
Ramazon oyida saharlik, iftor va ibodatlar: 2024 yil taqvimi va vaqtlari
Musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyi 10-mart kuni quyosh botishi bilan boshlandi. Ramazon oyi 2024 yil - hijriyda 1445 yilning 9 aprel kuni yakunlanadi. Mazkur 30 kun davomida musulmonlar ro‘za tutadilar, tongdan quyosh botgunga qadar ovqat va suvdan o‘zlarini tiyadilar, Qur’on o‘qishga vaqt ajratadilar, astoydil ibodat qiladilar, gunoh ishlarni qilmaslikka harakat qiladilar, ma’naviy va ruhiy jihatdan rivojlanadilar, xayrli ishlar va amallar qiladilar. Bu davrda farz namozlar ayniqsa muhimdir. Tutilgan ro‘zani qabul qilishning asosiy shartlari – uning barcha qoidalariga, shu jumladan tonggi va kechki ovqatlanish vaqtiga to‘liq rioya qilish lozim.
2024 yilda namoz, saharlik va iftorlik vaqtlari
Bomdod va shom namozlarini o‘qishning va shunga mos ravishda suhur (saharlik) va iftorlik qilishning qat'iy vaqtlari mavjud. U quyosh chiqishi va botishiga bog‘liq. O‘zbekiston musulmonlar idorasi Ramazon oyi arafasida 2024-yil uchun Ramazon taqvimini chop etdi.
Quyidagi taqvimda saharlikning tugashi, iftorlik boshlanishi*, shuningdek, peshin, asr va xufton namozlarining taxminiy vaqtlari keltirilgan**.
Ramazon kunlari |
2024 yildagi sana |
Hafta kunlari |
Saharlik tugashi, Bomdod boshlanishi |
Peshin | Asr | Iftorlik boshlanishi, shom |
Hufton |
1 | 11 mart | Dushanba | 05:23 | 12:34 | 16:39 | 18:27 | 19:41 |
2 | 12 mart | Seshanba | 05:21 | 12:34 | 16:40 | 18:28 | 19:42 |
3 | 13 mart | Chorshanba | 05:20 | 12:33 | 16:41 | 18:29 | 19:43 |
4 | 14 mart | Payshanba | 05:18 | 12:33 | 16:42 | 18:31 | 19:44 |
5 | 15 mart | Juma | 05:16 | 12:33 | 16:43 | 18:32 | 19:46 |
6 | 16 mart | Shanba | 05:14 | 12:32 | 16:44 | 18:33 | 19:47 |
7 | 17 mart | Yakshanba | 05:13 | 12:32 | 16:44 | 18:34 | 19:48 |
8 | 18 mart | Dushanba | 05:11 | 12:32 | 16:45 | 18:35 | 19:49 |
9 | 19 mart | Seshanba | 05:09 | 12:32 | 16:46 | 18:36 | 19:50 |
10 | 20 mart | Chorshanba | 05:07 | 12:31 | 16:47 | 18:37 | 19:51 |
11 | 21 mart | Payshanba | 05:05 | 12:31 | 16:48 | 18:38 | 19:53 |
12 | 22 mart | Juma | 05:04 | 12:31 | 16:49 | 18:39 | 19:54 |
13 | 23 mart | Shanba | 05:02 | 12:30 | 16:49 | 18:40 | 19:55 |
14 | 24 mart | Yakshanba | 05:00 | 12:30 | 16:50 | 18:42 | 19:56 |
15 | 25 mart | Dushanba | 04:58 | 12:30 | 16:51 | 18:43 | 19:57 |
16 | 26 mart | Seshanba | 04:57 | 12:29 | 16:52 | 18:44 | 19:59 |
17 | 27 mart | Chorshanba | 04:55 | 12:29 | 16:52 | 18:45 | 20:00 |
18 | 28 mart | Payshanba | 04:53 | 12:29 | 16:53 | 18:46 | 20:01 |
19 | 29 mart | Juma | 04:51 | 12:29 | 16:54 | 18:47 | 20:02 |
20 | 30 mart | Shanba | 04:49 | 12:28 | 16:55 | 18:48 | 20:04 |
21 | 31 mart | Yakshanba | 04:48 | 12:28 | 16:55 | 18:49 | 20:05 |
22 | 1 aprel | Dushanba | 04:46 | 12:28 | 16:56 | 18:50 | 20:06 |
23 | 2 aprel | Seshanba | 04:44 | 12:27 | 16:57 | 18:51 | 20:07 |
24 | 3 aprel | Chorshanba | 04:42 | 12:27 | 16:58 | 18:52 | 20:09 |
25 | 4 aprel | Payshanba | 04:40 | 12:27 | 16:58 | 18:53 | 20:10 |
26 | 5 aprel | Juma | 04:38 | 12:26 | 16:59 | 18:54 | 20:11 |
27 | 6 aprel | Shanba | 04:36 | 12:26 | 17:00 | 18:56 | 20:12 |
28 | 7 aprel | Yakshanba | 04:34 | 12:26 | 17:01 | 18:57 | 20:14 |
29 | 8 aprel | Dushanba | 04:32 | 12:26 | 17:01 | 18:58 | 20:15 |
30 | 9 aprel | Seshanba | 04:31 | 12:25 | 17:02 | 18:59 | 20:16 |
*Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
*Manba: namaz.today sayti
Bahorda kunduzgi soatlarning uzayishi sababli, har kuni quyosh erta chiqib, keyinroq botadi, shunga ko‘ra ovqat va namoz vaqti asta-sekin 1-2 daqiqaga o'zgaradi. Bir oy ichida har ikki tomonga ham taxminan bir soat surilish kuzatiladi. Shunga ko‘ra, kunduzgi soatlarda ro‘za vaqti uzayadi. Agar Ramazon oyining birinchi kuni, 11-martda saharlikni soat 05:23 da tugatish kerak bo‘lsa, iftorlikni esa 18:27 da boshlash mumkin bo‘lsa, oxirgi kuni, 9 aprelda ertalabki saharlikni 04:31 da tugallash, 18:59 dan keyin esa ro‘zani ochish mumkin bo‘ladi.
Shuni e'tiborga olish kerakki, taqvimda Toshkent vaqti ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi boshqa shaharlarda saharlik oxiri/iftorlik boshlanishi bo‘yicha daqiqalardagi mavjud farqlarni keltirib o‘tadi. Unga asoslanib, peshin, asr va xufton namozlari vaqtini hisoblashingiz mumkin.
Toshkentdan avval (ko‘rsatilgan daqiqalarni ayirib tashlang):
- Angren - 3/4
- Andijon - 12/13
- Xonobod - 14/15
- Shahrixon - 10/12
- Xo‘jaobod - 13/13
- Namangan - 9/10
- Pop - 6/7
- Chortoq - 10/10
- Chust - 8/8
- Farg‘ona - 9/11
- Rishton - 6/9
- Qo‘qon - 6/7
- Quva - 10/12.
Toshkentdan keyin (ko‘rsatilgan daqiqalarni qo'shing):
- Bekobod + 2/0
- Buhoro + 22/19
- Gazli + 26/23
- G‘ijduvon + 21/19
- Qorako‘l + 25/23
- Guliston + 4/2
- Sardoba + 5/4
- Jizzah + 8/6
- Zomin + 6/4
- Forish + 10/9
- G‘allaorol + 9/7
- Navoiy + 18/16
- Zarafshon + 20/18
- Mingbuloq + 26/24
- Nurota + 16/15
- Uchquduq + 22/23
- Nukus + 37/39
- Mo‘ynoq + 38/43
- Taxtako‘pir + 34/37
- To‘rtko‘l + 32/30
- Qo‘ng‘irot + 40/43
- Samarqand + 12/8
- Ishtixon + 14/11
- Mirbozor + 16/13
- Kattaqo‘rg‘on + 15/13
- Urgut + 11/9
- Termiz + 10/6
- Boysun + 14/9
- Denov + 9/2
- Sherobot + 13/7
- Sho‘rchi + 10/6
- Qarshi + 19/14
- Dehqonobod + 17/11
- Koson + 20/14
- Muborak + 20/15
- Shahrisabz + 13/10
- G‘uzor + 18/12
- Urgench + 35/35.
Ramazon oyida namoz, saharlik va iftorlik
- Ertalabki ovqatlanish – suhur (saharlik)ni tong otguncha qadar – osmonning sharqiy qismida quyoshning och gorizontal chizig‘i paydo bo'lishidan oldin bajarish muhimdir. U tong otishidan oldin o‘qiladigan bomdod namozidan oldin keladi. Bomdod namozi quyosh chiqmasdan oldin o‘qilishi kerak.
- Kunning yarmida mo‘minlar zuhr - peshin namozini o‘qiydilar.
- Keyingi namoz – asr – tushdan keyin.
- Oqshom namozi – shom – quyosh botganda, iftorlikning boshlang‘ich qismidan keyin o‘qiladi. Ro‘zadorlar ro‘zani xurmo va suv yoki shunchaki oddiy suv bilan ochadilar. Namozdan keyin asosiy ovqatga o'tishingiz mumkin.
- Xufton, beshinchi namoz – tungi namozdir.
Musulmonlarga beshta farz namozdan tashqari, Ramazon oyida xuftondan keyin o‘qiladigan taroveh namozlarini o‘qish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Taroveh namozi farz namozi emas, balki sunnat namozdir. Shunga qaramasdan masjidga borib taroveh namozini o‘qish afzaldir. Joriy 2024-yilda mamlakatdagi 2000 dan ortiq masjidda taroveh namozi o‘qiladi va ularning 1600 dan ortig‘ida 27 kun davomida Qur'on xatm qilinadi. Lekin, masjidga borish imkoniyati bo‘lmasa, oilangiz bilan ham namoz o‘qishingiz mumkin.
Saharlik va iftor vaqtini qanday hisoblab chiqish mumkin?
Astronomik quyosh chiqishi va botishidan mo‘ljal olishingiz mumkin. Agar siz boshqa davlatda bo‘lsangiz, yaqin atrofda masjid bo‘lmasa va Ramazon oyining taqvimini topa olmasangiz, sizga bu usul foyda berishi 0 mumkin. Madinaning Islom onlayn Akademiyasi mutaxassislari quyosh chiqishidan bir yarim soat oldin saharlikni tugatishni tavsiya qiladi. Agar yaqin atrofdagi masjiddan bomdod namozi uchun azon tovushi eshitilsa, ovqatlanishni darhol to'xtatish kerak. Saharlikni o'tkazib yuborish yaxshi emas.
Iftorlikni quyosh botgandan keyin darhol boshlash tavsiya etiladi – bu vaqtni astronomik taqvimda ham topish mumkin.
Ramazondagi xayr-ehsonlar
Ramazon oyining birinchi o‘n kunligi alohida ahamiyatga ega, chunki bu davr Alloh taoloning odamlarga rahmati yog‘iladigan vaqti deb hisoblaydilar. Shu davrda mo‘minlarga rahm-shafqat ko'rsatish va muhtojlarga yordam berish zarurligini yodga olish muhimdir. Islom taʼlimotiga koʻra, Alloh taoloning rahmatiga sazovor boʻlish uchun o‘zi ham o‘zgalarga mehribon boʻlishi kerak.
Muhtojlarga xayr-ehson qilishning bir necha yo‘'li bor: kam ta'minlangan insonlarga pul o‘tkazib berishingiz, masjidga berishingiz yoki xayriya jamg‘'armalariga o‘tkazib berishingiz mumkin.
Shu bilan birga onlayn tarzda ham berishingiz mumkin – misol uchun, Uzum Bank ilovasidagi shakl orqali.
Saharlik va iftorlik uchun qanday duolarni o‘qish kerak
Duo – duo qiluvchining Allohga murojaati - ro‘zaning muhim qismidir. Siz ularni sahar paytida yoki undan keyin, shuningdek, iftorlikdan oldin yoki undan keyin o‘qishingiz mumkin.
Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi saharda niyat duosini, iftorda esa ro‘za xatolari kechirilishi va Alloh taolo tomonidan qabul boʻlishini soʻrab duo oʻqishni tavsiya qiladilar.
Saharlik duosi:
Navaytu an asuma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta'ala. Allohu akbar.
(Ramazon oyining ro‘zasini subhdan to kun botkuncha tutmoqni niyat qildim. Xolis Alloh uchun Alloh buyukdir)
Iftorlik duosi:
Allohumma laka sumtu va bika amantu va a'layka tavakkaltu va a'la rizqika aftartu, fag‘firli ya g‘offaru ma qoddamtu va ma axxortu.
(Ey Alloh, ushbu Ro‘zamni Sen uchun tutdim va Senga iymon keltirdim va Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim. Ey mehribonlarning eng mehriboni, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni mag'firat qilgil.)
Izoh qo‘shish