
Chet elda aviaparvoz va turar joy ijarasi uchun xarajatlarni qanday tejash mumkin: travel-blogeridan 14 ta usul
Chiptalar va ijaraga xonalarni arzonroq olish to‘g‘risida Polina Kostina aytib beradi.
Men o'z blogimni taxminan to'rt yildan beri yuritaman — asosan O'zbekistondagi sayohat va hayot, shuningdek xorijiy mamlakatlar haqida ham gapirib beraman . Men 26 dan ortiq mamlakatlarda bo‘lganman va sayohat paytida chiptalarni sotib olish va yashashga joyni ijaraga olish bo'yicha foydali maslahatlar to'pladim. Ular haqida maqolada aytib beraman.
Chiptalarni telefoningizdan sotib oling va turli ilovalardagi narxlarni solishtiring
Siz Internetda ko'rinasiz - saytlarnima ishlatayotganingizni tushunadi.Masalan, aviachiptalarni sotib olish xizmatlari mobil qurilmalarga qaratilgan, shuning uchun chiptalar narxlari ilovalarda arzonroqdir. Men chiptalarni bir vaqtning o'zida bir nechta xizmatlardan qidiraman: agregatorlari va bir yoki bir nechta aviakompaniyalar — masalan, Uzbekistan Airways. Harakatlar ketma-ketligi oddiy:
- Men kerakli yo'nalishni qidiraman. Masalan, yo‘nalishlardan birida menga Uzbekistan Airways reysida uchish taklif qilinyapti.
- Men aviakompaniyaning veb-saytiga kiraman, kerakli yo'nalishni topib, foydali takliflar yoki mumkin bo'lgan chegirmalarni qidiraman. UZ Airwaysda aksiya mavjud: payshanba kunlari kompaniya ayrim yo‘nalishlar uchun chiptalarga 20% chegirmalarni e'lon qiladi. Shuning uchun men sayohatlarimni payshanba kunlari rejalashtirishga harakat qilaman.
- Men agregatorlar va tashuvchining takliflarini taqqoslayman va qaerdan sotib olishimni hal qilaman.
Sayohatlaringizni uchishdan kamida bir yarim oy oldin rejalashtiring va i chiptalarni kki tomonga sotib oling
Shunday, Evropa mamlakatlari kabi mashhur sayyohlik joylariga ketayotgan bo‘sangiz, arzonroq chiptalarni topishingiz mumkin. Uchib ketishdan bir yarim oy oldin Istanbulga borib kelish narxi taxminan 400 dollarni tashkil qiladi, bir necha hafta oldin esa chiptalar odatda qimmatroq bo‘ladi. Bundan tashqari,chiptalarni ikki tomonga sotib olgan yaxshiroqdir, shunda siz avval bir tomonga, keyin esa qaytishga sotib olganingizdan ko‘ra 30-40 $ atrofida tejaysiz Istanbulni misol qilib keltiraman, chunki u ko'plab ulanish reyslariga ega katta xabdir. U yerdan siz dunyoning deyarli istalgan nuqtasiga uchishingiz mumkin
Toshkent— Istambul
Istambul—Toshkent
Narxi— 2,24 mln so‘m. Jami: 4,58 mln so‘m. Va endi chiptani ikki tomonga olgan variantni ko‘rib chiqaylik.
Toshkent— Istambul, Istambul—Toshkent
Narxi— 4,38 mln so‘m. Farqi— 200 ming so‘m.
Alohida chiptalarni oling
Misol uchun, agar siz bir nechta transferlar bilan uzoq mamlakatga uchmoqchi bo'lsangiz. Hub aeroportlariga razm solganiz ma'qul- masalan, Istanbulda. Aytaylik, siz Toshkentdan Venaga uchmoqchisiz. Agar siz bitta aviakompaniyadan umumiy bron qilsangiz, chiptalar ularni alohida olganingizdan ko'ra qimmatroq bo'ladi. Toshkentdan Venaga bir bron qilish 4,1 mln so'mni tashkil etadi. Agar siz 9 — yanvar kuni Toshkentdan uchib, 11-yanvar kuni Venaga qo‘nsangiz, ya'ni ikki kun yo'lda bo'lsangiz, bunday xarajat chiqadi. 5,46 million so'mga Venaga 10 soat ichida yetib borish mumkin.
Toshkent-Istanbulga alohida bron qilish 2,34 million so‘mni tashkil etadi.
Istanbul-Venaga alohida bron qilish 1,28 million so‘mni tashkil etadi.
Jami: Agar Toshkent — Istanbul va Istanbul — Venani alohida bron qilsangiz, chiptalar 3,62 million so‘mga tushadi. Bitta bron bilan eng arzon chipta 4,1 million so‘mni tashkil etadi. Farqi 500 ming so‘m atrofida. Biroq, chiptalarni sotib olishning bu usuli men uchun emas, men hamma narsani birdaniga rejalashtirishni yaxshi ko'raman. Ha, pulni tejashingiz mumkin, ammo kamchiliklar va xatarlar ham mavjud:
- Agar alohida bron qilishda birinchi samolyot kechiksa yoki bekor qilinsa, siz ikkinchisiga ulgurmaysiz va bunga kompensatsiya olmaysiz.
- Agar yukingiz bo'lsa, uni olib, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishingiz kerak bo‘ladi.
- Agar birinchi uchishingiz bo‘lsa, aeraportda yo‘lni topishga qiynalsangiz, samolyotga o‘zingiz kechikishingiz mumkin.
- Tranzit vaqti uzoq bo‘lsa, tamaddi qilishni va mehmonxonada qolishni xohlashingiz mumkin — bu esa qo‘shimcha xarajat.
Arzon aviakompaniya(loukoster)lar bilan uching
2022-2023 yillarda O'zbekistonda Qanot Shark, Wizz Air, Silk Avia, Centrum Air va boshqa aviakompaniyalar paydo bo'ldi. Shu sababli, parvozlar narxi yanada arzonlashdi. Wizz Air и Centrum Air — loukosterlar. Toshkentdan Abu-Dabiga Wizz Air samolyot bilan uchishingiz mumkin, yuksiz bir tomonga – taxminan 50 $, ikki tomonga – 100 $, yuk bilan ikki tomonga – 150 $ ni tashkil qiladi. Bu byudjetli aviakompaniya ekanligini , shuning uchun samolyotdagi o'rindiqlar orasidagi masofa juda tor va bu qulay emasligini hisobga olish kerak. Agar Toshkentdan Abu-Dabiga uchishdan bir yarim oy oldin ikki haftaga chipta olsangiz, u yerga yuksiz ketib va yuk bilan qaytish uchun chipta taxminan 160 $ bo‘ladi. Abu-Dabi Dubay kabi mashhur emas, ammo bu ajoyib joydir. U yerda Luvr Abu-Dabi muzeyi va boshqa ko'plab joylarga tashrif buyurishingiz, so‘ngra esa avtobusda Dubayga ketishingiz yoki boshqa loukost-aviakompaniyalarni qidirib, boshqa mamlakatlarga uchib ketishingiz mumkin. Masalan, mening tanishlarim avval Abu-Dabiga va u yerdan Goaga uchib ketishdi.
Yo‘llanmalardan foydalaning
O‘zbekistonda ko‘proq aviakompaniyalar paydo bo‘layotgani tufayli charter reyslari ham ko‘paymoqda. Charterlar faqat yuqori mavsumda ma'lum joylarga uchadi - ulardan sayohat kompaniyalari yo‘llanmalar yaratish uchun foydalaniladi. Men ishonadigan bir nechta kompaniyalarni kuzatib boraman va agar men o‘zim uchun yangi yo'nalish bo‘yicha uchadigan bo‘lsam, xizmatlar va agregatorlardan tashqari ularning narxlarini ham tekshiraman. Men yo‘llanmalarning muxlisi emasman, chunki bu holda hamma narsa men uchun oldindan rejalashtirilgan bo‘ladi, men qaerga va qachon borishni o‘zim hal qilishni yaxshi ko‘raman. Biroq, yo‘llanmadan foydalanish pulni tejashning ajoyib usuli bo'lib, narxga ko'pincha ikki tomonlama parvoz, mehmonxonada yashash va ovqatlanish kiradi. Masalan, UZ Airways reysi bilan Tailandga uchish, taxminan, 800 $ ni tashkil qiladi, sayyohlik agentliklarida esa biroz qimmatroq, ammo turar joy bilan birga bo‘ladi.
Ammo yo‘llanmalarni sotib olayotganda ehtiyot bo‘lish muhimdir. Narxga nima kiritilganligini har doim oldindan aniqlashtiring. Misol uchun, Abu-Dabiga so‘nggi daqiqada sayohat 400 $ni tashkil qilishi mumkin va tafsilotlarni aniqlashtirganingizda, yo‘llanma vizasiz, transfersiz va boshqa tafsilotlarsiz ekanligi ayon bo'ladi. Natijada, barcha kerakli to'lovlar bilan miqdorga 50% qo'shiladi.
Yana bir nechta maslahatlar
Nafaqat Toshkentdan uching. Bir necha yil oldin Misrga Chimkent orqali uchganman – Toshkentdan ko‘ra u yerdan uchish foydaliroq edi. Agar siz ushbu usuldan foydalanmoqchi bol‘sangiz, Chimkentgacha bo‘lgan yo‘l haqini hisobga oling, haqiqatan ham Toshkentdan uchadigan chiptadan ko‘ra Qozog‘istonga boradigan yo‘lga pul sarflash va u yerdan uchib ketadigan chiptani sotib olish foydaliroqmi? Mavsumiylikni kuzatib boring. Masalan, Tailandda yomg'irli mavsum mavjud-bahordan kuzgacha va bu past mavsum deb hisoblanadi, shuning uchun chiptalar narxi arzonroq. Biroq, aprel-may oylarida hali ham ajoyib ob-havo bo‘ladi va siz juda ko‘p pul sarflamagan holda mamlakatga sayohat qilishingiz mumkin. Taxminan mavsumiylikni agregator saytlarida kuzatish mumkin-narxlar qanchalik past bo‘lsa, mavsum shunchalik past bo‘ladi, shuningdek, sayohat saytlari va YouTube bloglarida. Iqtisod-klassi chiptalarini sotib oling va uchishdan bir necha kun oldin uni biznes-klassga almashtiring. Masalan, siz AQShga uchyapsiz. Agar siz darhol biznes-klassga chipta olsangiz, taxminan 1000 $,ortiqcha to‘laysiz, biroq agar uchib ketishdan bir necha kun oldin iqtisod klassi chiptasini o‘zgartirsangiz, 300 $, to‘laysiz. Bu sizning parvozingiz uchun biznes-klass chiptalarisotib olinmagan taqdirdagina ishlaydi. Kechasi uching. Tungi reyslar odatda arzonroq - agregator saytlari ularga maxsus belgi qo‘yadilar, chunki tunda sayohat qilish hamma uchun qulay emas. Sodiqlik dasturida ro‘yxatdan o‘ting va millar ishlang. Ayniqsa, ko‘pincha bir aviakompaniyadan foydalansangiz, bu uchun sizga bonuslar berilishi mumkin. Misol uchun, to‘plangan millar bilan iqtisod klassi chiptasini biznes chiptasiga o‘zgartirish oson, sihech qanday navbatda turishingiz shart emas. Agar siz Turkish Airlines aviakompaniyasidan tez-tez foydalansangiz, Istanbulda dush qabul qilishingiz, ovqatlanishingiz va dam olishingiz mumkin bo‘lgan ajoyib biznes zal mavjud.
Turar joy topish bo‘yicha maslahatlar
- Yaxshi turar joy topish chiptalarni qidirishga o‘xshaydi - barchasi onlayn, smartfoningizda amalga oshiriladi. Men Booking va Agoda ilovalaridan foydalanaman. Agarda siz mehmonxona xonasini bron qilsangiz va darhol to lasangiz, kelganingizda turar joyingiz uchun to‘laganingizdan ko‘ra 50-100 $ tejashingiz mumkin.
- Agar siz Airbnb-da turar joy qidirsangiz-mehmonxonadan arzonroq bo‘lishi mumkin, chunki siz odatda oziq-ovqat va tozalash xizmatlari ko‘rsatilmaydigan kvartirani ijaraga olasiz. Bu sizga bog‘liq: agar pulni tejash muhim bo‘lsa, Airbnb'dan foydalangan ma'qul, agar xizmatni xohlasangiz, xonani bron qiling.
- Har doim agregatorlardagi sharhlarni o'qing, fotosuratlarga qarang - agar ular juda chiroyli, professional tarzda olingan bo‘lsa, ehtimol bu mehmonxonaning o‘zi fotosurati. YouTube'da mehmonxona sharhlarini tomosha qiling.
- Mehmonxonalar narxlari, chiptalar narxi kabi mavsumga ham bog‘liq. Mavsumni xuddi shu tarzda-taqvim va past narxlar soniga qarab aniqlash mumkin.
Qisqacha: turar joy va chiptalarda qanday tejash mumkin
- Chiptalar va turar joylarni topish uchun turli ilovalardan foydalaning: hamma joyda narxlarni solishtiring. Aviatashuvchilarning veb-saytlarida chegirmalar va aksiyalarni qidiring.
- Sayohatlaringizni uchib ketishdan bir yarim oy oldin rejalashtiring - shunda odatda chiptalar arzonroq bo‘ladi.
- Agar siz uzoq masofalarga sayohat qilsangiz, alohida bron qilish narxini tekshiring. Ehtimol, bu umumiy bron qilishdan ko‘ra arzonroq bo‘ladi. Ammo xatarlarni yodda tuting, masalan, birinchi samolyot kechiksa yoki bekor qilinsa, siz ikkinchisiga ulgurmaysiz va kompensatsiya olmaysiz.
- O‘zbekistonda yanada ko‘p aviakompaniyalar va ular bilan birga loukosterlar paydo bo‘ldi-masalan, Wizz Air-da Abu-Dabiga 50 $ga uchishingiz mumkin.
- Yo‘llanmalardan foydalaning, lekin har doim narxga nima kiritilganligini aniqlashtiring. Jozibador arzon narx ortida viza, qulay transfer va boshqa xizmatlar taqdim etilmasligi mumkin.
- Iqtisod-klassi chiptalarini sotib oling va uchishdan bir necha kun oldin uni biznes-klassga almashtiring. Shunda biznes-klass chiptalari qolgan bo‘lsa, uni yaxshi chegirma bilan sotib olishingiz mumkin.
- Mehmonxonani bron qilish uchun oldindan to‘lov qiling – bu sizga yetib kelgandan keyin toʻlaganingizdan koʻra 50-100 $ tejaydi.
- Xizmat yo‘qligi sababli Airbnb-da uyni ijaraga olish, mehmonxonaga qaraganda arzonroq bo‘lishi mumkin.
- Chipta sotib olayotganda ham, mehmonxonalarni bron qilishda ham mavsumiylikni kuzatib boring. Mavsumiylikni agregatorlar taqvimida kuzatish mumkin: narxlar qanchalik past bo‘lsa, mavsum ham shunchalik past bo‘ladi. Biroq, esda tuting: mavsum qanchalik past bo‘lsa, mamlakatda ob-havo shunchalik yomon bo‘lishi mumkin.
Izoh qo‘shish