bosh sahifa / Sarflash va tejash / O'zbekistonda nimani ochgan ma’qulroq: MChJ, YTT, XK, OK yoki o‘zini o‘zi band qilishmi
Yangilanish sanasi: 17.05.2024

O'zbekistonda nimani ochgan ma’qulroq: MChJ, YTT, XK, OK yoki o‘zini o‘zi band qilishmi

Biznesni tashkil etish shaklidan kelib chiqib, tadbirkor hisobot topshirish, soliqlar va jarimalar kabi yana qanday qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligini bilishi mumkin. Qanday hollarda YTT yoki MChJ, XK yoki OK tanlash kerakligini, ro'yxatga olishda qanday xususiyatlar borligini aytib beramiz.

YTT nima

Yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) - bu yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs hisoblanadi.

Agar tadbirkorning faoliyati YTT faoliyat turlari ro'yxatiga kirsa, unda aynan shu shaklda ochish ma'qul hisoblanadi. Bu holatda tadbirkorning o‘zi yoki beshdan ortiq xodimni ishga yollashi mumkin.

YTTning bank hisobvaraqlaridagi pullar uning mulki hisoblanadi. Ularni shaxsiy hisoblariga hech qanday cheklovlarsiz o‘tkazishi mumkin.

YTTni O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDX) onlayn yoki istalgan tumandagi Davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib ro‘yxatdan o‘tkazish  mumkin. YIDX orqali ro‘yxatdan o‘tish uchun Davlat xizmatlari markazidan elektron raqamli imzo (ERI) olishingiz kerak.

YTTni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:

  • pasport;
  • JShShIR – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ko‘rsatilgan arizani to‘ldirish;
  • davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat, masalan, to‘lov kvitansiyasi.
  • boj to'langanligi to'g'risidagi kvitansiya, u 2024 yilda 340 000 so'mga teng; onlayn ro'yxatdan o'tishda 10% chegirma ham mavjud.

MChJ nima

Mas'uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) - jismoniy yoki yuridik shaxslar, Oʻzbekiston rezidentlari va norezidentlari tomonidan tashkil etilishi mumkin boʻlgan tijorat tashkilotidir.

MChJ ta'sischilar soni bo'yicha cheklovga ega - ellik kishidan oshmasligi kerak. Ammo faoliyat turlari bo'yicha hech qanday cheklovlarga ega emas. Har qanday qonuniy biznes bilan shug'ullanishi mumkin.

YTTdan farqli o'laroq, MChJ hisobvaraqlaridagi barcha pullar yuridik shaxsga tegishli bo'lib, faqat jamiyat ehtiyojlariga sarflanishi mumkin: ish haqi, ijara, kommunal xizmatlar yoki biznesni yuritish uchun.

Qanday  ochiladi:

  • Ustav kapitali miqdori ko‘rsatilgan Ustavni tayyorlash.
  • Direktorni tayinlash va u bilan belgilangan tartibda shartnoma imzolash.
  • Buxgalter yoki firmani yollash, shuningdek ular bilan ham belgilangan tartibda rasmiy shartnoma tuzish.
  • Ofis uchun ijara shartnomasini tuzish, yoki o'zingizning noturar mulkingiz bo‘lsa, uning yuridik manzilini ko'rsatish. Ta'sischining yashash joyi MChJning yuridik manzili bo'lishi mumkin emas.
  • Iqtisodiy jihatdan ma'qul faoliyat turini tanlang.
  • Jamiyatga nom qo‘ying va muhrni o'ylab toping.
  • Korporativ bank hisob raqamini oching.
  • 340 000 so‘m miqdorida boj to‘lovini to‘lang.

Ochish uchun arizani YIDX orqali topshirishingiz yoki shaxsan Davlat xizmatlari markaziga kelishingiz mumkin.

YTT va MChJlarni soliqqa tortish xususiyatlari

YTT yoki MChJ dan qay birini tanlashda tadbirkor jamiyat va yakka tartibdagi tadbirkorlar to'lashi kerak bo'lgan daromad solig'i bilan tanishishi kerak.

Soliq turi YTT MChJ
QQS faqat daromadi 1 mlrd so‘mdan boshlansa har qancha daromad bo‘lsa
Aylanmadan soliq daromadi 100 mln. - 1 mlrd. so‘mgacha daromadi 1 mlrd. so'mgacha
Daromad solig'i daromadi 1 mlrd. so‘mdan oshganda har qancha foyda bo‘lsa ham
YShDS daromadi 100 mln. so‘mgacha bo‘lsa foydaga bog'liq emas

YTT va MChJlar uchun hisobot topshirishdagi farqlar

YTTlar uchun qonunda soddalashtirilgan hisobotlar nazarda tutilgan:

  • daromadi 100 mln so‘mgacha bo‘lgan taqdirda, mahsulot yoki xizmatlarni sotishdan olingan foyda to‘g‘risida hisobot taqdim etishi kerak - yagona soliq hisoboti;
  • daromadi 100 mln. - 1 mlrd. so‘mgacha bo‘lganda, YTT YST shakli bo‘yicha hisobot topshiradi;
  • daromadi 1 milliarddan ortiq bo‘lsa, daromad va QQS bo'yicha standart soliq hisobotini topshiradi.

MChJlar uchun hech qanday imtiyozlar mavjud emas, ular standart soliq hisobotlarini taqdim etishlari kerak.

Jarimalar

YTT va MChJlarga qonunbuzarliklar uchun jarimalar nazarda tutilgan. Jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdoriga (BHM) asosan hisoblanadi. 2024 yilda 1 BHM = 340 000 so'm.

Misol uchun:

Jarimalar YTT MChJ
Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash 10 BHM 15 BHM
Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaslik 3 BHM 10 BHM
Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish 10 BHM 20 BHM
Xodimlar sonini yashirish 10 BHM 10 BHM
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik
7-10 BHM 10-15 BHM
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish
nafaqalarini to‘lash bo‘yicha majburiyatdan bo‘yin tovlash
10-15 BHM 10-15 BHM

YTT va MChJlarni tugatishdagi farq

YTTni yopish osonroq:

  • YTTni yopish to‘g‘risidagi arizani davlat xizmatlari markaziga (DXM) taqdim etish;
  • Tadbirkor tomonidan to‘lovlarni amalga oshirish uchun foydalanilgan bank hisobvarag‘i yopilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnomani ilova qilish;
  • davlat organi bunday arizani olgandan keyin soliq organiga so‘rov yuboradi, unga javob olish uchun ikki kungacha vaqt ketadi;
  • davlat xizmatlari markaziga soliq organidan bildirishnoma berilgandan keyin, bir kun ichida YTT faoliyatini tugatish to‘g‘risida ma'lumot kiritadi;
  • shundan so‘ng DXM ariza bergan YTTni bir kun muddatda faoliyati tugatilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.

Umuman YTTni tugatish uchun jami 5 ish kunigacha vaqt ketadi.

Tijorat tashkilotini tugatish uchun YTT kabi bitta ariza yetarli emas:

  • arizani YIDX portali orqali topshirishingiz yoki davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelishingiz kerak;
  • davlat organi MChJ tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni reyestrga kiritadi. Tugatish to'g'risidagi e'londa kreditorlarning ariza berish muddati ko'rsatiladi - e'lon qilingan kundan boshlab ikki oy yoki undan ko'proq;
  • jamiyat o‘z faoliyatini to‘xtatadi, soliq idorasi taftish o‘tkazadi, tugatuvchi esa xodimlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi;
  • oraliq balans tasdiqlanadi;
  • kreditorlarning talablari qanoatlantiriladi;
  • hisoblangan soliq va yig‘imlar to‘lanadi.

Barcha to'lovlar amalga oshirilgandan so'ng MChJ yopiladi. Bu jarayonga o'rtacha 3-9 oy ketadi.

Nimani ochgan ma'qulroq: YTT yoki MChJ

Yakka tartibdagi tadbirkor va mas'uliyati cheklangan jamiyatni taqqoslab chiqamiz.

Ko‘rsatkichlar YTT MChJ
Roʻyxatdan oʻtish ro'yxatdan o‘tishning soddaligi va qulayligi -
pasport va YTTning yashash joyidan ro'yxatdan o‘tganligi
ustav, shartnomalar, yuridik manzil, bank hisobvarag'i
Egalik qilish faqat YTTning o'zi 50 tagacha ta'sischilar
Faoliyat turlari qonun bilan cheklangan har qanday qonuniy faoliyat
Hisobotlar soddalashtirilgan (daromadi 1 mlrd. so‘mdan yuqori bo‘lgan taqdirda) standart
Xodimlar besh kishigacha cheklanmagan
Yopish/tugatish YTTning arizasiga asosan besh kungacha Tugatish jarayoni bir yilgacha davom etishi mumkin
Biznesni sotish YTTni sota olmaysiz sotish mumkin, rahbarni yoki ishtirokchilarni almashtirish
Mas'uliyat jarimalar yuridik shaxslarga qaraganda kamroq, lekin YTT o'z
mol-mulki bilan to'liq moliyaviy javobgarlikni o'z zimmasiga oladi.
Xuddi shu huquqbuzarliklar uchun YTTga nisbatan yuqori jarimalar, ammo ta'sischilar
shaxsiy mulklari bilan javobgarlikni zimmalariga olmaydilar.

Xususiy korxona (XK) nima

Xususiy korxona - bir shaxs tomonidan ochiladigan va boshqariladigan tijorat tashkiloti.

Qanday hollarda XKni ro'yxatdan o'tkazish afzalroq:

  • korxona egasi faqat o‘zi boshqarishni rejalashtira. XKda korxona egasi bo‘lmagan odam rahbar bo‘lishi mumkin emas;
  • ta'sischi faqat bir shaxs – jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin;
  • XK ish faoliyati turlari YTT ning ish faoliyati ro'yxatiga kiritilmagan bo‘lishi kerak. XKga MChJ kabi ish faoliyati bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas.

Biznes egasi biznesni sheriklarsiz olib borish va faoliyat turlarida cheklanmaslik uchun XK ochadi.

XKni YIDX orqali yoki DXMga shaxsan murojaat qilish orqali ochish mumkin, buning uchun quyidagilar  kerak bo'ladi:

  • Ustavni ishlab chiqish va ustav kapitalini yaratish;
  • Korxonaga nom qo‘yish;
  • ariza to‘ldirish;
  • bojni to‘lash.

Onlayn ariza berishda, hujjatlarni arizaga elektron shaklda ilova qiling, shaxsan murojaat qilinganda ular qog'oz shaklida taqdim etiladi.

XK uchun soliq imtiyozlari mavjud emas. Ular MChJ bilan bir xil soliqlarni to'laydilar.

Oilaviy korxona (OK) nima

Oilaviy korxona - oila a'zolari tomonidan boshqariladigan biznes. Shu bilan birga, ular yuridik shaxs sifatida ham yoki uni tashkil etmasdan ham faoliyat yuritishlari mumkin.

Qanday hollarda oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish afzalroq:

  • oilaning kamida ikki a'zosi tadbirkorlik faoliyatini yuritishni rejalashtirgan bo‘lishi kerak, ularning soni kamroq bo‘lsa, bunday korxona OK sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi;
  • korxona daromad olish uchun oilaning mulkidan foydalanishni rejalashtirgan, masalan, uy mehmonhonasida xonalarni ijaraga berish;
  • tanlangan ish faoliyat turlari YTTga ruxsat etilgan ro'yxatga kirmasligi.

Oilaviy korxona oilaviy biznes bilan shug'ullansa, bir jamoa bo'lib ishlashni xohlasa, shu bilan birga  begonalar qo'shishni istamagan taqdirda optimal hisoblanadi.

Qanday ochiladi:

  • nom tanlash;
  • ustav kapitalini (kim qancha mol-mulk qo'shmoqchiligi) va ishtirokchilarni aniqlash;
  • ta'sis shartnomasini tuzish;
  • korxonaning joylashgan joyini aniqlash. Oilaga tegishli bo'lgan yoki rasmiy shartnoma bo'yicha ijaraga olingan turar yoki noturar joy bo'lishi mumkin;
  • YIDXda ariza to‘ldirish yoki shaxsan DXMga kelish;
  • bojni to'lash.

OKlar xuddi MChJ kabi soliq to‘laydi.

O‘zini o‘zi band qilish nima

YTT yoki MChJ bilan taqqoslaganda, o'zini o‘zi ish bilan ta'minlash muayyan toifadagi tadbirkorlar uchun o‘ziga xos afzalliklarga ega.

O'zini o‘zi band qilish maqomini qachon tanlash kerak:

  • tadbirkor o'zi uchun ishlashni va xodimlarni ishga olishni rejalashtirmaganda;
  • O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat turlarining biri bilan shug‘ullanadi;
  • tadbirkor ortiqcha soliq to'lashni xohlamaganda - o‘zini o‘zi band qilganlar yiliga 1 BHM (2024 yilda 340 000 so‘m) miqdorida soliq to‘laydi.

Qanday ochiladi:

O'zini o‘zi band qilganlar soliq hisobotlarini taqdim etmaydi va buxgalteriya hisobini yuritishi shart emas.

Ro'yxatdan o‘tishning qaysi shaklini tanlash

  • Agar tadbirkor yollanma ishchilarsiz yolg‘iz ishlashni rejalashtirayotgan bo‘lsa, u holda YTT yoki o‘zini o‘zi band qilishni ko‘rib chiqishi lozim. Bunday shakllar soddalashtirilgan soliq va hisobot tizimiga ega.
  • Agar kerakli faoliyatingiz YTTlar uchun ruxsat etilgan faoliyat turiga kirmasa, XK, OK yoki MChJ o'rtasida tanlov qilishingiz kerak bo'ladi.
  • Oilaviy biznesni yuritish uchun OK eng maqbul hisoblanadi. Begonalarni jalb qilmasdan jamoada ishlashni xohlaydiganlar uchun mos keladi.
  • Agar biznes rivojlanayotgan va ko'proq xodimlar va ta'sischilar kerak bo'lsa, bu holda MChJ mos keladi.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments