
Mehmonlarni kutib olishga tayyorlanamiz: Uzumda Artel maishiy texnikasi katta savdosi
Uyingizga butun oilangiz yoki do'stlaringizni taklif qildingizmi — zamonaviy maishiy texnika har qanday muammoni yechishga yordam beradi: ziyofatdan oldin taom tayyorlashdan tortib undan keyin yig‘ishtirib olishgacha. Agar kir yuvish mashinangiz dasturxon va pardalarni, muzlatgichingiz esa bayramdan keyingi idishlarini sig‘dira olmayotgan bo’lsa, maishiy texnikangizni yangilashning ayni vaqti kelibdi.
Uzum 24-oktyabrga qadar Arteldan uy uchun mo‘ljallangan gadjetlarga 40% gacha chegirmalar amal qiladi. Eng yaxshi changyutgich, pech, oshxona plitasi, dudtortgich, sovutgich va muzlatgichlarni tanlab, eng maqbul narxlarda buyurtma bering.
Uyni yig‘ishtirish
Mehmon kutishdan oldin, uyni chinni-yu chiroq qilib tozalang. Eng ko‘zga tashlanadi joy — mehmonxona pardalarini yuvishdan boshlang. Pardalarni kir yuvish mashinasiga solib, chang, hid va kirni tezda ketkizish uchun tez yuvish rejimidan foydalaning, yuvilib bo‘lgandan so'ng darhol osib qo'ying. Artel modellarida keng baraban va quritish rejimi mavjud — kir yuvib, ovora bo‘lishingizga hojat yo‘q.
Hozirda ayrim modellarga yaxshi chegirmalar bor, shuning uchun yangi yil yig'inlari oldidan texnikangizni yangilab olganingiz ma'qul. Keyin esa hammasini ARTEL-SI-975B yengil dazmoli bilan dazmollab olasiz — bug'lash funksiyasi hatto eng nozik tyulga ham zarar yetkazmaydi. 400 ml hajmdagi rezervuar sabab suvni qayta to‘ldirish uchun oshxona yoki hammomga yugurib yurishingiz shart bo‘lmaydi.
Tezkor quruq tozalash uchun har qanday Artel changyutgichi mos keladi — barcha modellarning og'irligi 4 kg dan oshmaydi, shuning uchun bitta tozalashning o‘zida chang va barcha mayda narsalardan xalos bo'lishingiz mumkin. Teleskopik trubka va aylanuvchi shlang qiyin joylarga yetib borishda yordam beradi, 2 litrlik changni yig‘uvchi qopcha esa birinchi katta tozalashdan so‘ng almashtirishni talab qilmaydi.
Changyutgichingiz samarali ishlashi va uzoqroq xizmat qilishini ta'minlash uchun filtrni har olti oyda bir marta o'zgartirish tavsiya etiladi. Mahsulotlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgani sababli Artelda almashtirish uchun yangi mahsulot topish oson — uzoq logistika talab etilmaydi.
Artel texnikasini tanlash
Mazali kechki ovqat tayyorlaymiz
Uyda xushbo‘y taomlarni tayyorlash uchun ixcham va zamonaviy gadjetlardan foydalaning. Artel birinchi navbatda uskunaning funksionalligi haqida o‘ylaydi, lekin dizayn haqida ham unutmaydi. Blender, gril, pech va dudtortgichlarni yashirishga ne hojat — ular interyerni bezab, taom tayyorlash uchun yoqimli muhit yaratadi. Shu bilan birga, agar o'zingiz mehmonga bormoqchi bo'lsangiz, brend gadjetlari ajoyib sovg'a bo'lishi mumkin. Muhim sanalar va bayramlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha narsani hozirdan yaxshi chegirma bilan buyurtma qilgan ma'qul.
Sovutgich — oshxonadagi yana bir muhim detaldir. Toblangan shishadan yasalgan yuqori mustahkamlikdagi tokchali Artel aksiya modellariga e'tibor berishingizni tavsiya qilamiz. Hozir ularga 40% gacha katta chegirmalar mavjud. Agar siz yoki bolalaringiz oshxona stolida nimadir bilan mashg‘ul bo‘lsangiz, bunday muzlatgichlar uyqu, ish yoki o‘qishingizga xalaqit bermaydi: brend texnikasining shovqin darajasi juda past bo‘lib, atigi 42,0 dB ni tashkil etadi.
Agar uyda yaxshi maishiy texnika bo'lsa-yu, lekin oziq-ovqat uchun yetarli joy bo'lmasa, qo'shimcha mini-muzlatgich yoki alohida muzlatgichga buyurtma berishni tavsiya qilamiz. Ikkinchisida go'shtni katta bo'laklarda va yarim tayyor holda — masalan, manti, kotletlar, chuchvara va boshqa ovqatlarni saqlashingiz mumkin.
Qulay mikroiqlim yaratamiz
Uyingizda shinam havo muhitini yaratish uchun namlagichlar, konditsionerlar yoki ventilyatorlardan foydalaning. Ular havo va haroratni qulay qiladi.
Eng ko'p imkoniyatli qurilma Artel konditsioneri bo'lib, u xonani sovutish va isitish uchun xizmat qiladi. Arctic Crystal Inverter modeli uchun hozirda chegirma amal qilmoqda. Qurilma havoni quritib yubormasligi uchun yoniga Artel-AH-807C namlagichini ham qo'shib qo‘ying.
Kuz va qishda uydagi harorat yuqori bo'lmasa, termal ventilyatorga ega bo‘lgan moyli isitgichga e'tibor qarating. U 24 m² gacha bo‘lgan xonani tez isitadi va o'rnatilgan termostat tufayli istalgan haroratni saqlaydi. Oson harakatlanishi uchun g'ildiraklar va qizib ketishdan himoya uni xavfsiz va ishlatish uchun qulay qiladi.
Izoh qo‘shish