bosh sahifa / Sarflash va tejash / Halol bo'lib to'lash nima va u qanday ishlaydi?
Yangilanish sanasi: 20.08.2024

Halol bo'lib to'lash nima va u qanday ishlaydi?

Oilaviy budjet uchun foyda bilan kerakli narsani qanday qilib sotib olish haqida aytib beramiz

Ko'pincha biron bir narsani sotib olishingiz kerak bo'lganda, buning uchun yetarli pul bo'lmaydi. Masalan, kir yuvish mashinasi to'satdan buzilib qoldi yoki do'konda uzoq vaqtdan buyon orzu qilgan uyali telefonni topdingiz, oylikgacha esa hali yarim oy bor. Bunday holatlar har bir kishida muntazam ravishda yuzaga keladi. Pulni qayerdan olish mumkin? Qulay va foydali variant mavjud — bankdan halol bo'lib to'lash.

Halol bo'lib to'lash nima

Bo'lib to'lash orqali sotib olayotganda, siz darhol butun summani to'lashingiz shart emas. To'lov bir necha teng qismlarga bo'linadi — shartnoma tuzilgan oylar soniga ko'ra. Shu bilan birga, to'lovni amalga oshirgandan so'ng xaridni darhol olib ketishingiz, to'lovni esa keyinroq qilishingiz mumkin.

Shu tarzda maishiy texnika, elektronika, uy-ro'zg'or buyumlari, kiyim-kechak, poyabzal, bolalar buyumlari va boshqalarni sotib olish mumkin.

Agar, masalan, bo'lib to'lash shartnomasi uch oyga tuzilgan bo'lsa, summa siz har oy to'laydigan uchta teng qismga bo'linadi. Olti oylik to'lovda — olti qismga va hokazo.

Halol bo'lib to'lash bank o'z xizmatlarini shariat me'yorlari va qonunlariga muvofiq taqdim etishini anglatadi. Bu O'zbekiston Respublikasi musulmonlar idorasi tomonidan berilgan hujjat bilan tasdiqlanadi.

Halol bo'lib to'lash nimasi bilan foydali?

  • Darhol kerakli narsani sotib olishingiz mumkin — ish haqini kutishingiz va sotib olish uchun pul yig'ishingiz shart emas.
  • Boshlang'ich to'lov yo'q. Birinchi to'lov sotib olinganidan bir oy o'tgach amalga oshiriladi. Bu oy davomida sotib olingan mahsulotdan foydalanishingiz mumkin.
  • Bo'lib to'lashni rasmiylashtirish kreditga qaraganda ancha oson. Uni ochish va bankning roziligini olish yengil. 22 yoshdan 65 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston fuqarolari halol bo'lib to'lashni rasmiylashtirishlari mumkin. Muhim tomoni: tasdiqlash imkoniyatini oshirish uchun sizda boshqa kreditlar va bo'lib to'lash bo'yicha muddati o'tgan majburiyatlar bo'lmasligi kerak.
  • Bo'lib to'lashni rasmiylashtirish uchun ko'p hujjatlar kerak emas. Uni pasport orqali rasmiylashtirish mumkin.
  • Halol bo'lib to'lash tezda rasmiylashtiriladi — butun jarayon taxminan 10 daqiqa oladi. Bundan tashqari, buning uchun hatto uydan chiqishingiz ham shart emas — shartnoma Internet orqali imzolanishi mumkin.
  • Yashirin to'lovlar, jarimalar yoki penyalar yo'q. Oyiga qancha pul to'lashingizni o'zingiz hisoblashingiz shart emas. Sotib olayotganda, oylik to'lov qanday bo'lishini darhol ko'rishingiz mumkin — va u bo'lib to'lash shartnomasi muddati tugaguniga qadar o'zgarmaydi.
  • Keyingi to'lov muddatini yodda tutishning hojati yo‘q – “Uzum Nasiya”dagi shaxsiy hisobingizdan pul avtomatik tarzda yechib olinadi. Hisobni Uzum Bank, Click, Upay, MyUzcard, Payme to‘lov tizimlari va PayNet terminallari orqali to'ldirishingiz mumkin.
  • Bo'lib to'lash muddatidan oldin va istalgan vaqtda to'lanishi mumkin. Agar siz to'satdan kerakli miqdorga ega bo'lsangiz, qoldiqni onlayn to'laysiz. Oldindan to'lash uchun qo'shimcha pul olinmaydi.

Halol bo'lib to'lash qanday ishlaydi

Otabek rafiqasiga yangi mikroto'lqinli pechni bo'lib to'lash asosida sotib olishga qaror qildi. Biz unga buni amalga oshirishda yordam beramiz va shu bilan birga halol bo'lib to'lash qanday ishlashini ko'rsatamiz.

1. Mahsulotni tanlaymiz

Uzum Market'da Otabek 1,35 million so'mlik kerakli mikroto'lqinli pech variantini topdi. U tanlangan mahsulotni "Savatga" qo'ydi. Endi xaridni rasmiylashtirish kerak.

2. Xaridni rasmiylashtiramiz

Otabek allaqachon Uzum Market'da ro'yxatdan o'tgan. Agar siz o'tmagan bo'lsangiz, avval ro'yxatdan o'tishingiz kerak. Keyin quyidagilarni bajarish qoladi:

  • shahar va tovarlarni olish usulini tanlash;
  • buyurtmani olish uchun ma'lumotlaringizni ko'rsatish;
  • bo'lib to'lash variantini tanlash: 3, 6 yoki 12 oy.

3. Halol bo'lib to'lashni rasmiylashtiramiz

Otabek 6 oylik bo'lib to'lashni tanladi va uni rasmiylashtirishga kirishdi. Jarayon juda oson bo'lib chiqdi — u bir necha daqiqa vaqt sarfladi.

U 3 oylik bo‘lib to‘lashni tanlagan, lekin birinchi marta ariza bergani uchun 500 000 so‘mlik limitdan foydalanish imkoniga ega. Uni rasmiylashtirish uchun "Uzum Nasiya bo'lib to'lash" to'lov usulini tanlash kerak. Keyin "Anketani to'ldirish" tugmachasini bosib, unga pasport yoki ID ma'lumotlarini kiritish, mobil telefon kamerasiga suratga tushish va uni yuklash lozim — shunda bank bo'lib to'lashni aynan siz rasmiylashtirayotganingizga amin bo'ladi.

6 yoki 12 oylik bo'lib to'lash uchun ruxsat etilgan summa sizning arizangizni ko'rib chiqqandan so'ng bank belgilagan chegaraga bog'liq. Bo'lib to'lash uchun standart anketaga qo'shimcha ravishda Humo yoki Uzcard karta ma'lumotlarini, shuningdek yaqinlaringizning aloqa ma'lumotlarini taqdim etishingiz kerak bo'ladi. Otabek ish haqi kartasi va rafiqasining aloqa ma'lumotlarini ko'rsatdi.

Bo'lib to'lashga olish mumkin bo'lgan maksimal summa:

  • 3 oyga — 2 500 000 so'm;
  • 6, 12 oyga — 25 000 000 so'm.

Siz ajratilgan summani bir nechta xaridlarga sarflashingiz mumkin.

Otabekga bank 25 000 000 so'mlik maksimal limitni ma'qulladi. Mikroto'lqinli pechni sotib olgandan so'ng, u 1 350 000 so'mga (mikroto'lqinli pechning narxi) kamayadi va 23 650 000 so'mni tashkil qiladi. Shuning uchun, keyingi safar u yana bir yoki bir nechta to'lovlarni amalga oshirishi va xohlagan narsasini sotib olishi mumkin.

4. Xarid uchun to'lov qilamiz va buyurtma beramiz

Darhol to'lashingiz shart emas. Birinchi marta Otabek mikroto'lqinli pechni sotib olganidan bir oy o'tgach to'laydi. To'lov avtomatik ravishda ma'lumotlari ko'rsatilgan kartadan olinadi.

Oylik to'lov qanday bo'lishini o'zingiz hisoblashingiz shart emas: market darhol 3, 6 va 12 oy davomida bo'lib to'lashda to'lov miqdori qanday bo'lishini ko'rsatadi. Bu yakuniy raqamlar: yashirin to'lovlar yo'q. Shuningdek, Uzum Market xizmat haqini olmaydi.

5. Buyurtmani olamiz

Yetkazib berish uchun to'lov qilishingiz shart emas. Bir kundan keyin Otabek uyiga eng yaqin Uzum buyurtma tarqatish punktidan mikroto'lqinli pechni olib, rafiqasini xursand qildi. Va keyin u halol bo'lib to'lash uchun ajratilgan limit orqali o'g'liga yangi telefon sotib olishi mumkinligi haqida o'yladi — u allaqachon Uzum Market'da mos modelni ko'rib qo'ygandi. Bir vaqtning o'zida butun summani berishdan ko'ra qismlarga bo'lib to'lash ancha qulaydir.

Halol bo'lib to'lash — bu qulay va hamyonbop

Otabek singari, siz ham hoziroq kerakli tovarlarni sotib olishingiz mumkin — va bir necha oy ichida butun summani qismlarga bo'lib to'lashingiz mumkin. Buning uchun bankka yoki do'konga borishingiz shart emas — shunchaki havolaga bosing va halol bo'lib to'lashga so'rov bering.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
1 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
Bahodir
Bahodir
6 months ago

Bu yerda MMT shunda otabekka qarz beradimi? Shuni ochiq yozsanglar yaxshi bolar edi