bosh sahifa / Xaridlar / Barcha holatlar uchun yaxshi noutbukni qanday tanlash kerak
Yangilanish sanasi: 31.07.2024

Barcha holatlar uchun yaxshi noutbukni qanday tanlash kerak

Hatto eng qimmat va mukammal noutbuk ham barcha vazifalarga mos kelmaydi. Ba’zi xususiyatlar ish uchun, boshqalari o‘yinlar uchun, uchinchisi esa vaqtichog‘lik uchun muhimroqdir. Biz turli vazifalar uchun noutbukning qaysi parametrlari muhimligini aytib beramiz.

Quyida har biri uchun o‘zining asosiy xususiyatlari muhim bo‘lgan bir nechta odatiy foydalanish holatlarini ko'rib chiqamiz va ehtiyojlaringizdan kelib chiqib  qanday model tanlashni aytib beramiz.

Qaysi foydalanish holatlari uchun qanday parametrlar muhim

Har bir inson  noutbukni o‘zi uchun tanlaydi. Shuning uchun, sizdan boshqa hech kim qanday qurilma sotib olish yaxshiroq ekanligini bilmaydi. Mo‘ljal tariqasida biz eng muhim xususiyatlarni ko‘rsatgan bir nechta standart qo‘llanish holatlaridan foydalanish mumkin. Ular aynan sizga yaxshi noutbukni qanday tanlash kerakligini ko‘rsatmaydi, biroq  asosiy parametrlarning shaxsiy ro‘yxatini shakllantirishga yordam beradi.

Shaxsiy kompyuter (desktop)ning o‘rniga qanday noutbuk tanlash kerak

Bu holda,  bir necha yil davomida foydalanish uchun eng samarali va universal qurilma sotib olinadi. Bunday noutbuklar uchun vazn, hajm va avtonom  ishlash vaqti muhim emas. Unchalik qulay bo‘lmagan klaviatura, sensorli panel va ekran ham muammo emas —  ulardan doim pul tejab, tashqilaridan foydalanishingiz mumkin. Biroq, protsessor va video kartaning quvvati, tezkor (operativ) va doimiy xotira hajmi birinchi o‘ringa chiqadi. Umumiy tavsiya —  qanchalik yangi va samarali bo‘lsa, shuncha yaxshi. Ammo byudjet ham katta bo‘ladi.

Baquvvat “temir” juda ko'p issiqlik chiqaradi. Shu sababli, sovutishni yaxshilash uchun maxsus taglik haqida o‘ylab ko‘rish kerak — bu noutbukni saqlashga yordam beradi va u bilan ishlashni yanada yoqimli qiladi. Portlar to‘plami muhimdir, ammo tanlangan modelda biror narsa yetishmayotgan bo‘lsa, har doim o'sha yetishmayotgan interfeyslari  bo‘lgan hab (ajratgich)ni sotib olishingiz mumkin. Asosiysi, noutbukning o‘zida kamida ikkita iloji boricha tezroq ishlaydigan USB porti bo‘lishidir (USB 3.1 va undan yuqori).

  • Konfiguratsiya namunasi:  Intel Core i7 yoki i9ning 14-avlodi yoxud 7xxx indeksli AMD Ryzen 7 yoki 9, 16 gigabayt operativ xotira, bir terabayt hajmdagi SSD yoki kattaroq hajmdagi SSD va HDD kombinatsiyasi,  diskret video karta ham bo‘lishi mumkin.
  • Byudjet: 14 million so‘mdan

Kundalik uzoq muddatli ishlar uchun qanday noutbuk tanlash kerak

8 soat yoki undan ko‘proq vaqt davomida ishlaganda qulay bo‘lishi kerak bo‘lgan noutbuk. Bu foydalanuvchining tajribasi uchun mas'ul bo‘lgan xususiyatlar birinchi o‘ringa chiqishini anglatadi. Ekranning sifati, klaviatura va ulagichlarning korpusga qulay joylashishi juda muhimdir. Agar mobillik ham e‘tiborga olinadigan bo‘lsa,  uning og‘irligi va akkumulyator hajmi ham muhim ahamiyatga ega. Apparat ta'minotiga kelsak, to‘plagich turi (barcha dasturlar tezda ochilishi uchun faqat SSD) va operativ xotira hajmi (unda tejash mumkin emas) asosiy xususiyatlarga aylanadi. Protsessor har qanday, pastki yoki o‘rta narx segmentida, asosiysi zamonaviy bo‘lgani kifoya.

  • Konfiguratsiya namunasi:   Intel Core i3 yoki  i5ning 14-avlodi yoxud 7xxx indeksli AMD Ryzen 5, 8–16 gigabayt operativ xotira, 256 gigabayt yoki undan ortiq hajmdagi SSD, aynan sizga mos diagonalli yuqori sifatli IPS-ekrani, klaviatura va korpusning  qulayligini tekshirish muhimdir.
  • Byudjet:  8 million so‘mdan.

 O‘yin-kulgu uchun qanday noutbuk tanlash kerak

Ehtimol, uyda foydalanish uchun eng ko‘p sotib olinadigan variantdir. Bu yerda diskret videokarta mutlaqo ortiqcha bo‘ladi va siz protsessorda tejashingiz mumkin, bu uchun boshlang‘ich darajasidagi model mos keladi. Biroq, ekran va doimiy xotira hajmida muhimdir. Ergonomika va korpus materiallari ham katta rol o‘ynaydi: bu qurilmadan tez-tez foydalaniladi. Agar noutbukning asosiy vazifalari orasida filmlar tomosha qilish rejalashtirilgan bo‘lsa, sotib olish byudjetiga simsiz yoki simli kolonkalarni kiritish kerak. Noutbukning o‘rnatilgan dinamiklari qanchalik sifatli bo‘lishidan qat'i nazar, ular hech qachon alohida tovush chiqaruvchi qurilmalar bilan taqqoslanmaydi.

  • Konfiguratsiya namunasi:   Intel Core i3 yoki i5 ning 13 yoki 14-avlodi yoxud 6xxx yoki 7xxx indeksli AMD Ryzen 3 yoki 5, 8 gigabayt operativ xotira, Asosiy disk sifatida SSD, yuqori sifatli IPS ekrani
  • Byudjet:  6- 8 million so‘mdan.

O‘yin o‘ynash uchun qanday noutbuk tanlash kerak

Birinchi (shaxsiy kompyuterning o‘rniga) va ikkinchi (ishlash uchun) holatlarning kombinatsiyasi. Iloji boricha eng amaliy va qulay korpusda maksimal samaradorlik. Hammasi muhim. Eng qimmat variant.

  • Konfiguratsiya namunasi:  Intel Core i7 yoki  i9ning 14-avlodi yoxud 7xxx indeksli AMD Ryzen 7 yoki 9, 32 gigabayt operativ xotira, bir terabayt hajmdagi SSD, 66xxM, 67xxM yoki 68xxM indeksli AMD RX yoxud 40xx indeksli Nvidia GeForce RTX diskret videokartasi.
  • Byudjet: 18 million so‘mdan cheksizgacha

Matn muharrirlarida ishlash uchun qanday noutbuk tanlash kerak

Maqsad nomidan aniq bo‘lgan eng arzon variant. Matn terish va bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan o‘nta varaqda Internet sahifalarini ko‘rishdan ko‘ra murakkabroq vazifalar bunday noutbuk uchun qiyin bo‘ladi. Ammo ular rejalarda bo‘lmasa, tejash asosli hisoblanadi. Ushbu yondashuvda eng arzon protsessorlar to‘g‘ri kelib, xotira hajmi va displey sifati bilan murosaga kelish mumkin. Ammo arzon korpus materiallari va ko‘pincha katta vaznga chidashingiz kerak bo‘ladi. Asosiysi, klaviatura qulayligini oldindan sinab ko‘rish — bu yagona muhim parametr hisoblanadi.

  • Konfiguratsiya namunasi:   Intel Corening 12-avlodi va undan yangirog‘i yoki 4xxx dan yangi indeksli AMD Ryzen, Intel Celeron N protsessorlari va 4 gigabayt operativ xotira bo‘lishi mumkin, to‘plagich sifatida — gibrid disk, displey — TN, ammo klaviaturani tanlash muhimdir.
  • Byudjet:  3 million so‘mdan (aksiyalarni hisobga olganda arzonroq ham bo‘lishi mumkin)

Birinchi noutbuk (universal va arzon)

Noutbuk nimaga kerakligini aniq bilish qiyin, ammo qurilmaning o‘zi kerak bo‘lgan holat. Tanlashda birinchi bobda tavsiya etilgan minimal qulay parametrlarga e'tibor qaratish kerak — adashmaysiz. Foydalanuvchi tajribasiga ta'sir qiladigan narsalarni e'tiborsiz qoldirmaslik kerak, ya'ni ekran, klaviatura va korpus materiallarida tejash mumkin emas.

  • Konfiguratsiya namunasi: Intel Core i3 yoki i5 ning 13–14-avlodi  yoxud 6xxx yoki 7xxx indeksli AMD Ryzen 3 yoki 5, 8 gigabayt operativ xotira, 256 gigabayt hajmli SSD, IPS-ekran, mashhur brend
  • Byudjet:  6 million so‘mdan

Apple

“Tishlangan olma” kompaniyasining noutbuklari uzoq vaqtdan beri tan olingan sifat va qulaylik standarti bo‘lib kelmoqda. Ammo ular bir nechta muhim xususiyatlarga ega. Birinchidan, u Windows bilan mos kelmaydigan o‘z operatsion tizimiga ega. Ikkinchidan, nominal bir xil texnik xususiyatlarga ega bo‘lsa ham narxi ancha yuqori. Biroq oxirgi xususiyati chidamlilik, amaliylik va ikkilamchi bozordagi qiymati bilan oqlanadi.

Agar o‘yin o‘ynashingiz kerak bo‘lmasa yoki faqat Windowsda mavjud bo‘lgan ma'lum dasturiy ta'minotga bog‘lanmagan bo‘lsangiz, Apple noutbuklari ajoyib tanlovdir. Ular, ayniqsa, ko‘p sayohat qiladigan (ular engil va tejamkor) yoki ijodiy kasblar bilan shug‘ullanadiganlar uchun mos keladi (macOS an'anaviy ravishda dizayn va grafikalar bilan ishlash uchun ko‘plab dasturlarga ega).

MacBook konfiguratsiyasi bo‘yicha tavsiyalar berish qiyin, chunki ularning bir nechta modellari mavjud va har biri o‘z vazifalari uchun maqbuldir. Ularning narxi juda farq qilganligi sababli, tanlov sizning byudjetingizga asoslanishi kerak

 

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
2 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
Aziza
Aziza
9 months ago

Foydali ma‘lumot

Aziza
Aziza
9 months ago

Balki menga ham nautbuk tanlashda yordam berib yuborasiz