Kirish

Mazkur kurs bank kartalaridan foydalanishda o‘z xavfsizligini oshirmoqchi boʻlganlar uchun (va hech qachon firibgarlar qoʻliga tushmasligiga ishonchi komil boʻlganlar uchun). Biz bilan firibgarlarning ommalashgan hiylalarini bilib olishni va omonatlaringizni virtual va real dunyoda himoya qilishni o'rganasiz.
O‘zbekistonda so‘nggi oylarda sodir bo‘lgan holatlarni ko‘rib chiqamiz va shunday vaziyatlarda nima qilish kerakligini aytib o‘tamiz. Shu bilan birga, bilimingizni sinab ko'rishga yordam beramiz — darslikning eng oxirida sizni testlar kutmoqda. Asosiy masalalarga mutaxassis bilan birgalikda oydinlik kiritamiz — Mastercard mutaxassisi, firibgarlikka qarshi kurash bo'yicha boshqaruvchi direktor Yevgeniy Anatolyevich Balezin tomonidan maslahat va sharhlar beriladi.

Firibgarlik psixologiyasi
- Firibgarlar jabrlanuvchilarni qanday manipulyatsiya qiladi
- Firibgarlarning asosiy taktikasi va usullari
- Firibgarlarga qanday qarshi turish bo‘yicha umumiy qoidalar
Izoh qo‘shish
👍🏻