bosh sahifa / Sarflash va tejash / Ish joyidan ma’lumotnoma: qanday va qachon beriladi
Справка с места работы: как и когда выдается
Yangilanish sanasi: 31.10.2024

Ish joyidan ma’lumotnoma: qanday va qachon beriladi

Ma’lumotnomani har bir xodim rahbariga murojaat qilish orqali olishi mumkin. Kompaniyada ishlashda davom etadimi yoki yo‘qmi, buning ahamiyati yo‘q — hujjat O‘zbekiston mehnat qonunchiligiga ko‘ra taqdim etilishi shart. Bu qanday hujjat ekanligini, qachon kerak bo‘lishini va bunday ma’lumotnomani qanday to‘g‘ri tuzish kerakligini aytib beramiz.

Anna Ufimseva
20 yillik tajribaga ega buxgalter, Business Explorer QK rahbari

Ish joyidan ma'lumotnoma nima

Bu xodim haqiqatan ham kompaniyada rasmiy maosh bilan ma'lum lavozimda ishlayotganligini yoki ishlaganligini tasdiqlovchi hujjatdir.

Ma'lumotnoma turli vaziyatlarda talab qilinishi mumkin, masalan:

  • xodim o‘rindoshlik asosida boshqa ishga joylashganda yangi ish beruvchiga;
  • kreditni rasmiylashtirishda qarz oluvchining daromadini aniq bilish uchun bankka;
  • harbiy hisobni ro‘yxatga olish uchun harbiy komissarlikka;
  • xorijga chiqish pasporti yoki viza berish uchun migratsiya xizmatlariga;
  • nafaqalar, masalan, bolalarga nafaqalarni rasmiylashtirish va ijtimoiy yordamning boshqa turlarini olish uchun ijtimoiy himoya organlariga;
  • turli nizolar hal etilayotganda, sud organlariga ma'lumotnoma dalil sifatida taqdim etiladi.

Pullarni oqilona boshqarishni istaysizmi? Telegram kanalimizda — ish beradigan maslahatlar bor!

Qo‘shilish

Qanday olish mumkin

Ma'lumotnomani olish uchun xodim, agar shunday tartib o‘rnatilgan bo‘lsa, ariza yozishi yoki buni rahbari yo buxgalteriya bo‘limidan og‘zaki yoki yozma ravishda so‘rashi kerak — bu kompaniyada qanday qabul qilinganiga bog‘liq.

Ma'lumotnomani kompaniya buxgalteriyasi, kadrlar bo‘limi xodimi yoki, masalan, buxgaltersiz YaTT bo‘lsa, ish beruvchining o‘zi rasmiylashtiradi.

Hujjat rahbar tomonidan tasdiqlanishi kerak. Uning imzosisiz ma'lumotnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi. Shuningdek, mavjud bo‘lsa, tashkilotning firma muhri ham qo‘yilishi kerak.

Ma'lumotnoma berish uchun ariza namunasi

Agar tashkilot qoidalariga ko‘ra ma'lumotnoma olish uchun ariza yozish talab etilsa, u ixtiyoriy shaklda rasmiylashtiriladi. Bunday arizaning namunasi quyida keltirilgan:

Hujjat mazmunini har qanday vaziyatga moslashtirish mumkin. Asosiysi, arizada o‘zingiz haqingizdagi barcha kerakli ma'lumotlarni va olish maqsadingizni ko‘rsatish.

Tuzish va rasmiylashtirish qoidalari

Har bir tashkilot ma'lumotnomaning formatini mustaqil ravishda belgilashga haqli, ammo rasmiylashtirishning ba'zi qoidalari hamma uchun umumiy:

  • hujjatni taqdim etgan kompaniyaning nomi va rekvizitlari;
  • ma'lumotnoma beriladigan idora yoki tashkilotning nomi;
  • hujjat nomi — “ma'lumotnoma”;
  • ma'lumotnoma berilgan sana va ro‘yxatga olish raqami;
  • hujjat tuzilgan shahar;
  • ma'lumotnomani imzolaydigan shaxsning lavozimi — direktor, kadrlar bo‘limi rahbari va hokazo;
  • vakolatli shaxsning imzosi va rasshifrovkasi, kompaniya muhri.

Odatda yirik tashkilotlarda ma'lumotnoma firma blankasida chop etiladi. Unda avtomatik ravishda kompaniyaning barcha rekvizitlari ko‘rsatiladi, adresatning nomi o‘rnida “talab qilingan joyga” iborasi yoziladi.

Standart hujjat shabloni

Hujjat matnida quyidagi ma'lumotlar ko‘rsatilishi kerak:

  • xodimning F.I.Sh.;
  • egallagan lavozimi;
  • kompaniyada ish boshlagan sanasi;
  • mehnat staji to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
  • xodimga nima kerakligiga qarab umumiy summa yoki o‘rtacha ish haqi;
  • xodimning mehnat majburiyatlari;
  • tashkilot rahbarining imzosi va muhr.

Ayrim hollarda hujjatda boshqa ma'lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin. Masalan, ish beruvchining kontaktlari, xodimning kasallik yoki mehnat ta'tilida ekanligi haqidagi ma'lumotlar.

Ma'lumotnomani berish va amal qilish muddati

Umumiy qoidaga ko‘ra, oldingi yoki joriy ish joyidan ma'lumotnoma xodim murojaat qilganidan keyin uch ish kuni ichida taqdim etilishi kerak. Kichik kompaniyalarda bu bir necha soat ichida rasmiylashtiriladi.

Ma'lumotnomaning amal qilish muddati qonun bilan belgilanmagan, bu odatda so‘ragan tashkilotga bog‘liq. Masalan, aksariyat banklar hujjatni olgandan so‘ng ikki haftadan kechikmay taqdim etishni talab qiladi. Ayrim idoralarda bu muddat bir oygacha uzaytirilgan. Ba'zan ma'lumotnomaning o‘zida amal qilish muddati ko‘rsatiladi, bu muddat 3 oygacha bo‘lishi mumkin.

Ma'lumotnoma berishni rad etish mumkinmi

O‘zbekiston Mehnat kodeksiga ko‘ra, tashkilot rahbari ma'lumotnoma berishni rad etishga haqli emas. Biror sabablarga ko‘ra hujjatni taqdim etishdan bosh tortsa, xodim mehnat inspeksiyasiga, prokuraturaga yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilishga haqli. Bunday qoidabuzarlik uchun ish beruvchi jarimaga tortiladi. Ya'ni ma'lumotnoma berish uchun javobgarlik to‘liq tashkilot rahbari zimmasidadir.

Ma'lumotnoma haqida qisqacha

  • Oldingi yoki joriy ish joyidan ma'lumotnoma turli vaziyatlarda kerak bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘rindoshlik asosida ishga joylashganda, viza olish uchun, kredit rasmiylashtirishda va hokazo. Hujjatni berish uchun javobgarlik tashkilot rahbari zimmasida bo‘lib, u rad etishga haqli emas.
  • Hujjat bepul taqdim etiladi va ba'zi hollarda buning uchun ariza yozish kerak. Ma'lumotnoma uch ish kuni ichida berilishi lozim. Unda xodimning ish joyi, lavozimi, o‘rtacha ish haqi va boshqa ma'lumotlar ko‘rsatiladi. Ma'lumotnoma maksimal uch oy amal qiladi.

2024 yilda kasallik varaqasi: davomiyligi, to'lov muddati va yangi hisoblash qoidalari

Ma'lumot olish

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments