bosh sahifa / Sarflash va tejash / 2024 yildagi 10 ta biznes-g'oya: turli sohalar uchun istiqbolli takliflar
Yangilanish sanasi: 26.08.2024

2024 yildagi 10 ta biznes-g'oya: turli sohalar uchun istiqbolli takliflar

O'z biznesingizni ochmoqchi bo'lganingizda, shunday savol tug'iladi: qanday yo‘nalishni tanlash kerak? Keling, 2024 yilda qanday biznes-g'oyalar borligini va har birida qanday tejash mumkinligini aniqlaymiz.

Savdo-sotiq

Marketpleysdagi do‘kon

Marketpleys - bu tovarlar onlayn xarid qilinadigan platforma, masalan, Uzum Market. Biznes uchun g'oya – marketpleysda do'kon ochish. Har bir onlayn-platformada o'zining ro'yxatdan o'tkazish tartibi bor. Uzum Marketda tovar yetkazib beruvchi bo‘lish uchun maxsus ko‘rsatmaga muvofiq amallarni bajarish kerak.

Qanday tejash mumkin:

  • kundalik tovarlarni tanlang, хarajatlarning qoplanishi mavsumiylikka bog'liq emas;
  • talabga ko‘ra mahsulot taklif qiling; masalan, gul naqshli dasturxon yangi yil mavzusidagi dasturxonga nisbatan ommabop bo'ladi;
  • ombor maydoni ijarasida tejash uchun kichik o'lchamdagi tovarlarni sotish mumkin.

E'lonlar saytlarida savdo-sotiq

E'lonlar saytlarida eski va yangi tovarlarni sotish mumkin. Bunday xizmat bugungi kunda ommalashib ketgan, chunki asl narsalarni yaxshi chegirma bilan sotib olish mumkin.

Biznes-g'oya shunisi bilan qulayki, sotuvchi veb-saytni noldan yaratishi shart emas, pulli reklama qilish mumkin, reklama vositalari va tahlillar allaqachon xizmatga kiritilgan. Biznes-g'oyaning salbiy tomoni – do'kon dizayni uchun xizmat pulli, masalan, e'lonlarni avtomatik yuklash, tavsiyalar blokida raqobatchilarni yashirish.

Qanday tejash mumkin: bepul savdo maydonchalaridan boshlash mumkin.

Ovqatlanish

Kompleks yoki parhez ovqatlanish

Bunday ovqatlanish turi o'z sog'lig'ini o‘ylaydigan, ammo ovqat pishirishga ko‘p vaqt sarflolmaydiganlar orasida mashhur bo‘lib bormoqda.

Qanday tejash mumkin:

  • agar bilimingiz bo'lsa, menyuni o'zingiz tuzing. Bilolmasangiz, diyetolog- mutaxassisni bepul yollang, haqini esa tushgan foizdan to'lang;
  • uyda mustaqil taom tayyorlang.

Keytering

Bu – ko‘chma buyurtma ovqatlanish: taom tayyorlash, yetkazib berish va banket xizmati. Bunday xizmat tijorat tashkilotlari orasida mashhur bo‘lib, ko‘chma korporativ tadbirlari yoki konferentsiyalar o'tkazishda qo‘l keladi.

Qanday tejash mumkin:

  • ofitsiant yoki oshpaz vazifasini mustaqil bajarish;
  • shaxsiy oshxonada taom tayyorlash;
  • agar mavjud bo'lsa, o'zingiz ishlab chiqargan mahsulotlardan foydalaning;
  • universal taomlarni taklif qilish;
  • qimmatbaho idish-tovoq va bezaklarga sarflanadigan harajatlarni kamaytirish.

Qahvaxona

Anchadan beri mashhur bo'lgan biznes turi. Qulay joylashuvni tanlash biznesning rivoji uchun muhimdir.

Qanday tejash mumkin:

  • boshlanishiga 2-3 m.kv.li xonani, savdo markazidagi kichikroq burchakni yoki ko'cha pavilyonini ijaraga olish kifoya;
  • ishlatilgan jihozlarni sotib olish: kofe mashinasi, kapuchinator, mebel, idish-tovoq;
  • barista vazifasini o‘zlashtirib, mustaqil bajarish.

Dam olish, sayohat

Kvest

Kvest - bu syujeti mavzuviy rolli o'yin. Dastlab bunday o‘yinlar ko'chada o'tkazilgan, hozirda kvest-xonalarni uchratish mumkin. G'oyaning kamchiliklari bor –  o'yinga ikkinchi marta hech kim kelmaydi.

Qanday telash mumkin:

  • shahar ko'chalarida o‘tkaziladigan o‘yin ssenariysini o‘ylab topish, shunda dekoratsiya harajatlarini tejash mumkin;
  • ijodiy kasb talabalarini jalb qilish. Boshlovchi aktyorlar tajriba orttirishi kerak, ularning xizmati professional aktyorlarnikidan arzonga tushadi.

Shahar bo'ylab sayyohlik marshruti

Nostandart marshrutlar yil sayin ommalashib bormoqda: ekoturizm, ishlayotgan yoki tashlandiq sanoat korxonalariga tashrif buyurish, g'orlarda sayohat.

Qanday tejash mumkin:

  • marshrutni o‘zingiz tuzing va internetdan tanlangan obyektlar haqidagi ma'lumotlarni o'rganing;
  • shaharning noodatiy sayyohlik joylariga piyoda sayohatni taklif qiling va transportda tejang.

Jonivorlar

Pardozlash saloni (gruming-salon)

Bunday salonlarning maqsadi – jonivorlarga gigiyenik va estetik xizmat ko'rsatish, parazitlarga qarshi tozalash ishlarini amalga oshirish va SPA-muolajalarini o‘tkazish.

Qanday tejash mumkin:

  • ochiq manbalardan o‘qib o'rganing, lekin murakkab buyurtmalarni darrov qabul qilmang, masalan, zotiga ko‘ra soch turmagini qilish;
  • gigienik xizmatlarni uyda amalga oshiring: yuvish, tirnoqlarini olish, quloqlarini tozalash;
  • tavsiya  evaziga do'stlaringizning uy hayvonlarida mashq qiling.

Jonivorlar uchun mehmonxona

Uy hayvonlarining egalari safarga jo‘nab ketayotganlarida, jonivorga qaraydigan odam bo‘lmasa, uni hayvonlar mehmonxonasiga topshiradilar.

Qanday tejash mumkin: jonivorlarni yemishi bilan olib qolib, ularni uyingizda boqing.

Uy hayvonlari enagasi

Uy hayvonlarini sayr qildirishga vaqtingiz bo‘lmasa yoki safarga ketishingiz kerak bo'lsa, enaga yollaysiz. Chunki jonivoringizni kimgadir bera olmaysiz, yangi joyda u stress holatiga tushadi. Enaga jonivorni oziqlantirishi, veterinarga olib  borishi, uyda yoki ko‘chada o'ynatishi va mashq qildirishi mumkin.

Qanday tejash kerak: enaga hayvon egasining uyiga keladi, shuning uchun jonivorni boqishga sarf-harajat qilinmaydi. Lekin uy hayvonining xususiyatlarini bir karra o'rganib chiqish kerak: qanday oziqlantiriladi,  mashq qildiriladi va parvarish qilinadi.

Hayvonlar uchun kiyim tikish

Bunday g‘oya tikishni biladiganlarga mos keladi. Individual buyurtmalardan boshlash mumkin.

Qanday tejash mumkin:

  • tikuv mashinangiz bo'lmasa, ishlatilgan tikuv mashinasini sotib oling;
  • aniq buyurtma uchun mato va qo‘shimcha detallarni sotib oling.

Shuni yodda tutingki, sanab o'tilgan har qanday biznes bilan qonuniy ravishda shug'ullanishni boshlash uchun yakka tartibdagi tadbirkorlik, o‘zini o‘zi ish bilan ta'minlash yoki yuridik shaxs sifatida ro'yxatdan o'tish kerak.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments