
Internetda va masofaviy tarzda qanday pul ishlash mumkin: 11ta ishonchli usul
Ijtimoiy tarmoqlarda, marketpleysda, frilans yoki masofadan turib qanday pul ishlash mumkin? Sizga 2024-yilda qaysi sohalarda Internetda pul ishlash mumkinligini va qanday qilib firibgarlarga duch kelmaslikni aytib beramiz.
Masofaviy ish
Masofaviy ishchi - o‘z ish vazifalarini uyda Internet orqali bajaradigan xodim. 2023-yilda O‘zbekistonda masofaviy ishlashning eng ommabop yo‘nalishlari kol-markaz operatorlari va savdo menejerlari bo‘ldi.
Pullarni oqilona boshqarishni istaysizmi? Telegram kanalimizda — ish beradigan maslahatlar bor!
Ta'lim
Gap onlayn-repetitorlik haqida bormoqda, masalan, chet tillari yoki maktab fanlarini o‘rgatish haqida. Ta'kidlash joizki, yuqori sifatli xizmatlarni faqat tegishli malaka va maxsus ma'lumotga ega bo'lgan o'qituvchilar ko'rsatishi mumkin.
Birinchi talabalarni tanishlar orasidan olish mumkin, messenjerdagi kontaktlarga mashg‘ulot taklifi bilan xabar yuborish yoki shaxsiy ijtimoiy tarmoqlarda e'lon berish mumkin. Yoki frilanserlar uchun maxsus platformalardan foydalanish mumkin. Masalan, GigLancer.uz. platformasidan.
Ishlash uchun faqat tezkor kompyuter yoki smartfon kerak bo‘ladi. O‘qituvchi talabaga messenjer yoki Zoom kabi maxsus platformalar orqali qo‘ng‘iroq qiladi va mahg‘ulot o‘tadi. Talaba dars uchun to‘lovni kartaga o‘tkazish orqali amalga oshiradi. Uzum-bank turli shartlarga ega bir necha xil plastik kartochkalarni taklif etadi.
Ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash
SMM
SMM mutaxassisi biznes ijtimoiy tarmoqlarini boshqaradi: postlar yozadi, fotosuratlar va videolar oladi, ularni nashr qiladi, obunachilar bilan muloqot qiladi, reklamani yo‘lga qo‘yadi. Uning vazifasi – mijozlarni jalb qilish va ularni biznes bilan tanishtirishdir. Bunday xodimning daromadi eng kam ish haqi va muvaffaqiyatli ish uchun beriladigan bonuslardan iborat. Aytaylik, menejer SMM mutaxassisiga bir oy ichida 50 ta yangi obunachini jalb qilish vazifasini yuklaydi. Maqsadga erishgan xodim eng kam ish haqiga yana qo‘shimcha oladi.
Kopirayterlik
Kopirayter ijtimoiy tarmoqlar va veb-saytlar uchun matnlar yozadi. Muqobil variant - pulli sharhlar yozish.
Tanishlar yoki kompaniyalarga bepul xizmat ko‘rsatishdan boshlash mumkin, masalan, korporativ veb-sayt uchun postlar yoki matnlar yozishdan. Yoki namuna sifatida o‘zingiz yoqtirgan mahsulotni tanlab, shu haqda yozib ko‘ring. Bunday namunalar portfolio yaratish uchun kerak. Buyutrmachilar ish namunalari bor mutaxassisni yollashga ko‘proq moyil.
Yana bir usul: kopirayter birjalarida birinchi mijozlarni topish. Bu - buyurtmachi va ijrochilar ishlaydigan onlayn-platforma. Birja buyurtmalarning xavfsizligini nazorat qiladi, kopirayterlar ishini sifatli bajarib, buning uchun haqini olishini ta‘minlaydi. Buyurtmalarni, deylik, GIGLANCER birjasida topish mumkin.
Blog yuritish
Begonalarning ijtimoiy tarmoqlarida emas, o‘zingiznikida pul ishlashingiz mumkin - blog yuritish orqali.
O‘zingiz biladigan yoki boshqalarga muammolarini hal qilishda yordam berishi mumkin bo‘lgan shaxsiy tajribangizga asoslangan blog mavzusini tanlash kerak. Misol uchun, uy bekasi mazali taom tayyorlaydi va o‘z reseptlarini o‘ylab topadi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda yoza boshlashingiz mumkin. Agar tomoshabinlar qiziqish bildirmasa va yangi obunachilar qo‘shilmasa, yo‘nalishni o‘zgartiring. Aytaylik, ovqatlanish mavzusini davom ettirgan holda, kafe va restoranlarning menyulari hususida lavha tayyorlash mumkin.
Bloger reklamadan pul topadi. Bir necha ming kishilik obunachilaringiz bo‘lsa, turli kompaniyalar bilan bog‘lanib, ularning mahsulotini reklama qilishni taklif qilishingiz mumkin. Masalan, oshpazlik bilan shug‘ullanadigan bloger tasvir jarayonida ishlatadigan idish-tovoq yoki maishiy texnikani reklama qiladi.
Video-tahrirlash
Agar blog yuritish yoki kopirayterlik ma'qul bo‘lmasa, boshqa usul mavjud. Hozirda mashhur usullardan biri - Reels video-tahrirlash. Bu - har xil mazmundagi 15–60 soniyali videolar. Ushbu videolarni suratga olish uchun smartfon kerak, xolos. InShot ilovasi kabi bepul tahrirlash dasturlaridan foydalanishni bilsangiz kifoya. Bunday xizmatlar ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritish uchun blogerlar va kompaniyalarga qo‘l keladi.
Axborot mahsulotlari
Axborot mahsulotlari – o'qitilayotgan sohada malaka va tajribaga ega bo'lgan mutaxassislarning o'quv kurslari, maslahatlari, marafonlari yoki shaxsiy murabbiyligidir. Bunday mahsulotni yaratuvchilar o'z sohalarida nafaqat chuqur bilimga, balki tasdiqlangan tajriba va shu sohadagi ta'limga ega bo'lishi muhimdir.
Pul topishning bu usuli ma'lum qiyinchiliklarga ega: avval o‘quv dasturini yozish, so‘ng uni reklama qilish va sotish kerak. Axborot mahsulotlarini ko‘plab obunachilari bor yirik blogerlar yoki tadbirkorlar muvaffaqiyatli ishlab chiqaradi. Agar auditoriya kichik bo‘lsa, nazorat ro‘yxatlarini yoki bir mavzuga bag‘ishlangan maqolalarni sotish mumkin. Misol uchun, oshpaz-bloger haftalik menyuni reseptlari bilan yaratadi va uni eksklyuziv uy reseptlari to‘plami sifatida sotadi.
Tematik kanallar
Telegramda kanal yaratib, unda biror narsa sotish, ijara, bo‘sh ish o‘rinlari yoki maishiy xizmatlar haqida e‘lonlar joylashtirish mumkin. Obunachilarni ko‘paytirish uchun bepul nashrlardan boshlang. Keyinchalik har bir reklama uchun pul olasiz.
Onlayn-savdo
Marketpleyslar
Bunda pul topishning ikkita usuli mavjud: mahsulotni mustaqil sotish yoki marketpleysda yetkazib beruvchining ma‘muri bo'lish.
Masalan, Uzum Market yetkazib beruvchisi bo‘lish uchun nima qilish kerak:
- shaxsiy hisobni ro‘yxatdan o‘tkazish;
- do‘kon va mahsulot kartochkalarini yaratish;
- mahsulotni tayyorlab, Uzum Market omboriga jo‘natish.
Marketpleysda qo‘l mehnatingiz bilan tayyorlangan mahsulotlarni - shamlar, zargarlik buyumlari, trikotaj buyumlari, charm va yog‘och buyumlar, rasmlarni sotish qulay. Bunday savdoning asosiy afzalligi shundaki, xaridorlarni izlashingiz shart emas.
Agar o‘zingiz sotishni xohlamasangiz, marketpleys mam‘uri bo'ling. Bu – sotuvchiga yordam beradigan masofaviy ishchi: u mahsulot kartochkalarini yaratadi, mijozlarning savollari va sharhlariga javob beradi, reklama sotib oladi, ombordagi mahsulot zahirasini nazorat qiladi va narxlarni tartibga soladi.
Dropshipping
Dropshipping - quyidagi sxema bo‘yicha ishlaydigan onlayn-savdo usuli:
- Xaridor onlayn-do‘konda buyurtma beradi.
- Do‘kon buyurtmani qabul qiladi, uni qayta ishlaydi va ma‘lumotni mahsulot ishlab chiqaruvchisiga yuboradi.
- Ishlab chiqaruvchi mahsulotni bevosita xaridorga jo‘natadi.
Dropshippingning afzalligi shundaki, sotuvchi faqat onlayn-platforma yaratadi va mahsulot narxlarini o‘zi belgilaydi, keyin esa xaridor bilan ishlab chiqaruvchini o‘zaro bog‘laydi. Ya‘ni, vositachi sifatida ishlaydi. Ayni paytda u mahsulotni oldindan sotib olmaydi va o‘z omborida saqlamaydi. Biznesni boshlash uchun mahsulot va ombor uchun boshlang‘ich mablag‘ kerak emas, onlayn-do‘kon yaratish uchun sarmoya kiritishning o‘zi kifoya.
Fotobanklar
Agar mahsulot sotish imkoni bo‘lmasa, yana bir usul bor: fotosuratlarni sotish. Fotosuratlarni birja saytlarida joylashtirish kerak. Bunday suratlar maqola illyustrasiyasi, kitob muqovalari yoki veb-saytlar uchun fon sifatida sotib olinadi. Mavzu har xil bo‘lishi mumkin: mavhum, badiiy, ko‘cha mavzusi. Shutterstock kabi platformalar suratlarni yuklab olish uchun fotosurat egasiga pul to‘laydi.
Firibgarlik xavfi: qanday qilib aldov qurboni bo‘lmaslik mumkin?
Masofaviy ishni qidirish va ushbu ishga kirishda qanday xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerak:
- Bank kartalaridagi shaxsiy ma‘lumotlarni begonalarga ayta ko‘rmang.
- Pul o‘tkazmang. Agar ish boshlanishidan oldin biror narsa uchun pul to‘lashingizni so‘rashsa, bilingki, bu - firibgarlar.
- Ish beruvchini o‘rganing: veb-sayt, sharhlar, taklif qilingan mehnat shartnomasi, ish beruvchiga sizni qiziqtirgan barcha savollarni bering.
- Test topshirig‘i hajmini baholang. Agar sizga to‘liq buyurtmaga teng bo‘lgan bepul test topshirig‘ini bajarish taklif qilinsa, ogoh bo‘ling. Bunday talab firibgarlarning hiylasi bo‘lishi mumkin, chunki ishingizga haq to‘lamay, undan foydalanishlari mumkin.
Izoh qo‘shish
Zur 👍
ajoyib yangiliklar
Zor
Zõr
zor
Good
Yaxshi drop shopping
Qanaqa pul ishlasak bo'ladi
Assalomu alaykum manxam uyda oʻtirib ishlamoqciman
Zoʻr gap yuqq
Qanday qilib biror ilova bormi pul topish uchun