
Uyqu, ovqatlanish va meditatsiya: Huawei Watch Fit 3 bilan foydali odatlarni shakllantiramiz
Huawei Watch Fit 3 — zamonaviy gadjet va kundalik hayotda ko‘p funksiyali yordamchi. Soat 100 dan ortiq sport rejimlarini qo‘llab-quvvatlaydi, jismoniy va ruhiy salomatlik holatini tahlil qiladi va hayot sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar beradi. 4 ta muhim odatni ustoz va murabbiylarsiz qanday qilib shakllantirish va ularni kundalik hayotning bir qismiga aylantirish haqida gapirib beramiz.
Muntazam yurish
Jismoniy holatni asta-sekin yaxshilash uchun oylik maqsadlar funksiyasidan foydalaning: masalan, har hafta kuniga 500 qadamdan qo‘shib boring. Aqlli soat jismoniy faolligingizni avtomatik ravishda taniydi va bajarilgan maqsadlar uchun mukofotlar taklif qiladi, harakatni davom ettirishga rag‘batlantiradi. Va, albatta, muvaffaqiyatlar qayd etiladi — o‘rnatilgan qadam o‘lchagich sabab bosib o‘tilgan qadamlar va sarflangan kaloriyalar soni kuzatib boriladi.
Aytgancha, mashg‘ulotlar paytida telefon kerak bo‘lmaydi — soat nafaqat qadamlarni hisoblaydi, balki qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish imkonini ham beradi. Agar biror shoshilinch hodisa yuz bersa, smartfonni olaman deb, yechinish xonasiga yoki uyga qarab yugurishga hojat yo‘q.
Maslahat: yugurish yoki yurish paytida marshrutlar va natijalarni kuzatish uchun Track Run rejimidan foydalaning. To‘plangan statistika — nafas olish chastotasi, puls, vazn dinamikasi — yutuqlarni tahlil qilish va mashg‘ulotlarni to‘g‘rilashga yordam beradi.
Ovqatlanish rejimi
Ovqatlanishni kuzatib boradigan yoki endi boshlashni xohlaganlar uchun Watch Fit 3 mashqlar va jismoniy faollik ma'lumotlari bilan sinxronlashtiriladigan Calorie Counter ichki ilovasini taklif qiladi. Kunlik kaloriya va ovqatlanish soni bo‘yicha maqsadlarni belgilash va tanlangan ovqatlanish tizimi sog‘liqqa qanday ta'sir qilishini kuzatish mumkin.
Soat suv ichishni va ovqatlanish vaqti haqida elatib turadi, bu ayniqsa, ish bilan band bo‘lganlar uchun muhimdir. Shuningdek, kun davomida tanadagi zo‘riqishni kamaytirish uchun chigalyozdi mashqi eslatmalarini yoqish mumkin.
Maslahat: Ovqatlanishni yanada samarali boshqarish uchun bu funksiyani Stay Fit bilan birlashtiring. Ilovada ovqatlanish tartibini yozib olish, tahlil qilish va kelgusi rejalarni tuzish mumkin.
Uyqu rejimi
Huawei Watch Fit 3 dagi TruSleep 4.0 texnologiyasi uyquning chuqur, yengil va tezkor fazalarini tahlil qiladi. Soat dam olish davomiyligi va sifati haqida ma'lumot to‘playdi va rejimni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar beradi. Masalan, kuchni yaxshiroq tiklash uchun qachon yotishni yoki kun tartibida nimalarni o‘zgartirish mumkinligini aytib beradi.
Qulay tasmasi sabab soat uyquga umuman xalaqit bermaydi — shunchaki rezina, metall yoki matodan qilingan qulay variantni tanlang va gadjetni 24/7 taqib yuring.
Maslahat: Har kuni bir vaqtda yotish odatini rivojlantirish uchun uyqu haqida eslatma funksiyasidan foydalaning. Bu uyqu sifatini yaxshilashga yordam beradi va mahsuldorlikni yuqori darajada ushlab turishga yordam beradi.
Meditatsiyalar va stressni boshqarish
Soat TruRelax texnologiyasi yordamida stress darajasini kuzatadi — u puls to‘lqinini tahlil qiladi. O‘rnatilgan nafas mashqlari muvozanatni tezda tiklashga va zo‘riqishni kamaytirishga yordam beradi. Ilova har safar tinchlanishga ehtiyoj sezganingizda, istagan vaqtda bajarish mumkin bo‘lgan bir nechta meditatsiya va bo‘shashtiruvchi mashqlarni taklif qiladi.
Shuningdek, soatda 1,5 Gb mahalliy xotira mavjud bo‘lib, u telefonga ulanmasdan ijro etish uchun 300 tagacha qo‘shiqni saqlash imkonini beradi — istalgan vaqtda tinchlantiruvchi musiqa yoki nafas olish amaliyoti bo‘yicha audio yo‘riqnomani yoqish mumkin.
Maslahat: stress darajasi to‘g‘risida batafsil statistika va uni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar olish uchun kun davomida stress-trekking funksiyasidan foydalaning.
Huawei Watch Fit 3
Izoh qo‘shish