
Dvigatelning ishlash muddatini qanday uzaytirish mumkin
Dvigatelga o’z vaqtida va to'g'ri texnik xizmat ko’rsatish avtomobilning uzoq muddat xizmat qilishini kafolatlaydi va kutilmaganda buzulish holatlari kuzatilmaydi. Sifatli motor moyi va uni muntazam almashtirish — busiz hatto salondan chiqqan eng qimmatbaho mashina ham doimo xizmat ko‘rsatish shahobchasida bo‘ladi. Aksincha, yuqori sifatli avtoximiya qismlarning xizmat muddatini uzaytiradi va nosozliklardan himoya qiladi.
Dvigatelning ishlash muddatini qanday uzaytirish va motor moyini tanlashda qanday xususiyatlarga e'tibor berish kerakligi haqida ma'lumot beramiz.
Motor moyini qanday tanlash mumkin
Formula. Zamonaviy benzin va dizelda yuradigan dvigatelli yengil avtomobillar va kichik yuk mashinalari uchun sintetik moylar mos keladi. Bu variant dvigatelni toza saqlaydi, cho‘kindilar va qurumlarning shakllanishiga to'sqinlik qiladi. Ular, shuningdek, barcha tezliklarda va har qanday haroratda ishqalanishni kamaytiradigan yuqori sifatli qo'shimchalar tufayli qismlarni eskirishdan himoya qiladi.
Masalan, Shell Helix Ultra Professional AG 5W-30 — bu PurePlus texnologiyasidan foydalangan holda tabiiy gazdan yaratilgan to'liq sintetik moydir. Unda dvigatelning tiniq ishlashi sababli ishqalanish darajasini va hatto yoqilg'i sarfini kamaytiradi.
Qovushqoqlik. Mazkur klassifikasiyaning bir qancha jahon standartlari mavjud. Eng zamonaviysi — SAE (Society of Automotive Engineers) ni ko'rib chiqamiz, unda barcha mavsumiy moylar belgi-harflar orqali defis bilan belgilanadi: 0W-30 dan 15W-40 gacha. Lotincha W harfi bilan kelgan birinchi raqam ekspluatatsiya haroratining pastki chegarasini, ikkinchisi esa yuqorisini anglatadi.
Shell Helix Ultra Professional moyining SAE bo‘yicha qovushqoqligi - 5W-30. Bu keng harorat oralig'ida dvigatelning barqaror ishlashini ta'minlaydi: bunda termometrdagi harorat - 35 ° C ga tushib ketsa ham, avtomobil muammosiz o‘t olishini taminlaydi.
Moyni qanchalik tez-tez almashtirish kerak
Motor moyini har 7-10 ming kilometrda yoki avtomobil ishlab chiqaruvchisining tavsiyalariga muvofiq o'zgartirish tavsiya etiladi. Agar avtomobil aksariyat hollarda magistralda o'rtacha tezlikda harakat qilsa, moyni almashtirish kamroq amalga oshiriladi: har 13-15 ming kilometrda.
Avtomobilingizni megapolis yo'llarida ham, shahar tashqarisidagi o‘nqir-cho‘nqirliklarda ham qulay yurishi uchun ACEA tizimi (Association des Constructeurs Européens d'Automobiles) bo'yicha tasniflash uchun motor moyining tavsifiga qarang, u yerda harflar dvigatel turini, raqamlar esa himoya darajasini bildiradi. Son qanchalik baland bo'lsa, moyning xususiyatlari shunchalik zamonaviy bo'ladi.
Misol uchun, C3 nazorat qilish tizimiga ega dvigatellar uchun mukammal himoyani ta'minlaydi va katalizatorlarga ta'sirini kamaytiradi. ACEA tizimiga ko'ra Shell Helix Ultra Professional aynan shu klassga egadir. Ya'ni, moy darajasini doimiy kuzatib borib, uni o'z vaqtida almashtirilsa, u turli sharoitlarda dvigatelning maksimal himoyasini ta'minlaydi.
Agar sifatsiz variantlardan foydalansangiz, nima bo'ladi
Moylar turli standartlar bo‘yicha tasniflanadi, jumladan API (American Petroleum Institute) standarti. Ushbu tizim mahsulot sifati va xususiyatlarini ko'rsatadi - har bir harf va kombinatsiya himoya va ishlash darajasini bildiradi. Uning harflari qanchalik uzun bo'lsa, moy shunchalik yangiroq va yaxshi bo'ladi.
Shell Helix Ultra Professional AG 5W-30 eng yuqori standart API SN talablariga javob beradi, u benzinli dvigatelni mukammal himoya qiladi, shu jumladan cho'kindi va eskirishdan, hattoki yuqori harorat va bosim sharoitida ish faoliyati bo‘yicha yaxshi xarakterlanadi.
SJ, SL va SM tasnifiga ega variantlar dvigatel va transport vositasining ishlash muddatini qisqartiradi: qismlarning eskirishini tezlashtirishi va buzilish ehtimolini oshirishi mumkin. Shuning uchun, sotib olishdan oldin, nafaqat moy narxiga, balki ushbu maqolada tasvirlangan xususiyatlarga ham e'tibor qarating.
Shell Helix Ultra Professional AG 5W-30 moyi
Izoh qo‘shish