
Erkaklarga nima sovg‘a qilish mumkin: ilhom uchun 10 ta g‘oya
Bozorlarda ham, onlayn-do‘konlarda ham turli xil mahsulotlarning keng tanloviga qaramay, har safar sovg‘ani tanlash tobora qiyinlashib bormoqda — taxmin qilish va izlash kerak. Biz erkaklarga sovg‘a qilish mumkin bo‘lgan eng yaxshi 10 ta g‘oyani to‘plashga harakat qildik.
G‘oya 1. Sportchi erkaklar uchun sovg‘a
Agar erkak kishi biron bir sport bilan shug‘ullansa, unda tanlov osonroq bo‘ladi. Har doim “serchiqim narsalar” deb nomlangan muntazam ravishda almashtirishni talab qiladigan va ularsiz sport o‘ynash noqulayroq bo‘ladigan narsalarni sovg‘a qilish mumkin. Tez-tez sotib olinadigan narsalar orasida quyidagilarni aytib o‘tish mumkin:
- Sport suv shishasi. Ideal holda, bunday buyumni bir necha oyda bir marta o‘zgartirish kerak, chunki kichik qismlar (naycha va jo‘mrakni) to‘g‘ri yuvilishi qiyin va bakteriyalar va mikroblar uchun ko‘payish joyiga aylanishi mumkin. Eng mashhurlari 0,5, 1 va 1,3 litrli suv shishalaridir. Ichidagi suyuqlikning kerakli haroratini saqlaydigan termal modellar bor, shuningdek, metall korpusli modellar bo‘lib, ularga qo‘shimcha ravishda esdalik o‘yma yozuv yozdirish mumkin. Shunda erkak uchun sovg‘a noyob bo‘ladi.
- Sport sumkasi. Bu yerda asosiy narsa sumkaning o‘lchamini aniqlash uchun erkakning har bir mashg‘ulotiga qancha kiyim kerakligini bilishdir. Qolgan hollarda sovg‘a tanlayotgan odamingizning sevimli brendlari va ranglariga e'tibor qaratish yaxshiroqdir.
- Proteinli kokteyllar uchun sheyker. Sport yutuqlariga intilgan erkak uchun qulay va foydali sovg‘a. Bundan tashqari, unga sport ozuqasini sotib olish uchun sertifikat berish mumkin, agar aniq brend va ta'mni bilmasangiz, o‘zingiz tanlamaganingiz yaxshiroq — bu juda individualdir.
- Chempion kubogi. Bu hazil sovg‘a bo‘lib, unga har qanday yozuvni qo'ydirish va uni do‘stona taqdirlash marosimida taqdim etish mumkin.
G‘oya 2. Sayohat qilishni yaxshi ko‘radigan erkaklar uchun sovg‘a
Sayohatchiga safarlarida foydali bo‘ladigan narsalarni sovg‘a qilish mumkin va kerak. Demak, sayohat qilishni yaxshi ko‘radigan erkaklarga nima sovg‘a qilish kerak:
- Maxsus idishda puflanadigan yostiq, uyqu niqobi va quloq tiqinlari bo‘lgan sayohat to‘plami. Bu uzoq parvozda ham yaxshi uxlash imkonini beradigan ajoyib sovg‘adir.
- Sayohat uchun organayzer. Narsalaringizni saranjom va ixcham yig‘ish va ularni chamadon yoki sayohat sumkasiga osongina joylashtirish uchun ajoyib aksessuar.
- Chamadon uchun aksessuarlar: yorqin g‘ilof, qo‘shimcha qulf yoki bagaj kamari har doim sayohat ishqibozlari uchun foydali bo‘ladi.
- Yog'och dunyo xaritasi. Yig‘ish qiziqarli bo'lgan va xonadagi dekorning yorqin elementi bo‘lishi mumkin bo‘lgan kattalar uchun pazl. Bunday xaritada sayohatchi tashrif buyurgan joylarni rangli tugmalar bilan belgilash mumkin bo‘ladi.
G‘oya 3. Erkaklarning esidan chiqmaydigan qanday sovg‘a qilish mumkin
Erkak kishini hayratda qoldirish — juda qiyin masala. Biroq, harakat qilib ko‘rish mumkin! Demak, erkakingizni hayratda qoldiradigan sovg‘alar:
- Sertifikat-taassurot: havo sharida uchish, ekstremal haydash, vertolyotni boshqarish — u bir vaqtlar xohlagan, ammo bunga vaqt topa olmagan hamma narsa.
- O‘z qo‘llaringiz bilan qilingan unutilmas fotosuratlar pannosi: buning uchun eng yaxshi rasmlarni tanlash va umumiy g‘oyani topish kifoya. Maxsus 12 ta foto ramkadan iborat to‘plam sizga hamma narsani eng yaxshi tarzda bezashga imkon beradi.
- Uning barcha do‘stlari bilan kutilmagan ziyofat. Kostyumli ziyofat tashkil etish mumkin. Oddiylik uchun hamma karnaval niqoblarini tanlashi kifoya — va yaxshi kayfiyat kafolatlanadi.
- Lamborghini! Qaysi erkak afsonaviy sport avtomobilini orzu qilmaydi? Shuning uchun, eng yaxshi radio boshqaruvli mashina tanlash vaqti keldi! Bu “Lamborghini" bo‘lish bilan birga, erkakni har qanday yoshda qiziqtira oladi — hoh u 3 yosh bo'lsin, hoh 53!
G‘oya 4. Ofisda ishlaydigan erkaklarga nima sovg‘a qilish mumkin
Ofis xodimi uchun sovg‘a tanlash unchalik qiyin emas. Quyida bir necha aniq-ravshan g‘oyalar bilan tanishing:
- Qiziqarli yozuvli krujka yoki issiq va sovuq ichimliklar uchun termo krujka. Bu har doim foydali bo‘ladigan narsa: ofisga borish uchun ham, do‘stlar bilan choy ichish uchun ham.
- Yozuv stoli uchun zamonaviy organayzer. Unga barcha kichik narsalarni joylashtirish va shu bilan birga ish uchun joy bo‘shatish mumkin.
- O‘zingiz bilan olib yurish uchun tushlik qutisi : juda foydali sovg‘a, har kuni sovg‘a qilgan insonni eslash uchun sabab bo‘ladi.
- Ofis uchun qiziqarli buyumlar: Nyuton sharlari, sehrli magnitlar, qo‘ldagi taranglikni yengillashtiradigan giroskopik trenajor yoki espander — bu qiyin vazifadan biroz chalg‘ish va ham aqliy, ham jismoniy jihatdan biroz dam olish uchun yaxshi imkoniyatdir.
G‘oya 5. Erkaklar uchun sovg‘a: parvarish vositalari
Erkaklar tashqi ko‘rinishi haqida ayollardan kam tashvishlanmaydilar. Shuning uchun, bu toifada har doim foydali bo‘lgan narsani tanlashingiz mumkin.
- Sochlarni parvarish qilish. Agar erkak kishi sochiga e'tibor qilsa, unga turli xil soch turmagi vositalari kerak bo‘ladi: mum, gel, ko‘pik, muss yoki maxsus sprey. Bu vositalar sochlarni turmaklash imkonini beradi, shuningdek, natijani uzoq vaqt davomida ushlab turadi.
- Yuz terisini parvarish qilish. Bular nafaqat yuvinish va namlash vositalari emas — muntazam quruq yoki ho‘l uslubda soqol olish terini sog‘lom saqlash uchun maxsus vositalarni talab qiladi. Cho‘tkalar, maxsus idishlar va vositalarni o'z ichiga olgan soqol olish to‘plamlari ham ushbu toifaga kiradi.
- Soqol va mo‘ylovni parvarish qilish. Bu yerda maxsus shampunlar va stayling vositalari, shuningdek, soqolga shakl berish va uni bejirim saqlashga yordam beradigan barcha turdagi trimmerlar va maxsus taroqlar foydali bo‘ladi.
- Parfyum. Sovg‘alarning juda individual toifasi, biroq sovg‘a oluvchining sevimli brendini bilsangiz, unda tanlovda muammo bo‘lmasligi kerak. Atir bilan bir qatorda shu brendning bir xil xushbo‘y hidga ega bo‘lgan dezodorantlar va dush gellariga yoki vositalar to‘plamlariga e'tibor berish mumkin.
- Sovg‘a to‘plami. Yaxshi variant, garchi u ko‘pincha memlar va latifalarda masxara qilinsa ham, har handay holatda shampun, dush geli va soqol ko‘piklari foydali bo‘ladi.
G‘oya 6. Geymer erkaklar uchun sovg‘a
Agar do‘stingiz kompyuter o‘yinlariga qiziqsa, unda fantaziyalar uchun keng imkoniyatlar mavjud! Demak, geymer erkaklar uchun sovg‘a:
- O‘yin kompyuteri sichqonchasi. Klassik ofis modeli bilan adashtirmaslik kerak. O‘yin sichqonchalari nafaqat zamonaviy dizayni, balki o‘ziga xos xususiyatlari bilan ham ajralib turadi: silliq harakat va yuqori reaksiya tezligi.
- O‘yin klaviaturasi. Yorqin rangli orqa yorug‘lik, ajoyib shakl va juda yaxshi texnik xususiyatlar, albatta, har qanday kompyuter o‘yinlari ishqibozlarini xursand qiladi.
- Sichqoncha uchun katta gilamcha. O‘yin kompyuteri sichqonchasi gilamchada yaxshiroq harakat qiladi. U qanchalik katta bo‘lsa, o‘yin o‘rtasida undan tashqariga chiqish ehtimoli shunchalik kam bo‘ladi va taktika ham zarar ko‘rmaydi.
- O‘yin quloqchinlari. Bu deyarli har doim simli model bo‘lib, jamoaviy jang o‘rtasida to‘satdan uzilib qolishdan saqlaydi. Shuningdek, o‘yin quloqchinlarida jamoadoshlar bilan suhbatlashish uchun qulay bo'lgan mikrofon mavjud.
- Sevimli o‘yin qahramonlari bilan merch. Sovg‘a mos bo‘lishi uchun geymer nimaga qiziqishini aniq bilish muhimdir. Qolgan hollarda esa, bu kalit zanjirlar, krujkalar, futbolkalar va boshqalar bo‘lishi mumkin.
G‘oya 7. Xobbi uchun sovg‘a
Agar erkak kishining sevimli mashg‘uloti bo‘lsa, u holda “Nima sovg‘a qilish mumkin?” degan savolga javob bor! Demak, xobbi turi bo‘yicha sovg‘alar variantlari:
- Baliq ovi. Har xil turdagi spinnerlar, g‘altaklar, yig‘iladigan stul, taburet-ryukzak, aksessuarlarni saqlash uchun maxsus idishlar yoki ko‘chma dudxona — bularning ba'zilari arsenalda bo‘lsa ham, u hech qachon ortiqcha bo‘lmaydi.
- Ov qilish va otish. Ashaddiy ovchiga durbin, maxsus jilet yoki taktik chiroq sovg‘a qilish mumkin.
- Turizm. Aniq bo‘lganlardan tashqari — uyqu sumkasi, gaz gorelkasi, maxsus ryukzak, puflanadigan matras va boshqalar — darrov payqalmaydigan sovg‘alarni ham ko‘rib chiqish mumkin. Misol uchun, jiddiy zargarlik buyumlariga o‘xshash, lekin aslida kuchli arqon, kompas, chaqmoq tosh va hushtakni o‘z ichiga olgan taktik bilaguzuk — bunday aksessuar ko‘plab erkaklarga qiziq bo‘ladi.
- Avtomobillar. Agar do‘stingiz avtomobil mavzulariga qiziqsa, unga yoqishi mumkin: isitiladigan g‘ilof-yopinchiq, rul uchun qiziqarli g‘ilof, ajoyib aromadiffuzor, qulay telefon ushlagichi yoki antiqa avtosuvenir.
G‘oya 8. Agar erkak oddiy tanishingiz bo‘lsa, unga nima sovg‘a qilish mumkin
Yaqin aloqada bo‘lmagan tanishlar uchun sovg‘a tanlash qiyinroq. Sovg‘a ham qiziqarli, ham foydali bo‘lishi va shaxsiy bo‘lmasligi kerak. Bunday holda quyidagilarni tanlash mumkin:
- Antistress uzuk. Ham original, ham foydali aksessuar: unga istalgan sanani qo‘yish mumkin!
- Uy shippaklari. Bu nafaqat shippak, balki ichi mo‘ynali zamonaviy charm paypoqlar hamdir. Unutilmas va o‘ziga xos sovg‘a.
- Smartfondan muammosiz foydalanish mumkin bo‘lgan sensorli qo‘lqoplar.
- Jumboq yoki klassik Rubik kubi. Tanishingizni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan noodatiy sovg‘a.
G‘oya 9. Erkaklar uchun arzon sovg‘lar
Sovg‘aning narxi juda muhim, shu sabab cheklangan byudjet uchun sovg‘alar ro‘yxatini to‘pladik.
- Paypoqlar to‘plami. Ajoyib variant va foydali sovg‘a — agar katta to‘plamni tanlasangiz, sovg‘ani olgan odam olti oy yoki bir yil davomida paypoq haqida o‘ylamaydi! Bir xil fason va rang esa paypoq juftini izlamasdan kerakligini darhol topishga imkon beradi.
- Poverbank. Smartfonlar va elektron gadjetlar asrida bu juda zarur sovg‘a! Klassik modelni yoki qiziqarli dizaynga ega qurilmani tanlash mumkin.
- Kitob. Har doim yaxshi sovg‘a deb hisoblangan. Asosiysi, erkak kishi nimaga qiziqishini aniqlash: fantastika, o‘zini o‘zi rivojlantirish, komikslar yoki klassik adabiyot.
- Hujjatlar uchun muqova — pasport, reyting daftarchasi yoki haydovchilik guvohnomasi uchun. To‘q ranglarda yoki film, multfilm yoki kompyuter o‘yinidagi sevimli qahramon surati tushirilgan bo‘lishi mumkin.
- Tetris yoki “o‘tmishdagi” boshqa o‘yin: bolalik yoki o‘smirlikdagi ajoyib daqiqalarni eslash uchun yaxshi sabab!
G‘oya 10. Erkaklar uchun qimmat sovg‘lar
Eng yaqin insonlar uchun hech narsani ayamaysiz! Qimmatbaho sovg‘alar haqida eng qiziq joyiga keldik. Agar narx muammo bo‘lmasa, nima sovg‘a qilish mumkin?
- Elektr samokat. Shaxsiy transport vositasi haqiqiy sarguzasht ishqibozi va yangi taassurotni sevuvchilarga yoqadi.
- O‘yin konsoli. Bunday saxiy sovg‘adan voz kechadigan erkaklar kam!
- Zargarlik buyumlari — mashhur brenddan zanjir, bilaguzuk yoki mexanik soat, albatta, yoqadi.
- Smartfon. Oson sovg‘a emas, bundan oldin u inson qaysi operatsion tizimni afzal ko‘rishini bilib olish tavsiya etiladi — iOS yoki Android.
- Teleskop. Astronomiyaga qiziqadigan va yulduzlarni o‘zi ko‘rishni istaydigan romantiklar uchun ideal sovg‘a.
Erkaklarga sovg‘a tanlash uchun yana ko‘plab g‘oyalar mavjud, ammo faqat bitta qoida bor: asosiysi, sovg‘a chin qalbdan qilinishi kerak!
Izoh qo‘shish