib, Uzum mijozlari orasida eng ommabop latta va shvabra modellari ro‘yxatini tuzdik.

Vileda Turbo Smart tozalash to'plami

Siqish mexanizmini ishga tushiruvchi maxsus pedalli chelak, qo‘l yetmaydigan burchakni ham yuvish imkonini beruvchi uchburchak nasadkali ergonomik shvabra –  Vileda to'plamining asosiy jihozlaridir. Qolaversa, polni artish uchun egilmaysiz,  qo‘llaringizni iflos ham qilmaysiz. Tolali mato birinchi martadanoq chang, kirlanish va tuklarni yaxshi to'playdi, har qanday sirtda dog‘ qoldirmaydi.

Nimaga e'tibor berish kerak: vaqt o'tishi bilan lattani shvabra modeliga mos yangisiga almashtirish kerak.

Chelak va siquv moslamali “aqlli” shvabra

Tozalash ishlari uchun juda qulay va ixcham to'plam. To‘plamga ikki bo'linmali vertikal chelak (suv solish uchun va siqish uchun), teleskopik tutqichli shvabra va yopishqoq lenta yordamida nasadkaga biriktirilgan to'rtburchak mikrofibra matosi kiradi. Latta o‘rnatilgan nasadka osongina aylanadi, bu esa uni plintus taxtasiga iloji boricha yaqinlashtirib, burchakdagi changni artish imkonini beradi.

Nimaga e'tibor berish kerak: To'plamda shvabra  uchun zahira mato bor; matoni qayta-qayta yuvish mumkin.

Siquv moslamasi va chelakli shvabra

Vertikal chelak va kontaktsiz siquv moslamali shvabra. Suv bo'linmasi tishchalar bilan jihozlangan; ular axlat qoldiqlari, jun va sochni lattadan tozalab tashlaydi. Shvabraning vazni engil, 180 gradusga aylanadigan nasadkali dizayni ergonomik, shuningdek, lattasi mikrofibra matodan bo‘lgani bois, uni nafaqat pol, balki devor va derazalarni artishda ham ishlatish mumkin.

Nimaga e'tibor berish kerak: To'plamga 2 ta mikrofibrali mato kiradi.

Niso Classic "Delfin" universal  latta-salfetkasi

Latta mikrofibradan qilingan bo‘lib,  oyna, ko‘zgu, pol, mebel va hatto avtomobil yuvish uchun juda mos. Yumshoq mato  nafis sirtlarni tirnamaydi, faqat yorqin jilo va tozalik baxsh etadi. Foydalanilgan matoni yaxshilab chayib, qayta ishlatish uchun tabiiy sharoitda quritilish kerak.

Nimani e'tiborga olish kerak: matoning xislatlarini saqlab qolish uchun uni radiatorda quritmagan ma'qul.

Vileda Flizer universal pol lattasi

Pol artishda ishlatiladigan bu mato paxta, viskoza va sintetik tolalar aralashmasidan tayyorlangan. Ana shu jihati tufayli latta suvni yaxshi shimadi, to‘liq siqib chiqaradi, har qanday sirtda tuk yoki dog‘ qoldirmaydi. Afzalligi shundaki,  o'lchami kattalashtirilgan  (50 × 80 sm), chetlari maxsus chok bilan tikib chiqilgan. Shuning uchun ham latta uzoq vaqt xizmat qiladi va shaklini saqlab qoladi.

Nimaga e'tibor berish kerak: lattaning o'lchami katta bo‘lgani tufayli ba'zi foydalanuvchilar uni ikkiga bo'lishni afzal ko'rishadi.

Oshxona lattasi

Momiq va yumshoq mikrofibra matoli lattani fartuklarni yuvishda, stolni artish va oshxonaning boshqa jihozlarini tozalashda ishlatish mumkin. Tuk va dog‘  qoldirmaydi, jihoz sirtini tirnamaydi, suvni yaxshi shimadi va to‘liq siqib chiqaradi. 60 darajada yuvish mumkin, shaklini va xususiyatlarini saqlab qoladi. Lattadagi tuklar kalta, demak sirtlarni jilolash uchun ham mos keladi.

Nimaga e'tibor berish kerak: radiatorda quritish tavsiya etilmaydi, antibakterial ishlov uchun 90 darajagacha haroratda yuvish mumkin.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments