bosh sahifa / Xaridlar / PS, Xbox va Nintendo uchun o‘yinlarda tejamkorlik: geymer layfxaklari
Yangilanish sanasi: 17.04.2024

PS, Xbox va Nintendo uchun o‘yinlarda tejamkorlik: geymer layfxaklari

Konsol, o‘yinlar, obuna sotib olish — qarabsizki, pristavka o‘yinlariga bo‘lgan ishtiyoq xarajatlar maqolasiga aylanadi. Geymer layfxaklari xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi. Toshkentdan besh nafar o‘yinchi bilan suhbatlashdik, tejash usullarini bilib oldik va maslahatlari bilan bo‘lishdik. Demak, PS, Xbox va Nintendo egalari nima qilishlari mumkin?

Akkaunt uchun mos mintaqani  tanlash

PS, Xbox va Nintendoda O‘zbekistonni asosiy mintaqa sifatida tanlash va so‘mda xarid qilish imkoniyati yo‘q — shuning uchun boshqa mamlakatlar uchun berilgan takliflardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Yaqinda, “o‘z mamlakati” sifatida Turkiyani tanlash tejashning eng yaxshi usuli edi — eng arzon o‘yin va obunalar lirada taklif qilinar edi. Ammo konsol yaratuvchilarining siyosati o‘zgarib bormoqda va lira kursi barqaror emas — shuning uchun turk narxlari juda ko‘tarilib ketdi.

Artur, 23 yoshda. Kompyuter, Xbox, PlayStation 5 va Nintendo Switchda o‘ynaydi: “O‘yinlarda tejash uchun Argentina yoki Turkiyaning mag‘rur fuqarosi bo‘lish mumkin edi. Ammo platforma egalari ahmoq emas, bu usullarni asta-sekin berkitishmoqda. Xuddi o‘sha turk regioni yaqinda qimmatlashdi”.

2023-yil oxiriga kelib, Turkiya hali ham ko‘p hamyonbop takliflar beradigan mintaqalar qatoriga kiradi — hozir narxlar avvallari bir necha baravarga farq qilganidek kabi qulay emas. Misol uchun — PS Plus Deluxe 1 oylik obuna narxini olaylik. Turkiya mintaqasi uchun 305 lira — deyarli 130 ming so‘m turadi.

2023-yil noyabr oyida Turkiya uchun takliflar. Rasm: playstation.com

Agar Polsha tanlansa, xuddi o‘sha ilg‘or PS Plus bir oy uchun — faqat bu yerda Deluxe emas, balki Premium deb nomlanadi — 70 zlotiy, bu taxminan 214 ming so‘m.

2023-yil noyabr oyida Polsha uchun takliflar. Rasm: playstation.com

Akkaunt tanlashda, turli mamlakatlar uchun o‘yinlar yoki obuna narxlarini taqqoslang — sizni nima qiziqtiradi. Shu bilan birga, loyihalar assortimenti — turli mintaqalar uchun farq qiladi — tarjima yoki subtitrlar mavjudligi, shuningdek to‘lov ommabopligini baholash ham muhimdir. Aytaylik, Yaponiya Nintendo uchun arzon narxlarni taklif qilishi, biroq bank kartasi yoki to‘lov kartalari orqali xaridni amalga oshirib bo‘lmasligi ham mumkin.

Sergey, 42 yoshda. PlayStation 5, Steam Deck, Nintendo Switch va kompyuterda o‘ynaydi: “PlayStation do‘konoda hududiy narxlar ko‘rsatilgan, shuning uchun mamlakatni to‘g‘ri tanlash o‘yin narxini pasaytirishi mumkin. Agar Turkiya yoki Polsha tanlansa, odatda arzonroq edi. Ammo endi Turkiyani tanlashning deyarli imkoni qolmadi, chunki PS mamlakat uchun narxlarni muntazam ravishda oshirib boryapti.

Menda Amerika mintaqasi tanlangan: PlayStation akkauntida shartli birliklar peregonkasi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmaslik uchun shunday qildim. Ya'ni, Turkiyadagi PS ga qaraganda Amerika PS uchun to‘lov kartalarini sotib olish ancha oson deb o‘ylayman. Boshqasini tanlab, pulni tejashim mumkin edi, lekin rostini aytsam, bunga vaqt sarflashni xohlamadim”.

Rasmiy saytlarda mintaqalarni tanlash orqali yoki begona manbalar yordamida narxlarni o‘zingiz taqqoslashingiz mumkin. Masalan, Nintendo uchun eShopPrices, Xbox — Store Checker bor va hokazo.

eShopPricesda qidiruv satriga o‘yin nomini kiritish va turli mamlakatlarda taxminiy narxini ko‘rish mumkin. Rasm: eShopPrice

Obuna va ularning manfaatlarini tushunib olishingiz uchun

Obunalar konsoldan foydalanish qulayligini oshiradi: pristavka brendiga qarab, ular onlayn o‘yinlar, eksklyuziv o‘yin ichidagi narsalar, alohida loyiha chegirmalariga kirish huquqi, retro o‘yin yoki oy o‘yinlariga kirish imkoniyatini beradi.

Obuna — har doim ham tejash mumkin, degani emas. Masalan, agar premyerani birinchilardan bo‘lib o‘ynashni istasangiz, o‘yinni alohida sotib olishingiz kerak bo‘ladi — yangi o‘yinlar odatda obunaga kiritilmaydi. Nintendo Switch Online, PS Plus yoki Xbox Game Pas qachon manfaatli bo‘lishi mumkin? Kamida ikkita holatda:

  • Agar do‘stlaringiz bilan tarmoq o‘yinlariga kirishingiz kerak bo‘lsa — va obunani asosan onlayn rejim uchun sotib olsangiz. Shunda obunaning boshqa bonuslari yoqimli qo‘shimcha bo‘ladi, xususan, ba'zi o‘yinlarni chegirma narxda sotib olishga imkon beradi.
  • Agar o‘yinlarda hali "yangi" bo‘lsangiz va yangiliklar relizidan so‘ng darhol o‘ynashga shoshilmasangiz — obuna kutubxonasidagi o‘yinlar sizga yetarli bo‘ladi.

Maksim, 31 yoshda. PlayStation 5, Nintendo Switch va kompyuterda o‘ynaydi: “Agar o‘yinlar chiqqanidan keyin darhol sotib olmagan bo‘lsangiz, PS Plus obunasida juda katta katalog bor, ko‘p qiziqarli narsalarni tanlashingiz mumkin. Har oy u yerga o‘yin va hatto novinkalar ham qo‘shiladi. Yillik obuna narxi 74-145 $. Agar bir yilga emas, balki har oy sotib olsangiz, unda biroz qimmatroq tushadi.

Nintendoda o‘yinlar juda qimmat, ularning narxi deyarli hech qachon pasaymaydi. Oxirgi Zelda 70 $ edi, lekin men ozgina tejadim. Konsolda shunday obuna borki, unda siz 100 $ evaziga 2 o‘yinga chipta sotib olishingiz mumkin — shunday qilib, men o‘zimga Zelda Tears of Kingdom va Super Mario 3D World'ni oldim. Alohida ularga 130 $ to‘lagan bo‘lar edim, chipta orqali esa 30 dollar tejadim”.

Obuna o‘yinlari bilan konsollarning rasmiy saytlarida tanishishingiz mumkin. Rasm: www.nintendo.com/us/switch/online/nintendo-switch-online/classic-games

Konsollar turli xil to‘ldirishlar bilan turli darajadagi obunalarni taklif qiladi: Xbox — Ultimate, PC, Core; PlayStation — Premium, Extra va Essential (nomlar akkauntda tanlangan regionga qarab o‘zgarishi mumkin). Ularning farqini o‘rganing va o‘yin odatlaringiz bilan o‘zaro bog‘liqlikni aniqlang. Ehtimol-keyingi qahramonimizda bo‘lgani kabi — sizga eng ultimativ va qimmat obuna kerak bo‘lmas. Va bu ham pulni tejashning bir usuli.

Aleksey, 36 yoshda. PlayStation 4 Slimda o‘ynaydi: “Hozir PlayStation Plus obunasida o‘tiraman, hech qanday yangi o‘yinni alohida sotib olmaganman. Obunada uchta tarif bor: eng qimmati Premium, Extra va Essential. Birinchi marta o‘rtacha Extra sotib oldim, lekin ikkita o‘yin o‘ynaganimdan so‘ng, hisobda yanglishganimni angladim: obuna o‘zini qopladi, men nolga tushdim — manfaatli bo‘lishi uchun oyiga beshta o‘yindan o‘tishga ulgurish kerak.

Qimmat obuna uchun kuchli geymer emasligimni angladim va oyning uchta o‘yini bilan Essential'ga o‘tishga qaror qildim. Hozir ushbu obunani uzaytiryapman, birinchidan, kutubxonadagi bor o‘yinni o‘ynashim uchun; ikkinchidan, yangi o‘yinlarni olish uchun; uchinchidan, menda tarmoq o‘yini ochiq bo‘lishi uchun”.

Obunalar narxi va xususiyati pristavka rasmiy saytlarida ham ta'riflangan — takliflarni taqqoslash va mos keladiganini tanlash qulay. Rasm: www.xbox.com/xbox-game-pass

O‘yin jismoniy tashuvchilarini sotib olish

Gap o‘yin va kartridjlar haqida — agar pristavka ular bilan ishlashga mo‘ljallangan bo‘lsa. Ehtimol, “jismoniy” o‘yinni sotib olish darhol foyda keltirmaydi — ba'zida esa raqamli nusxani sotib olishdan ko‘ra qimmatroq bo‘lishi mumkin. Masalan, PS5 uchun Horizon Forbidden West Complete Edition 2023-yil oxirida rasmiy storeda 59,99 $ turadi — ammo raqamli nusxa uchun 20 $lik vaqtinchalik chegirma taklif etiladi. Nintendo'da oxirgi Zelda esa bir xil narxga ega: physical- va digital- versiyalari uchun 69,99 $.

Rasmiy saytda o‘yin narxlarini taqqoslash. Kartrij yoki diskni sotib olish foyda bermaydiganga o‘xshaydi — ammo unday emas. Rasm: www.nintendo.com

Ammo o‘yin jismoniy nusxalarini ikkilamchi bozorda sotish — va xarajatlar katta qismini qaytarib olish mumkin. Boshqa variant — do‘stingiz bilan ikki kishilik kartrij yoki disk sotib olish — bunday holda narxni ikkiga bo‘lish mumkin.

Sergey: “Pul tejashning an'anaviy usuli mavjud. Agar disklarning jismoniy nusxalariga kirish imkoningiz bo‘lsa, unda do‘stingiz bilan birgalikda biron bir o‘yinni sotib olishingiz mumkin, so‘ngra ikkilamchi bozorda uni narxning to‘rtdan uch qismiga sotishingiz mumkin. Ayniqsa, agar relizdan keyingi dastlabki 2-3 hafta ichida o‘yinga qiziqish sovib ketmasidan undan o‘tib bo‘lgan bo‘lsangiz”.

Bundan tashqari, teskari usuldan ham foydalanish mumkin: jismoniy o‘yinlarni allaqachon ulardan o‘tib bo‘lganlar qo‘lidan arzon narxda sotib olish. Bunda xabar taxtalari va profil geymer guruhlari yordam beradi.

Mehmon akkauntlaridan foydalanish

Moddiy disklarni almashish — pul tejashning oson va tushunarli usuli. Ammo yaqinlaringizga raqamli o‘yinlaringizga kirish huquqini berish mumkin.

Otabek, 40 yoshda. PlayStation 5 da o‘ynaydi: “Pul tejash uchun, birinchidan, o‘yinlarni keyinchalik sotib yuborish uchun disklarda sotib olishni taklif qilgan bo‘lardim. Albatta, kichik bo‘lsa ham, lekin baribir narxning bir qismini yo‘qotasiz.  Ikkinchidan, birovning akkauntidan o‘ynab ko‘rish imkoniyati bor: PlayStation o‘zinikini mehmon sifatida birovga berish imkonini beradi. Bunda, boshqa birovning akkauntidan o‘yin o‘ynashingiz mumkin, o‘g‘lim bilan men ko‘pincha shunday qilamiz”.

Endi tushunib olamiz. Aynan mehmon akkauntini yaratishingiz mumkin — va bu holda cheklovlar kam emas. Xboxda, qo‘llab-quvvatlashda ko‘rsatilganidek, quyidagi tizim ishlaydi: “seans oxirida profil egasi o‘z profilidan chiqib ketganda, mehmon akkaunt uchun ham chiqish amalga oshiriladi, shundan so‘ng mehmon akkaunt konsoldan o‘chiriladi”. PS da Share Play bor — akkaunt egasi bilan yoki uning o‘rniga tasvir va ovozni ulashish hisobidan uning o‘rnig o‘ynash imkoniyati. Shuningdek, brend bitta pristavka doirasida “Konsolga umumiy kirish va avtonom o‘yin” funksiyasini taklif qiladi.

Boshqa usul ham bor — “Dvoyki” deb nomlanadi. Ular boshqa foydalanuvchiga to‘liq o‘yin kutubxonangizga kirish huquqini beradi — bunda foydalanuvchi jismonan boshqa shahar yoki tumanda bo‘lishi mumkin. Tarmoqda do‘stingiz akkaunti va paroli yordamida pristavkada loginlanish va akkauntni ikkiga bo‘lish bo‘yicha ko‘plab ko‘rsatmalar bor. Ammo usulni shaffof deb bo‘lmaydi — konsol qoidalari parollarni uzatishni cheklaydi. Saytlardagi ko‘rsatmalarda o‘yinlar ulashuvining rasmiy usullarini aniqlab olish yaxshiroqdir.

Arzon savdodan maksimumini olish

Aniq, ammo mashhur usullardan biri. Sony, Nintendo, Microsoft “Black Friday” kabi butunjahon arzon savdosiga qo‘shiladi — o‘yin va obunalar uchun chegirmalar beradi.

Maksim: “Obunani arzon savdodan sotib oldim. Barcha konsollarda yil davomida 2-3 ta yirik arzon savdolar bor: masalan, PlayStation yozgi va qishki aksiyalar doirasida obunaga taxminan 25% chegirma beradi”.

Sergey: “Barchasiga qo‘shimcha qilib, arzon sotuvdagi o‘yinlarni ko‘raman —kolleksiyamda bo‘lmagan eski klassik o‘yinlardan nimadir chiqib qolarmikin deb... Masalan, yaqinda Nintendo Switchda Quake to‘liq kolleksiyasini ramziy bir necha dollarga oldim”.

Chegirmalar vaziyatli bo‘lishi mumkin — kichik miqyosdagi arzon savdolar doirasida yoki o‘yinlar eskirganligi sababli alohida loyihalar uchun narxlar pasayadi — ularni ham kuzatib borish kerak. Buni rasmiy sayt chegirma bo‘limlarida ko‘rish mumkin — masalan, Xbox da bu Sales and Specials vkladkasi, “Chegirmalar va maxsus takliflar”. Shuningdek, maxsus takliflarni to‘playdigan va o‘yin narxi pasayganda pochta xabarnomalarini yuboradigan TG-bot, kanal va boshqa saytlar yordamida.

Oxirgilar orasida — PSdeals, PSprices, XBdeals, Deku Deals va boshqalar. Muhim tafsilot: saytda ro‘yxatdan o‘tishdan oldin, uni tekshiring, geymerlar servis haqidagi sharhlarini o‘qing — pochta yoki ijtimoiy tarmoqlaringizni shubhali manbalarda qoldirmang.

Begona servislar yordamida narxni kuzatib borish uchun ko‘pincha saytga kirish, o‘zingiz uchun qiziqarli o‘yin kartasiga “tushib ketish”, “narxni kuzatib borish” yoki “narx pasayganda xabar berish” tugmachalarini bosish va kontaktlaringiz bilan bo‘lishishingiz kerak. Rasm: PSdeals saytidan skrin

To‘lov kartalarini sotib olishda pul tejash

Agar tanlangan mintaqada o‘yin va obunalarni bank kartasi orqali to‘lab bo‘lmasa, geymer to‘lov kartalarini ishlatishiga to‘g‘ri keladi: masalan, Polsha uchun o‘sha yerning kartasi kerak.

To‘lov kartalari — bu ma'lum bir belgilangan qiymatga ega virtual vaucherlar: 10 dollar, 100 zloty va hokazo. Geymerlar ularni Plati, FunPay va shunga o‘xshash vositachilar saytlarida sotib olishadi. Kartani ba'zan o‘z narxidan past narxda sotib olish mumkinligini ta'kidlashadi. Xaridorlarni jalb qilish uchun valyuta kursi sakrashi yoki maydon/sotuvchi promosi tufayli shunday bo‘ladi.

Maksim: “Nintendoda menda Amerika mintaqasi, uning uchun do‘konga qo‘shib qo'ygan nominal kartalarimni sotib olaman — PS da ham shunaqa. Men buni chegirma taklif qiladigan begona saytlar (masalan, OffGamers yoki IgroShop)da amalga oshiraman: shartli ravishda sizga 50 $lik karta kerak, siz esa unga 46 $ to‘laysiz”.

To‘lov kartalari nomimaldan bir oz pastroq narxda sotilishi mumkin — ko‘p pul tejab bo‘lmaydi, ammo chegirma baribir bor. Rasm: Plati.Market saytidan skrin

Muhim tafsilot: firibgarlikka duch kelmaslik uchun servis reytingi, sotuvchi, bitimlar soni, xarid tafsilotlarini diqqat bilan tekshiring. Aksariyat maydonlar faqat sellerlarga takliflar yozish va xaridorlar topish imkoniyatini berishini, lekin ularning faoliyati uchun javobgar emasligini ta'kidlaydi.

Konsol uchun emas, balki kompyuter uchun o‘yin sotib olishni o‘ylab ko‘rish

Yakuniy maslahat — konsol o‘yinlarini tejash haqida emas, balki pristavkalarga alternativa haqida. Agar taytl qiziqarli bo‘lsa-yu, lekin cho‘ntagingizga to‘g‘ri kelmasa, unda kompyuter versiyasini qidirib ko‘rish mumkin, bu ko‘pincha arzonroq tushadi. Variantda cheklovlar mavjud: birinchidan, o‘yin Nintendo yoki PS uchun eksklyuziv emas, balki multiplatformali bo‘lishi kerak, ikkinchidan, kompyuter ishga tushishini “tortishiga” ishonch hosil qilish kerak. Boshqalarida, qahramonlarimiz tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bu pul tejashning mashhur usuli.

Sergey: “Agar moliya nuqtai nazaridan tanlov tursa, kompyuterni tanlagan ma'qul — ayniqsa, o‘yin grafikasiga qiziqishlar unchalik talabchan bo‘lmasa — chunki Steamda narxlar an'anaviy tarzda pastroq bo‘ladi”.

Maksim: “Men vaqti-vaqti bilan pristavkalarda yo‘q o‘yinlarni kompyuterda sotib olaman. Yoki agar kompyuterda arzonroq bo‘lsa. Masalan, Baldur's Gate 3 kompyuterda 32 $, pristavkada esa 70 $ turadi. Bu ham pul tejashning bir usuli”.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments