
O‘zbekistonda avtomobillar: mashhur modellar turli joylarda qancha turadi
Bozor yetakchilari, o‘zbekistonliklarning sevimli avtomobillari xususiyatlari hamda yangi va haydalgan avtomobil uchun qancha pul to‘lashga to‘g‘ri kelishi haqida gaplashamiz.
O‘zbekistonda avtomobil bozori nihoyatda boyligi bilan ajralib turadi. Xorijiy brendlar o‘z mashinalarini tayyor holda yetkazib beradi hamda yangi zavodlar va dilerlik markazlarini ochib, joylarda yig‘adi. Ammo rusumlarning xilma-xilligiga qaramay, uzoq yillar davomida mashhurlik bo‘yicha faqat uchta brend — Chevrolet, Kia va Chery yetakchi bo‘lib qolmoqda.
Dilerlik va e'lonlar saytlarida eng ommabop rusumdagi mashinalar qanday narxga sotilayotganini bilib oldik. Bugungi kunda o‘zbekistonliklarning sevimli avtomobillaridan ba'zilarini Uzum Avto platformasida, ular uchun aksessuarlarni — Uzum Market'da topish mumkin.
Mashhur Chevrolet modellari
Amerika brendi O‘zbekiston bozoriga allaqachon kirib kelgan va haydovchilarga turli vaziyatlar uchun keng assortimentdagi mashinalarni taklif qiladi — ixcham Sparkdan tortib, harakatlanish qobiliyati yuqori bo‘lgan Trackergacha. Bularning barchasi yoqimli narx siyosati bilan ajralib turadi. Modellar arzon, ularga deyarli barcha TKSlari xizmat ko‘rsatadi, ular uchun ehtiyot qismlar topishda ham hech qanday muammo yo‘q.
Chevrolet Spark — shahar “kichkintoyi”
Haydovchilar yoqtirgan Matiz o‘rnini egallagan model. Ixcham shahar xetchbeki katta quvvat yoki keng salonga ega emas. Biroq unda to‘xtash uchun joy topishga qiynalmaysiz, xohlasangiz, mashinaga butun oilangiz bilan joylashish mumkin. Motorning quvvati hatto tabiat qo‘yniga chiqish uchun ham yetadi — ammo yo‘lsiz joylarda haydash tavsiya etilmaydi.
Afsuski, O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 2023-yilda yakunlandi, biroq sotuvchilardan yangi avtomobillarni hali ham topish mumkin.
Asosiy xususiyatlar: dvigatel 1,3 litr, 85 ot kuchi, avtomat / mexanik uzatmalar qutisi, old uzatma, yukxona hajmi 170 litr.
Qanchaga sotib olish mumkin: dilerdan 104 095 000 so‘mdan, haydalgan modellarni esa 75 000 000 so‘mdan boshlab.
Chevrolet Cobalt — klassik sedan
Shahar aholisi uchun universal model. Bu sedanda osongina shahar bo‘ylab harakatlanish va avtoturargohda joy topish mumkin, shuningdek, tog‘ga sayohat qilish uchun ham mos. Eng muhimi, bu avvalo shahar mashinasi ekanligini unutmaslik kerak. U o‘ta notekis joyda poyga qilish uchun mos kelmaydi.
Asosiy xususiyatlar: dvigatel 1,5 litr, 106 ot kuchi, avtomat / mexanik uzatmalar qutisi, old uzatma, yukxona hajmi 563 litr.
Qanchaga sotib olish mumkin: dilerdan 133 598 000 so‘mdan, haydalgan modellarni esa 70 000 000 so‘mdan boshlab.
Chevrolet Tracker — harakatlanish qobiliyati yuqori bo‘lgan yo‘ltanlamas
Tabiatga chiqish va eng murakkab yo‘llarni zabt etish uchun mos avtomobil. Shu bilan, modelda benzin sarfi yo‘ltanlamas uchun unchalik ko‘p emas, ixcham o‘lchamlari esa mashinadan shaharda ham qulay foydalanish imkonini beradi.
Asosiy xususiyatlar: dvigatel 1,2 litr, 132 ot kuchi, avtomat / mexanik uzatmalar qutisi, old / to‘liq / orqa uzatma, yukxona hajmi 390 litr.
Qanchaga sotib olish mumkin: dilerdan 203 286 880 so‘mdan, haydalgan modellarni esa 160 000 000 so‘mdan boshlab.
Pullarni oqilona boshqarishni istaysizmi? Telegram kanalimizda — ish beradigan maslahatlar bor!
Mashhur Kia modellari
Bu koreyalik ishlab chiqaruvchi allaqachon MDH mamlakatlari bozorida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan. Kerakli barcha narsalar mavjud: keng modellar qatori, rasmiy texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berilishi. Brend mashhurligi tufayli, hatto eski mashinani ta'mirlash kerak bo‘lganda ham, noyob detalni topishda hech qanday muammo yuzaga kelmaydi.
Kia Sportage — kuchli krossover
Harakatlanish qobiliyati yuqori bo‘lgan mashinaning yana bir namunasi, ixcham o‘lchamlari va katta quvvati bilan ajralib turadi. Keng saloni tufayli modelni ajoyib oilaviy avtomobil deb sanash mumkin, undan shaharda ham, sayohatda ham foydalanish qulay.
Asosiy xususiyatlar: dvigatel 2-2,5 litr, 156-190 ot kuchi, avtomat uzatmalar qutisi, old / to‘liq uzatma, yukxona hajmi 586 litr.
Qanchaga sotib olish mumkin: dilerdan 409 000 000 so‘mdan, haydalgan modellarni esa 190 000 000 so‘mdan boshlab.
Kia K5 — dinamik sedan
Komfort toifasiga to‘liq mos keladigan model bo‘lib, tashqi ko‘rinishi tufayli hatto qimmatroq narx segmentidagi ko‘plab avtomobillardan ustun turadi. Qolgan barcha jihatlari ham yuqori darajada: mashina media-opsiyalar, eng talabchan haydovchilar uchun turli xil yuritma versiyalari va uzatmalar qutisi bilan ta'minlangan.
Asosiy xususiyatlar: dvigatel 2-2,5 litr, 150-194 ot kuchi, avtomat uzatmalar qutisi, old uzatma, yukxona hajmi 510 litr.
Qanchaga sotib olish mumkin: dilerdan 341 900 000 so‘mdan, haydalgan modellarni esa 293 000 000 so‘mdan boshlab.
Kia Seltos — yana bir krossover
Tirbandlikda va tabiatda qulay harakatlanish uchun. Hech qanday qo‘l opsiyasi yo‘q: yangi modellar faqat avtomat variantdagi uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Krossover uchun benzin sarfi o‘rtacha, yukxonada joy yetarli bo‘lmasa, qo‘shimcha yuklar osongina tomga joylashishi mummin — asosiysi ularni to‘g‘ri mahkamlash.
Asosiy xususiyatlar: dvigatel 2 litr, 147 ot kuchi, avtomat uzatmalar qutisi, old uzatma, yukxona hajmi 468 litr.
Qanchaga sotib olish mumkin: dilerdan 379 900 000 so‘mdan, haydalgan modellarni esa 255 000 000 so‘mdan boshlab.
Eng yaxshi Chery modellari
Vaqt o‘tishi bilan qandaydir arzon mahsulot maqomini yo‘qotib, bozorda birinchilardan bo‘lib ommalashishga ulgurgan Xitoy rusumi. Hozirda bu mashinalar rasmiy servis va qo‘llab-quvvatlash xizmatiga ega bo‘lib, keng modellar qatorini taklif etgan holda raqobatchilardan qolishmaydi.
Chery Tiggo 7 Pro — texnologik Xitoy
Brendning ta'kidlashicha, krossoverning butlovchi qismlari xalqaro korporatsiyalar va yuqori sifatli uskunalar yetkazib berish korxonalari, shu jumladan Yevropa davlatlarida ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, mashina bagajining kontaktsiz ochilishi kabi klassik texnologik yechimlar to‘plami va umuman “futuristik” ko‘rinishi bilan ajralib turadi.
Asosiy xususiyatlar: dvigatel 1,5 litr, 147 ot kuchi, avtomat uzatmalar qutisi, old uzatma, yukxona hajmi 475 litr.
Qanchaga sotib olish mumkin: dilerdan 291 900 000 so‘mdan, haydalgan modellarni esa 255 000 000 so‘mdan boshlab.
Chery Arrizo 6 Pro — minimalistik sedan
Taniqli Chery uslubida, ammo ortiqcha bezaklarsiz, faqat eng "murakkab" komplektatsiyalardan tashqari. Qulay harakatlanish uchun ajoyib variant. Sedanda tirbandlikda vaqt o‘tkazish ham, trassa bo‘ylab sarguzashtlarga yo‘l olish ham qulay. Bularning barchasida boshqa brendlardagi kabi elektron assistentlar yordam beradi.
Asosiy xususiyatlar: dvigatel 1,5 litr, 147 ot kuchi, avtomat uzatmalar qutisi, old uzatma, yukxona hajmi 482 litr.
Qanchaga sotib olish mumkin: dilerdan 234 900 000 so‘mdan, haydalgan modellarni esa 204 000 000 so‘mdan boshlab.
Chery Tiggo 8 Pro — maksimal variant
Yettinchi modelga o‘xshaydi, lekin biroz qiziqarliroq (va ancha qimmatroq). Mashina dizayni ustida G‘arb, Xitoy va Janubiy Koreya ishlab chiqaruvchilari bilan ishlash tajribasiga ega xalqaro jamoa ishlagan. Krossover ichida qulay haydash, haydovchi va yo‘lovchining ko‘nglini ochish uchun to‘liq texnologik to‘plam o‘rnatilgan.
Asosiy xususiyatlar: dvigatel 1,6 litr, 186 ot kuchi, avtomat uzatmalar qutisi, old uzatma, yukxona hajmi 193 litr.
Qanchaga sotib olish mumkin: dilerdan 407 900 000 so‘mdan, haydalgan modellarni esa 319 000 000 so‘mdan boshlab.
Yakuniy taqqoslash
Krossoverlar uchun yukxonaning hajmi ko‘rsatilgan. Orqa o‘rindiqlar qatori yotqizib qo‘yilsa, buyumlar uchun joy osonlikcha ming litrdan ko‘proqqa kengayadi.
Model | Narx (yangi va haydalgan) | Xususiyatlar |
Chevrolet Spark | dilerdan 104 095 000 so‘mdan boshlab
haydalgan modellar 75 000 000 so‘mdan boshlab |
dvigatel 1,3 litr, 85 ot kuchi, avtomat / mexanik uzatmalar qutisi, old uzatma, yukxona hajmi 170 litr |
Chevrolet Cobalt | dilerdan 133 598 000 so‘mdan boshlab
haydalgan modellar 70 000 000 so‘mdan boshlab |
dvigatel 1,5 litr, 106 ot kuchi, avtomat / mexanik uzatmalar qutisi, old uzatma, yukxona hajmi 563 litr |
Chevrolet Tracker | dilerdan 203 286 880 so‘mdan boshlab
haydalgan modellar 160 000 000 so‘mdan boshlab |
dvigatel 1,2 litr, 132 ot kuchi, avtomat uzatmalar qutisi, old / to‘liq / orqa uzatma, yukxona hajmi 390 litr |
Kia Sportage | dilerdan 409 000 000 so‘mdan boshlab
haydalgan modellar 190 000 000 so‘mdan boshlab |
dvigatel 2-2,5 litr, 156-190 kuchi, avtomat uzatmalar qutisi, old / to‘liq uzatma, yukxona hajmi 586 litr |
Kia K5 | dilerdan 341 900 000 so‘mdan boshlab
haydalgan modellar 293 000 000 so‘mdan boshlab |
dvigatel 2-2,5 litr, 150-194 kuchi, avtomat uzatmalar qutisi, old uzatma, yukxona hajmi 510 litr |
Kia Seltos | dilerdan 379 900 000 so‘mdan boshlab
haydalgan modellar 255 000 000 so‘mdan boshlab |
dvigatel 2 litr, 147 kuchi, avtomat uzatmalar qutisi, old uzatma, yukxona hajmi 468 litr |
Chery Tiggo 7 Pro | dilerdan 291 900 000 so‘mdan boshlab
haydalgan modellar 255 000 000 so‘mdan boshlab |
dvigatel 1,5 litr, 147 kuchi, avtomat uzatmalar qutisi, old uzatma, yukxona hajmi 475 litr |
Chery Arrizo 6 Pro | dilerdan 234 900 000 so‘mdan boshlab
haydalgan modellar 204 000 000 so‘mdan boshlab |
dvigatel 1,5 litr, 147 kuchi, avtomat uzatmalar qutisi, old uzatma, yukxona hajmi 482 litr |
Chery Tiggo 8 Pro | dilerdan 407 900 000 so‘mdan boshlab
haydalgan modellar 319 000 000 so‘mdan boshlab |
dvigatel 1,6 litr, 186 kuchi, avtomat uzatmalar qutisi, old uzatma, yukxona hajmi 193 litr |
Materialdagi narxlar 2024-yil sentyabr holatiga ko‘ra ko‘rsatilgan.
Maqola faqat axborot xususiyatiga ega va reklama hisoblanmaydi.
Ixcham tog‘ yo‘ltanlamasi: Chevrolet Tracker-2 LTZ haqida asosiy ma’lumotlar
Izoh qo‘shish