
Elektr choynaklarning eng qulay va eng yaxshi 6 modeli
Zamonaviy elektr choynaklar nafaqat suvni qaynatibgina qolmay, balki choyni ham damlaydi, kerakli haroratni tanlash imkonini beradi (chaqaloqning ovqati yoki ba’zi choy turlarini tayyorlashda bu juda muhim), termopot sifatida ishlab, ma'lum bir haroratni saqlab turishi mumkin. Qaysi modelni tanlashingizni osonlashtirish uchun biz mashhur modellarni taqqosladik va mijozlarning fikr-mulohazalari va qurilmalarning texnik xususiyatlari asosida elektr choynaklar reytingini tuzdik.
Choynak korpusi materiali
Elektr choynak plastmassa, po'lat, shisha, keramika yoki aralash xom ashyodan tayyorlanishi mumkin.
Plastik. Aksariyat elektr jihozlari xavfsiz termoplastikdan tayyorlanadi, suvga zararli moddalarni chiqarmaydi. Biroq, ba'zi plastmassa turlari qayta qizdirilganda formaldegid chiqarishi ham ma'lum. Shuning uchun ishlatilgan xom ashyoning sifatiga alohida e'tibor qaratish kerak. Agar qurilmaning plastik qismlari (masalan, tutqich, qopqoq, tashqi korpus va taglik) suvga tegib turmasa, unda tashvishlanishga o‘rin yo'q.
Plastikning boshqa materiallarga nisbatan bir qancha afzalliklari bor: yuqori haroratgacha qizib ketmaydi, shuning uchun unga tegib, kuyib qolmaysiz. Shuningdek, tasodifiy zarbalardan sinmaydigan darajada chidamli va ayni paytda engildir. Yana bir xislati: plastmassada suvning sezilarli izlari qolmaydi. Agar yangi qurilmangizda yoqimsiz hid bo'lsa, oddiy yechimi bor: choynakda bir marta suv qaynatib, uni to‘kib yuborasiz.
Shisha. Bunday elektr choynaklar juda chiroyli bo‘lib, ish paytida, ayniqsa yoritish moslamasi yonib turganida go‘zal ko'rinadi. Shishaning o'ziga xos hidi yo'q, begona hidlarni o'zlashtirmaydi, shuningdek oksidlanmaydi va qaynoq suv bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi. Kamchiliklari: mo'rt va yuqori issiqlik o'tkazuvchanligi. Shuning uchun odatda ishlab chiqaruvchi shishani boshqa xom ashyo bilan birgalikda ishlatishga harakat qiladi, faqat suv qaynaydigan qismini shishadan yasaydi.
Keramika. Shisha singari, keramika ham hidni o'zlashtirmaydi, inert va qaynoq suv bilan kimyoviy reaktsiyalarga kirmaydi. Shu bilan birga, u issiqlikni yaxshi saqlaydi va uni tozalash oson. Ammo keramik choynaklar juda qimmat va og'ir ekanligini hisobga olish kerak.
Po‘lat. O‘ta chidamli, estetik jihatdan yoqimli, hid chiqarmaydi va o'ziga singdirmaydi, suvning kimyoviy tarkibiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi, tozalash oson. Biroq po'lat korpusni muntazam artib tozalash kerak, chunki unda qurigan tomchi izlari, barmoq izlari yahshi ko'rinadi. Bundan tashqari, po'lat yuqori issiqlik o'tkazuvchanlikka ega, ya'ni bunday choynakka tegib ketib, kuyish oson.
Quvvat
Elektr choynakning quvvati qanchalik yuqori bo'lsa, qurilma shunchalik tez qiziydi. Uy elektr choynaklarining optimal quvvati - 1800 dan 2200 Vt gacha.
Termometr
Termometrning mavjudligi ichimliklar, jumladan, turli xil choy turlarini tayyorlashda kerakli haroratni tanlash imkonini beradi.
Qora choy, puer, ulun qaynoq suv bilan damlanadi va 7 daqiqadan ko'p vaqt davomida tindirib qo‘yiladi. Qaynoq suv choy barglaridagi moddalar ekstraktsiyasini tezlashtiradi. Qora choy o‘zi nimtaxir, ta'mi boy bo'lgani sababli, qaynoq suv ta'mning barcha qirralarini ochib berish imkonini beradi.
Ko‘k choy damlash uchun Selsiy bo'yicha 70-85 darajada isigan suvdan foydalaniladi. Qaynoq suv ko‘k choyning "pishib qolishi”ga olib keladi, natijada undagi efir moylar, ozuqa moddalar, xushbo'yligi va ta'mining taxminan 40 foizi yo'qoladi va achchiq bo'lishiga olib keladi. Agar suv harorati 70 daraja bo'lsa, u holda choy 15 daqiqadan ko'p tindirilmaydi. 85 daraja bo'lsa, 4 daqiqadan oshib ketmasligi kerak.
Choy qanchalik xushbo'y bo'lsa, uni shunchalik ehtiyotkorona damlash, past haroratli suvdan foydalanish kerak. Termometrli elektr choynak ushbu qoidaga qat'iy rioya qilish imkonini beradi, ichimlikning nozik ta'mi va xushbo'yligini kafolatlaydi. Shu bilan birga, bunday choynak yordamida siz kerakli haroratdagi suv bilan bolalar bo'tqasi va kukunli sutini, turli aralashmalarini tayyorlashingiz mumrin bo'ladi.
Issiqlikni saqlash funktsiyasi
Agar odatiy elektr choynakda suv qaynagandan keyin soviy boshlasa, belgilangan haroratni saqlab turish funksiyasiga ega choynakda isitish elementi vaqti-vaqti bilan mustaqil yoqilib, suvni isitib turadi.
Qaynoq suv doimo zarur bo'lgan ofisda yoki katta oilada termopotli elektr choynakdan foydalanish foydalidir. Agar termopot kuniga 1-2 marta ishlatilsa, iqtisodiy jihatdan bu foydali emas: qurilma elektr energiyasini isrof qiladi, xolos.
Hajmi
Elektr choynakning hajmi ehtiyojlaringizga mos kelishi kerak: hajm odatda 0,5 litrdan 4 litrgacha bo'ladi. Eng katta modellar og'irligi tufayli foydalanilayotganda ko‘p quvvat sarflaydi. Eng qulay va ommabopi - 1,8-2 litrli choynaklardir.
Qopqog‘i va jo‘mragi
Ertami-kechmi, elektr choynakda qurum hosil bo'ladi, uni olib tashlash kerak. Choynakning jo‘mragi keng bo'lsa, qopqog'i oson ochiladigan yoki olinadigan bo'lsa, tozalash shuncha oson bo'ladi. Qaynash jarayonida suv sachramasligi uchun qopqoq mahkam yopilishi ham muhimdir.
Filtri
Elektr choynakda filtrning mavjudligi – xislatlaridan biridir. Muhimi – filtr mahkam o‘rnatilgan bo‘lishi, shuningdek tozalash uchun osongina olinishi va urinishsiz yana joyiga qo‘yilishi lozim.
Elektr choynak tutqichi
To'ldirilgan choynakni ho'l qo'l bilan ham ushlash qulay bo'lishi kerak. Tutqich silliq bo'lmasin. Qurilmaning tutqichi qizib ketmasligi ham muhimdir. Shuning uchun tutqichlar odatda plastikdan tayyorlanadi.
Xavfsizligi
Kuyish va elektrjarohatlarning oldini olish uchun elektr choynakni nafaqat to'g'ri ishlatish, balki uning o‘ziga xos xususiyatlarini ham hisobga olish kerak:
- Ikki qavatli korpus. Bunday choynak anchayin xavfsiz, unga tegib kuyib qolmaysiz, bundan tashqari undagi suv uzoqroq issiq turadi.
- 30 daraja qiyalikda qopqoqning ochilishi. Bunday funktsiya suv qaynaganidan so‘ng bug'dan kuyish xavfini bartaraf etadi. Ba'zi modellarda qulaylik uchun qopqoq kengroq ochiladigan yoki olib tashlanadigan qilib ishlangan.
- Tagligida aylanishi. Tagligida 360 darajaga erkin aylanadigan choynak foydalanish uchun qulay. Uni taglikka o'rnatish va undan olish oson bo'lishi, qurilma ishlayotganda taglik barqaror turishi va sovuqligicha qolishi muhim.
Uzum mijozlari tanlovi: 6 ta eng yaxshi elektr choynak
Ushbu reytingda mijozlarning yuqori bahosi va ijobiy sharhlariga ega bo‘lgan modellarni namoyish etamiz.
Xiaomi Qcooker Retro Electric Kettle
Retro uslubidagi choynak chidamli, zanglamaydigan AISI 304 rusumli po'latdan yasalgan, shuning uchun suv toza, yoqimsiz hid va ta'mlardan xoli ekaniga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Suv kolbasini tozalash oson. Elektr choynakning quvvati 1800 Vt, hajmi 1,7 litr. Choynak 5 daqiqada qaynaydi.
Ushbu modelning ijobiy tomoni - korpusida zamonaviy va aniq ko'rinadigan termometr bo'lib, u real vaqt rejimida suv haroratini ko'rsatadi. Chiroq indikatori qurilma yoqilganini ko'rsatadi. Elektr choynak bitta tugma bilan yoqiladi, sirg‘alishga qarshi qoplamali qulay, uzun tutqichga ega, tutqich 360 darajaga aylanadi.
Haley
Model shisha, zanglamaydigan po'lat va plastikdan tayyorlangan. Ishlab chiqaruvchi xom ashyoni yaxshi tanlagan: tutqich va taglik plastmassadan yasalgan, isitish elementi va korpusi zanglamaydigan po'lat bilan himoyalangan, kolba shishadan yasalgan. Aniq ko'rinadigan suv sathi shkalasi va yoritish moslamasi mavjud.
Choynak taglikda 360 darajaga aylanadi. Qopqog‘i yumshoq ochiladi, qurilmaning jo‘mragi keng. Quvvati - 1800 Vt, hajmi - 2,2 litr. Ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, choynak avtomatik tarzda o'chganidan so'ng, 15-30 soniyadan keyin suvni yana qaynatish mumkin. Qurilma taglikdan olinishi bilan avtomatik tarzda o'chadi.
NOBEL 1 NB-6019
NOBEL1 NB-6019 modeli qo‘sh korpusi tufayli kundalik foydalanish uchun ishonchli qurilma hisoblanadi: ichki qismi chidamli bo‘lishi uchun metalldan, tashqi qismi plastikdan yasalgan, foydalanlayotganda xavfsizroq bo‘lishi uchun. Metall kolba hidni o'ziga singdirmaydi va to'plamaydi, zararli moddalar chiqarmaydi, uni tozalash oson. Choynak o'zining tagida osongina 360 darajaga aylanadi. Undagi filtr choynakni qurumdan himoya qiladi. Hajmi - 1,8 litr. Quvvati - 1800 Vt.
Raf R7866
Raf R7866 elektr choynagi haroratni 60-70 darajada ushlab turish funktsiyasiga ega, ya'ni termopot sifatida ishlashi mumkin. Shuning uchun ham bu model chaqalog‘iga bo'tqa va turli aralashmalar tayyorlaydigan yosh onalarga ma'qul keladi. Elektr choynak hajmi - 2,3 litr, quvvati - 1850 Vt. Korpusi ikki qavatli, ichki kolba zanglamas po'latdan yasalgan. Qurilma taglikda 360 darajaga aylanishi mumkin. Qurum to‘planishiga qarshi metall filtri mavjud.
LAMO LM-EK1211S Elektr choynagi
Ushbu model 2200 Vt gacha quvvatga ega, suvni atigi 55 soniyada 100 darajagacha qaynatib beradi, bunday holat uning tez va elektr tokini tejab ishlashini ta'minlaydi. Isitish elementi va kolba uzoq xizmat qilishi uchun zanglamas po'lat bilan himoyalangan. Qopqog‘i va tutqichi chidamli termoplastikdan yasalgan. 360 darajaga aylanishi, qulay qopqog‘i va jo‘mragi tufayli choynakni ishlatish qulay va xavfsiz. Hajmi - 1,2 litr.
BQ KT2049G
BQ KT2049G modeli issiqqa chidamli shishadan tayyorlangan, yuqori sifatli zanglamas po'latdan yasalgan taglik bilan himoyalangan 2200 Vt quvvatli isitish elementiga ega, qurum to‘planishiga qarshi mayda setkali filtr bilan jihozlangan. Filtrni osongina olish va oqar suvda yuvish mumkin. Qurilma tez qiziydi va qaynaganidan so‘ng avtomatik tarzda o'chadi, tagligida 360 darajaga aylanadi. Hajmi - 2 litr. Qurilmaning qopqog'i, tutqichi va korpusi kuyish xavfini bartaraf etish uchun plastik bilan himoyalangan.
Qurilma modeli | Xom ashyosi | Hajmi, litr | xavfsizligi | rejimlar soni | Quv-vati, Vt. | Xususiyatlari |
Xiaomi Qcooker Electric Kettle | AISI 304 rusumli zanglamas po'lat | 1,7 | Suvsiz yoqilganda, blokirovkala-nadi | 1,lekin termometr tufayli suvni kerakli haroratgacha qizdirishi mumkin | 1800 | 360 darajaga aylanishi, ikki qavatli qatlam, quvvat indikatori, sim saqlash bo‘limi, olinadigan qopqoq |
Haley | Zanglamas po'lat, plastik, shisha | 2,2 | Suvsiz qolganida, qaynab ketganida avtomatik tarzda o‘chadi, qizib ketishdan himoya | 1 | 2000 | Yoritish moslamasi, suv sathi shkalasi, taglikda 360 darajaga aylanishi |
NOBEL1 6019 | Metall, zahglamas po'lat, plastik | 1,8 | Suvsiz yoqilishga qarshi himoya | 1 | 1800 | Quvvatni yoqish indikatori, issiqlik ta'minoti, ikki qavatli korpus, sim saqlash bo'limi |
Raf R7866 | Zanglamas po'lat, plastik | 2,3 | Qizib ketishdan himoya | 1 | 1850-2000 | 360 darajaga aylanuvchi korpus, chiroqli quvvat indikatori |
LAMO LM-EK1211S | 201ss rusumli zanglamas po'lat, plastik | 1,2 | Suvsiz qolganida, qaynab ketganida avtomatik tarzda o‘chadi, qizib ketishdan himoya | 1 | 1800-2200 | 360 darajaga aylanuvchi korpus, ikki qavatli korpus, chiroq indikatori, sim saqlash bo‘limi |
BQ KT2049G | Issiqlikka chidamli shisha, plastik | 2 | Qaynaganida yoki suv qolmaganida avtomatik tarzda oʻchadi | 1 | 2200 | Mayda simli olinadigan filtr, suv sathi indikatori, quvvat indikatori |
Izoh qo‘shish