
O‘yin kompyuterida pulni qanday tejash mumkin: Yig‘ish bo‘yicha 5 ta asosiy maslahatlar va alternativalar
Biz toshkentlik geymerlar bilan suhbatlashdik va o‘yinlar uchun kompyuterlarni muhokama qildik – qaysi komponentlarni arzonroq tanlash mumkin va qaysinisidan pulni ayamagan ma'qul. Va umuman — o‘yin kompyuterini o‘zingiz yig‘ishingizga arziydimi? Oxirgi savol bo‘yicha, bizning qahramonlarimizning fikrlari bir xil: mustaqil yig‘ish — keraksiz narsalar uchun ortiqcha pul to‘lamaslikning usuli.
Artur, 23 yosh. Shaxsiy kompyuter, Xbox, PlayStation 5 va Nintendo Switchda o‘ynaydi: “Agar siz nima qilayotganingizni va kompyuter sizga nima uchun kerakligini tushunsangiz, uni o‘zingiz yig‘ib, pul tejashingiz mumkin. Ko‘pgina yirik brendlar “o‘yin kompyuteri” shartli nomi ostida to'plamlarni yetkazib beradi va ularni har balolar bilan to‘ldirib tashlaydi, korpuslar va sovutgichlarni yuqori narxga o‘rnatadilar. Va u quyidagicha qabul qilinadi: agar texnika o‘yin uchun bo‘lsa, u kamalakning barcha ranglari bilan porlashi kerak. Ammo bularning barchasi kerak emas. Men sovutish tizimini, quvvat manbaini, tezkor xotirani sotib olayotganda tejadim, chunki o‘zimga mosini tanladim”.
O‘yin kompyuterida pulni tejashda asosiy narsa uni ehtiyojlaringizga mos ravishda yig‘ishdir: afzal ko‘radigan o‘yinlar, tasvir sifati (Full HD foydasiga QHD va 4K dan voz kechishga tayyormisiz?) va byudjet. Shuning uchun, o‘yinchi qancha ko'p bo'lsa, pulni nimada tejash mumkinligi haqida shuncha ko‘p fikr bo'ladi. Quyida bir nechta — asosiy va qahramonlarimiz tomonidan taklif qilingan g'oyalar bilan bo‘lishamiz
Video kartani o‘tgan oylar yoki yillardagi yangiliklar orasidan tanlash
Geymerlar ikkita asosiy brend — Nvidia va AMD o'rtasida tanlashadi. Intel ham video kartalarni ishlab chiqaradi, ammo u bu soha bozoriga yaqinda kirib kelgan va hali ishonchni qozonmagan. Liniyalar har yili yangilanadi va bu poyga xaridorlarning foydasiga: do‘konlarda flagman paydo bo‘lganda, oldingi modellarning narxi pasayadi — lekin hali ham dolzarb bo‘lib qoladi. Bu tejashga imkon beradi — samaradorlik va narx talablaringizga javob beradigan video kartani qidirish.
Sergey, 42 yosh. PlayStation 5, Steam Deck, Nintendo Switch va shaxsiy kompyuterda o‘ynaydi: Foydalanmoqchi bo‘lgan o‘yinlarga kompyuteringizning quvvatini moslashtirib, pulni tejashingiz mumkin. Agar shartli Fortnite yoki Dota haqida gapiradigan bo‘lsak, unda 4090 kabi kartani olishning ma'nosi yo‘qdek tuyuladi.
Agar grafikani to‘liq yoqmoqchi bo‘lsangiz, unda eng so‘nggi, lekin eng zo'r bo‘lmagan karta variantlaridan birini ko‘rib chiqishingiz kerak — masalan 4070. U 4090 dan arzonroq, lekin 4K, 60 FPS, ray tracing beradi”.
Byudjetni cheklab, tegishli qiymatga ega karta variantlarini tanlab, xususiyatlar va sharhlarni solishtirishni boshlang. Ikkinchisi bilan forumlar va kartalarni baholash va sinovdan o‘tkazishga ixtisoslashgan xizmatlar yordam beradi — masalan, UserBenchmark va Tom's Hardware.
Userbenchmark saytida foydalanuvchilarning baholari, unumdorlik sinovi natijalari aks ettiriladi, kartaning turli versiyalari va tanlangan kartani muqobil modellar bilan taqqoslash imkoni mavjud. Surat: gpu.userbenchmark.com saytidan olingan skrinshot.,
Noma'lum brenddan yoki ishonchsiz sotuvchidan kartani xarid qilmasligingiz kerak, deydi materialimiz qahramonlari.
Stanislav, 39 yosh. 20 yildan beri shaxsiy kompyuterda o‘ynaydi: “Noma'lum yoki AliExpress'dan biron bir modelni olsangiz, qayta tiklangan kartaga — ta'mirlangan va kafolatga ega bo‘lmagan kartaga dush kelish xavfi katta. O‘zbekistonda ularni ta'mirlash qiyin va juda qimmat. Ko‘pincha Qozog‘istonga olib borish kerak bo‘ladi — u yerda ko‘plab komponentlarni yuqori sifatli qayta kavsharlash imkoniyatiga ega bo‘lgan markaz mavjud. Xasis ikki marta to‘laydi. Ba'zan esa uch marta”.
Elektr ta'minoti bloki quvvatini hisoblash
Elektr ta'minoti yig‘ishning yakunida tanlanadi — u shaxsiy kompyuterning qolgan komponentlarini yetarli energiya bilan ta'minlashi kerak. Agar quvvat manbai kuchi yetarli bo‘lmasa, kompyuterning beqaror ishlashi xavfi yuqori. Ammo quvvat juda ko‘p bo‘lsa — aytaylik, bitta video kartaga ega o‘rtacha shaxsiy kompyuter uchun kilovatt — ortiqcha to‘lovga aylanadi.
Sotib olayotganda tarmoqdagi geymerlar, mutaxassislar va ishlab chiqaruvchilarning tavsiyalaridan quvvat manbai uchun o‘rtacha qiymatlarni olish mumkin. Yoki quvvatni o‘zingiz hisoblanshingiz ham mumkin: video karta va protsessorning quvvat sarfini qo‘shing, unga boshqa komponentlar uchun taxminan 100 Vt qo‘shing, ehtiyot yuzasidan hamma narsani 1,4-1,5 ga ko‘paytiring. Ammo o‘yin kompyuteri uchun zarur bo‘lgan umumiy quvvatni aniqroq hisoblash uchun onlayn kalkulyatorlardan foydalanish yaxshiroqdir. Variantlar orasida be quiet! brendi, batafsilroq OuterVision va shunga o‘xshashlari bor.
Kalkulyatorlarga shaxsiy kompyuter komponentlarining ma'lumotlarini kiritish kerak — va ekranda quvvat manbai talab qiladigan umumiy quvvatning bahosi paydo bo‘ladi. Surat: bequiet.com saytidan olingan skrinshot.
Maksimal tezkor xotira ortidan quvmaslik
Byudjet cheklanmagan bo‘lsa ham, kattaroq degani har doim ham yaxshiroq degani emas. Bu tezkor xotiraga ham tegishli. 64 GB tezkor xotira o‘yinda kadrlar tezligini oshirmaydi — bunday xotira Adobe va boshqa muharrirlarda katta loyihalar bilan ishlaydiganlar uchun ko‘proq kerak bo‘ladi. Ammo bu yerda tejasni ham oshirib yubormaslik muhimdir.
Qaysi raqamga e'tibor berish kerak? 8 Gb — ofis vazifalariga ega uy kompyuterlari uchun. 16 — o‘yin uchun qulay minimum; aksariyat yangi mahsulotlar ushbu parametrga moslashtirilgan. 32 Gb — maksimal grafik sozlamalari va kompyuterga parallel yuklash uchun, masalan, strim qilish, ortig‘i bilan yechim.
2023 yilning yangiliklardan biri Hogwarts Legacy 16 Gb tezkor xotirada ishga tushadi, eng yaxshi sifat uchun 32 Gb kerak bo‘ladi. Surat: www.hogwartslegacy.com saytidan olingan skrinshot.
Sergey: “Yana bir maslahat: kompyuterni maksimal hajmli tezkor xotira bilan to‘ldirishga intilmang. Lekin haqiqatan ham o‘yin qulayligini oshiradigan va pul sarflashga arziydigan narsa M.2 ulagichiga ega NVMe bo‘lib, u o‘yinlarni yuklashni, joylar, bosqichlardan o'tishni va hokazolarni tezlashtiradi”.
Fon yorug‘lig‘idandan voz kechish
Stanislav: “O‘yin kompyuterini yig‘ishda RGB-yorug‘lik yordamida pulni tejash mumkin. Hozirda u juda mashhur bo‘lib, hatto sichqoncha uchun tagliklarga ham o‘rnatilmoqda — va ular besh baravar qimmatlashadi. Ya'ni, bu pulni tejashning juda yaxshi usulidir”.
Va nafaqat fon yorug‘lig‘dan, balki shaffof korpus kabi boshqa vizual xususiyatlardan ham. Ammo bu maslahat ba'zi geymerlar uchun munozarali ko‘rinadi. Ha, “ishonchli, sodda, cho‘ntakbop” tamoyili bo‘yicha sovutgichlar va korpus sotib olish — va shu bilan birga o'yin zavqini yo'qotish mumkin.
Artur: “Orqa fondagi yorug‘lik bilan bog'liq masala ikki tomonlama. O‘yin o‘ynash — bu birinchi navbatda madaniyat. Shaxsan men barcha rang-barang narsalardan voz kechdim, lekin kimgadir chiroyli korpus va hokazo muhimligini tushunaman. Ko‘pgina geymerlar faqat shaxsiy kompyuterni yig‘ish bilan cheklanib qolmaydi, ular o‘zlarining makonini yaratadilar: stolga orqa yorug‘lik o‘tkazadilar, figurkalar sotib oladilar, uchta monitor o‘rnatadilar. Masalan, ayolimning o‘yin maydoni Disneylendga o‘xshaydi. Va unga bu juda yoqadi.
Taniqli brendlarga alternativa topish
Noma'lum ishlab chiqaruvchidan arzon video kartani izlash, yuqorida aytib o‘tilganidek, xavfli. Ammo sichqoncha, garnitura va boshqa tashqi yoki korpus kabi butlovchi qismlarni sotib olayotganda eng mashhur brend uchun ortiqcha to‘lovdan voz kechish mumkinligini qahramonlarimiz tajribasi ko‘rsatdi.
Artur: “Bozorda taklif ko‘p, ular orasida nimadir yirik, mashhur brendlarniki bo ‘lishi mumkin — va shu brend nomi uchun qo‘shimcha narx qo‘yilib sotiladi. Razer logotipisiz ham xuddi shunday ishlaydigan unchalik taniqli bo‘lmagan firmalarning analogini topish mumkin — ularning narxi esa, aytaylik, 100 dollarga arzon bo‘ladi”.
Stanislav: “Pulni tejashning boshqa variantlari — oddiy, ammo ishonchli korpus, ishonchli, biroq oddiy sovutish tizimi. Va tashqi qismlari ham shunday. 2E Gaming firmasini tavsiya qilishim mumkin— ular o‘yin kompyuterlari uchun yuqori sifatli mahsulotlarga ega, ammo shu bilan birga narxlari haqqoniy”.
Bulutli oʻyinlarni sinab koʻrish
Oldingi barcha variantlarga alternativa: kuchli mashina yig‘ish o‘rniga shaxsiy kompyuterdan foydalanish va unda bulutli o‘yin xizmatini ishga tushirish.
Aleksey, 36 yosh. PlayStation 4 Slim'da o‘ynaydi: “Menimcha, shu tarzda tejash mumkin: o‘yin kompyuterini sotib olmaslik, balki bulutli o‘yinlardan foydalanish. Men buni sinab ko‘rdim, ish unumdorligi oshdi, lekin unchalik zo‘r darajada emas. Bir nechta hamkasblarim shunday qilishadi va ular tezlikdan ham, narxdan ham mamnundir”.
Soddalashtirib aytganda, bulutli oʻyinlar quyidagicha ishlaydi: sizga kerak boʻlgan oʻyin rivojlangan xususiyatlarga ega uchinchi tomon “temir”da ishga tushiriladi, tasvir esa shaxsiy kompyuteringizga uzatiladi. Xuddi televizor yoki yuqori aniqlikdagi strim tomosha qilish kabi — faqat qahramonlarni boshqarish mumkin.
Bulutli xizmatlar shaxsiy kompyuterga bo‘lgan talablarini o‘z saytlarida e'lon qiladilar — va bu talablar juda oddiy. Surat: gfn.am saytidan olingan skrinshot.
Asosiy afzallik: kompyuteringizni yangilamasdan talabchan loyihalarni oʻynash mumkin. Ba'zi servislar, masalan, GeForce NOW, tanishish uchun cheklangan sinov versiyasini taklif qiladi, koʻpchiligi esa — soatiga toʻlash uchun moslashuvchan tariflar yoki oylik cheksiz rejasini taklif qiladi.
Kamchiliklari ham bor. Birinchisi: sizga barqaror va tezkor Internet kerak, sekundiga 15-20 megabitdan (lekin koʻproq boʻlsa yaxshi). Ikkinchisi: signal uzatishda kechikishlar bo‘lishi mumkin. Uchinchisi: agar siz koʻp va muntazam oʻynasangiz, xarajatlar sezilarli boʻladi — tejash haqida gap-so‘z bo‘lmaydi.
Izoh qo‘shish