bosh sahifa / Xavfsizlik / ERI: bu nima va elektron raqamli imzoni qanday olish mumkin
ЭЦП: что это такое, зачем нужен ключ, как получить в Узбекистане и как пользоваться
Yangilanish sanasi: 05.11.2024

ERI: bu nima va elektron raqamli imzoni qanday olish mumkin

Elektron raqamli imzo (ERI) qo‘l imzosiga zamonaviy alternativadir. Bu hujjatga muayyan shaxs tomonidan imzo chekilganini va imzo chekilgandan so‘ng boshqa o‘zgarmaganligini tasdiqlashga yordam beradi.

Elektron hujjat aylanishi bo‘yicha mutaxassis, ekspertimiz Igor Laskov bilan birgalikda ERI nima ekanligi, qayerdan va qanday olish hamda qanday hollarda foydalanish mumkinligi haqida batafsil aytib beramiz.

ERI nima

Elektron raqamli imzo tasodifiy yaratilgan raqamlar to‘plami bo‘lib, undan faqat egasi foydalanishi mumkin. ERI ikki yil amal qiladi.

Bunday imzo qo‘l imzosiga qaraganda soxtalashtirishdan ishonchliroq himoyalangan. Bu ma'lumotlarni shifrlaydigan va elektron imzo egasida saqlanadigan kriptografik kalitdan foydalanish orqali ta'minlanadi.

Pullarni oqilona boshqarishni istaysizmi? Telegram kanalimizda — ish beradigan maslahatlar bor!

Qo‘shilish

ERI nima uchun kerak

Elektron imzo qo‘l imzosi bilan bir xil yuridik kuchga ega, shuning uchun turli sohalarda qo‘llaniladi. Fuqarolar ERI dan davlat tuzilmalari saytlarida, masalan, Yagona davlat elektron xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tish uchun, yuridik shaxslar esa elektron hujjat aylanmasi uchun foydalanadilar.

Foydalanish maqsadi va egasiga ko‘ra, oddiy va ixtisosli raqamli imzo farqlanadi:

  • oddiy ERI faqat shaxsiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan, masalan, YIDXP da hujjatga buyurtma berish uchun;
  • ixtisosli — yuridik hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlash uchun. Bunday imzo ikkita kalitdan iborat: maxsus dasturlar orqali foydalanuvchilarga ko‘rinadigan ochiq kalit va faqat egasi foydalanishi mumkin bo‘lgan yopiq kalit.

ERI yordamida biznes uchun hamkorlar bilan onlayn ishlash qulay: qog‘oz hujjatlarni imzolash va yuborish shart emas.

ERI ga qanday talablar qo‘yiladi

Raqamli imzo egasi kimligini buni tasdiqlovchi sertifikatdan bilib olish mumkin.

O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha ixtisosli ERI sertifikati quyidagi ma'lumotlarni aks ettirishi kerak:

  • yopiq kalit egasining F.I.Sh.;
  • tashkilotning nomi, agar kalit egasi uning vakili bo‘lsa;
  • sertifikatning raqami va amal qilish muddati;
  • raqamli imzo ochiq kaliti;
  • elektron imzoning qo‘llanish sohasi;
  • ochiq kalitdan foydalanish mumkin bo‘lgan ERI vositalari nomi;
  • sertifikatni bergan markazning nomi va manzili;
  • ERI kalitlari sertifikatlari reestrining elektron manzili.

Sertifikatsiz ERI bilan imzolangan hujjat yuridik kuchga ega emas.

ERIni qanday olish mumkin

Raqamli imzoni turli usullar bilan rasmiylashtirish mumkin: istalgan Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelish yoki Yagona davlat xizmatlari portali orqali onlayn rasmiylashtirish. ERI ni masofadan olishning yana bir varianti mavjud — Soliq qo‘mitasi Ro‘yxatga olish markazining rasmiy sayti e-imzo.uz orqali. Bunday rasmiylashtirish usuli eng qulay va tezkor hisoblanadi. Bundan tashqari, ERI dan faqat e-imzo dasturiy ta'minoti yordamida foydalanish mumkin, shuning uchun darhol idora sayti orqali ariza bergan ma'qul.

Davlat soliq qo‘mitasi Ro‘yxatga olish markazi saytining bosh sahifasi

Raqamli imzo olish uchun quyidagi sxemaga amal qiling:

  1. e-imzo.uz saytiga kiring va ma'lumotlarni shaklga kiriting. Unda ariza beruvchining maqomini — jismoniy yoki yuridik shaxsni tanlash kerak. Kompaniya uchun rahbarning STIR va JShShIRni kiritish talab etiladi.
  2. Keyingi oynada mas'ul shaxsning, masalan, korxona rahbarining shaxsiy telefon raqamini kiritish kerak. So‘ng — rasmdagi 4 ta raqamni. 5-10 soniya ichida tegishli maydonchada ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan bir martalik kod bilan SMS keladi.
  3. Keyin ekranda tizimning e-imzo modulini yuklab olish taklifi paydo bo‘ladi. Buni darhol bajarishni tavsiya qilamiz. E'tibor bering: buni faqat kompyuterga o‘rnatish mumkin — ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.
  4. Shaklning oxirgi oynasida tizim ochiq va yopiq ERI kalitini yaratadi. Buning uchun pasportingizning fotosurat aks ettirilgan ochiq sahifasi bilan yuzingizni suratga olishingiz kerak. Fayl va hujjatning nusxasini anketaga biriktiring. Bu bosqichda o‘rnatilgan modulga o‘tish, ERI kaliti saqlanadigan papkani ko‘rsatish va kalit uchun parol yaratish kerak. So‘ngra tizim avtomatik ravishda ko‘rsatilgan ma'lumotlar bo‘yicha ariza shakllantiradi. Hammasi to‘g‘ri bo‘lsa, “So‘rovni yuborish” tugmasini bosing.

ERI ni rasmiylashtirish uchun ariza idoraning sayti orqali topshirilgan bo‘lsa, bu eng qisqa muddatda — bir ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Arizangiz tasdiqlansa, ko‘rsatilgan telefon raqamiga tegishli xabar keladi. Keyin saytga o‘tib, tegishli tugma yordamida sertifikat olinganligini tasdiqlash kerak. Yopiq kalit kompyuteringizning tanlangan diskidagi DSKEYS faylida saqlanadi. Sertifikatni ikki usulda olish mumkin: idora saytidan yuklab olish va chop etish yoki sertifikatlashtirish markazidan shaxsan olib ketish.

“Zamonaviy hujjat aylanmasi zamonaviy yechimlarni talab qiladi. Modomiki, u raqamli makonga o‘tkazilgan ekan, imzo ham shunga muvofiq bo‘lishi kerak. Har safar hujjatni chop etish, imzolash, muhr bosish, skanerlash va adresatga jo‘natish ko‘p vaqtni talab qiladi. Bunday holatlar uchun ERI orqali bu jarayonni soddalashtirishning zamonaviy usuli o‘ylab topildi”.

Igor Laskov
hujjat aylanmasi bo‘yicha mutaxassis

Elektron raqamli imzodan qanday foydalanish mumkin

ERI dan foydalanishni boshlash uchun davlat organi saytida shaxsiy kabinetga o‘tish, e-imzo moduli orqali kalitni ulash va parol kiritish kerak.

Kalit jismoniy shaxslarga ham, yuridik shaxslarga ham taqdim etiladi. Yuridik shaxslar kalitsiz majburiy elektron hisobotni topshirolmaydi, elektron hujjatlar bilan ishlay olmaydi va umuman O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurita olmaydi. ERI dan my.soliq.uz, stat.uz, faktura.soliq.uz, fo.birdarcha.uz kabi ayrim idoralarning saytlarida ham foydalanish mumkin.

ERI haqida qisqacha

  • ERI — elektron hujjatlarni ishonchli himoya qilish uchun muhim vositadir. Bu hujjatning muallifi, imzolangan vaqti va o‘zgarmasligini tasdiqlash imkonini beradi. Shu bilan birga, raqamli imzo qo‘l imzosi bilan bir xil yuridik kuchga ega.
  • ERI turli sohalarda, kundalik hayotda ham, biznesda ham keng qo‘llaniladi. Buning yordamida masofadan turib deklaratsiya topshirish, shartnoma tuzish, deyarli har qanday arizani rasmiylashtirish va boshqa ishlarni onlayn tarzda amalga oshirish mumkin.
  • Yuridik shaxslar davlat xizmatlari markazi yoki O‘zbekiston Respublikasi Soliq xizmati bo‘limida korxonani ro‘yxatdan o‘tkazishda ERI kalitini shartli ravishda oladilar, jismoniy shaxslar bu kalitni Davlat xizmatlari markazi bo‘limlarida ham, e-imzo.soliq.uz veb-sayti orqali ham rasmiylashtirishlari mumkin.

Pasport nusxasini so‘rashdi: ma’lumotlar tarqalishidan o‘zingizni qanday himoya qilishingiz mumkin

Ma'lumot olish

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments