
Overdraft: bu nima va undan qanday to'g'ri foydalanish kerak
Ba’zan do'kondan bank hisobingizda boridan ko'prog‘iga mahsulot olib qo'yasiz. Bu holatda overdraft yordam beradi – unda hoziroq qarz olish imkoniyati mavjud. Buni qanday amalga oshirish kerakligi to‘g‘risida gaplashamiz.
Har doim ham xarajatlarni to'g'ri rejalashtirishning imkoni yo‘q: pul tugab bo‘lgan, lekin maosh olishga hali bir necha kun bor. To‘g‘ri hisoblab chiqqan bo‘lishingiz ham mumkin, lekin maosh olish kuni shanbaga to‘g‘ri keldi, shuning uchun maosh amalda birinchi ish kuni, ya'ni dushanda kuni tushadi. Bunday holatlar uchun overdraft o‘ylab topilgan.
Overdraft - qisqa muddatli kredit bo‘lib, uni qo'shimcha hujjatlar rasmiylashtirmagan holda asosiy (debet) hisobvarag'iga olish imkoniyati mavjud. Aslida, bu zararga kirishingiz mumkin bo‘lgan miqdor hisoblanadi. Ammo undan foydalanganingiz uchun bankka haq to‘laysiz.
Overdraft miqdorini kim va qanday belgilaydi?
Ba'zi banklar odatda jismoniy shaxslar uchun overdraft xizmatlarini taqdim etmaydi. Taqdim etganlari esa shartlarni har bir mijoz uchun alohida belgilaydilar. Uninu kredit tarixi, daromadlari, hisobdagi mablag'larning harakati, ya'ni siz haqingizdagi bank olishi mumkin barcha ma'lumotlar hisobga olinadi. Overdraft aslida, kreditning bir turi bo'lib, uni tasdiqlash kreditni tasdiqlash bilan bir xil yo'nalishda amalga oshiriladi.
O‘rnatilgan qoidalarga asosan, mijoz belgilangan overdraft miqdoriga ta'sir qila olmaydi. Ammo rad etishi mumkin. Agar ko'proq pul sarflab qo‘'yishdan qo'rqsangiz va pullarni hisobingizga vaqtida qaytarib qo‘yolmasangiz (masalan, doimiy daromadingiz yo‘q), bu xizmatdan foydalanmaganingiz ma'qul. Overdraftni mobil ilova, onlayn banking yoki bank filialiga borib o'chirib qo'yishingiz mumkin.
Overdraftning qanday turlari mavjud
Jismoniy shaxslar uchun faqat ikki turi mavjud:
Ruxsat berilgan overdraft - bank tomonidan aniq shartlar asosida taqdim etiladi. Bu aynan zararga kirishingiz mumkin bo‘lgan miqdor.
Texnik overdraft - texnik muammolar tufayli ishlatish mumkin bo'lgan kichik miqdor. Masalan, pul o'tkazmasini amalga oshirdingiz, lekin komissiya miqdorini hisobga olmadingiz. Yoki shanba kuni bank ilovasi orqali chet el valyutasini yubordingiz va uni amalda dushanba kuni, ya'ni kurs oʻzgarganda (va soʻmdagi pulingiz chet el valyutasida kerakli miqdorni oʻtkazish uchun yetarli boʻlmay qolganda) o‘tkazishdi.
Texnik overdraftdan ataylab foydalanish mumkin emas. Shuning uchun, ko'p banklar bunday ortiqcha xarajat uchun foiz olmaydi. Chunki ortiqcha xarajatlar odatda kichik miqdorda bo‘ladi.
Overdraft mikroqarzdan nimasi bilan farq qiladi?
Ikkala holatda ham moliya tashkilotidan olingan qarzni sarflayapsiz. Ammo o‘ziga yarasha nyuanslar mavjud.
Overdraftdan faqat hisobingiz nol bo‘lgan holatda foydalanishingiz mumkin. Ya'ni, hisobingizda mablag‘ bo‘lsa, o‘sha mablag‘ni sarflashingiz kerak bo‘ladi. Agar pulingiz xarid uchun yetarli bo‘lmasa, overdraft faollashtiriladi. Mikroqarzdan esa o'z mablag'ingiz bo'lsa ham, foydalanish mumkin.
Overdraft olish qiyinroq. Uning miqdori va shartlari har bir mijoz uchun alohida hisoblanadi. Mikroqarz - ommaviy va juda kamdan-kam hollarda rad etiladi.
Hisobingizni to‘ldirishdan oldin overdraft qaytariladi. Ya'ni, overdraftni to'lab bo‘lmaguningizgacha, karta hisobingizdan to'liq foydalana olmaysiz. Mikroqarz holatida esa hech narsadan cheklanmaysiz: hisobingizga pul qo'yishingiz, karta orqali to'lashingiz, qarzni esa biroz keyinroq foizi bilan qaytarishingiz mumkin.
Overdraft maksimal amal qilish muddatiga ega (odatda taxminan bir oy). Agar bu muddat ichida hisobni to'ldirmasangiz, nafaqat foizlar, balki jarimalar ham olinadi. Natijada bunday qarz juda befoyda bo'ladi.
Biznes uchun overdraft olsa bo‘ladimi?
Agar tadbirkor yoki tashkilot egasi bo'lsangiz, overdraftdan foydalanishingiz mumkin. Joriy hisob raqamingiz ochilgan bank tomonidan shunday hizmat taklif etilsa, olishingiz mumkin. Jismoniy shaxslar uchun overdraftdan farqli o'laroq, tadbirkorlar bunday kredit liniyasini ochishni so‘rab, o'zlari ariza yozishlari kerak. Bundan tashqari, xizmatdan foydalanishlari uchun ulardan oz miqdorda haq olinishi mumkin.
Jismoniy shaxslarga qaraganda tadbirkor uchun overdraft olish ancha qiyinroq. Bankning asosiy talablari shundaki, kompaniya (yoki tadbirkor) soliqlarni o'z vaqtida to'lashi, hisobvaraqdan to'lash uchun jarimalar bo'lmasligi (ular davlat organlari tomonidan, masalan, sud qarori bilan belgilanishi mumkin) va doimiy daromad olishi kerak.
Overdraftni nimalarga ishlatish mumkin emas
Agar hisobingizda pul bo'lmasa, lekin overdraft bo'lsa, katta ehtimol bilan quyidagilarni qila olmaysiz:
- bankomatdan naqd pul yechib olish;
- boshqa hisob raqamiga pul o‘tkazish;
- kreditni qaytarish uchun overdraftdan foydalanish.
Qarzga olingan mablag‘laridan faqat tovarlar uchun to'lovlarni amalga oshirish uchun foydalanish mumkin.
Overdraft, mikroqarz, kredit: qaysi biridan foydalanish yaxshiroq
Har bir mahsulotning o'z afzalligi bor va shuning uchun muayyan vaziyatlarga mos keladi.
Overdraft: har ehtimolga qarshi. Bu qarzga olingan puldan ko'ra ko‘proq xavfsizlik yostig‘i degani. Bundan tashqari, barcha kredit variantlari orasida eng zararli hisoblanadi, shuning uchun undan tez-tez foydalanish kerak emas.
Mikroqarz: oyliklar kechikayotgan yoki doimiy xarajatlar bo‘lmaganda. Agar ish haqini har doim ham vaqtida to'lashmasa yoki xarajatlar ko'paygan davringiz bo'lsa (masalan, har chorakda bir marta bolangizning o'qishi uchun to'laysiz), mikroqarz yordam beradi. U odatda juda qimmat tushadi, shuning uchun uni uzoq muddatga olish maqsadga muvofiq emas.
Klassik kredit: agar naqd pul yoki uzoq muddatga mablag‘ kerak bo'lsa. Bundan oldingi ikkita variant bu holatda mos kelmaydi. Oddiy kreditni naqt pul ko‘rinishida olishingiz mumkin (va bozordan, masalan, qurilish materiallarini sotib olishingiz mumkin). Sizda aniq oylik to'lov va to'lov muddati bo'ladi - bu esa rejalashtirishni osonlashtiradi. Bunday kredit bo'yicha foizlar mikrokredit va overdraftdan ham kamroq bo‘ladi (ular nimaga bog'liq bo'lishi mumkinligini o'qib ko‘rishingiz mumkin).
Izoh qo‘shish