Real hayotdagi firibgarlik

Ushbu bobda bank kartasidan oflayn olamda – kafeda tushlik uchun to'lash, oziq-ovqat xarid qilish yoki bankomatdan naqd pul yechib olish jarayonlarida xavfsiz foydalanishni muhokama qilamiz.
Bank kartangizni oflayn rejimda himoya qilish: 4 ta holat
Foydalanish manzili: restoran
Tasavvur qilaylik: tushlik yoki kechki ovqatdan keyin hisobni so'raysiz. Ofitsiant unga kartani berishni taklif qiladi – o'zi uni terminalga olib boradi va to'lovni amalga oshiradi. Shu taklifga rozi bo'lishim kerakmi? Albatta, yo'q – bu va boshqa holatlarda bank kartasi begona qo'llarga tushishi mumkin.
“Bunday vaziyatda, karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish xavfi tug‘iladi. Aytaylik, kassir yoki ofitsiant kartaning ikkala tomonini suratga oladi. Karta raqami, amal qilish muddati, egasining ismi va CVV ni bilgan holda internetda qanday operatsiyalarni amalga oshirish mumkin? Javob – bir martalik parol so‘ralmaydigan har qanday joyda va vaqtda. Ya’ni, 3-D Secure texnologiyasi qo‘llanilmaydigan holatlarda. Bu texnologiya operatsiyani tasdiqlash uchun SMS orqali yuboriluvchi maxsus koddir”.
Yevgeniy BalezinFiribgarlikka qarshi kurash bo'yicha Mastercard boshqaruvchi direktori
Qanday himoyalanish kerak? Kartani boshqa odamlarga bermang; terminaldan to'lovni o'zingiz amalga oshiring va tranzaksiyani tasdiqlang.
Foydalanish manzili: do'kon
Xaridingiz uchun to'lov qilish maqsadida kartangizni terminalga joylashtirasiz. Kassir esa tasdiqlash uchun PIN-kodni kiritishingiz kerakligini aytadi. Ammo terminal noqulay turibdi, klaviaturani siz tomonga burish muammo – shu holatda kassir kiritish uchun PIN-kodni aytishingizni so'raydi.
Bu holatda qanday xavf bor? Birinchi ssenariy: kimdir yaqin joyda turib, kodni eshitib, plastik kartangizni o‘g‘irlashga harakat qilishi mumkin. PIN-kodni bilib olsa, u bankomatdan pul yechib olishi yoki istalgan xarid uchun to‘lov qilishi mumkin bo‘ladi. Ikkinchi xavf ham bor – agar PIN-kod firibgarlik maqsadlarida qo‘lga kiritilsa.
“Mabodo kartangizni bergan odamingiz undagi magnit tasma ma'lumotlarini o‘qiy olsa, unda u kartangizning dublikatini tayyorlashi mumkin.
Hozir kartalar dual sanaladi: unda chip va tasma bor. Agar do‘konlardagi terminallar chiplar bilan ishlashni bilsa, karta ma’lumotlarini aynan chipdan o‘qishi kerak. Ammo biror sababga ko‘ra terminal chipni o‘qiy olmasa, u magnit tasmasidan ma’lumot olishi mumkin. Bunday operatsiyalar har doim PIN-kodni kiritish orqali tasdiqlanadi. Agar bu kod firibgarga ma’lum bo‘lsa, u firibgarlik operatsiyasini amalga oshirishi mumkin – kartadagi pul xavf ostida qoladi.
Yaxshiyamki, bizda kartaning emitent- bankida bunday operatsiyalarni hatto to‘g‘ri PIN-kod bilan ham tasdiqlashni taqiqlovchi qoida mavjud. Biroq, nafaqat shu kabi, balki boshqa firibgarlik operatsiyalarining ham 100% oldini olish uchun men PINni juda maxfiy ma’lumot sifatida qarashni va uni hech qachon hech kimga aytmaslikni tavsiya qilaman.”
Yevgeniy BalezinFiribgarlikka qarshi kurash bo'yicha Mastercard boshqaruvchi direktori
Qanday himoyalanish kerak? PIN kodingizni ovoz chiqarib aytmang, uni o'zingiz kiriting. Raqamlarni qo'lingiz bilan yopib turing, shunda yaqinda turganlar ko'rmaydi.
Foydalanish manzili: ATM (bankomat)
Bankomatlarda asosan maxsus jihozlardan foydalangan holda skimming firibgarlik amalga oshiriladi. Skimmerlar, ma'lumotlarni o'quvchi va yozib oluvchi qurilmalar yordamida kartaning magnit tasmasidan ma'lumot va PIN kod o‘g‘irlashadi.
Mutaxassisimizning ta'kidlashicha, 2024 yilda ko'pchilik mamlakatlarda chipli kartalarning ommalashgani tufayli, skimming ahamiyatga ega bo‘lmay qolgan. Shunga qaramay, chipsiz kartangiz bo‘lib, skimming holatlari davom etayotgan mamlakatlarga borsangiz – bunday firibgarlik usuli haqida bilishingiz kerak.
Qanday himoyalanish kerak? Bank ichida yoki yonida, savdo markazida joylashgan ishonchli bankomatlarni tanlang. Firibgarlikdan tashqari, talonchilik qurboniga aylanmaslik uchun, notanish joylarda, xilvat ko'chalarda o‘rnatilgan bankomatlardan foydalanmang.
Foydalanish manzili: to‘lov terminali
Kafeda, dorixonada, do'konda – qayerda bo‘lishidan qat'iy nazar, kartani kassirga bermang, PIN-kodni o'zingiz kiriting (va bu eng to'g'ri xatti-harakat!) – lekin bu yerda yana bir narsani yodda tutish kerak. Misol uchun, 100 000 so'mga xarid qilganingizda, kassir terminalda 1 000 000 kiritishi mumkin, bu har doim ham firibgarlik bo‘lmaydi – tasodifan sodir bo'lishi ham mumkin. Ammo qo'shimcha nolni ko‘rmay qolsangiz, xarid rejalashtirganingizdan ancha qimmatga tushadi.
Qanday himoyalanish kerak? To'lashdan oldin terminalda terilgan miqdorni tekshiring. Balansingizni darhol tekshirish uchun debet haqida SMS yoki push-bildirishnomalarni ulab qo‘ying.
Yana bir variant – ikki marta to‘lash. Xarid uchun toʻlov qildingiz, lekin kassir toʻlov amalga oshmaganini aytib, kartani terminalga qayta kiritishingizni yoki apparatga qo‘yishingizni soʻraydi.
Ehtimol, bu firibgarlik emas, balki texnik nosozlikdir. Ammo bunga aniqlik kiritib, ishonchingiz komil bo‘lishi kerak. Pul yechib olinmaganligiga ishonch hosil qilish uchun balansingizni tekshiring. Kassirdan tranzaksiya xatosini tasdiqlovchi kvitansiyani so'rang. Keyinroq ikki marta pul yechilganini sezsangiz, chakana savdo shoxobchasiga murojaat qiling. Agar u vaziyatni hal qilishdan bosh tortsa, tranzaksiya noto‘g‘riligini va pulni qaytarish jarayonini boshlash uchun bankka murojaat qiling.
Ish joyida va jamoat joylarida firibgarlikdan himoyalanish qoidalari
Hayotda kartadagi mablag'larni xavfsiz saqlash bo'yicha asosiy maslahat va ko‘rsatmalar.
- Kartani begona odamlarga bermang. Ish joyida kartani qo‘l yetar joylarda (stolning ochiq tortmasida, klaviatura ostida) saqlamang yoki ko‘zga tushadigan joyda qoldirmang. Aks holda, karta o'g'irlanishi yoki onlayn to'lovlarni amalga oshirish maqsadida uning ma'lumotlarini suratga olishlari mumkin.
- PIN-kodingizni baland ovozda aytmang. Uni o'zingiz kiriting, terminalni kaftingiz bilan yopib turing. Raqamlar faqat sizga ma'lum bo'lishi kerak.
- PIN-kodingizni kartangiz yonida saqlamang. Ayniqsa, PIN-kodni to'g'ridan-to'g'ri plastik kartaga yozmang. Agar to'satdan karta begona insonning qo'liga tushib qolsa, PIN-kod hisobdagi pulning kalitiga aylanadi.
- Ishonchli bankomatlarni tanlang. Eng ma'quli, iloji boricha, xavfsiz binolar ichida, bank filiallaridagi bankomatlardan foydalaning.
- Balansni tekshirib turing. Ilovada, SMS yoki bankdan kelgan push-bildirishnomalar orqali xabardor bo‘lib turing – shu orqali do'konda kattaroq summada noto‘g‘ri pul yechib olinishining oldini olgan bo‘lasiz. Xaridlar qanday turda – onlayn yoki oflayn bo‘lishidan qat'i nazar maslahatimiz – bildirishnomalar har doim kerak.
Xarid qilishda faqat shaxsiy gadjetingizdan foydalaning. Agar birovning plansheti, kompyuteri yoki smartfoniga kartangiz ma'lumotlarini kiritib xarid qilsangiz, ma'lumotlar gadjet egasida qolishi mumkin – chunki ba'zi xizmatlar avtomatik ravishda to'lov ma'lumotlarini saqlab qoladi – bunday bo‘lmasligi uchun ilovadagi tegishli belgini bosib qo‘yishingiz kerak.
Mastercard bilan xavfsiz va qulay to‘lovlar olamini oching

Qonun va huquq-tartibot
- Firibgarlarning harakatlarini tartibga soluvchi qanday qonunlar bor?
- Firibgarlik holatida nima qilish kerak
Izoh qo‘shish