ARTIKUL KABEL

ARTIKUL KABEL

“ARTIKUL KABEL” MCHJ O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlarida kabel mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. Biz 2013 yildan beri Toshkent shahrida sim va kabel ishlab chiqarishga ixtisoslashganmiz. Shu vaqt ichida eng ilg‘or texnologiyalar o‘zlashtirildi, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilindi, O‘zbekiston va xorijdagi yirik kompaniyalar bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Faoliyatimizni kengaytirish ustida faol ishlayapmiz va hamkorlikka ochiqmiz. Mahsulotlarimiz haqida umumiy ma’lumotlar va kabel ishlab chiqaruvchi “ARTIKUL KABEL” MChJ o‘z mijozlariga taqdim etayotgan imtiyozlar bilan tanishing.