
Kislorodli oqartirish vositasidan qanday foydalanish mumkin: 5 ta usul
Bavi kislorodli oqartiruvchi vositasi faqat uy bekalari uchungina emas, balki haqiqiy yordamchi hisoblanadi. Germaniyada ishlab chiqarilgan tarkibiy qismlardan iborat bu vosita ketishi qiyin bo'lgan dog‘larni tezda ketkazadi, o‘tkir hidga ega emas va quvurlar tiqilib qolganda, poyabzaldagi dog‘larni hamda o‘yinchoqlardagi bakteriyalarni yo‘qotishga yordam beradi. Birgina vosita yordamida butun uyni qanday tozalash mumkinligini aytib o‘tamiz.
Kiyim va poyafzallarni yuvish
Bavi oqartirish vositasi matoga va rangga zarar yetkazmasdan yumshoq ta'sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, u dog‘lar, yoqimsiz hidlar va sarg‘ayishni samarali yo‘qotadi. Dog‘ ketkazuvchi oqartirish vositasini qo‘lda kir yuvish uchun alohida vosita sifatida ishlatish yoki oddiy kir yuvish mashinasi kukuniga qo‘shgan holda ishlatish mumkin.
Foydalanish bo‘yicha layfxaklar:
- Kiyim va poyabzaldagi qiyin dog‘larni yo‘qotish uchun oqartiruvchi moddani ozgina suv bilan aralashtirib, pasta tayyorlash va yuvishdan oldin dog‘ga surtish lozim. Aralashmani 10-15 daqiqa davomida ta'sir qilishiga imkon bering, so‘ngra buyum yoki poyabzalni odatdagi usulda – kir yuvish mashinasida yoki qo‘lda yuving.
- Futbolkalar, xudilar, ko‘ylaklar, ichki kiyimlar va paypoqlarga qordek oppoq tus qaytarish uchun tog‘oraga issiq suv (70-90 °C) quying, 3 osh qoshiq vositani qo‘shing va yuvishdan oldin 30-60 daqiqaga iviting. Bu sariqlik va oq narsalarda tez-tez paydo bo‘ladigan kulrang dog‘lardan qutulishga yordam beradi.
- Kislorodli oqartiruvchi nafaqat dog‘larni ketkazishga yordam beradi. U yoqimsiz hidlarni yo‘qotishni ham uddalaydi, shuning uchun undan sport kiyimlari yuvishda foydalanish mumkin va kerak. Bir osh qoshiq vositani iliq suvda aralashtiring va buyumlarni eritmada 15 daqiqa ivitib qo‘ying, keyin yuvishga o‘ting. Yoki birdaniga kir mashinasi kukuniga vositadan ozgina qo‘shing – bu usul ham buyumlar va poyabzallardan yoqimsiz hidlarni ketkazadi.
- Krossovkadagi dog‘larni ketkazish uchun oqartiruvchi vosita va suvdan pasta tayyorlang hamda maxsus poyabzal yoki oddiy tish cho‘tkasidan foydalanib, mato va rezina tagcharmdan dog‘ va kirlarni ehtiyotkorlik bilan tozalab tashlang.
Bavi oqartiruvchi vositasini sinab ko‘rish
Idishlarni yuvish
Bu vosita idishlardagi yig‘ilib qolgan chirk yog‘lar va qatqaloq bilan samarali kurashadi. Kislorodli oqartiruvchi tarkibidagi yuvuvchi yumshoq moddalar likopcha va piyolalardagi rangli naqshlar va rasmlarga ehtiyotkorlik bilan ta'sir ko‘rsatadi, shuningdek, tova, qozon, kastryulka va boshqa ovqat tayyorlash idishlaridagi qoplamalarga zarar etkazmaydi.
Foydalanish bo‘yicha layfxaklar:
- Kuyindini tozalash uchun idishlarni issiq suv va kislorodli oqartirgich eritmasiga 30-60 daqiqa davomida solib qo‘ying, vaqti-vaqti bilan qoplamaning vositaga ta'sirini tekshirib turing. So‘ngra hammasi odatdagidek – qo‘lda yoki idish yuvish mashinasida yuving. Bu usul kuygan ovqat qoldiqlari va yog‘ni yo‘qotish uchun ham samarali ishlaydi.
- Anjomlarga ko‘zni qamashtiruvchi jilo qaytarish uchun issiq suvli idishga oqartirgichdan soling – bir osh qoshiq yetarli – va vilkalar, pichoqlar hamda boshqa buyumlarni 20 daqiqa davomida shu suvga ivitib qo‘ying.
- Agar shisha qadahlar xiralashgan yoki turli xil qatlam bilan qoplangan bo‘lsa, ularning jilosini qayta tiklash uchun huddi shunday oqartiruvchi vosita eritmasiga 10 daqiqaga solib qo‘ying.
Uyni tozalash
Vosita yumshoq mebellar, gilamlar, plitkalar va boshqa sirtlarni tozalashda qo‘l keladi. Biroq, tabiiy toshda kislorodli oqartish vositasini ishlatmaslik afzalroq – buning uchun maxsus uy kimyoviy moddalari mavjud – lekin plastmassa, laklangan yog'och va temir qoplamlarda foydalanish mumkin, lekin birinchi navbatda sezilmaydigan joyda tekshirib ko‘rgan yaxshi.
Foydalanish bo‘yicha layfxaklar:
- Kislorodli oqartirish vositasi mebeldagi dog‘larni joyida tozalash uchun juda qulay. 3-4 litrli idishda 2-3 osh qoshiq vositani iliq suv bilan aralashtiring, lattani ho‘llab, masalan, qahva, sous yoki vino dog‘iga surib chiqing. Vositani 10 daqiqaga qoldiring, so‘ngra toza suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.
- Plitka va choklarni zamburug‘, mog‘or, kosmetika izi va boshqa iflosliklardan tozalash uchun oqartirgichni suv bilan pasta holiga kelgunga qadar aralashtiring va maxsus yoki tish cho‘tkasi bilan surting. Oqartirgich ta'sir qilishini kuting, uni 20 daqiqaga qoldiring, keyin oddiy suvli gubka yoki boshqa tozalash anjomi bilan hammasini artib tashlang.
- Gilamdagi hidlarni yo‘qotish uchun Bavi oqartirgichini pulverizatorda ishlatish mumkin. Bir choy qoshiq vositani ikki litr iliq suv bilan aralashtiring va aralashmani ifloslanishning 20−30 santimetr atrofiga seping.
Tiqilgan quvurlarni tozalash
Oqartirgichni ishlatishning yana bir noodatiy usuli – tiqilib qolgan quvurlarni tozalashdir. U, albatta, qurilish chiqindilari va shunga o‘xshash iflosliklarni bartaraf eta olmaydi, lekin organik ifloslanishlar bilan osonlikcha kurashadi. Bundan tashqari, uni quvurlarda kir to‘planishining oldini olish uchun ham ishlatish mumkin.
Foydalanish bo‘yicha layfxaklar:
- Tiqilib qolishlarga qarshi kurashish uchun vositani quvurga seping, 70−90°C haroratdagi suvni quying va bir soatga qoldiring. Keyin quvurlarni issiq suv bilan yuvib tashlang, ammo qaynoq suv bilan emas, chunki bu ularga zarar yetkazishi mumkin.
- Tiqilib qolishlarning oldini olish va yoqimsiz hidlarga qarshi kurashish uchun haftada bir marta xuddi shunday qilib turing.
O‘yinchoqlarni dezinfeksiya qilish
Kislorodli oqartirish vositasi bolalar o‘yinchoqlarini va uy hayvonlari dezinfeksiya qilish uchun xavfsiz vosita hisoblanadi. U o‘yinchoq yuzasida hid va kimyoviy izlar qoldirmaydi. Agar buyumning yuzasi g‘ovaksimon bo‘lsa, vositani oddiy suv bilan yuvib tashlash yoki qo‘shimcha ravishda idish yuvish vositasi bilan chayish orqali to‘liq yo‘qotish mumkin.
Foydalanish bo‘yicha layfxaklar:
- Plastmassa va rezina o‘yinchoqlarni tozalash uchun barcha buyumlarni vosita va iliq suv aralashmasida 5 daqiqaga qoldiring, so‘ngra ularni issiq suv bilan yaxshilab chaying. Bu ayniqsa bolalar tez-tez og‘ziga soladigan o‘yinchoqlar uchun juda muhimdir.
- Shamollash mavsumida dezinfeksiya o‘tkazish uchun bir choy qoshiq vositani iliq suvda eritib, latta yoki gubkani ho‘llang va barcha o‘yinchoqlar yuzasini puxtalik bilan artib chiqing. Keyin ularni iliq suv bilan yuvib tashlang.
Izoh qo‘shish