
Farxod Caps — 2012-yildan buyon sifat va ishonch ramzi bo‘lib kelayotgan original bosh kiyimlar brendi. Zamonaviy texnologiyalar asosida turli uslubdagi shapkalar, kepkalar va panamalar ishlab chiqaramiz. Assortimentimizda kashtali, printli, toshli, bezakli, o‘yinchoqli hamda eksklyuziv dizayndagi modellar mavjud. Mahsulotlarimiz yuqori sifatli materiallardan tayyorlanib, har bir detaliga alohida e’tibor qaratiladi. Brendimiz O‘rta Osiyoda keng tanilgan bo‘lib, mahsulotlarimiz ko‘plab davlatlarga eksport qilinadi. Har bir mahsulot sifat nazoratidan o‘tadi va foydalanish hamda parvarish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan taqdim etiladi. Farxod Caps — har bir bosh kiyimda sifat, uslub va ishonch mujassam.