bosh sahifa / Xavfsizlik / NFC texnologiyasi nima va undan qanday foydalanish kerak
NFC: что это такое, для чего используется, как узнать есть ли эта технология на смартфоне и насколько это безопасно

NFC texnologiyasi nima va undan qanday foydalanish kerak

Agar smartfonda NFC texnologiyasi mavjud bo‘lsa, xarid uchun pulni bir bosishda to‘lash mumkin. Asosiy afzalligi — internet kerak bo‘lmaydi. Maqolada NFC nima ekanligi, u qanday ishlashi va yana qayerda foydalanilishini tahlil qilamiz.

NFC nima

NFC — Near Field Communication ingliz tilidan tarjima qilinganda “yaqin kontaktsiz aloqa” degani. Uni nega bunday deb atashgan, chunki faqatgina yaqin masofada ma'lumotlar bilan almashish mumkin — 10 sm yoki undan kam. Buning uchun ikkala gadjetda ham o‘rnatilgan NFC chipi bo‘lishi kerak, ammo simlar yoki internet kerak emas.

Texnologiya nimasi bilandir Bluetooth ga o‘xshaydi, ammo:

  • foydalanishda osonroq: qurilmalarni bir-biriga ulashning hojati yo‘q, faqatgina kerakli masofaga olib kelish kerak;
  • xavfsizroq: uzatish qisqa masofada amalga oshiriladi, shu sababli ma'lumotlar tarqab ketish ehtimoli minimal. Tizim avtomat tarzda pulni tasodifan ikki marta yechib olish yoki to‘lovlardagi xatolarning oldini oladi. To‘lov paytida bank kartasi ma'lumotlari emas, faqatgina maxsus kod va qurilma raqami qabul qiluvchi terminalga uzatiladi;
  • telefon quvvatini kamroq sarflaydi.

Firibgarlardan qanday himoyalanish mumkin

Ma'lumot olish

NFC belgilari nima

NFC belgisi — bu ma'lumotni yozish mumkin bo‘lgan ingichka chip. U kichik yumaloq nakleyka ko‘rinishiga ega. Uni marketpleys yoki radioelektronika do‘konlarida xarid qilishingiz mumkin.

Belgilar qulaylik uchun yaratilgan. Agar smartfon NFC belgisiga olib kelinsa, unda dasturlashtirilgan amalni ortiqcha bosishlarsiz bajarish mumkin, masalan, xaridni to‘lash yoki Wi-Fi ga ulanish.

NFC qayerda ishlatiladi

NFC-chiplar nafaqat telefonlarga, balki planshet, aqlli bilaguzuk, uzuk yoki kalit zanjirlarga ham o‘rnatiladi. NFCdan foydalanish qayerda qulay bo‘lishi mumkinligini batafsil ko‘rib chiqamiz.

Kontaktsiz to‘lov

Bunday funksiyaga ega bo‘lgan smartfon yoki aqlli soat bilan bir bosishda to‘lash mumkin. Ularni to‘lov terminaliga qo‘yish kifoya va pullar bank hisob raqamingizdan yechib olinadi.

Gadjetlar bilan sinxronlash

Gadjetlarni bir-biri bilan juftlikda ishlatish uchun ularni sinxronlash kerak, masalan, telefonni audiokolonka bilan. Telefon sozlamalarida NFC ni yoqib, uni ikkinchi gadjetga olib kelamiz. Qurilmalar avtomat tarzda birlashadi. Endi telefondagi musiqani kolonka orqali eshitish mumkin.

Identifikatsiya

Yuqori xavfsizlikka ega binolar, masalan, davlat idoralari, kompaniya ofislari yoki o‘quv binolariga kirishda ba'zan shaxsingizni tasdiqlash talab etiladi. Buni nafaqat pasport yoki ruxsatnoma yordamida, balki NFC ga ega gadjet yordamida ham amalga oshirish mumkin. Shaxs bino xavfsizligi xizmatidan NFC belgisini oladi; uni telefon, aqlli soat, to‘lov kartasi, kalit zanjiri yoki bilaguzukga “ulab olish” mumkin. Binoga kirish uchun belgisi bo‘lgan gadjetni o‘quvchii qurilmaga olib kelish kerak.

Wi-Fi uchun parol

Texnologiya har safar Wi-Fi parolini kiritmaslikka imkon beradi. Masalan, kafe, kinoteatr va boshqa jamoat joylarida N harfi va Wi-Fi belgisi bo‘lgan belgilarni ko‘rish mumkin. Agar telefon ularga yaqin olib borib qo‘yilsa, unda avtomat tarzda mahalliy internetga ulanadi.

Avtomobil himoyasi

NFC texnologiyasiga ega telefon avtomobil kalitini almashtirishi mumkin. Agar mashinada NFC belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda ushbu belgiga telefon bilan tegib, uni ochish yoki o‘t oldirish tizimini faollashtirish mumkin.

Bunday usul qulay va ishonchli. Telefon avtomobil kalitlariga qaraganda kamroq yo‘qoladi yoki unutib qoldiriladi. Agar jinoyatchi NFC dasturi o‘rnatilgan avtomobilni o‘g‘irlamoqchi bo‘lsa, u nafaqat bunday tizim mavjudligini aniqlashi, balki telefon parolini ham tanlashi kerak bo‘ladi. Ushbu to‘siqlar kombinatsiyasi o‘g‘irlik ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi.

Uy hayvonlarini qidirish

Uy hayvonining joylashuv koordinatalarini olish uchun unga NFC texnologiyali bo‘yinbog‘ yoki kalit zanjir taqing. Chipga manzilingiz va telefon raqamingizni yozing. Buni NFC Tools dasturi yoki shunga o‘xshash boshqa dastur yordamida amalga oshirish mumkin. Endi, agar uy hayvoni yo‘qolsa, uni topgan kishi belgini skanerlashi, egasining ma'lumotlarini bilib olishi va hayvonni uyiga qaytarishi mumkin. Bunday kalit zanjirlar har doim yorqin rangda bo‘ladi, agar uy hayvonlari egasisiz yursa, odamlarning e'tiborini jalb qiladi.

Tibbiyot

Keksa yoki nogironlar uchun maxsus NFC bilakuzuklar mavjud. Agar biror kishi bunday bilaguzukni taqib yursa, u hozir qayerda va sog‘lig‘i qanday ekanini, masalan, yurak urishini ko‘rib turasiz.

NFC-belgilari shuningdek, dori qadoqlarida ham qo‘llaniladi. Ularning yordamida dori-darmonlarning haqiqiyligini tekshirish, uni qabul qilish qoidalari va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlarini bilib olish mumkin.

Jamoat transporti

Toshkentda ba'zi metro yo‘nalishlarida yo‘l haqini NFC bilan to‘lash mumkin. Yo‘l haqini to‘lash uchun blokdan chiqarilgan smartfonni turniketdagi o‘qish qurilmasiga qo‘ying – xuddi do‘konda xaridlar uchun to‘lov qilganingiz kabi. Bunday to‘lov uchun kartaga keshbek to‘lanadi. Masalan, Uzum Bank kartasi orqali yo‘l haqi to‘lansa, bank 20% qaytarib beradi.

Aqlli uy

NFC uyni boshqarishni ancha osonlashtiradi. Buning uchun NFC-belgilaridan foydalaniladi. Belgilarni yopishtirish va ularni siz foydalanadigan ilova orqali sozlash kifoya.

Har qanday harakatlar dasturlashtirilishi mumkin. Masalan, kechqurun uyga kelib, telefoningizni belgiga qo‘yganingizda, dastur avtomat tarzda chiroq, choynak, konditsioner yoki televizorni yoqadi.

Biznes

NFC belgilarini tashrif qog‘ozlari (vizitkalar)ga yopishtirish mumkin, bu ayniqsa ishbilarmonlar uchun qulay. Kompaniya veb-saytiga kirish uchun qidiruv satriga manzilni kiritish shart emas, balki tashrif qog‘ozidagi belgiga smartfonni qo‘yish kifoya.

Smartfonda NFC-modulini qanday topish mumkin

Buni smartfon ishlab chiqaruvchisi veb-saytidan, smartfon hujjatlaridan tekshirish yoki xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qilish mumkin. Smartfon sozlamalarida mustaqil qilish ham mumkin.

Аndroid'da:

  1. Smartfoningizda “Sozlamalar”ni oching.
  2. Telefoningiz modeli va ishlab chiqaruvchisiga qarab, “Ulanish” yoki “Simsiz tarmoqlar”ni qidiring.
  3. “NFC” yoki “NFC va to‘lovlar” punktini qidiring. Bunday punktni topgan bo‘lsangiz, demak, telefoningizda NFC mavjud. Agar sozlamalarda bunday punktni topa olmasangiz, demak, telefoningiz ushbu funksiyaga ega emas.

iOS'da:

  1. “Tezkor komandalar” ilovasini oching.
  2. “Avtomatlashtirish” tugmasini bosing, keyin “Yangi avtomatlashtirish”.
  3. Ushbu funksiyani topish va ochish uchun qidiruv satriga “NFC” kiriting.

2014-yildan keyin chiqarilgan iOS telefonlarda NFC funksiyasi odatiy tarzda o‘rnatilgan.

Telefonda NFC ni qanday sozlash kerak

iOS da NFC ni sozlash uchun quyidagi amallarni bajaring:

  1. Qurilmangizda NFC borligiga ishonch hosil qiling. NFC dan foydalanadigan Apple Pay tizimi iPhone 6 va undan keyingi modellarda mavjud.
  2. Asosiy ekranda “Sozlamalar” ilovasini oching.
  3. Pastga tushib, «Wallet va Apple Pay»ni tanlang.
  4. Apple Pay va NFC funksiyalarini yoqish uchun “Kredit yoki debet kartani qo‘shish”ni bosing. Kartangizni qo‘shish uchun ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling. U qurilma modeliga qarab farq qiladi.
  5. To‘lash uchun blokirovka tugmasini ikki marta bosing va iPhone'ni terminalga qo‘ying, to‘lovni parol yoki Face ID bilan tasdiqlang.

Agar sizda Android bo‘lsa, sozlash boshqacha ko‘rinishda bo‘ladi:

  1. Mobil qurilmaning sozlamalar menyusiga kiring.
  2. Telefon modeliga qarab, “Ulangan qurilmalar”, “Ulanishlar” yoki “Simsiz tarmoqlar” deb nomlanishi mumkin bo‘lgan bo‘limni oching.
  3. “NFC” yoki “NFC va to‘lovlar” deb nomlangan opsiyani qidiring. Uni ulanishlar ro‘yxati yoki pastki menyulardan birida topishingiz mumkin, masalan, “Qo‘shimcha ulanish sozlamalari”.
  4. Slayderni faol holatga o‘tkazish orqali — rangi o‘zgaradi, NFC ni faollashtiring.
  5. NFC yordamida to‘lash uchun asosiy sozlamalarga qayting va “To‘lov uchun qurilmalar” yoki “To‘lovlar” deb belgilanishi mumkin bo‘lgan bo‘limni toping. Ekranda maslahatlar paydo bo‘ladi, ularga amal qiling va bank kartasini qo‘shing.
  6. Kartangiz tanlangan to‘lov tizimiga qo‘shilganda, masalan, Google Pay, smartfon bilan to‘lash mumkin.

Agar ishlab chiqaruvchi NFC-chipni ko‘zda tutmagan bo‘lsa, unda uni mustaqil yoki ustaxonada kiritish mumkin emas. NFC dan foydalanishning muqobil usullari mavjud, masalan, NFC-belgi ko‘rinishida. Bu holda texnologiyaning barcha funksionali mavjud bo‘lmaydi, lekin do‘konda telefon orqali to‘lash mumkin.

NFC dan qanday xavfsiz foydalanish kerak

NFC orqali shaxsiy ma'lumotlaringiz yoki bank kartalari rekvizitlari o‘g‘irlanmasligi uchun, foydalanish qoidalariga rioya qilish kerak:

  • Har doim telefoningizni bloklan qo‘ying. Smartfonga kirish uchun parol, barmoq izi yoki yuz orqali blokdan chiqarishni o‘rnating.
  • Telefon o‘g‘irlansa yoki yo‘qolsa, telefonni masofadan turib bloklash qilish mumkin. Buning uchun Android-smartfonni Google-akkauntga bog‘lash kerak. “Xavfsizlik”ga kiring, so‘ng “Yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan telefonni topish” va “Qurilmani bloklash”. iPhone “Lokator” ilovasi orqali bloklanadi. Unda “iPhone'ni topish” funksiyasini yoqish kerak.
  • Gadgetni hech qachon g‘alati joylarda, masalan, avtobus bekatlari, ustunlar, shubhali reklama bukletlarida qoldirilgan belgilar oldiga olib kelmaslikni tavsiya qilamiz.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments