
Ramazon Hayiti: yaqinlarimizga nima sovg’a qilamiz?
Bolalar, kattalar va buvi-buvalar uchun eng yaxshi sovg'a g'oyalarini to'pladik.
Ramazon — musulmon taqvimining muqaddas oyi bo'lib, har bir imonli inson uchun nihoyatda muhimdir. Bu oy ma'naviy xayrli ishlar bilan to'la bo'lgani holda, buyuk va quvonchli bayram bilan yakunlanadi. Ushbu bayramda — Ramazon hayitida — bir-birini rozi qilish, xursand qilish har bir musulmonning muqaddas burchidir, chunki hurmat-ehtirom hissi mana shunday namoyon bo‘ladi. Ramazon Hayiti tuhfasi ham o'ziga xos, ushbu bayramning asl mazmuniga mos bo'lishi kerak. Turli yoshdagi insonlar uchun eng yaxshi sovg'alarni tanlashga harakat qildik.
Kattalar uchun sovg'alar
Musulmonlar yaqinlarini ziyorat qilgani hech qachon quruq qo‘l bilan bormaydilar. Yilning eng muhim diniy bayramlaridan biri bo'lmish Ramazon haqida gapiradigan bo'lsak, bu oy "sovg'alar oyi" deb ataladi. Iftorlikka taklif qilingan xonadonning oila boshlig'ini qanday xursand qilish mumkin? Axir Ramazon Hayiti sovg'asi ham hurmat-ehtiromni, ham g'amxo'rlikni ifodalashi kerak. Bu boradagi foydali fikrlarimiz bilan o'rtoqlashamiz.
Elektron qalamli Qur'on
Musulmonlarning muqaddas kitobi har bir mo‘minning uyida bor. Biroq ko'pincha bunday kitob oila tomonidan ehtiyotkorlik bilan saqlanib, avloddan-avlodga o'tib kelgan qadimiy katta hajmdagi kitobdir. Elektron qalamli Qur'on Ramazon Hayiti uchun yaxshi sovg'a bo'lishi mumkin. Bu — muqaddas kitobni o'rganish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradigan innovatsion moslamadir. Ramazon hayitiga qilingan bunday qimmatli sovg‘ani har bir musulmon inson qadrlaydi: nafis g'ilof yoki qutichaga Qur'onning chiroyli nashri, qo‘shimcha bukletlar, quloqchinlar, zaryadlovchi moslama va noyob gadjet — maxsus elektron ruchka bor. Qalam yo‘naltirilgan qator unga o‘rnatilgan dinamik orqali namoyish etiladi. Qalamdan foydalanish juda qulay: ovoz balandligini sozlashingiz, o'quvchining ovozini o'zgartirishingiz, oyatlarni qaysi tilda tinglashni tanlashingiz mumkin. Til imkoniyatlari 15 tagacha bo'lgan qalamlar ham mavjud.
- AYFA Elektron qalamli Qur'on
- Naqshi Elektron qalamli Qur'on
- Elektron qalamli Qur'on
- Qalamli Muqaddas Qur'on
Namoz to'plami
Musulmonlar ko'p vaqtlarini ibodatda o'tkazadilar. Ramazon esa ibodat oyidir. Shunday ekan, diniy to‘plam Ramazon hayiti tuhfasi bo'lishi mumkin. Bunday to'plam mo‘minga doim kerak bo‘ladi, baxmal qutiga solingan to‘plam esa ko‘ngilni shod qiladi. Odatda bunday to'plamga Qur'on, joynamoz, tasbeh, muqaddas Zam-Zam suvi va efir moylari jamlamasi kiradi.
Elektron tasbeh
Diniy aksessuarlar Ramazon hayitiga yaxshi sovg'a bo'lishi mumkin, bular orasida elektron tasbeh ham bor. Bunday tasbeh butun dunyoda ommalashib bormoqda, chunki bu ham an'anaviy ibodat anjomi, ham zamonaviy gadjetdir. Elektron tasbehning vazifasi an'anaviy tasbehniki bilan bir xil. Avvalo, tasbeh namoz oxirida o‘qiladigan zikr kalimalarini sanashga xizmat qiladi. Ammo elektron tasbeh qo‘shimcha vazifalarni ham bajaradi. Masalan, besh vaqt namozning o‘qilish vaqtini eslatadi yoki qibla tomonni ko‘rsatadi. Eng zamonaviy tasbehlar esa vaqtni ko'rsatib, soat kabi ishlashi ham mumkin. Ko‘plab elektron tasbehlarining dizayni nihoyatda go‘zal ishlangan. Ramazon hayitiga taqdim etilgan bunday sovg‘ani didi nozik inson albatta yuqori baholaydi.
- Zikr aytish uchun smart-uzuk
- Zikr Ring Lite elektron tasbehi
- Naqshi raqamli tasbehi
- Yoritgich va signalli elektron tasbeh
Maxsus jihozlar
Dindorlik musulmonlarni birlashtiruvchi fazilat bo‘lib, kundalik hayotimizga ta'sir etmay qolmaydi. Bu xislat hayot tarzimizda, kiyim-kechak va, albatta, xonadonimiz jihozlarida o‘z aksini topadi. Shunday ekan, Ramazon Hayitiga sovg‘a tanlashda uy jihozlariga ham e'tibor berish mumkin. Avvalo, bayramning ma'naviy ruhi aks etgan narsalarni tanlaymiz. Masalan, islomiy hattotlik namunalari tasvirlangan panno, Ramazon ramzlari tushirilgan quticha, uyda bayramona muhitni yaratadigan shamchiroq yoki olmos toshli mozaika bo'lishi mumkin, undan bo'sh vaqtingizda chiroyli rasm yaratishingiz mumkin. Aytganday, Ramazon Hayitiga atalgan bunday sovg'alar uy bekalarini nihoyatda quvontiradi, chunki ayollar xonadonlarida o'ziga xos muhit yaratishni yaxshi ko'radilar.
- Metalldan yasalgan dekorativ panno
- Batareykali “Ramazon” chiroq-shami
- Ramazon hayiti uchun yog‘och quticha
- Olmosli toshdan mozaika
Bolalar uchun sovg'alar
Hammadan ko'ra bolalar sovg'alarni intiqlik bilan kutishadi. Biz Ramazon Hayitida ham bolalar ni, ham o'smirlarni xursand qiladigan sovg'alarni tanladik
Bolalar uchun Qur'on
Agar bola Muqaddas Kitobning asl ma'nosini tushunishga hali juda yosh bo'lsa-yu, lekin ko'p narsaga qiziqsa, hayot ma'nosi haqida savollar bersa, bolalar uchun Qur'on Ramazon Hayitiga beriladigan barcha sovg'alar ichida eng yaxshisi boladi. Yosh bolalarga hadislarni ovoz chiqarib o‘qib berish mumkin, kattaroqlari esa mustaqil o‘qishni xohlasalar kerak, chunki bolalarga mo‘ljallangan barcha diniy kitoblar yorqin, chiroyli suratlar bilan jihozlangan bo‘lib, ularda buyuk payg‘ambarlar hayoti, xalqlar va davlatlar tarixidan voqealar qiziqarli bayon etilgan. Kitoblar shunday jamlanganki, ulardagi ibratli qissalar yosh musulmonlarga nafaqat Islom dinini o‘rganishga, balki ma'lum sharoitlarda aytilishi farz qilingan Alloh taoloning zikr kalimalari bilan ham tanishishga yordam beradi. Demakki, diniy ta'limga asos solishga ko'maklashadi. Shunday ekan, ma'lum ma'noda bunday kitob nafaqat kattalar, balki bolalar uchun ham Ramazon hayitiga taqdim etiladigan eng yaxshi sovg‘adir.
- “Mening birinchi Qur'onim. Qur'ondan oltin hikoyalar” kitobi
- Tunda o‘qish uchun Hadislar
- Yosh musulmonlar uchun 40 hikoya
Elektron joynamoz
Farzandlarimiz uchun Ramazon hayitiga yana bir ajoyib sovg‘a. Bunday joynamoz namoz o'qishni o‘rgatadi, namoz o'qish tartibini yod olishga ko'maklashadi. Shu bilan birga, elektron joynamozning dasturiy ta`minoti shunday yaratilganki, albatta bolalarni qiziqtirib qoladi: joynamoz turli tillarda “so‘zlashadi”, tovush o‘zgartiradi, namoz vaqtini aniqlaydigan ovozli moslamaga ega, shuningdek, joynamozning matosi yoqimli.
- Elektron joynamoz
- Bolalar uchun joynamoz
- Namoz o‘qishni o'rgatuvchi elektron joynamoz va tasbeh
- Al-Huda elektron joynamozi
Islomiy mavzulardagi bo‘yaladigan kitoblar
Barcha bolalar bo'‘yaladigan kitoblarni, qog‘ozli o'yinlarni yaxshi ko'radilar. Kichkintoylar esa nihoyatda yaxshi ko'radilar. Shunday ekan, agar siz yosh bolalari bor xonadonga bayramga boradigan bo'lsangiz, bunday sovg'a Ramazon Hayitiga albatta mos keladi. Ayni paytda mablag‘ingiz cheklangan bo‘lib, Ramazon Hayitiga arzon sovg‘a olishga qodir bo‘lsangiz, bunday imkoniyat sizga qo‘l keladi. Sovg‘angiz ehtimol arzondir, lekin ma'nisiz emas. Chunki qog'ozli o'yin trekerlari bolada suralarni o'rganishga, duo qilishga qiziqish uyg'otadigan tarzda yaratilgan, ya'ni bunday faoliyat umumiy rivojlanishiga hamda diniy tarbiyaning rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
- Ramazon trekeri
- Bolalar uchun haftalik namoz taqvimi
- Ramazon taqvimi
- Bolalar uchun “30 kunga 30 ta quvnoq mashg'ulot” kitobi
Bayram jihozlari
Barcha bolalar dam xursandchilik qilishni, o'yin o'ynashni yaxshi ko'radilar, albatta. Shunday ekan, ulardagi bayramona kayfiyatni ko'taradigan har qanday narsa ajoyib sovg'a bo'la oladi. Ramazon uchun bayramona bezaklar bunday vazifani mukammal bajaradi. Sharlar va devor bezaklari, stikerlar va shamlar Ramazon hayiti uchun arzon sovg'a bo'lsa-da, bolalarga albatta yoqadi. Agar oilada qizlar ko'p bo'lsa, hijobli qo'g'irchoqlarqa e'tibor berishni tavsiya qilamiz. Allohning 33 ta ismini talaffuz qila oladigan maxsus qo'g'irchoqlar Ramazon hayitiga qizlar uchun ajoyib sovg'adir.
- Hijobli Pobiya qo‘g‘irchog‘i
- Ramadan Mubarak pufaklari
- Mubarak Eid Mubarak devoriy bezaklar
- Batareykali “Ramazon” shami
Buvi-buvalar uchun sovg'alar
Keksa qarindoshlar uchun Ramazon Hayiti sovg'asini tanlash eng qiyin vazifalardan bo‘lsa kerak. Hammaga ma'lumki, buvalar gadjetlarni yoqtirishmaydi. Buvijonlarning esa doim "hamma narsalari bor". Biroq eng qadrli va hurmatli oila a'zolarini muqaddas bayramda sovg'asiz qoldirish — odobdan emas. Nima qilsa bo‘ladi? Sizga yordam beradigan g'oyalarni taqdim etamiz.
Qur'on
Buvajonning sevimli Qur`oni bo'lsa ham, chiroyli muqovali yangi Qur`on uni albatta xursand qiladi, chunki bunday sovg'a dinga bo'lgan hurmatni yana bir bor ta'kidlaydi. Keksalar uchun bu juda muhimdir. Diniy kitoblar har doim musulmon xonadonlarining eng katta xazinalaridan biri hisoblangan. Shunday ekan, bunday sovg'a berib, xato qilmaysiz.
- Qur'oni Karim o‘zbek tilida
- Qur'oni Karim tajvidsiz
- Naqshi tajvidli charm g‘ilofli Qur'oni Karim
- Qur'oni Karim tajvidi bilan
Qur'on-chiroq
Buvi-buvalarimiz o'zlariga bunday tungi chiroq sotib olmaydilar, albatta. Lekin, Ramazon Hayitiga sovg'a sifatida olsalar, xursand bo'lishlari aniq. Axir “sehrli chiroq” nafaqat xonadonlarida tinchlik va osoyishtalik muhitini yaratadi, balki kuni bo'yi o'qib ko'zlari charchaganida, Qur'on suralarini o'qib beradi. Aytganday, bunday chiroq ko'pfunktsional hisoblanadi. Namoz vaqtini eslatuvchi modellar bor, Qur'onni turli tillarga tarjima qiladigani, Allohning 99 ta go'zal ismlarini o'zbekcha sharhi bilan aytadigani ham bor.
- Qur'an Speaker Qur'on o‘quvchi chiroq
- Elektron chiroq
- Qur'on o‘quvchi tungi chiroq
- Qur'on o‘quvchi elektron chiroq
Ramazon uchun jihozlar
Ramazon Hayiti kunlaridagi bayramona muhit barcha uchun muhimdir. Keksalar ham bundan mustasno emas. Shunday ekan, buvi-buvalaringiz uchun Poklanish bayramiga ajoyib sovg‘a izlayotgan bo‘lsangiz, Ramazonni munosib nishonlash uchun maxsus mo‘ljallangan uy-ro‘zg‘or buyumlariga e'tibor bering. Misol uchun, bu Ramazonga mo'ljallangan dasturxon yoki oy va yulduz shaklidagi idishlar bo'lishi mumkin. Xushbo'y tutatqi yoqish uchun chiroyli baxur ko'zasi yoki tutatqi to'plami ham bo'lishi mumkin. Bunday o'tlarning xushbo'y isi bayramona muhit yaratadi. Agar siz keksa qarindoshlaringizga nabiralardan sovg'a qilmoqchi bo'lsangiz, Ramazon uchun LED gulchambarlariga e'tibor berishni tavsiya qilamiz. Bunday noodatiy jihozni buvijonlar o'ziga sotib olmasligi aniq. Ammo siz bergan bu sovg'a nafaqat bayramona kayfiyat yaratishga yordam beradi, balki buvi-buvalaringiz sizga singdirgan an'analarga bo'lgan muhabbat va ehtirom hissini eslatib turadi.
Izoh qo‘shish