bosh sahifa / Darslik / Firibgarlardan qanday himoyalanish mumkin / Telefon orqali firibgarliklar va skam qo'ng'iroqlari
Firibgarlardan qanday himoyalanish mumkin
Bob 4 / 8

Telefon orqali firibgarliklar va skam qo'ng'iroqlari

Firibgarlar internet tarmog‘idan foydalanmagan holda, telefon orqali ularga kerakli harakatlarni bajarishingiz natijasida, karta ma'lumotlari yoki hisobdagi mablag‘larga egalik qilishga urunishlari mumkin. Qanday qilib? Himoya usullari va sxemalarini batafsil ko'rib chiqamiz.

Telefon va SMS orqali firibgarlik: sxemalar

Mazkur bo'lim firibgarlar telefon suhbati vaqtida yoki hatto to'g'ridan-to'g'ri aloqa qilmasdan – xabarlar yuborib, aldashga urinadigan hiyla-nayranglarni o'z ichiga oladi. Ehtiyot bo'lishingiz kerak bo'lgan to'rtta vaziyat bo‘yicha ma'lumot beramiz.

Bank “xodimlari”dan qo‘ng‘iroq

Bunday holda, firibgarlar turli tashkilotlarda "ishlashlari"ni bildiradilar: xavfsizlik xizmati yoki bankning mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmati, to'lov tizimining firibgarlikka qarshi bo'limi va hokazolar. Bu yolg'on orqali e'tiborni qaratish va jiddiy vaziyatning ko'rinishini yaratish uchun foydalaniladi.

O‘zlarini tanishtirgandan so'ng, odamning pul bilan bog'liq muammolari yoki olishi mumkin bo'lgan foydasi haqida ma'lumot beriladi. "Spektakl"ning yakuniy qismida esa ko'rsatmalar beriladi va firibgarlar nima qilish kerakligini aytib turishadi, bu esa asosiy ogohlantirish belgisidir.

Taklif etiladigan variantlar quyidagicha bo‘lishi mumkin: ular tomonidan yuborilgan havoladan foydalanib dasturni yuklab olish, jamg‘armangiz xavfsizligini saqlash uchun xavfsiz hisob raqamiga o'tkazish yoki SMS orqali kelgan kodni ularga aytish. Lekin bularning barchasi mablag'larni qo‘lga kiritish maqsadida amalga oshiriladi.

Qanday himoyalanish kerak? Muloqotga kirishmasdan, telefon go‘shagini qo'ying va rasmiy manbalardagi ma'lumotlarni tekshiring – musol uchun, bankingizning qo'llab-quvvatlash xizmatiga xabar yozing yoki qo'ng'iroq qiling.

“Yaqin odamdan” yordam so‘rab, xabar yoki qo‘ng‘iroq bo‘lishi

Do'stingiz yoki yaqin odamingiz moliyaviy muammoga uchragani haqida xabar yuborib, yordam berishni so'radimi? Pul o'tkazishga hech ham shoshilmang – bu firibgarlar bo'lishi ham mumkin. Ular noma'lum raqamdan yozishlari va firibgarlik qurbonlariga "Ona, muammo chiqib qoldi, keyinroq tushuntiraman, shu raqamga pul yuboring ..." kabi noaniq so'zlar bilan murojaat qilishlari mumkin. Yoki ishonchliroq bo'lishi uchun ijtimoiy tarmoqlardagi profillarni buzib kirib, haqiqatan ham tanish odamning akkauntidan yozishlari mumkin.

Bundan tashqari, vishing – ya'ni telefon orqali ovozdan foydalanib ham kiberjinoyatlar amalga oshiriladi. Telefonda tushunarsiz so'zlab, go'yoki muammoga duch kelgan do'stingiz yoki qarindoshingiz nomidan qong‘iroq qilinadi. Keyin esa telefon go‘shagini "huquqni muhofaza qilish organlari", "halokat guvohlari" – xullas “pul ishlash” ilinjida bo‘lgan biron  kishiga berishadi, u go‘yoki bo‘layotgan vaziyatni tushuntirib beradi.

 

Qanday himoyalanish kerak? Do'stingiz yoki yaqin odamingiz bilan boshqa kanal orqali shaxsan qo'ng'iroq qilib, bog‘laning va ular haqiqatan ham yordamga muhtojligiga aniqlik kiriting.

Boshqa shaxsdan pul o'tkazmasi haqida SMS xabar

Tasavvur qiling: noma'lum shaxsdan qo'ng'iroq yoki SMS xabar olasiz. Suhbatdoshning aytishicha, u tasodifan bitta raqamga xato qilib, kartangizga pul o'tkazgan. Shundan so‘ng,  kartaga 400 000 so'm tushganligi haqida xabarni ham olishingiz mumkin. Bunday vaziyatda, yordam berish maqsadida pulni darhol qaytarib yuborasizmi? Agar “ha” deb javob beradigan bo‘lsangiz, kimgadir 400 ming pulingizni hadya qilish xavfi tug‘iladi.

Ehtimol, noma'lum insonning iltimosi xuddi bankdan kelgan SMS kabi yolg‘on bo‘lishi mumkin. Firibgarlar tomonidan yozilgan yolg‘on SMS kabi telefoningizga pul o'tkazganligi to'g'risida yolg'on ma'lumot yuborilishi ham mumkin. Unda ehtimol, umumiy balans ham bo'lmaydi, raqam esa noqonuniy bo'lib chiqadi.

Qanday himoyalanish kerak? Bankning mobil ilovasidagi balansni tekshiring: unda o‘zgarish bormi, haqiqatdan ham pul tushganmi? Agar o‘zgarish bo'lmasa, SMS xabarga e'tibor qaratmang – suhbatdoshingiz hatto takror va takror iltimos qilsa ham, tahdid yoki uyaltirishga urinsa ham, telefon go‘shagini qo'ying.

Pul o'tkazmalari bilan bog'liq boshqa xavflar ham mavjud.

“Go‘shakning narigi tomonidagi firibgarga karta ma’lumotlarini olish vazifasi yuklatilgan. Shuning uchun u quyidagi takliflarni berishi mumkin: “Keling, ma'lumot almashamiz. Men sizga, siz esa menga pul o'tkazish uchun karta ma’lumotlarini beramiz. Agar suhbatda "menga biror narsa ayting" degan so‘zlar bo‘lsa, bilingki bu firibgarlar."

Yevgeniy Balezin
Firibgarlikka qarshi kurash bo'yicha Mastercard boshqaruvchi direktori

Pul o'tkazmalari bilan bog'liq yana bir firibgarlik sxemasi bor, ammo bu holatda qurbon emas, balki jinoyatga sherik, ya'ni dropper bo'lish xavfi mavjud. Dropper yoki drop o'g'irlangan pul o‘tkazmalari izini chalkashtirib yuborish uchun hisob raqamidan foydalaniladigan inson sanaladi.

“Inson qanday qilib dropperga – firibgarlik sxemasi ishtirokchisiga aylanishining uch xil ssenariysi mavjud. Birinchisi, unda ongli ravishda ishtirok etadi. Ikkinchisi, u qandaydir yolg‘onalarga ishonib, o'z kartasini soddalik bilan beradi. Uchinchisida, u o'ziga kerak bo'lmagan bank kartasini olib, sotib yuboradi.

Har uchchala holatda ham javobgarlik va zarar yetkazish darajasi deyarli bir xil. Shuning uchun, agar karta kerak bo'lmasa, uni olmang. Agar kerak bo'lsa, uni sotib yubormang yoki hech kimga bermang, aks holda undan firibgarlar foydalanishi mumkin. Shu bilan birga, faqat hisobingizdan pul o'tkazmalari uchun komissiya hisoblanadigan ish taklif qilinsa, unga rozi bo‘lmang – bu holatda jinoiy javobgarlikka tortilishingiz mumkin."

Yevgeniy Balezin
Firibgarlikka qarshi kurash bo'yicha Mastercard boshqaruvchi direktori

Qayta qo'ng'iroq qilib yuborish so'ralgan xabar yoki qo'ng'iroq qilib, qo‘yib qo‘yish

Bunday jo‘natmalardagi xabarlar har xil bo'lishi mumkin: o'yinda yutishdan tortib, avval aytib o‘tganimizdek, shubhali tranzaksiya tufayli karta bloklanganigacha. Asosiy maqsad – batafsil ma'lumot olish uchun raqamga qayta qo'ng'iroq qilishingiz.

Qanday xavf bor? Birinchi ssenariy: qo'ng'iroq qilishingiz kerak bo'lgan raqam pullik raqam bo'lib chiqadi. Qong‘iroq qiluvchi liniyada qancha uzoq tursa, uning mobil telefoni hisobidan shuncha ko'p pul yechib olinadi. Agar noma'lum raqamdan qo'ng'iroq bo‘lib, suhbat darhol uzib qo‘yilsa-yu, biron muhim harsa bo‘lmadimikin, deb, unga qayta qo'ng'iroq qilsangiz, bunday hollarda "qaroqchi" raqamga duch kelishingiz ham mumkin.

Ammo voqealar rivoji boshqacha bo‘lishi mumkin bo‘lgan usullar ham mavjud. Masalan, xabar kelgan raqamga qo'ng'iroq qilganingizda, SMS xabarda biron bir "qarmoq"dan foydalanilgan bo‘lsa, ular kartangiz ma'lumotlarini berishingizni yoki sovg'ani yetkazib berishlari uchun kichik miqdorda to'lovni amalga oshirishingiz kerakligiga ishontirishadi.

Qanday himoyalanish kerak? Qayta qo'ng'iroq qilmasdan, xabar kelgan tashkilotning rasmiy raqamiga murojaat qiling. Internet tarmog‘ida, boshqa odamlar tomonidan mazkur raqam yoki shunga o'xshash xabarlarda firibgarlik alomatlari borligi haqida yozganliklarini tekshirib ko‘ring.

Telefon firibgarlarini qanday aniqlash mumkin

Yolg'onchilarni aniqlash mumkin bo'lgan oddiy yo‘riqnoma.

Ular ma'lumotlaringizni so'raydilar

Pulni noqonuniy ravishda yechib olish uchun SMS orqali kelgan kodni, karta ma'lumotlarini qo‘lga kiritish — telefon firibgarlarining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ma'lumotlarni ishonchli bahona bilan olmoqchi bo‘lishadi — xato bo'lmasligi uchun ma'lumotlar tasdiqlanishi kerakligini bildirishadi – kod esa shubhali operatsiyani to'xtatishga roziligingizni bildiradi. Albatta, bu noto‘g‘ri talqin.

Ular shubhali xatti-harakatlar qilishingizni istaydi

Ba'zi sxemalar shaxsiy ma'lumotlarni so'ramasligi mumkin — buning o'rniga biron ishni bajarishingiz kerak bo‘ladi. Masalan, shaxsiy ma'lumotlarni o'g'irlaydigan ilovalarni o'rnatish.

Ular shoshiltiradi va manipulyatsiya qiladi

Haqiqiy bank xodimi hisobingizdagi barcha pullar kuyib ketishi haqidagi cho‘pchaklar bilan qo'rqitmaydi va "hoziroq harakat qilishingiz kerak, telefonni qo'ymang" kabi iboralar bilan vahima qilib, shoshiltirmaydi.

Ular savollarga javob bera olmaydi

Agar suhbatning o'rtasida, aniqlik kirish uchun savollar bersangiz, firibgarlar noaniq javob berishlari mumkin. Qancha miqdordagi mablag‘ xavf ostida, karta orqali oxirgi amalga oshirilgan operatsiyalar – bu savollar firibgarlarni boshi berk ko‘chaga olib kirishi mumkin.

Ular noma'lum raqamdan qo'ng'iroq qilishadi

Kelishib olaylik: bu eng aniq va ravshan signal emas. Chunki firibgarlar kamida raqamlarni soxtalashtirishga qodir bo‘lishadi. Shunga qaramay, abonent bankning rasmiy raqami bilan solishtirishi lozim. Yoki raqamni qidiruv tizimiga kiritib, sharhlarni o'qish orqali – bu telefon raqamidan kim qo'ng'iroq qilishi/yozishi mumkinligi va firibgarlik alomatlari haqida shikoyatlar bor-yoqligini aniqlash mumkin.

Soxta qo'ng'iroqlar va xabarlardan himoyalanish: qanday qilib ularning qurboni bo'lmaslik

“Ogoh bo'ling, hiyla-nayranglarga ishonmang va qo'rqmang. Shuni yodda tutingki, banklar PIN-kodlar va SMS-kodlarni so'ramaydi, Markaziy bank hech qachon odamlarga qo‘ng‘iroq qilmaydi, chunki jismoniy shaxslar bilan bevosita muloqot qilmaydi. Agar o‘zlarini huquq-tartibot idoralari xodimi deb tanishtirsalar, o‘zingiz o‘sha odam qo‘ng‘iroq qilayotgan bo‘limga qo‘ng‘iroq qiling va u yerda haqiqatan ham shunday xodim ishlashiga aniqlik kiriting.

Muhim maslahat – notanish raqamlardan qo'ng'iroqlarga javob bermang va muloqotga kirishmang. Va eng muhimi, hech qanday shartga rozi bo'lmang va shaxsiy ma'lumotlaringizni bermang."

Yevgeniy Balezin
Firibgarlikka qarshi kurash bo'yicha Mastercard boshqaruvchi direktori

Yana nimalarni eslab qolish va amal qilish kerak:

  1. Smartfoningizga xizmatidan foydalanayotgan banklarning raqamlarini yozib qo‘ying. Bu hech bo'lmaganda, ishonch telefoniga qayta qo'ng'iroq qilish va tashkilot bilan doimo aloqada bo‘lishga va chindan ham kartangizga nimadir qilinganiga aniqlik kiritish imkonini beradi.
  2. Imkon qadar, qo'ng'iroq qiluvchi raqamni aniqlovchi dastur o'rnating – ba'zi shu kabi dasturlar spam va firibgarlikdan ogohlantirish imkoniga ega.
  3. Muloqotga kirganda, shaxsiy ma'lumotlarni taqdim qilmang. Hattoki karta ma'lumotlari emas, hisob balansini so'rashsa ham.
  4. Muloqotdagi taraf ko'rsatmalariga rioya qilmang – hech narsa o'rnatmang va pul o'tkazmang.
  5. Vaziyatni o'ylab olish uchun har doim tanaffus qilishingiz mumkinligini unutmang. Yaxshisi, go'shakni qo'yib, ular qo'ng'iroq qilayotgan tashkilotning rasmiy aloqa kanallari orqali ma'lumotni tekshiring.

Telefon, onlayn firibgarliklrga aloqador va umuman olganda to'g'ri moliyaviy xatti-harakatlarni amalga oshirishda yakuniy maslahat – tranzaksiyalarni tasdiqlash uchun kelgan SMSni tekshiring. Odatda ular nafaqat kod, balki tranzaksiya turi, to'lov amalga oshirilgan platforma va hisobdan chiqarilishi kerak bo'lgan miqdorni ham o'z ichiga oladi. Diqqat bilan o'qib chiqing, haqiqatan ham bu operatsiyani amalga oshirmoqchimisiz yoki yo'qmi? Qilmoqchi  bo'lmagan ishlaringizda – telefoningizni boshqa shaxsiy hisob bilan bog'lash yoki katta miqdorda pul o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma yo‘qmi?

Umid qilamizki, bu bob sizga hech qachon kerak bo'lmaydi, chunki kartangiz ma'lumotlarini begonalarga ma'lum qilmaysiz. Ammo agar aldov sxemasi ishga tushib ketgan bo‘lsa, SMS-tasdiqlashni tekshirish bosqichida ham aloqani to'xtatishingiz va kartani darhol bloklashingiz mumkin.

Mastercard bilan xavfsiz va qulay to‘lovlar olamini oching

Ma'lumot olish

Real hayotdagi firibgarlik

  • Bank kartangizni oflayn rejimda himoya qilish: 4 ta holat
  • Ish joyida va jamoat joylarida firibgarlikdan himoyalanish qoidalari

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments